scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARBIYA TEXNOLOGIYALARI VA UNI TARBIYA JARAYONINI YORITISHDAGI ROLI

O'tkir Qarshievich Tolipov, Saydaliyeva Farzona O'tkir qizi

Abstract

Maqolada tarbiya jarayonining didaktik mohiyati va tarbiya texnologiyalarining uni yoritishdagi roli to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 37 TARBIYA TEXNOLOGIYALARI VA UNI TARBIYA JARAYONINI YORITISHDAGI ROLI O‘tkir Qarshievich Tolipov1, Saydaliyeva Farzona O‘tkir qizi2 1Nizomiy nomidagi TDPU “Texnologiy va professional ta’lim metodikasi” kafedrasi professori, p.f.d.; 2Nizomiy nomidagi TDPU “Texnologiy va professional ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17560173 Annotatsiya. Maqolada tarbiya jarayonining didaktik mohiyati va tarbiya texnologiyalarining uni yoritishdagi roli to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: tarbiya, tarbiya jarayoni, didaktik tizim, texnologiya, tarbiya texnologiyasi, tarbiya texnologiyalarining turlari. Maktab amaliyotiga innovatsion g‘oyalarni tatbiq qilish xususida so‘z yuritilganida, tarbiya innovatsiyalari, ularning mohiyati va tarbiyaviy ta’siriga to‘xtalmaslik mumkin emas. Ammo tarbiya innovatsiyalari va ularning funksional imkoniyatlarini yoritishdan avval maktablar faoliyatining muhim ahamiyatga ega ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi, uning ichki tarkibiy tuzilmasi mazmunini qisqacha yoritib o‘tish maqsadga muvofiq sanaladi. Pedagogikada “tarbiya” kategoriyasining definitsiyasi bo‘yicha turlicha talqinlar mavjud. Ular orasida “tarbiya – muhim ijtimoiy tajribalarini yetkazish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan jarayon” ma’nosini yorituvchi izoh keng tarqalgan. Ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish, ya’ni, tarbiya tarbiya jarayonining asosini ham o‘qitish, o‘rgatish tashkil qiladi. Shu sababli tarbiya jarayonini tashkil qilishda didaktik vositalardan foydalanish orqali kutilgan natijalarga erishiladi. Jarayonga didaktik vositalarni tatbiq qilish natijasida tarbiya tizimi o‘zining avtonomligini, o‘ziga xosligini muayyan darajada yo‘qotadi, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik yuzaga keladi. Zamonaviy sharoitda o‘quvchi shaxsini o‘zini o‘zi rivojlantirishida tarbiya texnologiyalari samarali sanaladi. Tarbiya texnologiyalari – aniq maqsadga muvofiq shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni tizimli va samarali tashkil etilishini ta’minlovchi tizim bo‘lib, ular tarbiya jarayonining ishtirokchilari o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mohiyatiga ko‘ra tarbiya texnologiyalari pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, falsafa va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Bugungi kunda ta’limda yigirmadan ortiq tarbiya texnologiyalari [1, s. 12-27; 5] qo‘llanilmoqda. Ayni o‘rinda ular orasidan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faol qo‘llanilayotgan tarbiya texnologiyalaridan namunalar keltiriladi: 1. Ibrat ko‘rsatishga asoslangan tarbiya texnologiyalari. An’anaviy sanaluvchi bu turdagi texnologiyalar tarbiyaviy ta’sirga ega shaxslar – ota-onalar, buva-buvilar, o‘qituvchilar, taniqli shaxslar, milliy tarixiy qahramonlar, omma orasida obro‘-e’tiborga ega kishilarning ta’lim oluvchilarga turli ko‘rinishdagi faoliyat bo‘yicha ibrat ko‘rsatishiga asoslanadi. 2. Oila tarbiyasi texnologiyalari. Mazkur turdagi texnologiyalar oilaning tarbiyaviy ta’sirga ega a’zolari – buva-buvilar, ota-onalar, katta yoshli farzandlar, yaqin qarindoshlar tomonidan farzandlarni tarbiyalashda qo‘llaniladigan shakl, metod, vosita, usul va yondashuvlardan tarkib topadi. Oila tarbiyasi texnologiyalari yordamida farzandlar ongiga INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 38 oilaviy qadriyatlar singdiriladi, o‘zi xatti-harakatlarining oqibatlari uchun javobgarlik, mehnatsevarlik, to‘g‘riso‘zlik, atrofdagilarga hurmat, kamtarlik, mustaqillik kabi fazilatlar tarbiyalanadi. 3. Shaxsga yo‘naltirilgan tarbiya texnologiyalari. Ushbu turdagi texnologiyalar ta’lim oluvchilarning shaxsiy, individual xususiyatlarini inobatga olgan holda qiziqish, ehtiyoj va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. 4. Shaxsni kollaborativ faoliyatda tarbiyalash texnologiyalari.Bu turdagi texnologiyalar ta’lim oluvchilarni juftlik, kichik guruhlar va jamoada ishlashga yo‘naltirish orqali ularda hamkorlik ko‘nikma, malaka va tajribalarini rivojlantirish, ularda o‘zaro yordam fazilatlarini tarbiyalashga yordam beradi. 5. Shaxs sog‘ligini saqlovchi texnologiyalar. Mazkur texnologiyalar ta’lim oluvchilarning ularda shaxsiy salomatlikni muhofaza qilish ko‘nikma, malakalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish, stimullashtirish, o‘z-o‘zini ishontirish, qisqa jumlalarni ongga singdirish (psixologik affirmatsiya) hamda meditatsiya (tasavvurda manzarani jonlantirish, ovozlar, hidlar, voqeliklar ta’sirida tanani bo‘shashtirish) mashqlari yordamida ta’lim oluvchilar tibbiy-gigienik vositalardan to‘g‘ri foydalanish, shaxsiy gigiena, shuningdek, atrof-muhit muhofazasi, tozaligini saqlash qoidalariga amal qilishga odatlantiriladi. 6. Ijtimoiy loyihalashtirish texnologiyalari. Bu texnologiyalar ta’lim oluvchilarning e’tiborini ijtimoiy masalalarga jalb qilish orqali, ularda muammolarni muhokama qilish, yechimlarni izlash, oqilona yechimlarni tanlash orqali loyihalarni tayyorlash malakalari hosil qilinadi. 7. O‘yin texnologiyalari. Pedagogik amaliyotda keng qo‘llaniladigan ushbu texnologiyalar rolli va ishbilarmonlik o‘yinlar yordamida ta’lim oluvchilar mehnat, ijtimoiy munosabatlar hamda kasbiy faoliyatga tayyorlanadi. 8. Jamoaviy ijodiy faoliyat texnologiyalari. Mazkur texnologiyalar ta’lim oluvchilarning ijodiy, konstruktorlik, texnik hamda badiiy ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, shaxs hamda jamoaning ijodiy imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish asosida ularning ijod mahsullari, kreativ mahsulotlarni yaratish, shuningdek, kichik va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga odatlantirish maqsadini ko‘zlaydi. 9. Pedagogik nizolarni hal qiluvchi texnologiyalar. Bu turdagi texnologiyalar, asosan, o‘qituvchilar, rahbar xodimlar, ota-onalar uchun tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa ham ta’lim oluvchilarning shaxsan ishtiroki, muhokamalari asosida ta’lim ishtirokchilari, xususan, o‘qituvchi-ta’lim oluvchi, o‘qituvchi-ta’lim oluvchilar, ta’lim oluvchi – ta’lim oluvchi yoki ta’lim oluvchi guruh (sinf) jamoasi o‘rtasida yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal maqsadida ham foydalaniladi. 10. Shaxsning xulqi, harakatlarini pedagogik baholash texnologiyalari. Mazkur texnologiyalardan tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qilish, ta’lim oluvchilar hulqini tashxislash hamda baholash maqsadida foydalaniladi. Bu kabi texnologiyalar asosini tashxis, pedagogik kuzatish, ekspert baholash kabi metodlar tashkil qiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan har bir tarbiya texnologiyalari zamonaviy shaxsni tarbiyalash va ijtimoiylashtirishda o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega. Shu bois ularning har birini tarbiya jarayonida o‘rinli, samarali qo‘llash mumkin. Mohiyati va funksional tavsifi tarbiya texnologiyalarining quyidagi tarkibiy asoslarga egaligini ko‘rsatadi: tashxislash; aniq maqsadga egalik; loyihalash; konstruksiyalash (ta’sir vositalari, jihozlarini tayyorlash); amaliy jihatdan tashkil qilish; boshqarish va nazorat qilish [2,- INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 39 s. 65]. Umumiy holatda har bir tarkibiy asos muayyan tarbiya texnologiyasini shaxsni ijtimoiylashtirishda samarali, muvaffaqiyatli qo‘llash imkoniyatini ta’minlaydi. Shunday qilib, maktab amaliyotida o‘zaro aloqadorlik va birlikka ega ta’lim va tarbiya jarayonlarining yaxlitligiga erishish zamonaviy shaxsni tarbiyalash maqsadiga erishishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. O‘qitish jarayoni tarbiyaviy maqsadlarni ifodalani kabi tarbiya jarayoni negizida ham ta’limiy g‘oyalar aks ettiradi. Bu holat, ayniqsa, sinfdan va maktabdan tashqari sharoitda fan to‘garagi, debat (munozara) klubi, tarixiy va badiiy asarlar muhokamasi, kichik tadqiqotlar, o‘quv yoki ilmiy loyihalar, muammoli keyslar, intellektual o‘yin va tanlovlarni tashkil qilish vaqtida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Tarbiya texnologiyalar shaxsni samarali ijtimoiylashtirish bilan birga unda fikrlash va tafakkur qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan didaktik g‘oyalarni ham o‘zida aks ettiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Sovremennыe metodi i texnologii vospitaniya / Prakticheskoe posobie dlya pedagogov. Sost.: M.A.Avakyan. – SPb.: 2018. – S. 12-27. 2. Texnologi vospitatelnoy raboti / Ucheb.posobie. Sost. Z.U.Kolokolnikova, S.V.Mitrosenko, O.B.Lobanova, Ye.M.Plexanova, T.V.Gazizova. – Krasnoyarsk: Sibirskiy FU, 2016. – S. 65.