BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI IJTIMOIY PEDAGOGIK AMALIYOTGA TAYYORLASHNING AMALDAGI MAZMUNI
Abstract
Mazkur maqolada xalq donishmandlari, qomusiy olim, mutafakkir va ma’rifatparvarlarning ijodiy faoliyatida aks etgan oila muammosi va oila tarbiyasi haqidagi qarashlari yoritilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 393 BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IJTIMOIY PEDAGOGIK AMALIYOTGA TAYYORLASHNING AMALDAGI MAZMUNI Mamadjanova Xushruy Shavkatovna1, Mirzamatova Mushtariybonu Baxromjon kizi2 1Qo`qon davlat universiteti, Maktabgacha ta`lim kafedrasi o`qituvchisi, 2Qo`qon davlat universiteti, Maktabgacha ta`lim yo`nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17557443 Annotatsiya. Mazkur maqolada xalq donishmandlari, qomusiy olim, mutafakkir va ma’rifatparvarlarning ijodiy faoliyatida aks etgan oila muammosi va oila tarbiyasi haqidagi qarashlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: oila, tarbiya, ota-ona farzand, vazifa, mehnatsevarlik, pandnoma Аннотация. В статье рассматриваются проблемы семьи и взгляды на семейное воспитание, отраженные в творчестве народных мудрецов, энциклопедистов, мыслителей и просветителей. Ключевые слова: семья, воспитание, родители и дети, долг, трудолюбие, пословица Abstract. This article examines family issues and views on family education, as reflected in the works of folk sages, encyclopedists, thinkers, and educators. Key words: family, education, parents and children, duty, hard work, proverb Xalq donishmandlari oila muammosi va tarbiyasi haqidagi o`z qarashlari bilan uzoq tarixiy ildizga ega xalq pedagogikasini boyitib kelgan.. Xalq og‘zaki va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat, ertak, aytishuvlarda oila, ota –ona, oilaviy barqarorlik, o‘zaro munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Hindistonlik olim, “Nukoti g`ariba” asarining muallifi Javhar Zamindar bu xususda shunday deydi: Ota – ona behad bo‘ladi xursand, Farzand bo‘lolsa munosib farzand! Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino maxsus «Tadbir almanozil» nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bola tarbiyasidagi vazifalarini yoritgan. Asarda ota-onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga to‘xtalgan. Ayniqsa, otaonalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini kasb va hunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlarni bayon etadi. Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarida ota o‘rniga katta ahamiyat berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama: - yurish-turishda - nutq odobida - so‘z madaniyatida - o‘zaro muomala jarayonida - eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak-deydi.Shuningdek, olim oilada farzand tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi – uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirishdir, deb hisoblaydi. Fors shoiri, fors sheʼriyati asoschilaridan biri Rudakiy oilada bola tarbiyasi, yosh avlod kamolotida ota-onaning burchi haqidagi muhim fikrlarni ilgari suradi. Aksariyat odamlar, hatto
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 394 ma’rifatli zotlar ham farzardlari tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qarab, donishmandning bolasi johil bo‘lib qolayotganligidan afsuslanadi. Buning uchun oila muhitida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lgandagina tarbiyada yaxshi natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Inson tug‘ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari, albatta, ota-onasidir,- deydi. Oila va undagi tarbiyaning usul, vosita va omillari ko‘proq yozma pandnomalarda, masalan Kaykovusning «Qobusnoma» asarida “O‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim, sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, otaona mevali daraxtga o‘xshaydir» deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga, e’zozlashga, mehroqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini ta’kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmaydi. Yozma pandnomalardan biri Yusuf Xos Xojibning «Qudatg‘u bilig» asari bo`lib, unda ham oilaviy maishiy turmush muammolariga katta e’tibor berilgan. Yusuf Xos Xojib kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan bolaning mas`uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari hulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berilishini aytib ularni ogohlantiradi. Mirzo Ulug‘bek qarashlarida esa bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhitni muhim o‘rin egallashi uqtiriladi. Shunday ekan, avvalambor, bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor. Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy o`zining «Odob as-solihan» asarida uylanadiganyigit nikohdan oldin uylanmoqchi bo‘lgan qizini ko‘rmog‘i, uylanadigan qiziningbokira bo‘lmog‘i hamda to‘rt narsa umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va to‘rt narsada, husn-jamolda, hulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega. Davoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bo‘lgan hulq-odob qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, eyish-ichish, o‘z qilmishi uchun mas`uliyatni sezish, shirinsuxan bo‘lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini egallashiga yordam berishi lozim». Rushdiy Muhammad Siddiq XVII asarda yashagan. U Qoʻqonda tugʻilib, umrining oxirgi yillarini Qashqarda oʻtkazgan [1]. Rushdiyning bizga qadar ixchamgina axloqiy-taʼlimiy mazmundagi dostoni, 4 yil davomida yozgan katta hajmdagi „Tazkirat ulavliyoi turkiy“ asari, „Gʻavsul Aʼzam“ qissasi yetib kelgan. Unda Mansur Xalloj, Boyazid Bastomiy, Robiya Adaviya, Abu Turob Naxshabiy, at-Termiziy, Junayd Bagʻdodiy, Ibrohim Adham, Uvays Qaraniy, Bishri Xofiy, Abul Hasan Xaraqoniy singari sharqning 88 mashoyixi haqida maʼlumot beriladi. Rushdiy bu asarini yozishda arab va fors tillaridagi 14 manbadan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi durdonalaridan foydalangan. Kitob turkiy tilda yozilgan, avliyolar — soʻfizm taʼlimoti daholari haqida eng mukammal maʼlumot beradigan yagona tazkiradir. Tazkiraning birdan-bir nusxasi Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetining qoʻlyozmalar fondida saqlanadi[2.]. Rushtiyning quyidagi fikri ham o`quvchi diqqatini tortadi: Namozi bomdoddin keyin volidangni
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 395 Ziyorat qil va xizmatida bo‘l. Ma’rifatparvar Munavvarqorining «Oila a’zolari» nomli darsligi bo‘limlarida ota-onani hurmatlash, aka-uka, qarindosh-urug‘ini e’zozlash kabi g‘oyalar alohida o‘rin egallaydi. Kishining bor ersa ota-onasi G‘animatdir unga olarning rizosi. Xudoni qoshida qabul ekandir Ota va onaning bolaga duosi. Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat oldidagi javobgarligi kundan-kunga ortib boradi. Chunki o‘sib kelayotgan avlodning taqdiri ana shu muammoning hal qilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog‘langandir. Abdurauf Fitrat 1916 yilda «Oila» nomli falsafiy asarini yozgan bo‘lib, unda oilaviy hayot islohotidan baxs yuritilgan va adib najot yo‘llarini axtarib, xalqlarning umuminsoniy qardoshlik g‘oyasini targ‘ib etgan. Fitrat oilaning ijtimoiy vazifalarini «Avlod tarbiyasi», «Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi qismlarga bo‘ladi. Oilada bola bilan tarbiyachi o‘rtasida juda yaqin va samimiy munosabat o‘zining tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi, iliqligi, hech qanday rasmiyatchilikning yo‘qligi bilan ajralib turishi lozim. Oila odamzod o‘zining dastlabki ijtimoiy yo‘lini bosib o‘tadigan eng muhim sohadir. Bunday oilada ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida ma’lum ma’noda izzat-hurmat va dildan ishonch kabi chegara bo‘ladi. Oilada bolalarning o‘zga bir oilada yotib qolishiga hech bir holda sira yo‘l qo‘ymasligi kerak, bola yotib qoladigan joy anik tanish va ishonchli bo‘lgan taqdirdagina istisno bo‘lishi mumkin. Oilada farzand yaxshi tarbiyalansa, otaonaning baxti, yomon farzand esa ota-onaga kulfat keltiradi. Oila va jamoatchilik hamkorligi yosh avlodni muvaffaqiyatli tarbiyalashning asosiy shartlaridan biridir. Ota-ona e’tiborga oladigan, alohida ahamiyat berishi kerak bo‘lgan narsa bolani yoshligidan boshlab biror-bir ishga o‘rgatish, unga o‘ziga xos yumush berib, ishga odatlantirishdir. Vaholangki, bola ham ish o‘rganadi, ham jamiyatda, oilada o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi. Bolada mehnatga munosabat, ota-onasiga munosabat, oila a’zolariga nisbatan fikri, dunyoqarashi o‘zgaradi. Oila boshlig‘i ota – ona bola tarbiyasi haqida yetarlicha amaliy va nazariy bilimlarga ega bo`lishi kerak. Agar ularda yetarlicha bilim, ko‘nikma va malaka bo‘lmasa, u oila a’zolari, ya’ni farzandlariga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Oiladagi yomon tarbiya faqat oilanining o‘ziga hos bo‘lmasdan, balki qo‘ni-qo`shni va mahalladagi tarbiyaga ham salbiy ta’sir qiladi. Xulosa o`rnida quyidagilarni aytish joiz: - mutafakkir va ma’rifatparvarlarning ijodiy faoliyatida oila muammosi asosiy o‘rinni egallagan; - «Saodatnoma», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si, «To‘ti shohnoma», «Odobnoma» kabilarda ham oila muammosiga doir masalalar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan; - mutafakkir va ma’rifatparvarlarning asarlari, badiiy adabiyot, san’at asarlari, milliy meroslar oila borasidagi umumiy insoniy qadriyatlardir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil