scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MASOFAVIY TA'LIM SHAROITIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Ibraimov Xolboy Ibragimovich

Abstract

Mazkur maqolada masofaviy ta’lim yordamida pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning professional komponentligini oshirish yo‘llari haqida fikr bildirib o‘tilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 9 MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI Ibraimov Xolboy Ibragimovich Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik https://doi.org/10.5281/zenodo.17560093 Annotatsiya. Mazkur maqolada masofaviy ta’lim yordamida pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning professional komponentligini oshirish yo‘llari haqida fikr bildirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: zamonaviy, ta’lim oluvchi, ta’lim beruvchi, masofaviy ta’lim, ilm-fan, texnologiya, raqamli texnologiya, ta’lim modeli, kompetensiya. Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimi - inson kapitalini shakllantirish, milliy taraqqiyotga erishish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. XXI asrda ilm-fan va texnologiya jadal sur’atlarda rivojlanar ekan, ta’lim ham shunga mos ravishda yangi shakl va mazmun kasb etmoqda. Xususan, raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilayotgan masofaviy ta’lim modeli nafaqat yangi pedagogik usullar, balki ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining kompetensiyalariga ham yangi talablarni qo‘ymoqda. So‘nggi yillardagi global inqirozlar, xususan, COVID-19 pandemiyasi tufayli jahon ta’lim tizimida masofaviy ta’lim modeli bir qator mamlakatlarda asosiy o‘qitish formatiga aylandi. Bu jarayon O‘zbekiston ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqardi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, pedagogika yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarni tayyorlash jarayonida yangi yondashuv va shakllar talab etilmoqda. Ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilar uchun masofaviy ta’lim nafaqat bilim olish vositasi, balki ularning kasbiy salohiyatini shakllantirish va amaliy pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishda asosiy maydonga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, masofaviy ta’lim sharoitida pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalarning professional kompetentligini rivojlantirish masalasi nafaqat dolzarb, balki ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mavzudir. Professional kompetentlik bugungi kunda faqat nazariy bilimlar to‘plami emas, balki murakkab pedagogik vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, muloqot qilish, hamkorlikda ishlash va innovatsion yondashuvlarni qo‘llash salohiyati bilan belgilanadi. Masofaviy ta’lim muhitida esa mazkur kompetensiyalar yanada muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu formatda o‘quvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri faol muloqot imkoniyatlari cheklangan, pedagogning mustaqil faoliyati, tashabbuskorligi va AKT savodxonligi birinchi o‘ringa chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga doir qarorlari, xususan, «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni masofaviy ta’lim modelini joriy etishni strategik vazifa sifatida belgilab berdi. Bunday sharoitda pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida ularning raqamli savodxonligini oshirish, psixologik-pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 10 Mutaxassis faoliyati o‘zagini, shubhasiz, professional kompetentlik tashkil etadi. Professional kompetensiya – bu o‘qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan dunyoqarash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va ularni amalda qo‘llash, samarali muloqot qurish bilan bog‘liq jarayondir. Professional kompetensiya har bir alohida sohada zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari professional kompetensiya o‘qituvchidan o‘z bilimlarini doimiy ravishda to‘ldirishni, yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishni, talablarni tushunishni, yangi ma’lumotlarni qidirishni, uni qayta ishlashni va o‘z ishlarida qo‘llashni talab qiladi. Professional kompetentlik - bu o‘qituvchining pedagogik faoliyatni samarali amalga oshirishga qodirligini ko‘rsatuvchi bilim, ko‘nikma, munosabat va shaxsiy fazilatlar majmuasidir. A.X.Bobojonovning ta’kidlashicha, pedagogik kompetentlik “o‘qituvchining murakkab ta’limiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning kasbiy shaxsiyatini namoyon etadi”. Professional kompetentlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: – har qanday muayyan vaziyatda, uning turli xil jihatlarini hisobga olgan holda bilimlarni o‘z o‘rnida va tezkorlik bilan to‘g‘ri qo‘llay bilish; – qarorlarni qabul qila bilishga qodirlik va tayyorlik, shu bilan birga, mazkur vaziyat uchun eng maqbul qaror variantini tanlay olish; – ijtimoiy harakatlarni tashkil etish va buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga sola bilish; – faoliyat doirasida boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarni aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda va maqsadga muvofiq, maqbul tarzda o‘rnata olish imkonini beradigan kommunikativ ko‘nikmalar; – muayyan ma’naviy qadriyatlar, dunyoqarash, umummadaniy va axloqiy sifatlarga egalik, faoliyatga intilish hissining mavjudligi; – o‘zining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, faoliyatning yangi usullarini egallashga intilish. Sohaning yetakchi tadqiqotchilaridan biri A.S.Kosogovaning fikricha, pedagogik nuqtai nazardan, o‘qituvchining professional kompetensiyasi - bu tajriba, nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va muhim shaxsiy fazilatlarning kombinatsiyasi asosida shakllangan murakkab individual-psixologik tuzilish bo‘lib, unda o‘qituvchi o‘zini to‘liq ifoda etishga, o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga tayyor hisoblanadi. Professional kompetentlik quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: Metodik kompetentlik – fanni o‘qitishning metod va uslublarini bilish; Aqliy-mantiqiy kompetentlik – tahlil, sintez, tanqidiy fikrlash; Kommunikativ kompetentlik – samarali muloqot va psixologik yondashuvlar; Axborot-kommunikatsiya (AKT) kompetentligi – raqamli texnologiyalardan foydalanish salohiyati; Innovatsion kompetentlik – yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish qobiliyati. Zamonaviy ta’limda raqamlashtirish jarayonlari tufayli masofaviy ta’lim nafaqat ehtiyojdan kelib chiqqan format, balki uzluksiz ta’limni ta’minlovchi muhim pedagogik model sifatida namoyon bo‘lmoqda. Masofaviy ta’lim, ayniqsa, pedagogika sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun turli imkoniyatlarni yaratadi, biroq shu bilan birga, ma’lum cheklov va muammolarni ham keltirib chiqaradi. Bu imkoniyat va muammolar bo‘lajak o‘qituvchilarning professional kompetentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Masofaviy ta’limning imkoniyatlari: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 11 1. Axborot-kommunikatsiya kompetentligini rivojlantirish Masofaviy ta’limda o‘quv jarayoni asosan raqamli platformalar orqali amalga oshiriladi. Bu esa talabalarda AKT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Google Classroom, Moodle, Zoom, Microsoft Teams kabi platformalardan foydalanish orqali talabalar o‘z mustaqil faoliyatini boshqarish, materiallar tuzish va interaktiv o‘quv muhitini yaratishni o‘rganadilar. YuNESKO (2021) ta’kidlaydi: “Masofaviy ta’lim o‘qituvchilarda raqamli instrumentlardan samarali foydalanish qobiliyatini shakllantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.” 2. Mustaqil ta’lim faoliyatini kuchaytirish Masofaviy ta’lim talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi an’anaviy munosabatlarni o‘zgartiradi. Bunda talabalar ko‘proq o‘z-o‘zini tashkil qilish, vaqtni boshqarish va shaxsiy javobgarlik kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradilar, bu esa professional kompetentlikning muhim tarkibiy qismidir. 3. Jahon resurslariga keng kirish imkoniyati Masofaviy ta’lim orqali talabalar xalqaro onlayn kurslar, vebinarlar va interaktiv dars materiallaridan foydalanishlari mumkin. Bu esa ularning nazariy bilimlarini boyitish bilan birga, pedagogik dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiladi. 4. Mslashuvchanlik va shaxsiylashgan ta’lim Masofaviy ta’lim talabalarga o‘zlariga qulay vaqt va joyda bilim olish imkonini beradi. Shaxsiylashgan yondashuv orqali har bir talaba o‘z qobiliyati va o‘rganish usuliga mos holda rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Qator afzalliklarga qaramasdan, masofaviy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning professional kompetentligini to‘liq shakllantirishda turli cheklovlar mavjud. 1. Pedagogik amaliyotning cheklanganligi. Odatda talabalar amaliy mashg‘ulotlar paytida sinfda dars o‘tish, o‘quvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash orqali pedagogik mahoratni shakllantiradilar. Masofaviy formatda esa bunday imkoniyatlar cheklangan bo‘lib, pedagogik amaliy kompetentlik rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. M.X. Ro‘zimurodov (2021) ta’kidlaydi: “O‘qituvchilik faqat nazariy bilim bilan emas, amaliy ko‘nikmalar va shaxsiy fazilatlar bilan ta’minlanadi. Masofadan turib bunday ko‘nikmalarni to‘liq shakllantirish qiyin.” 2. Ta’lim jarayonida faol muloqotning kamligi. Professional pedagogik faoliyat samarali kommunikativ kompetentlik bilan uzviy bog‘liq. Masofaviy ta’limda ko‘p hollarda talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida to‘liq muloqot yo‘q. Bu talabalarda faol ishtirak, savol-javob, bahs-munozara va sinf boshqarish qobiliyatlarining shakllanishini cheklaydi. 3. Texnik vositalar va internet muammolari. Hamma talabalarda ham barqaror internet, noutbuk yoki smartfon kabi texnik vositalar mavjud emas. Bu esa ta’lim sifatini kamaytiradi hamda professional rivojlanishdagi notenglikka olib keladi. Bu muammo, ayniqsa, qishloq joylardagi talabalar uchun dolzarb hisoblanadi. 4. Motivatsiya va o‘zini nazorat qilishda qiyinchiliklar. Masofaviy ta’limda tashqi nazorat kamaygani bois talabalarda ichki motivatsiya, intizom va shaxsiy mas’uliyat darajasi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bu esa o‘z navbatida kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini pasaytiradi. 5. Psixologik izolyatsiya va ijtimoiy faollikning pasayishi Oliy ta’lim faqat bilim olish jarayoni emas, balki ijtimoiy munosabatlar, jamoada ishlash, yetakchilik, emotsiyalarni boshqarish kabi shaxsiy kompetensiyalar rivoji uchun ham muhim INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 12 makondir. Masofaviy ta’lim bu imkoniyatlarni cheklaydi va emotsional intellekt hamda jamoaviy ishlash qobiliyatining shakllanishini sekinlashtiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolar masofaviy ta’lim modelini tanqid ostiga qo‘yish uchun emas, balki uni yanada samarali tashkil etish va bo‘lajak o‘qituvchilarning professional kompetentligini to‘laqonli shakllantirishga moslashtirish zaruratini ko‘rsatadi. Shuning uchun ta’lim tashkilotlari va pedagogik kadrlar tayyorlovchi muassasalar masofaviy ta’lim muhitini pedagogik jihatdan boyitish, interfaollikni kuchaytirish, amaliy mashg‘ulotlarni raqamli formatga moslashtirish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim. Masofaviy ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilar professional kompetentligini rivojlantirishning ayrim usullari: 1. Virtual simulyatsiya va rolli o‘yinlar. Masofaviy ta’lim sharoitida virtual pedagogik mashg‘ulotlar va simulyatsiyalar orqali talabalar real vaziyatlarda qaror qabul qilishni o‘rganadilar. Masalan, Classroom Simulator, Mursion kabi platformalar virtual sinfda dars o‘tish ko‘nikmasini shakllantiradi. G. I. Imamova ta’kidlaydiki: "Ta’limda simulyatsion yondashuv pedagogning mulohaza yuritish qobiliyatini, emotsional intellektini va qiyin vaziyatlarda qaror qabul qilish malakasini rivojlantiradi". 2. Loyihalashtirilgan ta’lim (Project-based learning). Bo‘lajak o‘qituvchilarni loyiha faoliyatiga jalb etish ularning muloqot, hamkorlik va muammo yechish kompetensiyalarini rivojlantiradi. Masofadan turib amalga oshiriladigan loyihalar (onlayn darsliklar yaratish, videodasturlar tayyorlash) — amaliyotga yaqinlashtiradi. 3. AKT va raqamli savodxonlik. Har bir bo‘lajak o‘qituvchi Learning Management System (LMS) platformalari (Moodle, Google Classroom, Edmodo)dan foydalanishni puxta o‘zlashtirishi shart. Raqamli kompetentlik nafaqat masofaviy, balki an’anaviy ta’limda ham talab qilinadigan asosiy salohiyatdir. Pedagoglarning raqamli savodxonligini oshirish masofaviy ta’limning samaradorligini ikki baravar oshirishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan zamonaviy modellar bo‘lajak o‘qituvchilarning professional kompetentligini shakllantirishga, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini va uning samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatishga, mafkuraviy va ma’naviy hamjihatlikka erishishga, umumiy maqsadga erishishga, har bir talabaning ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning professional kompetentligini rivojlantirish uchun quyidagi takliflar ilgari suriladi: – masofaviy pedagogik amaliyotni takomillashtirish: virtual sinflarda sinf boshqarish, dars tuzish, baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish; – loyihaviy o‘qitishni keng joriy etish: har bir fan doirasida loyihalar asosida baholash tizimini shakllantirish; – o‘qituvchi-trenerlar tayyorlash: talabalarga masofaviy o‘qitish texnologiyalarini o‘rgatuvchi mutaxassislar sonini ko‘paytirish; – AKT bo‘yicha intensiv kurslar tashkil etish: talabalarni LMS platformalarda mustaqil dars tuzishga yo‘naltirish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi PF-6079-son «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida” Farmoni, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 13 2. lbraimovX., Quronov M. Umumiy pedagogika[Matn]. Darslik. T., "Sahhof", 2023, 416-bet. 3. lbraimov X., Quronov M., lbragimova F. Pedagogika tarixi va nazariyasi [Matn]. Darslik. - T., "Sahhof", 2023.392-bet. 4. Ota-ona - murabbiy [Matn] / X.Ibraimov, M.Kuronov, J.Fozilov, F.Zaripov; -Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2024. - 220 b. 5. X.Ibraimov va boshqalar.Najot tarbiyada. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi. -2025. – 60 b. 6. X.Ibraimov va boshqalar. Go‘zal hulq modellari. – Toshkent.: “Ilm ziyo zakovat” nashriyoti. -2025 y. 80-b. 7. X.Ibraimov va boshqalar. Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2025. - 68 b. 8. X.Ibraimov va boshqalar. Milliy tarbiya xrestomatiyasi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun. – Toshkent.: “Ilm ziyo zakovat” nashriyoti. -2025 y. 180-b. 9. Пискунова Е. В. Исследования проблем оценки профессионалной компетентности педагога в России и за рубежом //Научные проблемы гуманитарных исследований. – 2009. – №. 8. – С. 76-83. 10. Мандел Б. Р. Современные проблемы педагогической науки и образования. – Directmedia, 2018. 11. Нуртазин С. Т. и др. Инновatsiонный метод «Проблемно-ориентированного обучения»(Problem-based learning-PBL) //Успехи современного естествознания. – 2013. – Т. 5. – С. 112-114 12. Oizi T. K. S. Topical Issues Formation of Inclusive Competence of Future Teachers in the Republic of Uzbekistan //JournalNX. – С. 103-106.