INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 48 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us RAQAMLI IQTISODIY SHAROITDA BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YARARTISH Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi
[email protected] ANNOTATSIYA Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi jarayonlarini avtomatlashtirishning nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Buxgalteriya hisobida raqamli texnologiyalardan foydalanish natijasida hisob-kitob ishlarini tezkorlik bilan amalga oshirish, hujjatlar aylanishi samaradorligini oshirish, inson omili ta’sirida yuzaga keladigan xatoliklarni kamaytirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini jadallashtirish imkoniyati yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, 1C, 1UZ, UZASBO, ESTAT kabi avtomatlashtirilgan buxgalteriya dasturlarining amaliy qo‘llanilishi, ularning afzalliklari va raqamli iqtisodiyot infratuzilmasida tutgan o‘rni tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari buxgalteriya tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish mehnat samaradorligini oshirish, moliyaviy axborotlar ishonchliligini ta’minlash va korxonalar raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar Raqamli iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, avtomatlashtirilgan tizim, axborot texnologiyalari, 1C, UZASBO, moliyaviy hisobot, elektron hujjat aylanishi, boshqaruv qarorlari, bulutli texnologiyalar. So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni raqamlashtirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyot milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini yangilash, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishda asosiy omil sifatida belgilangan. Strategiya doirasida iqtisodiyotda raqamli xizmatlar ulushini 2,5 baravarga oshirish vazifasi belgilangan bo‘lib, bu jarayon bevosita buxgalteriya hisobini olib borish tizimlarining modernizatsiyasini ham talab etadi. Buxgalteriya hisobida raqamli texnologiyalarni qo‘llash amaliyoti hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni qisqartirish, hujjatlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 49 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us aylanishini tezlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda zarur bo‘lgan axborotlarni tezkor shakllantirish imkonini bermoqda. Natijada korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘z faoliyatini samarali tashkil etish, xarajatlarni optimallashtirish hamda raqobatbardoshligini oshirish imkoniga ega bo‘lib bormoqda. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya jarayoni buxgalteriya axborot tizimlarini avtomatlashtirishni zarur qiladi. Jo‘rayev A. va Abdullayev S. o‘z ilmiy ishlarida raqamlashtirish buxgalteriya hisobi axborotlarini shakllantirish tezkorligini oshirishini, bu esa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini soddalashtirishini ta’kidlaydilar. G‘. Qurbonovning “Axborot tizimlari va texnologiyalar asosida buxgalteriya hisobi” asarida esa 1C, SAP, Oracle Accounting kabi dasturlar orqali moliyaviy ma’lumotlarni aniq, tizimli va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkoniyatlari yoritilgan. Xorijiy olimlar R. Anthony va D. Nortonlar esa avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimlari strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborotning ishonchliligi va aniqligi muhim rol o‘ynashini ta’kidlashgan. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish uchun mustahkam huquqiy baza yaratilgan. Jumladan: • 2020-yilning “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinishi, • Prezidentning PF-5349-son Farmoni, PQ-3832-son Qarori, • 2018-yil 31-avgustdagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari • buxgalteriya hisobini raqamlashtirish va avtomatlashtirish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqdi. Bugungi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobini olib borishda 1C, 1UZ, UZASBO, ESTAT kabi avtomatlashtirilgan dasturlar keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek: • my.soliq.uz, • faktura.uz, • didox.uz, • internet-banking platformalari orqali buxgalteriya hujjatlari va hisob-kitoblar elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Raqamli texnologiyalar asosida buxgalteriya hisobini yuritish imkoniyatlari: • korporativ ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya, • bulutli texnologiyalar (Google Disk, OneDrive, Dropbox), • blokcheyn orqali tranzaksiyalarni himoyalash, • mobil buxgalteriya ilovalari yordamida tezkor hisob-kitob.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 50 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Xulosa. Xulosalarga ko‘ra, buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish mehnat samaradorligini oshiradi, hisobotlarni to‘liq va tezkor shakllantirishga yordam beradi, inson omili sabab yuzaga keladigan xatolarni kamaytiradi, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini tezlashtiradi. Shuning uchun raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar uchun buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan platformalar asosida tashkil etish strategik ahamiyatga egadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Shirinov, U. (2020). ACCOUNTING IN THE DIGITAL ECONOMY: SIGNIFICANCE AND ADVANTAGES. International Finance and Accounting, 2020(3), 23. 2. Jo‘rayev A., Abdullayev S. “Raqamli transformatsiya sharoitida buxgalteriya hisobining rivojlanish istiqbollari”. – Toshkent, 2021. 3. Qurbonov G‘. “Axborot tizimlari va texnologiyalar asosida buxgalteriya hisobi”. – Samarqand, 2022. 4. https://www.lex.uz