Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE “MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF DIGITAL TRANSFORMATION IN ENERGY” SEPTEMBER 24, 2025 15 TURLI SOHALARIDA QOʻLLANILADIGAN MATERIALLARNING RADIOSHAFFOFLIGINI OʻLCHASHNING FIZIK MEXANIK KOʻRSATGICHLARI Eshmuradov Dilshod Elmuradovich1, Attokurov Urmat Tologonovich2, Jumamuratov Bekhzod Akramjonovich3 1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Energiya ta’minoti tizimlari kafedrasi mudiri, O‘zbekiston, Toshkent. [0000-0003-4469-5847], 2 Osh texnologiya universiteti professori, t.f.n., dotsent, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh st. Qulmatova 27a. [0009-0003-7909-0765], 3 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Energiya ta’minoti tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston, Toshkent. [0009-0000-1283-3892] https://doi.org/10.5281/zenodo.17557907 Annotatsiya. Mazkur ishda turli sohalarda qo‘llaniladigan materiallarning radioshaffoflik xususiyatlarini o‘lchashning fizik va mexanik ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Radioshaffoflik materiallarning elektromagnit to‘lqinlarni o‘tkazish, yutish va aks ettirish qobiliyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu xususiyatlar aviatsiya, kosmonavtika, telekommunikatsiya va mudofaa sohalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Ishda materiallarning dielektrik doimiysi, yo‘qotish tangensi, yutish koeffitsienti va mexanik mustahkamlik kabi parametrlarini aniqlash hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. O‘lchash jarayonida fizik va elektromagnit modellar, kalibrovka usullari hamda zamonaviy diagnostika vositalari qo‘llanadi. Tadqiqot natijalari radioshaffof kompozit materiallarning sifatini baholash, ularning amaliyotdagi qo‘llanish samaradorligini oshirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Radioshaffoflik, kompozit materiallar, elektromagnit to‘lqinlar, dielektrik doimiysi, yo‘qotish tangensi, yutish koeffitsienti, kalibrovka, fizik-mexanik ko‘rsatkichlar, elektromagnit model, diagnostika vositalari. Xalq xoʻjaligining turli sohalarda qoʻllaniladigan kompozit radioshaffof materiallar asosan havo kemalarining materiallari hisoblanadi, hamda zamonaviy havo kemasining (ZS) juda murakkab texnik majmuadir. Fuqaro va harbiy samolyotlar, vertolyotlar va raketalar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida keskin raqobat mavjud bo‘lgan aviatsiya bozorida yuqori tezlik va manyovrchanlik tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu radioshaffof strukturaviy elementlarga, birinchi navbatda, havo kemasining antennasi havo kemalarining tumshuq qismilariga boʻlgan talablarni doimiy ravishda oshirishga olib keladi [68; b. 1683-451869, ;70; b.2789-2797, 71; b.88-89, 72; b. 216-229, 73; b.]. “Aviaqatnovlar jahon iqtisodi rivojlanishining muxim omillaridan boʻlib hisoblanadi. Yangidan yangi yoʻnalishlar va mashrutlarning ochilishi aviaqatnovlarning intensivligi ortishiga sabab boʻladi. Bu esa oʻz navbatida havo transportlarining trbandligini keltirib chiqaradi va havodagi harakatni boshqarish murakkab jarayonga aylanib boradi “Uzbekistan Airways Technics” AJ ning tarkibi boʻlinmasi boʻlib aviatsiya matorlari, komponentlar, asbob uskunalar, shuningdek havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʻmirlash sohasida yuz yillik ish tajribasiga ega”.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE “MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF DIGITAL TRANSFORMATION IN ENERGY” SEPTEMBER 24, 2025 16 “Havo kemalarida tez-tez uchrab turadigan nosozlik, bu havo kemasining bir tashqi qismlariga qushlarning urulishi, aynan fermer xoʻlalik joylarda don saqlash omborlarining tepasida yaʻni tepada gala boʻlib turgan joylardan havo kemasining kesib oʻtishi, umuman aytganda qushlarning kelib urilishi natijasida shikast etishidir. Bunday shkastlanish havo kemasining tumshuq qismida turli nosozliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, havo kemasining koʻpincha, ishdan chiqadigan qismi, tumshuq qismidir, yaʻni bu обтекатель deb yuritiladi. Havo kemasining yuqori tezligi tufayli qushlarning urilishi natijasida zarbasi tumshuq qismiga jiddiy zarar keltiradi, bu xolda zarba energiyasi nisbiy tezlik kvadratiga proporsianaldir. Olingan tadqiqotlar ishimda, agar havo kemasining soatiga 320 km tezlikda “chayka” bilan toʻqnashsa, u holda zarba kuchi har kvadrat santimetrga taxminan 3200 kg ni tashkil etadi” [68; b. 1683-451869, ;70; b.2789-2797, 71; b.88-89, 72; b. 216-229, 73;]. ;8.9/8.91 2NsmkgFtex = (1) ;1NF SI = ;1011NdinaF SGS − == .31360/8.932001 2NsmkgFtex == Demak, “tumshuq qismida havo kemasining “koʻzi” boʻlmish radarlar joylashgan. Demak, bu tumshuq qismi nafaqat oddiy qobiq boʻlib, u maxsus radioshaffoflik xususiyatiga ega boʻlgan qobiq boʻlishi kerak, shuning uchun ham tumshuq qismini xohlagan materialga almashtirib qoʻya olmaymiz”. Funksional “maqsadni hisobga olgan holda, radioshaffof havo kemalarining tumshuq qismilar (RShM) doimiy ravishda kuchaytiriladigan talablarning juda katta toʻplamiga boʻysunadi, ular qoida tariqasida mavjud qarama-qarshiliklar tufayli, tashqi muhitlar taʻsirlarida juda murakkabdir. Shu tariqa, havo kemalarining tumshuq qismining shakllantiruvchi qobigʻi boʻylab maʻlum bir devor qalinligi shu bois taʻminlangan radiotexnik xususiyatlarga (RTX) qoʻyiladigan talablarga javob berish, mos ravishda, qatlamning mustahkamligi va issiqlikdan himoya qilish xususiyatlariga baʻzi cheklovlar qoʻyadi yoki aksincha. 1-rаsm. Keng polosаli 120-KMKS kompozit mаteriаlning sxemаsi (perspektiv koʻrinish) [128]. Havo kemalarining tumshuq qismi koʻrinishini ishlab chiqishda mavjud tizimli yondashuv bir qator muammolarni hal qilishni talab qiladi:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE “MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF DIGITAL TRANSFORMATION IN ENERGY” SEPTEMBER 24, 2025 17 - havo kemasi tumshug‘ini qoplash uchun materialni tanlash talab qilinadigan parvoz va texnik xususiyatlarga, shuningdek kutilayotgan ekspluatatsiya sharoitlariga e’tibor qaratgan holda amalga oshiriladi; - e’lon qilingan operatsion parametrlarga erishishni kafolatlaydigan yondashuvlarni yaratish; - biriktiruvchi uzel komponentlari uchun mos materiallarni tanlash va uning arxitekturasini loyihalash; - VK-9 yoki KM keramik materiallaridan qobiq yaratishda xususiyatlarni hisobga olish va namlikka chidamli qoplamani tanlash kerak; - yer usti sinovlarida turli ish rejimlarida pardaning ishlashini baholash metodikasini yaratish. Yuqorida qayd etib oʻtilgan kompozit materialning sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan” [124; b.40-48]. Bizning tadqiqotimiz obyektni butun ko‘rinadigan yorug‘lik diapazonini qamrab oluvchi uglerod nanonaychalarining (CNT) yupqa plyonkasi bilan o‘rashga qaratilgan bo‘lib, [18; 124; str. 40-48]. Bu tamoyil past konsentratsiyada sinchkovlik bilan joylashtirilgan CNTlarga asoslangan bo‘lib, sindirish ko‘rsatkichi va impedansni havo bilan moslashtirishga imkon beradi va shu bilan CNT qatlamiga duch kelgan yorug‘lik fotonlarining yutilishini osonlashtiradi. Lekin bu tamoyildan O‘YUCh chastota diapazonida foydalanish qiyin bo‘ladi, chunki kerakli SNT qalinligi haddan tashqari katta va amalga oshirib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi. (a) (b) [124] 2-rаsm. Bitta katakning joylashuvi tasvirlangan bo‘lib, uning yuqori ko‘rinishi 2-rаsm. Bitta katakning joylashuvi tasvirlangan bo‘lib, uning yuqori ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Asosiy konstruktiv ko‘rsatkichlari: w1=4mm, w2=1mm, l1=4,2mm, L=10mm. Bundan tashqari, materialning hisoblangan haqiqiy va xayoliy tarkibiy qismlari taqdim etiladi [124]. Keng polosali yutilish funksiyasi 2.2-rasmda keltirilgan grafik orqali amalga oshiriladi [124; b. 40-48]. Ushbu konstruksiyaning umumiy qarshiligi metall rezonator, dielektrik qatlam va asosiy tekislikning umumiy qarshilik hissalari natijasida hosil bo‘ladi. Konstruksiyaning effektiv qarshiligini hisoblash usuli [20; 438-440, 124; b. 40-48, 128; b. 1-9]. , )1( )1( )( )( )( 21 22 11 21 22 11 SS SS Z eff eff eff −− −+ == (2)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE “MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF DIGITAL TRANSFORMATION IN ENERGY” SEPTEMBER 24, 2025 18 bu yerdа, vа mos rаvishdа sаmаrаli oʻtkаzuvchаnlik vа yutilishidir. 2.2 (b)-rasmda modellashtirish natijasida olingan murakkab parametrlar S dan olingan impedansning haqiqiy va mavhum tashkil etuvchilarini aniqlash ko‘rsatilgan. Bu o‘zgarish o‘tkazuvchanlik va yutish xossalarining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada qarshiliklarning optimal moslashuviga erishiladi, ya’ni qaytgan to‘lqinning kattaligi kamayadi. Yuqori Z-faktorga ega bo‘lgan tuzilmalar kuchli rezonansga ega bo‘lib, yuqori selektivlik va minimal energiya tarqalishini talab qiladigan aniq filtrlash yoki tebranishni talab qiladigan ilovalar uchun juda mos keladi. Aksincha, spektrning keng yutilishiga erishish uchun strukturaning qarshiligini oshirish yo‘li bilan Z-faktorni pasaytirish mumkin. Qarshilikning ortishi nafaqat yutilish diapazonini kengaytiradi, balki energiya yo‘qotilishini kamaytiradi, bu esa keng chastota diapazonida aks etishning kamayishiga olib keladi. Qarshilikni oshirish uchun rezonansli konstruksiya yoysimon alyuminiy sim bilan quriladi, unga panjara elementi qo‘shiladi. Bu konstruksiya simmetrik yoy shaklidagi rezonatorga ega bo‘lib, tushayotgan yorug‘lik qutblanishining fluktuatsiyasiga sezgirligini yaxshi pasaytiradi. Eng muhimi, topgan natijalarimiz shuni ko‘rsatadiki, kamonning dizayni nafaqat uning o‘ziga xos rezonansidan, balki davriy tuzilmadagi qo‘shni birliklarning umumiy tomonlari orqali sinergetik o‘zaro ta’siridan ham foydalanib, uning javob berish imkoniyatlarini kengaytiradi [124; b. 40-48]. Standart noaniqlik (Standard Uncertainty, u(x)): Standart noaniqlik o‘lchangan qiymat atrofidagi tarqalishning o‘lchovidir va odatda bir standart chetlanish bilan ifodalanadi. Uni baholashning ikki asosiy usuli mavjud: A turi (Type A): Statistik baholash. Agar bir nechta mustaqil o‘lchashlar olingan bo'lsa, standart noaniqlik o'lchashlarning eksperimental standart chetlanishi (s) orqali baholanadi: = − − == n i ixx n Sxu 1 2 )( 1 1 )( , (3) bu yerda: n – kattalik olingan o‘lchashlarning umumiy sonini ifodalaydi; - har bir o‘lchash natijasi; - o‘lchashlarning o‘rtacha qiymati. Agar o‘rtacha qiymat noaniqligi kerak bo‘lsa: n S xu =)( . (2.4) O‘lchashlar ketma-ketligi mavjud bo‘lmaganda, noaniqlik ishonchli muqobil manbalardan, jumladan, ishlab chiqaruvchining ma’lumotlari, kalibrlash yozuvlari, nashr etilgan ilmiy natijalar yoki ekspert xulosalaridan foydalangan holda aniqlanishi mumkin. Bunday holda, noaniqlikning ehtimoliy taqsimoti (masalan, to‘rtburchak, uchburchak, normal) taxmin qilinadi va unga mos standart chetlanish aniqlanadi. Masalan, agar qiymat a− dan a+ gacha bo'lgan oraliqda teng ehtimollik bilan taqsimlangan bo'lsa (to‘rtburchak taqsimot): 12 )( 1 aa xu − =+ . (5) O‘lchashning kengaytirilgan noaniqligi (U) Ishonch intervalini o‘rnatish uchun biz kengaytirilgan noaniqlikdan foydalanamiz, u umumiy standart noaniqlikni k deb nomlanuvchi ma’lum bir masshtablash koeffitsiyentiga ko‘paytirish orqali hisoblanadi: )(yukU c = . (6)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE “MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF DIGITAL TRANSFORMATION IN ENERGY” SEPTEMBER 24, 2025 19 Kengaytirish koeffitsiyenti (k) kerakli ishonch darajasiga bog’liq. Odatda, normal taqsimot uchun: k=2 taxminan 95% ishonch darajasiga mos keladi. k=3 taxminan 99% ishonch darajasiga mos keladi. Biz ishlab chiqqan noaniqlikni baholash real vaqtda o‘zgaruvchan xususiyatlarni inobatga oluvchi noaniqlikni baholash usul uchun yuqoridagi umumiy formulalarni moslashtirganmiz bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Vaqtga bog’liq standart noaniqlikni aniqlash uchun o‘zgaruvchan xususiyatlarning dinamikasini hisobga oluvchi modelni ishlab chiqish. Agar nazorat vositasi bir nechta o‘lchashlarni birlashtirsa, vaqtga bog’liq kombinatsiyalangan noaniqlikni hisoblash uchun propogatsiya qonunini qo‘llash. Real vaqtda kerakli ishonch intervalini ta’minlash uchun vaqtga bog’liq kengaytirilgan noaniqlikni aniqlash. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Русин M.Ю., Василенко В. В., Ромашин В.Г., Степанов П.А., И. Атрощенко Г., Шуткина О. В. Композиционные материалы для радиопрозрачных обтекателей летательных аппаратов // №10 2014 c 88-89. 2. Lin C.-P, Chang C.-H., Cheng Y. T., and Jou C. F., "Development of a Flexible SU-8/PDMSBased Antenna," // IEEE Antennas and Wireless Propagation Letters, vol Oct. 11081111.02011 - pp. 10. 3. Huang L. and Russer P. “Electrically Tunable Antenna Design Procedure for Mobile Applications” // IEEE Transactions on Microwave Theory and Techniques, vol. 56, Dec. 2008 - pp. 2789-2797. 4. Eshmuradov D.E., Raximova N.M. “Elektron sxemalarni modellashtirish” // Toshkent “Fan va texnologiyalar nashiryot matbaa uyi”-2023y - b.88-99. 5. Козельская С. О., Федотов М. Ю. Non-Destructive Testing of Composite Materials. Книга охватывает основные методы неразрушающего контроля композитных материалов, включая ультразвуковую инспекцию, термографию и радиоволновую томографию // Woodhead Publishing, УДК 621.793:620.199:001.18 DOI: 10.17277/vestnik.2023 – 02 - pp.216-229. 6. Nasiba G. N. S. T., Eshmuradov D. E. ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ МЕТРОЛОГИЧЕСКОЙ НАДЕЖНОСТИ СРЕДСТВ ИЗМЕРЕНИЙ //МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ «Состояние и тенденции развития стандартизации и технического регулирования в мире. – 2022. – С. 178-184. 7. Hellier, C. Полное руководство по методам неразрушающего контроля, включая применение ультразвуковых, рентгеновских и вихретоковых методов Handbook of Nondestructive Evaluation // Second Edition. McGraw-Hill, 2012 - pp.15-14. 8. Jumamuratov B.A., Sharipov G’.N., Oʻrolov J.A. Havo kemasining ning tumshuq qismi (обтекатель) ta’mirlash va sinovdan oʻtkazishning metrologik ta’minoti // International scientific journal science and innovation special issue "Modern problems and prospects of development of energy supply of digital technology facilities", March, https://doi.org/10.5281/zenodo.10719692 (OAK Roʻyxatining 2022 yil 13 iyundagi 0107/1368 qarori).Toshkent 2024y - C.49-53.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE “MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF DIGITAL TRANSFORMATION IN ENERGY” SEPTEMBER 24, 2025 20 9. Эшмурадов Д. Э., Элмурадов Т. Д. У., Ахмедов Д. Т. Изучение методов комплексной оценки эффективности модернизации системы организации воздушного движения //Актуальные аспекты развития воздушного транспорта (Авиатранс-2019). – 2019. – С. 99-103. 10. Jumamuratov B.A., Eshmuradov D.E., Azizov O.X. The future of aeronautical processing opportunities and challenges of automation // Science and innovation international scientific journal volume 2 issue 4 april 2023 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337 | scientists.uz-C.231-236. (OAK Ro’yxatining 2022 yil 13 iyundagi 01-07/1368 qarori) 11. Цыбин В. В., Шукуров А. Г., Эшмуратов Д. Э. Современные методы диагностики бортового радиоэлектронного оборудования //Материалы республиканской научнотехнической конференции" Проблемы развития аэрокосмической отрасли Республики Узбекистан» Ташкент, Узбекистан. – 2007. – С. 131-134. 12. Эшмурадов Д. Э., Айтбаев Т. А. Разработка технологии изготовления полупроводниковых датчиков температуры //Texnika yulduzlari ilmiy jurnali. – №. 1-2. – С. 86-90.