scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH MAMLAKATNING IQTISODIY BARQARORLIK KATALIZATORI SIFATIDA

Batirov Fаrxаd Ваkitоvich

Abstract

Mazkur maqolada tadbіrkorlіknі moliyalashtirish orqali mehnat bozorida bandlikni ta`minlash, tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati haqida so`z yuritilgan. Tadbіrkorlіk mamlakat іqtіsodіyotіnіng asosіy harakatlantіruvchі mexanizmlarіdan bіrі bo‘lіb, іqtіsodіy o‘sіsh va barqaror rіvojlanіshnіng muhіm omіlі hіsoblanadі. Maqolada aholining ish bilan bandligi tadqiq etilgan. Xususan, Respublika aholsining mehnat bozorida iqtisodiy faollik darajasi statistik tahlil etilib, hududlar o‘rtasidagi tafovutlar o`rganilgan. Davlat tomonidan tadbirkorlik qo`llab-quvvatlanishi tahlіl qіlіnadі.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH MAMLAKATNING IQTISODIY BARQARORLIK KATALIZATORI SIFATIDA Muallif: Batirov Fаrxаd Ваkitоvich 1 Affilyatsiya: Тоshkеnt davlat iqtisodiyot Universiteti mustaqil izlanuvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17557983 АNNОTАTSIYA Mazkur maqolada tadbіrkorlіknі moliyalashtirish orqali mehnat bozorida bandlikni ta`minlash, tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati haqida so`z yuritilgan. Tadbіrkorlіk mamlakat іqtіsodіyotіnіng asosіy harakatlantіruvchі mexanizmlarіdan bіrі bo‘lіb, іqtіsodіy o‘sіsh va barqaror rіvojlanіshnіng muhіm omіlі hіsoblanadі. Maqolada aholining ish bilan bandligi tadqiq etilgan. Xususan, Respublika aholsining mehnat bozorida iqtisodiy faollik darajasi statistik tahlil etilib, hududlar o‘rtasidagi tafovutlar o`rganilgan. Davlat tomonidan tadbirkorlik qo`llab-quvvatlanishi tahlіl qіlіnadі. Кalit sо`zlаr: tadbirkorlik, moliyalashtirish, mehnat bozori, bandlik, imtiyozli resurs. KIRISH Jahon tajribasidan ma`lumki, tadbirkorlik iqtisodiy barqarorlikni keltirib chiqaruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Shuning uchun biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlatimizda ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Mustaqillik yillarida, ayniqsa o`tgan 8 yildan ortiq vaqt davomida O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida dinyo jamiyatining e`tiboriga loyiq katta natijalarga erishdi. Harakatlar strategiyasining uzviy davomi bo`lgan 2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 21maqsadida “Iqtisodiy tarmoqlarda barqaror yuqori o`sish sur`atlarini ta`minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) ni - 1,6 baravar va 2030 yilga borib ahyoli jon boshiga to`g`ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda daromadni o`rtachadan yuqori bo`lgan davlatlar qatoriga kirish uchun zamin yaratish” vazifasi qo`yilgan. Bunda tadbirkorlik faoliyati haqida gapiradigan bo`lsak, yil sayin tadbirkorlik subyektlari kengayib, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar rivojida o`zining ulushi tobora ortib borayotganini guvohi bo`lamiz. Yangi O`zbekistonda faol tadbirkorlik nafaqat ish o`rinlarini yaratib, bandlik masalasini hal qilishga, balki innovatsiya va ilg`or texnologiyalarni olib kirish hisobiga raqobatbardoshlikni oshirishga hizmat qilmoqda. “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – strategik yo‘limiz”,- dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik vakillari bilan uchrashuvda. Yurtimizda bu soha ish o‘rni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo‘shilgan qiymat va eksportni ko‘paytirishga eng katta turtki berayotgan yo‘nalishga aylandi. So‘nggi besh yilda kichik va o‘rta tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paydi. Ularda 10 million 500 ming odam – jami band aholining 74 foizi daromad topib, ro‘zg‘or tebratayapti. Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shuning 2,5 trillion so‘mi “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyasini xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa moliya tashkilotlarining amaliy hamkorligi va ko‘rsatayotgan yordami o`z o`rniga ega. ASOSIY QISM Aholining ish bilan bandligi mamlakatning yalpi ichki mahsulotining o‘sishi, yashash darajasining oshishi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi rivojlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy omillar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Aholi bandligi esa mana shunday omillardan biri bo‘lgan, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hisoblanadi. O`zbekiston mehnat bozorida bandlar soni ortib borayotganini ko`rishimiz mumkin (1-jadval). 1-jadval Mamlakatimiz mehnat bozorida bandlar soni. Hududlar 2019 2020 2021 2022 2023 2024 O‘zbekiston Respublikasi 13 541,1 13 236,4 13 538,9 13 706,2 14 014,2 14 261,9 Qoraqalpog‘iston Resp 711,3 707,4 702,6 714,2 735,5 759,4 Andijon viloyati 1 284,5 1 225,9 1 264,3 1 296,8 1 329,0 1 338,6 Buxoro viloyati 797,1 788,0 777,3 780,6 803,2 796,7 Jizzax viloyati 536,2 534,3 550,7 546,4 553,9 559,2 Qashqadaryo viloyati 1 220,0 1 171,0 1 202,5 1 207,3 1 220,1 1 296,3 Navoi viloyati 412,7 399,4 410,4 410,1 426,4 435,2 Namangan viloyati 1 104,6 1 088,7 1 104,8 1 100,6 1 129,1 1 159,6 Samarqand viloyati 1 455,8 1 418,3 1 441,3 1 479,8 1 504,2 1 521,1 Surxandaryo viloyati 1 024,2 985,5 1 001,9 1 006,3 1 011,2 1 024,9 Sirdaryo viloyati 350,1 332,2 334,1 335,0 338,0 351,2 Toshkent viloyati 1 232,9 1 177,2 1 222,1 1 204,5 1 234,9 1 251,6 Farg`ona viloyati 1 492,6 1 448,6 1 483,3 1 511,7 1 555,4 1 563,9 Xorazm viloyati 736,5 716,4 726,4 741,8 776,5 779,5 Toshkent shahri 1182,6 1243,5 1317,2 1371,1 1396,8 1424,7 O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning afzalliklari hisobga olingan holda uni izchil rivojlantirish mustaqillikka erishilgan dastlabki davrdan boshlab davlatning ustuvor vazifasi darajasiga ko‘tarildi. Strategik maqsadlarzamonaviy demokratik davlat qurish, aholining hayot darajasini munosib bosqichga ko‘tarish, bozor munosabatlariga asoslangan erkin iqtisodiyotga o‘tish, shuningdek, taraqqiy topayotgan mamlakatlar tajribasi inobatga olingan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berildi. Davlat tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kredit olish shartlarini yengillashtirish, soliq imtiyozlari taqdim etish va infratuzilmani yaxshilash orqali kichik biznesning rivojlanishi rag‘batlantirilmoqda. Kichik va o‘rta biznes uchun qulay sharoitlar yaratish natijasida yangi ish o‘rinlari ochilmoqda va aholi bandligi oshmoqda. 12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji Tadbirkorlik subyektlariga yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun beriladigan imtiyozlar yangi ish o‘rinlarining soniga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, agar korxonada 200 dan ortiq ehtiyojmand odam ish bilan ta’minlansa, kompaniya soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) ishtirokchilari uchun imtiyozlar hamda preferensiyalarni qo‘llashni tartibi tasdiqlandi. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati 2024-yil 1martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etilmoqda: a) o‘rta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish loyihalarini moliyalashtirish; b) kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariniga xizmatlar; v) 2024 — 2026-yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga kompensatsiya taqdim etish va boshqalar. Tadbirkorlar tomonidan kredit olish uchun ariza «hamkorlik shartnomasi» tuzilgandan so‘ng Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda yoki hokim yordamchisining ko‘magi bilan platforma orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Kreditlar 14 foiz stavkada 7 yilgacha, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi. Bunda kreditlar: • 5 mlrd so‘mgacha — 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga; • 10 mlrd so‘mgacha — 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga; • 15 mlrd so‘mgacha — 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga ajratildi. Banklar tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 2025 yil yakuniga qadar 3.570,0 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan band qilish, shu jumladan 2.100,0 ming nafar kishini kichik va o‘rta biznesga jalb qilish uchun 120.378,0 mlrd so‘m kredit ajratish maqsad qilib qo‘yilgan. 2025 yilda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash dasturi doirasida Markaziy bank va tijorat banklarining mahalla bankirlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilgan. XULOSA Tadbirkorlikni moliyalashtirish, ayniqsa, yoshlar, ishsizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi o'rtasida bandlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. O'zbekistonda ish o'rinlari yaratish maqsadida biznes-loyihalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator davlat dasturlari va tashabbuslari amalga oshirilmoqda. O`zbekistonda 20avgust «Tadbirkorlar kuni» etib belgilangan, har yili davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o`tkazib, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta`minlash bo`yicha qulay shart-sharoit yaratish bo`yicha muttasadilarga ko`rsatma beradilar. Buning natijasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari asta sekin rivojlanib, yirik soliq to`lovchisiga aylanishi kuzatilmoqda, ya`ni «o‘zini o‘zi band qilgan shaxs-yakka tartibdagi tadbirkor-kichik biznes-o‘rta biznes- 13 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji yirik korxona» zаnjiri amal qiladi. Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotning barqaror o`sish sur`atlarini ta`minlovchi katalizatori sifatida namoyon bo`lmoqda. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi «2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-12-sonli Qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-nоyabrdаgi «Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PF-193sоnli Fаrmоni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi VMQ-279-sonli Qarori. 4. Abdurahmonova G.Q. Kichik biznesda aholini ish bilan ta’minlash. Monografiya. T.: „Iqtisodiyot”, 2014y., 6 bet. 5. Hamdamov, S. (2024). Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish. Qo‘qon universiteti xabarnomasi, 13, 83–85. https://doi.org/10.54613/ku.v13i.1029 6. https://www.president.uz/oz/lists/view/7955 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. 7. https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/labor-market-2 - O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi