scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AFV VA AMNITSIYA INSTITUTLARINING JINOIY JAVOBGARLIKNI YENGILLASHTIRISHDAGI O'RNI VA HUQUQIY ASOSLARI

Turdimurodova Marjona Yunusbek-qizi; Istamova Intizor Oybek-qizi

Abstract

Mazkur maqolada afv va amnistiya institutlarining O‘zbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikni yengillashtirishdagi o‘rni, ularning huquqiy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil etilgan. Afv va amnistiya insonparvarlik, adolat va ijtimoiy barqarorlik tamoyillariga asoslangan huquqiy institutlar bo‘lib, ular jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan davlatning kechirimlilik siyosatini ifodalaydi. Maqolada ushbu institutlarning mazmun-mohiyati, ularni qo‘llash tartibi, farqli va o‘xshash jihatlari, shuningdek, ularning jinoiy siyosatdagi o‘rni keng yoritilgan. Shuningdek, afvni Prezident tomonidan yakka tartibda qo‘llaniladigan akt sifatida, amnistiyani esa Oliy Majlis tomonidan jamoaviy tarzda qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat sifatida qo‘llash amaliyoti huquqiy jihatdan tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Afv to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari hamda “Amnistiya to‘g‘risida”gi qonunlar asosida bu institutlarning huquqiy bazasi o‘rganilgan.Maqolada, shuningdek, afv va amnistiyaning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, ularning inson huquqlarini ta’minlash va mahkumlarni jamiyatga qayta ijtimoiylashtirishdagi roli haqida ham fikr yuritilgan. Amaliy misollar asosida ushbu institutlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, afv va amnistiya institutlari jinoyat-huquqiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, insonparvarlik tamoyillarini ro‘yobga chiqarish, jinoiy javobgarlikni yengillashtirish va jamiyatda ijtimoiy totuvlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Full text

185 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 AFV VA AMNITSIYA INSTITUTLARINING JINOIY JAVOBGARLIKNI YENGILLASHTIRISHDAGI O'RNI VA HUQUQIY ASOSLARI Turdimurodova Marjona Yunusbek-qizi QXU Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'lim yo'nalishi 4 - bosqich talabalari Contact: +998908970409 meyamyun[email protected] Istamova Intizor Oybek-qizi Contact: +998973160014 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17559784 Annotatsiya. Mazkur maqolada afv va amnistiya institutlarining O‘zbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikni yengillashtirishdagi o‘rni, ularning huquqiy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil etilgan. Afv va amnistiya insonparvarlik, adolat va ijtimoiy barqarorlik tamoyillariga asoslangan huquqiy institutlar bo‘lib, ular jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan davlatning kechirimlilik siyosatini ifodalaydi. Maqolada ushbu institutlarning mazmun-mohiyati, ularni qo‘llash tartibi, farqli va o‘xshash jihatlari, shuningdek, ularning jinoiy siyosatdagi o‘rni keng yoritilgan. Shuningdek, afvni Prezident tomonidan yakka tartibda qo‘llaniladigan akt sifatida, amnistiyani esa Oliy Majlis tomonidan jamoaviy tarzda qabul qilinadigan normativhuquqiy hujjat sifatida qo‘llash amaliyoti huquqiy jihatdan tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Afv to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari hamda “Amnistiya to‘g‘risida”gi qonunlar asosida bu institutlarning huquqiy bazasi o‘rganilgan.Maqolada, shuningdek, afv va amnistiyaning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, ularning inson huquqlarini ta’minlash va mahkumlarni jamiyatga qayta ijtimoiylashtirishdagi roli haqida ham fikr yuritilgan. Amaliy misollar asosida ushbu institutlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, afv va amnistiya institutlari jinoyat-huquqiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, insonparvarlik tamoyillarini ro‘yobga chiqarish, jinoiy javobgarlikni yengillashtirish va jamiyatda ijtimoiy totuvlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Kalit so'zlar: Afv instituti, amnistiya instituti, jinoiy javobgarlikni yengillashtirish, huquqiy asoslar, insonparvarlik tamoyili, adolat prinsipi, kechirimlilik siyosati, jinoyat-huquqiy siyosat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezident farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, huquqiy islohotlar, ijtimoiy barqarorlik, mahkumlarni qayta ijtimoiylashtirish, huquqni muhofaza qilish tizimi, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati. THE ROLE AND LEGAL BASIS OF THE INSTITUTIONS OF PARDON AND AMNESTY IN MITIGATING CRIMINAL LIABILITY Annotation. This article analyzes the role of the institutions of pardon and amnesty in mitigating criminal liability in the Republic of Uzbekistan, their legal basis and practical significance. Amnesty and amnesty are legal institutions based on the principles of humanity, justice and social stability, which represent the state's policy of forgiveness towards persons who have committed crimes. The article broadly covers the essence of these institutions, the procedure for their application, their differences and similarities, as well as their role in criminal policy. Also, the practice of applying pardon as an act applied individually by the President, and amnesty as a normative legal act adopted collectively by the Oliy Majlis, is analyzed from a legal perspective. The legal framework of these institutions is studied based on the Constitution of the Republic of Uzbekistan, Presidential Decrees "On Amnesty" and the Law "On Amnesty". The article also discusses the socio-political significance of pardon and amnesty, 186 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 their role in ensuring human rights and resocializing convicts into society. Based on practical examples, proposals and recommendations are given to increase the effectiveness of these institutions. The results of the study show that the institutions of pardon and amnesty are an important component of criminal and legal policy and play an important role in implementing the principles of humanism, mitigating criminal liability and ensuring social harmony in society. Keywords: Amnesty institution, amnesty institution, mitigation of criminal liability, legal framework, humanitarian principle, principle of justice, amnesty policy, criminal law policy, Constitution of the Republic of Uzbekistan, Presidential decrees, Oliy Majlis resolutions, legal reforms, social stability, resocialization of convicts, law enforcement system, rule of law and civil society. РОЛЬ И ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ИНСТИТУТОВ ПОМИЛОВАНИЯ И АМНИСТИИ В СМЯГЧЕНИИ УГОЛОВНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ Аннотация. В статье анализируются роль институтов помилования и амнистии в смягчении уголовной ответственности в Республике Узбекистан, их правовые основы и практическое значение. Амнистия и амнистия – правовые институты, основанные на принципах гуманизма, справедливости и социальной стабильности, которые представляют собой политику государства по прощению лиц, совершивших преступления. В статье широко освещаются сущность этих институтов, порядок их применения, их различия и сходства, а также их роль в уголовной политике. Также с правовой точки зрения анализируется практика применения помилования как акта, применяемого Президентом единолично, и амнистии как нормативного правового акта, принимаемого коллегиально Олий Мажлисом. Правовая основа этих институтов изучается на основе Конституции Республики Узбекистан, Указов Президента «Об амнистии» и Закона «Об амнистии». В статье также рассматривается социальнополитическое значение помилования и амнистии, их роль в обеспечении прав человека и ресоциализации осужденных в обществе. На основе практических примеров даны предложения и рекомендации по повышению эффективности этих институтов. Результаты исследования показывают, что институты помилования и амнистии являются важной составляющей уголовно-правовой политики и играют важную роль в реализации принципов гуманизма, смягчении уголовной ответственности и обеспечении социального согласия в обществе. Ключевые слова: институт амнистии, смягчение уголовной ответственности, правовые основы, гуманный принцип, принцип справедливости, политика амнистии, уголовно-правовая политика, Конституция Республики Узбекистан, указы Президента, постановления Олий Мажлиса, правовые реформы, социальная стабильность, ресоциализация осужденных, правоохранительная система, верховенство закона и гражданское общество. KIRISH Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli huquqiy islohotlar jarayonida insonparvarlik va adolat tamoyillarini hayotga tatbiq etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan faqat jazo choralarini qo‘llash emas, balki ularni jamiyatga qayta ijtimoiylashtirish, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va inson sha’nini hurmat qilish tamoyillariga asoslangan huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. 187 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Shu nuqtai nazardan, afv va amnistiya institutlari jinoiy javobgarlikni yengillashtirish, jinoyat-huquqiy siyosatda insonparvarlik g‘oyalarini amalga oshirishning muhi vositalaridan biri hisoblanadi. Ushbu institutlar nafaqat shaxsni jazodan ozod etish yoki jazoni yengillashtirishga xizmat qiladi, balki davlatning kechirimlilik va bag‘rikenglik siyosatini ifodalaydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Afv to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari va “Amnistiya to‘g‘risida”gi qonunlari ushbu institutlarning huquqiy asoslarini belgilab beradi. So‘nggi yillarda afv va amnistiya institutlarining qo‘llanilishida inson huquqlarini ta’minlash, mahkumlarni ijtimoiy hayotga qayta jalb etish, shuningdek, jazo tizimini liberallashtirish yo‘nalishida sezilarli natijalarga erishilmoqda. ASOSIY QISM Afv va amnistiya institutlari har bir demokratik davlatda insonparvarlik va adolat tamoyillarining amaliy ifodasi sifatida e’tirof etiladi. Ular jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatga qayta ijtimoiylashtirish, ularning ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlash va jazo siyosatini yumshatishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida bu institutlarning huquqiy asoslari Konstitutsiya va boshqa me’yoriy hujjatlarda mustahkamlangan. Mazkur moddaga muvofiq, Prezidentning shaxsiy vakolati sifatida afv e’lon qilish huquqi mavjud bo‘lib, u ayrim shaxslarni jazodan to‘liq yoki qisman ozod etish, yoxud jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish shaklida qo‘llaniladi. Amnistiya esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat bo‘lib, u muayyan toifadagi shaxslarni yoki jinoyatlarni qamrab oladi. Ya’ni, amnistiya yakka shaxsga emas, balki bir guruh shaxslarga nisbatan umumiy tarzda tatbiq etiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnitsiya to'g'risidagi hujjatlarni qabul qilinadi.[1] Shu boisdan afv individuallashtirilgan kechirim, amnistiya esa jamoaviy kechirim shaklidir. Afv va amnistiyaning asosiy maqsadi jazoni bekor qilish emas, balki jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan davlatning insonparvar siyosatini namoyon etish, uni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish hamda jamiyatdagi totuvlikni mustahkamlashdan iboratdir. Afv instituti O‘zbekiston Respublikasida Prezident tomonidan amalga oshiriladi.[2] Bu vakolat Prezidentning bevosita insonparvarlik siyosatini amalga oshirishdagi eng muhim vositalardan biridir. Afv to‘g‘risidagi masalalar odatda Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Afv farmoni chiqargandan so‘ng, u mahalliy sudlar, jazoni ijro etish muassasalari va prokuratura organlari tomonidan ijro etiladi. Afv quyidagi shakllarda qo‘llanilishi mumkin: shaxsni jazodan to‘liq ozod etish; jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish; jazoni qisqartirish; sudlanganlikni olib tashlash. Afv asosan har yili mamlakatda muhim siyosiy yoki milliy bayramlar arafasida e’lon qilinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, Konstitutsiya kuni yoki Ramazon hayiti munosabati bilan afv farmonlari qabul qilinadi. Afv institutining amaliy ahamiyati shundaki, u jinoyat sodir etgan shaxslarning pushaymonligini e’tirof etish, ularni jamiyatga qayta qo‘shish, oilaviy va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari afv etish mahkumni jazodan to'liq yoki qisman ozod etadigan yoki sud tomonidan tayinlangan jazoni boshqa yengilroq jazo bilan almashtiradigan yoxud sudlanganlikni olib tashlaydigan insonparvarlik akti hisoblanadi. [3] 188 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Amnistiya — bu jinoiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni faqat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi e’lon qiladi. Uning huquqiy asoslari “Amnistiya to‘g‘risida”gi Qonun va Konstitutsiyada mustahkamlangan.Amnistiya akti odatda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan maxsus qonun shaklida bo‘ladi. U jinoyat sodir etgan shaxslarning ma’lum toifalariga — masalan, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar, yoshi katta shaxslar, nogironlar yoki birinchi marta jinoyat sodir etgan fuqarolarga nisbatan qo‘llanadi. O‘zbekiston tarixida bir nechta yirik amnistiya aktlari qabul qilingan. Masalan, 1996-yil 29-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan mustaqillikning 5 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilingan. Shuningdek, har yili Konstitutsiya kuni arafasida Oliy Majlis tomonidan amnistiya to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinadi. Bu amaliyot shuni ko‘rsatadiki, amnistiya nafaqat jazodan ozod qilish vositasi, balki davlatning insonparvarlik siyosatini namoyon etuvchi muhim ijtimoiyhuquqiy institut sifatida ham xizmat qiladi. 2024 - yil Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan 522 nafar mahkum ozod etldi. To'liq ozod qilish bo'yicha 159 nafar bu 30% degani, shartli ozod qilish bo'yicha 303 nafar bu 58% degani, 60 nafar qamoq jazosi yengilrog'i bilan almashtirildi bu esa 12% degani. Afv va amnistiya institutlari umumiy maqsad — jinoiy javobgarlikni yengillashtirish va insonparvarlik siyosatini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning huquqiy tabiati va qo‘llanilish tartibida farqlar mavjud: Afv belgilari: - Prezident tomonidan amalga oshiriladi; - Aniq shaxslarga nisbatan chiqariladi; - individual xarakter kasb etadi - mahkum yoki uning yaqinlari Prezidentga murojaat qiladi Amnitsiya belgilari: - Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan hujjat; - Jinoyatlarning toifalari yoki moddalarini hisobga oladi; - Ommaviy xarakter kasb etadi; O‘xshash jihatlari esa quyidagilardan iborat: - har ikkisi ham jazo siyosatini yumshatish vositasidir; - insonparvarlik va kechirimlilik tamoyillariga asoslanadi; - jinoyat-huquqiy siyosatda ijtimoiy totuvlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Afv va amnistiya institutlari jinoiy javobgarlikni yengillashtirishning muhim mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ular jazo tizimini insonparvarlik tamoyillariga moslashtirish, jinoyatchilikka nisbatan adolatli yondashuvni ta’minlash, shuningdek, mahkumlarning ijtimoiy moslashuviga yordam berish orqali davlatning huquqiy siyosatini takomillashtiradi. Bu institutlar shuningdek, jazo siyosatini liberallashtirish, ortiqcha qamoqxona yukini kamaytirish, shaxsning jamiyatga qaytishini rag‘batlantirishga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, afv va amnistiya aktlari orqali davlat o‘z fuqarolariga nisbatan ishonch, bag‘rikenglik va kechirimlilikni ifoda etadi. Amaliy jihatdan bu institutlar jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqlarini tiklash, ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga yordam beradi. Shu sababli afv va amnistiya nafaqat jinoiy siyosat vositasi, balki jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va totuvlikni ta’minlovchi ahamiyatli omil sifatida e’tirof etiladi. 189 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 XULOSA O‘zbekiston Respublikasida afv va amnistiya institutlari jinoiy javobgarlikni yengillashtirishning muhim huquqiy mexanizmlari sifatida davlatning insonparvarlik siyosatini ifoda etadi. Ushbu institutlar yordamida jinoyat sodir etgan shaxslarning huquq va erkinliklari tiklanadi, ularning ijtimoiy hayotga qayta moslashuvi rag‘batlantiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, afv va amnistiya institutlari: 1. Insonparvarlik tamoyillarini huquqiy amaliyotda ro‘yobga chiqaradi; 2. Jinoiy siyosatni liberallashtirishga, jazolash emas, balki tarbiyaviy yondashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi; 3. Jamiyatda totuvlik va barqarorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi; 4. Mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali ularni jamiyat hayotiga qaytaradi; 5. Davlatning fuqarolarga bo‘lgan ishonchini va bag‘rikenglik siyosatini amalda ifodalaydi. Afv institutining Prezident vakolati sifatidagi ahamiyati, amnistiyaning esa parlament tomonidan e’lon qilinadigan qonuniy shakli O‘zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi asosida insonparvarlik siyosatini muvozanatli amalga oshirish imkonini beradi. Afv va amnistiya institutlarini qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish, ularni xalqaro tajriba asosida rivojlantirish, jinoyat sodir etgan shaxslarning psixologik va ijtimoiy reabilitatsiyasiga doir dasturlar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Afv va amnistiya — bu faqat jazo yengilligini bildiruvchi huquqiy vosita emas, balki inson sha’ni, adolat va bag‘rikenglikni qadrlaydigan demokratik jamiyatning yuksak qadriyatlarini ifodalaydigan muhim institutlardir. Adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 95 - moddasi 7 - bandi, 2023 - yil 30 - apreldagi soni 2. O'zbekistonRespublikasiKonstitutsiyaning 109 -moddasi 23 -bandi,2023-yil30apreldagisoni 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 8 - maydagi PF - 5439 son farmoniga ilova, O'zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom 1bob 2 bandi 4. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent: “Adolat”, 2022-y. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Amnistiya to‘g‘risida”gi qarorlari. – Rasmiy nashrlar to‘plami, 1996–2024-yillar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv to‘g‘risidagi farmonlari. – Prezident.uz rasmiy sayti, 2017–2024-yillar. 7. Xakimov X. Jinoiy javobgarlikni yengillashtirish institutlari. – Toshkent: TDYuU nashriyoti, 2020-y. 8. Tursunov A. Insonparvarlik tamoyillari va jinoiy siyosat. – Toshkent: Adolat, 2019-y. 9. Saidov A.X. O‘zbekiston Respublikasining huquqiy siyosati va inson huquqlari himoyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2021-y. 10. Karimova M. Amnistiya va afv institutlarining xalqaro huquqiy asoslari. // “Huquq va burch” jurnali, №3, 2022-y. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy axborot byulleteni. – Toshkent, 2024-y.