scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAMONAVIY ELEKTROTEXNIKA SANOATIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR: MISNI CHUQUR QAYTA ISHLASH ORQALI SIFATNI OSHIRISH VA RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH

Mamayusupova Mashxura Sodiqovna

Abstract

Mamlakatimizda elektrotexnika sanoatining iqtisodiyotni rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati, sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xalqaro savdoning rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashishi, zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy maxsulotlarni joriy etish xisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, elektrotexnika maxsulotlari eksportining rivojlanish ko’rsatkichlari, mahsulotlar eksporti geografiyasi, mis xom-ashyosini chuqur qayta ishlash ko‘rsatkichlari yoritilgan.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji ZAMONAVIY ELEKTROTEXNIKA SANOATIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR: MISNI CHUQUR QAYTA ISHLASH ORQALI SIFATNI OSHIRISH VA RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH Muallif: Mamayusupova Mashxura Sodiqovna 1 Affilyatsiya: Fargʻona davlat texnika universiteti, tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17558255 АNNОTАTSIYA Mamlakatimizda elektrotexnika sanoatining iqtisodiyotni rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati, sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xalqaro savdoning rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashishi, zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy maxsulotlarni joriy etish xisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, elektrotexnika maxsulotlari eksportining rivojlanish ko’rsatkichlari, mahsulotlar eksporti geografiyasi, mis xom-ashyosini chuqur qayta ishlash ko‘rsatkichlari yoritilgan. Кalit sо`zlаr: misni qayta ishlash, iqtisodiy o’sish, elektrotexnika, eksport, mahsulot hajmi, eksport geografiyasi, mahalliy mahsulotlar, mahalliylashtirish. Elektrotexnika sanoati bu nafaqat mamlakat iqtisodiyotining drayveri balki, eksport salohiyatini oshiradigan, yuqori texnologiyalarni joriy etadigan strategik tarmoq xisoblanadi. So‘nggi yillarlarda mamlakatda ushbu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lami kengaygan. Shu bilan birga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mahalliylashtirishni oshirish hamda eksportbop mahsulotlar turini kopaytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Oxirgi 7 yilda sohada 8 barobarga o‘sh tendensiyasi kuzatildi. Sohaning Respublika sanoatidagi ulushi ham ortib bormoqda. Jumladan sanoatda 3.5 % , tovarlar eksportida 10% ni tashkil etadi. Bu sohani davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlanayotganligidan dalolat beradi. Tarmoqni izchil takomillashtirish va jarayonda soha vakillarini qo‘llabquvvatlashga qaratilgan bir qator huquqiy xujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston-2030” Taraqqiyot Strategiyasiga ko‘ra, “Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish” maqsadida elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish va barcha maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga 1,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra bugungi kunda respublikada misni qayta ishlash bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Mis quvurlari va alyuminiy profillari eksportini amalga oshirish orqali kutilgandan ko‘ra ko‘proq natijaga erishildi. Mis elektrotexnika sanoatidagi eng asosiy “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji xom-ashyo xisoblanadi. Xalqaro ekspertlar yashil energiya inqilobi sababli 2030 yilga borib bu noyob ma’danga bo‘lgan talab 40% ga ortishini taxmin qilishmoqda. O‘zbekistonda esa bu global bozor extiyojini egallash uchun juda katta imkoniyat va tabiiy salohiyat mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 mln tonnadan ortiq mis zaxirasi aniqlangan. Raqamlarga murojat qiladigan bo‘lsak, 2018 yilda mamlakatimizda 22500 tonna mis xom-ashyosi qayta ishlangan bo‘lsa 2024 yilda bu ko‘rsatkich 92000 tonnani tashkil etdi. 2025 yilga kelib esa 110000 tonna misdan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlash reja qilingan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 5 barobarga o‘sishni ko‘rsatadi. 1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida mis xom-ashyosini qayta ishlash hajmi dinamikasi (tonna) 2024 yilda birja savdolari orqali xarid qilingan mis xom-ashyosining 85,3 ming tonnasi qayta ishlanib 9,4 trln so‘mlik yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarilgan. Angren “Pipeplant” MChJ O‘zbekistonda turli diametrli mis quvurlari ishlab chiqaruvchi yirik eksportyor korxonalaridan biri. 2024 yilda ushbu quvvat orqali 7,5 ming tonna qiymati 84 trln so‘mga teng bo‘lgan mis xom-ashyosi qayta ishlanib tayyor mahsulotning 95 % xorijiy davlatlarga eksport qilingan. Mamlakatda olib borilgan izchil siyosat, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mis eksporti geografiyasi 2021 yilda 42 ta davlatdan 2024 yilda 71 ta davlatga ko‘paydi. Qisqa vaqt ichida 29 ta yangi mamlakat bozorlariga kirib borildi. 2021 yilda jami mis mahsulotlari eksporti 387,3 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar hajmi 98,1 mln dollar bo‘lgan. 2024 yilda esa 782,6 mln dollarlik mis mahsulotlari eksportidan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar hajmi 309,2 mln dollarga oshgan. O‘sish 315% demakdir. Bu natija qayta ishlashning iqtisodiy samarasi bo‘lsa, ijtimoiy ahamiyati ham yuqori. Misni qayta ishlash boshlangandan beri tarmoqda 1148 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, joriy yilning 15-oktyabrida imzolangan PQ-304sonli “Elektrotexnika sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish, sohaning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirishning qoʻshimcha choratadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori sohani rivojlantirishga qaratilgan yana bir muhim qadamlardan biri xisoblanadi. Xususan, qarorga muvofiq 2026 yilda eksport geografiyasini 80 ta davlatga, eksport hajmini 3 mlrd dollarga etkazish belgilab o‘tilgan. Kabel-sim sanoat yo‘nalishida asosiy xom-ashyo bo‘lib mis xisoblanadi. Misni qayta ishlash, nafaqat qayta ishlash misdan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot 22500 55000 86000 92000 110000 0 20000 40000 60000 80000 100000 120000 2018 yilda 2021 yilda 2023 yilda 2024 yilda 2025 yilda(reja) 12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji ishlab chiqarishga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Qabul qilingan qarorni tag-zaminida ham mana shu masala yotadi. Xom-ashyoni chuqur qayta ishlagan ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlash, unga moliyaviy yordam berish ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mis xom-ashyosini birja savdolariga qo‘yishda 4% chegirmani 2030 yilgacha saqlab qolish bu korxonani aylanma mablag‘ini tejab, mahsulotni ham arzon, ham barqaror xom-ashyo bilan ta’minlashiga zamin yaratadi. Yangi qarorga ko‘ra tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash elektrotexnika korxonalarini moliyaviy tomondan hamda vaqtni tejash maqsadida kuchlanish qurilmalari, podstansiyalar, yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahalliylashtirish sertifikatini 24 oydan 36 oygacha muddati uzaytirib berilmoqda. Elektrotexnika sohasidagi mamalkatimiz potensiali hali yuqori. Birgina misni qayta ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan gigant loyihalar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yiliga kamida 1 milliard dollarlik yangi bozorlarni ochib beradi. Elektrotexnika klasterini tashkil etish uchun puxta zamin yaratib, minglab yangi ish o‘rinlariga yo‘l ochadi. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Mamayusupova Mashxura Sodiqovna (2023). Tashqi savdo siyosatini mustahkamlash va eksportni rag‘batlantirishda elektrotexnika sanoati mahsulotlarining roli va ahamiyati. Iqtisod va moliya (O‘zbekiston), (4 (164)), 14-20. doi: 10.34920/eIf/VOL_2023_ISSue_4_3 2. Mamayusupova, M. (2023). Elektrotexnika sanoati korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 1(11-12). https://doi.org/10.55439/GED/vol1_iss11-12/a365 3. Mamayusupova M.S. (2024). Elektrotexnika sanoati mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish istiqbollari. “Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” ilmiy jurnali, 12/2-2024. – 48-b. 4. Mamayusupova M. (2024). Specific features of the development of electrical engineering enterprises in the conditions of digitalization of the economy. Бюллетень науки и практики, 10 (8), 319-324. doi: 10.33619/24142948/105/35 5. Mamayusupova, Mashxura Sodiqovna (2023). Elektrotexnika sanoati maxsulotlarinig eksport salohiyatini oshirish rivojlanishning muhim omili sifatida. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (2), 65-72. doi: 10.5281/zenodo.7732836