scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BADIIY NASR LEKSIK VOSITALARNING TANLANISHIGA ASOSLANGAN NUTQ

Ergasheva, Dilrabo Allanazarovna

Abstract

Maqolada badiiy nasr leksik vositalarning tanlanishiga asoslangan nutq ekanligi soʻz variantlari misolida yoritib berilgan. Odil Yoqubov asarlarida uchraydigan soʻz variantlarining turlari lingvopoetik tahlilga olingan. Shuningdek, so‘z variantlari shakl va ma’no xususiyatlari jihatidan sinonimlarga juda yaqinligi ammo sinonimlar va so‘z variantlari tilda ham, shuningdek, badiiy nutq jarayonida ham muayyan farqlanishga egaligi va ularning ajratuvchi belgilari tasnifi keltirilgan.

Full text

244 BADIIY NASR LEKSIK VOSITALARNING TANLANISHIGA ASOSLANGAN NUTQ Ergasheva Dilrabo Allanazarovna Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Termiz davlat universiteti [email protected] Annotatsiya. Maqolada badiiy nasr leksik vositalarning tanlanishiga asoslangan nutq ekanligi soʻz variantlari misolida yoritib berilgan. Odil Yoqubov asarlarida uchraydigan soʻz variantlarining turlari lingvopoetik tahlilga olingan. Shuningdek, so‘z variantlari shakl va ma’no xususiyatlari jihatidan sinonimlarga juda yaqinligi ammo sinonimlar va so‘z variantlari tilda ham, shuningdek, badiiy nutq jarayonida ham muayyan farqlanishga egaligi va ularning ajratuvchi belgilari tasnifi keltirilgan. Kalit soʻzlar. Soʻz variantlari, sinonimlar, ogʻzaki nutq, badiiy nutq, variantdoshlik, arxaiklik belgisi, leksik-morfologik variantdoshlik, fonetik soʻz variantlari. Ortologiya nazariyasiga ko„ra so„z variantlari (variantdoshlik) tilning barcha hodisalari va nutqiy ko„rinishlari uchun xos bo„lib, nutq madaniyatining tekshirish obyektidir. [Begmatov, 1; 4] Nutq yo„nalishiga ko„ra ijodkor so„z variatlaridan mosini tanlaydi, ana shu tanlanadigan so„z nutq madaniyati talablariga mos bo„ladi. Tilshunoslikda ortologiya nazariyasining vujudga kelishi so„z variantlarini muhim masalalardan biriga aylantirdi. Variantdoshlik nutq madaniyatining obyekti deyish uchun to„la asos bo„lmasada, nutq madaniyatining ajralmas qismi, matnda nutqiy rang-baranglikni ta‟minlovchi vosita ekanligi aniq. So„z variantlarining muhim xususiyati umumnutqiyligidir, ularni nutqning biror turi uchun xos deb qarab bo„lmaydi. Biroq leksik vositalarning tabaqalanishi jihatdan alohida o„ziga xoslik kasb etgan badiiy nutq va og„zaki nutq uchun xoslangan ayrim so„z variantlarini ham ajratish mumkin. [Umurqulov, 2; 179] So„z variantlari, asosan, tilning ichki imkoniyatlari natijasida hosil bo„lib, tilni lug„aviy jihatdan boyituvchi manbadir. So„z variantlarining bir qismi nutqning biror turida vujudga keladi va shu nutqda qo„llanishga moslashadi. Masalan, Ali Qushchi, goʻyo ustodiga gustohlik qilganday tuyulib, uning gʻamgin chehrasidan koʻzini olib qochdi. (O.Yoqubov. “Ulug„bek xazinasi”) gaplaridagi ustod, gustoh so„z variantlarini faqat badiiy matnlarda uchratish mumkin va bu variantlar muayyan uslubiy maqsadlarda qo„llaniladi. Bu tipdagi so„z variantlarining ko„proq badiiy nasrda uchrashi, so„z variantlarining vujudga kelishi nutqning ma‟lum turi bilan ham bog„liqligini ko„rsatadi. Binobarin, so„z variantlari turli nutqiy imkoniyatlarni vujudga keltiruvchi leksemalar bo„lib, nutqda so„zlarning o„zaro birikib ma‟no hosil qilishi jarayonida vujudga keladi. Badiiy nutq so„zdagi muayyan imkoniyatlarni yuzaga chiqarib 245 qolmay shu imkoniyatlarni kengaytirish manbalaridan biri hamdir. Sinonimlar va qisman so„z variantlari ana shunday lug„aviy vositalar hisoblanadi. [Yoriyev, 3; 56] So„z variantlari shakl va ma‟no xususiyatlari jihatidan sinonimlarga juda yaqin. Ularning har ikkalasi ham bir tushunchani ifodalaydi. Biroq sinonimlar va so„z variantlari tilda ham, shuningdek, badiiy nutq jarayonida ham muayyan farqlanishga ega: sinonimlar har xil o„zaklardan (chehra-oraz, xaroba-vayrona, boy-badavlat) so„z variantlari esa bir xil o„zaklardan (ustod-ustoz, barobar-baravar, doim-doimo, gustoh-gumroh, ishonmoq-inonmoq) tashkil topadi; sinonimlar qatoridagi so„zlar ijobiy va salbiy emotsional bo„yoqdorligi jihatdan variant so„zlardan farqlanadi. So„z variantlarida emotsional bo„yoqdorlik mavjud emas: boʻtam-boʻtalogʻim, toyimtoychogʻim, doim-doimo, kelgusi-kelajak; sinonimlarda arxaiklik belgisi mavjud bo„ladi: xursandlik-farah, gul-chechak, yuz-yonoq, lab-dudoq, osmon-gardun, bayroq-tug‘, yalov sinonimlarining keyingilari hozirgi nutqimiz uchun arxaiklashgan. So„z variantlarida arxaiklik belgisi mavjud bo„lmaydi. Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, badiiy nutqda turli uslubiy imkoniyatlarni yaratish maqsadida so„z variatlarining ayrim arxaik shakllari ham uchrab turadi: men-man, sen-san, u-ul, bubul, agar-magar, lekin-lokin va boshqalar; sinonimlarning badiiy nutq jarayonidagi vazifasi keng, so„z variantlarining badiiy nasrdagi vazifasi chegaralangan; sinonimlar va so„z variantlari tilshunoslikning qaysi sohasida o„rganilishi jihatdan ham farqlanadi. Chunonchi, sinonimlar – stilistikaning tekshirish obyekti, so„z variantlari esa – nutq madaniyatining o„rganish sohasidir; so„z variantlari muayyan tilning ichki imkoniyatlari asosida, o„zak va negizga turli forma yasovchi affiks qo„shilishi asosida hosil bo„ladi. Shuningdek, so„zlarni turlicha talaffuz etish ham so„z variantlarini vujudga keltiradi. Bunday so„z variantlarning biri adabiy tilga, ikkinchisi oddiy so„zlashuvga xos bo„lishi mumkin. Badiiy nasrda so„z variantlarining bu shakllaridan qahramon nutqini individuallashtirish maqsadida foydalaniladi. Masalan, – Xoʻp, xoʻp, bolam. Veteran bobongni-da oldimga solib opporaman... (O.Yoqubov. “Adolat manzili”) Shuningdek, ayrim so„z variantlari o„tmish koloritini aks ettirish maqsadida qo„llanilganini ham kuzatish mumkin. Bunday so„z variantlari nutqqa xosligicha qoladi. Masalan, ...bilmam, taqsiri olam, boshda kamina ham inonmadik va lekin suratini ko‘rdim. (O.Yoqubov. “Ulug„bek xazinasi”) gapidagi bilmadim so„zining qisqargan varianti bilmam va ishonmadim so„zining inonmadim variantlari o„tmishni aks ettirish, asarda o„tmishga xoslikni ta‟minlash maqsadida ishlatilgan bo„lib, bugungi hayotdan olib yozilgan asarlar yoki adabiy so„zlashuvda qo„llanilganda nutq uslubini buzadi. Chunki har bir nutq turining o„z mezoni bor. Zotan, oddiy so„zlashuvda so„zlashuv elementlari, dialekt, shevaga xos vositalarni ishlatish, gap qurilishini ham oddiy so„zlashuvga xos siqiq, qisqa tuzish, so„zlarni ba‟zan qisqa 246 shakllarda qo„llash mumkin. Badiiy nutqda ham shu nutq xususiyatlaridan kelib chiqilgan holda turli nutqiy imkoniyatlardan foydalaniladi va bu holni keltirilgan variant so„zlar misolida ham ko„rish mumkin. O.S.Axmanova so„z variantlarini: leksik-semantik, leksik-frazeologik va leksik-semantik, fonetik va morfologik variantlar kabi turlarga bo„ladi. [Axmanova, 4; 5] T.V.Jerebilo bir leksemaning aynan bir xil, lekin orfoepik, fonetik, morfologik, stilistik jihatdan farqlanuvchi, tilda mustahkam o„rin olgan o„zgarishlarini so„zning variantlari deb ataydi. [Jerebilo, 5; 55] So„z variantlarini fonetik variantlar, morfologik variantlar, sintaktik variantlar, sinonimlarning bir qismi, dubletlar kabi turlarga ajratib oʻrganish ayrim masalalarning yechimiga javob beradi. So„z variantlari nutqda nutqiy ko„tarinkilik, tantanavorlikni ta‟minlash xususiyatiga ega bo„lib, nasriy asarlarda o„tmishga xoslikni aks ettiradi. Bunday variantlar badiiy nutqning an‟anaviyligi, ko„tarinkilikka moyilligi natijasida vujudga keladi va turli nutqiy imkoniyatlarni yaratadi. Masalan, – Borakallo! – dedi sulton. – Ya’niki... siz valine’mat tayyor eshiklardan chiqmay devordan tuynuk ochtirar emishsiz. (O.Yoqubov. “Koʻhna dunyo”)...qirq yil ne mashaqqatlar bilan qidirib topgan noyob kitoblarimning taqdirini bilmay bu maskandan ketolmayman. (O.Yoqubov. “Ulug„bek xazinasi”) Keltirilgan gaplardagi borakallo, ustod, maskan, kabi so„z variantlarining qo„llanilishi, ularning badiiy nasr talablariga mos kelishi bilan bog„liq. Fonetik so„z variantlari nafaqat nutqning biror turiga xosligi bilan, balki bir-biridan jozibadorligi bilan ham farqlanadi. Ayniqsa, bu xususiyat badiiy nasr mantlarida vujudga kelgan so„z variantlarida yaqqol seziladi. So„z variantlari ko„pincha badiiy-obrazlilikni ta‟minlash xususiyatiga ham ega. Masalan, – Nechun insof-u adolat toʻgʻrisifagi bu oʻylar uning xayoliga endi kelmish? Nogahon yopishgan manov baloi nahs bilan birga kelmish? gaplarida qo„llanilgan nechun, kelmish, manov so„z variantlari kitobiylik, badiiy nutqqa xoslik xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Nasriy asarlarda o„tmishga xoslikni aks ettirishda, ayniqsa, so„zlarning hozirgi nutq uchun arxaik bo„lgan fonetik shakllaridan ham foydalanilgan. Bu hol fonetik so„z variantlarining ayrimlarining uslubiylik xususiyati mavjudligini ko„rsatadi. Masalan, Demakkim, o‘zingiz bitgan risolalarga emdi o‘zingiz inonmaysiz? Mavlononi ul murtadning yoniga elting. (O.Yoqubov. “Ulug„bek xazinasi”) Bu gaplardagi emdi, inonmaysiz, ul, elting kabi arxaik so„zlar badiiy asarlarda umumiste‟moldagi endi, ishonmaysiz, u, eting so„zlarining fonetik varianti sifatida qo„llaniladiki, bu hol shu variantlarning uslubiyligini ko„rsatadi. Fonetik so„z variantlarini vujudga keltiruvchi ikkinchi manba og„zaki nutqdir. Og„zaki nutqda talaffuz jarayonida hosil bo„luvchi qora-qaro, qovun-qavun, biror- 247 biron, shohi-shoyi, arava-araba, bezamoq-bejamoq, paxlavon-polvon, bo‘lgusibo‘lg‘usi, men-man, asta-ohista, boraver-boraber kabi fonetik so„z variantlarini ko„plab uchratish mumkin. Bu tipdagi so„z variantlari badiiy nutqda personajlar nutqini xarakterlovchi vositalar sifatida ishlatilib, oddiy so„zlashuvga, shevaga xos belgilari mavjudligi bilan ajralib turadi: Uning yuragi nechundir gurs-gurs tepar, xayoli quyunday charx urar edi. Sening dahriy shohingga inonib o‘ltira berganda, bilmam, holimiz ne kechar ekan. (O.Yoqubov. “Ulug„bek xazinasi”) gaplaridagi nechuk, inonib, o‘ltira berganda, bilmam, ne kabilar so„z variantlarini vujudga keltiruvchi asosiy manba ekanligini ko„rsatadi. Badiiy matnlarda soʻz variantlaridan oʻrinli foydalanish nutqni bezaydi, shuningdek, uning jozibasini yaqqolroq namoyon etadi. Variantlilik tilning barcha sathlariga xos xususiyat bo„lib, variant va invarintlarning mavjudligi nutqning til vositalariga boyligini, nutqiy rang-baranglik ta‟minlanishining asoslaridan sanaladi. U tilning barcha sathlariga xos boʻlib, fonetikada fonemaning, morfemikada morfemaning, leksikologiyada soʻzning varianlari shaklida namoyon boʻladi. Soʻz variantlari adabiy normani belgilovchi vositalardan biri. Shu boisdan tilshunoslik uchun muhim material beruvchi manbalardan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Begmatov E. va.b. O„zbek nutqi madaniyati ocherklari. – Toshkent: Fan, 1988. 2. Umurqulov B. Badiiy nasr jozibasi. – Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2021. 3. Yoriyev B. Til va uslub. Surxon – Nashr nashriyoti, Termiz, 2016. 4. Ахманова О.С. Очерки по общей и русской лексикологии. – М., 1957. 5. Жеребило Т.В. Словарь лингвистических терминов. Изд. 5-е, испр. и доп. – Назрань: ООО Пилигрим, 2010.