scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI DAVRDA BOLALAR ADABIYOTI: ELEKTRON VA AUDIO KITOBLARNING O'RNI

Normurodovа, Nigorа; Radjabova, Nargis

Abstract

This article analyzes the impact of digital technology development on children's literature, the importance of electronic and audiobooks in the educational process, and their role in shaping reading culture. In addition, several problematic aspects of the topic are also discussed.

Full text

Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 20 RAQAMLI DAVRDA BOLALAR ADABIYOTI: ELEKTRON VA AUDIO KITOBLARNING O‘RNI Normurodovа Nigorа Аbdusаttorovnа O‘zMPU ”Boshlаng’ich tа’lim nаzаriyаsi vа metodikаsi “kаfedrаsi Dots.PhD Radjabova Nargis Tajimuradovna O‘zMPU, 1-bosqich magistranti Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar taraqqiyotining bolalar adabiyotiga ko‘rsatgan ta’siri, elektron va audio kitoblarning o‘quv jarayonidagi ahamiyati, shuningdek, ularning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ayrim muammoli jihatlar ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, raqamli davr, elektron kitob, audio kitob, raqamli ta’lim platformalari, kitobxonlik madaniyati, o‘qish kompetensiyasi, texnologik savodxonlik. Аннотация. В данной статье анализируется влияние развития цифровых технологий на детскую литературу, рассматривается значение электронных и аудиокниг в образовательном процессе, а также их роль в формировании культуры чтения. Кроме того, освещаются некоторые проблемные аспекты данной темы. Ключевые слова: детская литература, цифровая эпоха, электронная книга, аудио книга, цифровые образовательные платформы, культура чтения, читательская компетенция, технологическая грамотность. Annotation. This article analyzes the impact of digital technology development on children's literature, the importance of electronic and audiobooks in the educational process, and their role in shaping reading culture. In addition, several problematic aspects of the topic are also discussed. Keywords: children's literature, digital age, e-book, audio book, digital learning platforms, reading culture, reading competence, technological literacy. Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim va madaniyatning barcha sohalari kabi adabiyot ham raqamli inqilob ta’siriga tushgan. Endilikda kitob nafaqat bosma shaklda, balki turli elektron qurilmalar orqali o‘qiladigan multimedia mahsulotiga aylangan. Bu holat, avvalo, bolalar adabiyotiga ham yangi mazmun kiritmoqda. Chunki bolalar axborot texnologiyalariga eng tez moslashuvchi qatlam hisoblanadi. Shu bois raqamli adabiyot, xususan, elektron va audio kitoblarning o‘rganilishi Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 21 bugungi kunda nazariy, psixologik va pedagogik jihatdan muhim masala sanaladi. Maqolaning maqsadi raqamli asr sharoitida bolalar adabiyotining o‘qish va tarbiyadagi rolini yangicha talqinda yoritish hamda elektron vositalarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini ilmiy jihatdan tahlil qilishdir. Bolalar adabiyoti bu bolalar dunyoqarashiga, yosh psixologiyasiga, til imkoniyatlariga va badiiy idrokiga mos ravishda yaratilgan badiiy asarlar majmuasidir. Adabiyotshunos olima Q. Yo‘ldoshevaning ta’kidlashicha, bolalar adabiyoti milliy madaniyatning eng ta’sirchan bo‘g‘ini bo‘lib, u bola tafakkurini, hissiyotini va qadriyatini shakllantirishda asosiy manba hisoblanadi. Raqamli davrda esa bu manba o‘z ifodasini elektron platformalar, audio kitoblar va interaktiv o‘quv dasturlari orqali topmoqda. Demak, adabiyot endi faqat matn emas, balki ko‘rish, eshitish, his etish jarayonlarini birlashtiruvchi ko‘p tarmoqli o‘rganish vositasiga aylanmoqda. Elektron kitoblar, jurnallar, onlayn o‘yinlar — bularning barchasi bolalarda kitobga nisbatan yangicha tarzda qiziqish uyg‘otadi. Chunki raqamli o‘qish orqali bola o‘zini jarayon ishtirokchisi sifatida his qiladi. Elektron kitob an’anaviy bosma kitobning raqamli ko‘rinishidir. Ammo uning imkoniyatlari ancha keng. Matnni kattalashtirish, ovoz imkoniyatlari, rangli tasvirlardan foydalanish, interaktiv testlar bilan birlashtirish — bularning barchasi yosh kitobxonning diqqat-e’tiborini faol saqlab turadi. Raqamli ta’lim platformalarida (masalan, “Kitob.uz”, “Bilimland”, “Kutubxona.uz”) joylashtirilgan elektron asarlar o‘qituvchi uchun ham qulay, chunki bunday turdagi platformalar o‘quvchi faoliyatini kuzatish, mustaqil ishlashini rag‘batlantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, elektron kitoblar imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham juda qulay. Ular matnni ovozli tarzda tinglay oladi, shrift o‘lchamini o‘zgartiradi, hatto so‘zlarni tarjima qilib o‘rganadi. Bu esa inkluziv ta’lim tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Audio kitob — o‘qish jarayonini eshitish faoliyatiga asoslovchi zamonaviy vosita. U bolalarda tinglab tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda, audio kitoblar bolalarning hissiy qabul qilishini kuchaytiradi. hunki ovoz, ohang, musiqiy fon va ovoz effektlari orqali bola matnga chuqurroq kirib boradi. Masalan, xalq ertaklari yoki Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asarining audioversiyasi bolani nafaqat hikoyani tinglashga, balki u haqda o‘ylashga undaydi. Tinglovchi bola qahramonlar nutqini eshitadi, ularning his-tuyg‘usini ovoz orqali tasavvur qiladi. Bu esa badiiy tafakkurning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muntazam audio kitob tinglaydigan bolalarda ijodiy Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 22 tasavvur darajasi yuqoriroq bo‘ladi. Raqamli adabiyotning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: - bolalar uchun qulay va interaktiv muhit yaratadi; - kitoblarga istalgan joyda, istalgan paytda kirish imkonini beradi; - o‘qituvchilar uchun o‘qish jarayonini monitoring qilishni osonlashtiradi; - ekologik jihatdan qog‘oz sarfi kamayadi. Ammo bu jarayonda quyidagi muammolar ham uchraydi: 1) bolalar ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ehtimoli; 2) ekran qarshisida ortiqcha vaqt o‘tkazish; 3) diqqatning tez chalg‘ishi. Shu bois, pedagog va ota-onalar raqamli adabiyotdan me’yorida va maqsadli foydalanishni nazorat qilishlari lozim. Bugungi ta’lim sharoitida raqamli adabiyotdan foydalanish uchun o‘qituvchi nafaqat bilim, balki raqamli savodxonlik ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi zarur. Quyidagi usullar esa raqamli ta’lim muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda samarali hisoblanadi: 1. Elektron kitoblar asosida virtual o‘qish klublarini tashkil etish; 2. Audiokitoblardan tinglab tushunish mashg‘ulotlarida foydalanish; 3. Onlayn o‘qilgan asarlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazish; 4. O‘quvchilarga elektron o‘qilgan asarlar yuzasidan chiqarilgan xulosalarini yozish va og‘zaki qayta hikoyalash. Bunday yondashuvlar bolalarda nafaqat o‘qishga, balki ijodkorlikka bo‘lgan qiziqishni ham shakllantiradi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, raqamli asrda bolalar adabiyoti o‘z shaklini o‘zgartirmoqda, ammo mohiyatan bola qalbiga yo‘l topuvchi badiiy so‘z san’ati bo‘lib qolmoqda. Elektron va audio kitoblar bu yo‘lda vosita sifatida xizmat qiladi. Ular bolani kitobxonlikka yaqinlashtiradi, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda badiiy tafakkur va o‘qish kompetensiyasini rivojlantiradi. Asosiy maqsad esa texnologiyani maqsadli yo‘naltirish, o‘qishni raqamli muhitda ham qadriyat sifatida saqlab qolishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Yo‘ldoshev Q. Bolalar adabiyoti nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 2. Karimova M. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni. – T.: Fan, 2021. 3. Nuriddinova D. Bolalar o‘qish madaniyatida audiokitoblarning ahamiyati. – “Til va Adabiyot Ta’limi” jurnali, №2, 2024. Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 23 4. UNESCO. Digital Reading and Early Literacy Development. – Paris, 2023. 5. Abdullayeva M. Innovatsion pedagogika va raqamli adabiyot o‘qitish metodlari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2022.