UZLUKSIZ TA'LIMNING SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Abstract
Ta’lim sifatini oshirish masalalari ko‘p tarmoqli hisoblanadi. U o‘zida pedagogik masalalar kompleksini mujassam etadi. Mazkur maqolada uzluksiz ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishi, xususan ta’lim oluvchilarning ta’lim olishga qiziqishlarini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida, Vatanga muxabbat ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarni zamonaviy jamiyat hayotiga tayyorlash masalalari haqida so‘z yuritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 40 UZLUKSIZ TA’LIMNING SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI Karimov Komiljon Abduraximovich Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, “Inklyuziv ta’lim-tarbiya metodikasi ilmiy-tadqiqot” bo‘limi boshlig‘i Pedagogika fanlari doktori (DSc) dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.17560187 Annotatsiya. Ta’lim sifatini oshirish masalalari ko‘p tarmoqli hisoblanadi. U o‘zida pedagogik masalalar kompleksini mujassam etadi. Mazkur maqolada uzluksiz ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishi, xususan ta’lim oluvchilarning ta’lim olishga qiziqishlarini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida, Vatanga muxabbat ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarni zamonaviy jamiyat hayotiga tayyorlash masalalari haqida so‘z yuritilgan. Tayanch so‘z va iboralar: Strategik vazifalar, sotsial-iqtisodiy talab, sog‘lom va barkamol avlod, ma’naviy qadriyatlar, maktab va oila o‘zaro hamkorligi, innovatsion texnologiyalar, ta’lim maqsadlari, ta’lim uzluksizligi. Uzluksiz ta’lim tizimi, pedagoglar va barcha darajadagi ta’lim tizimiga aloqador bo‘lgan xodimlar oldiga o‘ta mas’uliyatli vazifa bo‘lmish ta’lim mazmuni strategiyasini belgilash va amalga oshirishda eng dolzarb vazifalardan biri, o‘qitish sifatini yaxshilash, ta’limni individuallashtirish, o‘qituvchi faoliyatida o‘z aksini topadi. “Pedagoglardan vijdonan mehnat qilish, yorug‘ kelajagimiz oldidagi mas’uliyat tuyg‘usi, ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborga nisbatan munosib javob berish talab etiladi. Ta’lim tizimini isloh qilish uzluksiz jarayon bo‘lib, bunda asosiy o‘rinni xalqaro darajalarga mos keladigan, shuningdek texnik, ekologik, xuquqiy, agrar, iqtisodiy va biznes sohalarida bilim beradigan ta’lim egallashi lozim. Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlar jamiyatimizda sodir bo‘layotgan turli ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga jalb etilgan. Bu davlat va jamiyatning mustaqil fikrga ega, intellektual va ijodkor shaxsga bo‘lgan ehtiyoji bilan bog‘liq. Shuning uchun o‘quvchilarning bilimlarni uzviy egallash va jamiyat faoliyatida qatnashishga bo‘lgan motiv (qiziqish, ehtiyoj, intilish)larini maqsadli shakllantirish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’limi jarayonida o‘quvchilar bilimining uzviyligini ta’minlash davr talabiga aylandi. Ma’lumki har bir ta’lim turi, bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, biridan ikkinchisiga o‘tishda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchidan alohida maxsus tayyorgarlikni talab etib, ular oldiga bir qator muammolarni qo‘yadi. Shu bois, ta’lim turi, bosqichlarining birbiriga o‘zaro ta’siri, o‘zaro bog‘ligini kuchaytirish, ular orasida uzviylikni ta’minlash lozim. Uzviylikni ta’minlamay uzluksiz jarayonga erishib bo‘lmaydi. Uzluksizlik va yaxlitlik uzviylikni tadbiq etish natijasi hisoblanadi. Uzviylik tamoyili asosida tashkil etilgan ta’lim tizimi aniq bir maqsad, ya’ni o‘quvchilar bilimlarini izchil va uzviy rivojlantirish hamda mazkur maqsadga muvofiq holda uzviylashgan ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish masalasini o‘z ichiga oladi. Vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shunday o‘quv jaryonini tashkil etish kerakki, mazkur jarayonda o‘qituvchilar bilimlarni mustaqil egallash va o‘zlashtirish uchun qulay vaziyat yaratilishi lozim. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘qituvchi bilimlarini tizimli rivojlantirib borishning muhim sharti quyidagilar bilan belgilanadi:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 41 - o‘qituvchi qiziqishlarining faollashuvi, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishi, izchil fikrlashi, o‘zini anglashi, milliy ongining rivojlanishiga; - o‘qituvchining shaxsiy-ma’naviy, axloqiy, intellektual-ijodiy rivojlanishiga; - ma’naviyat sohasida qadriyatli yo‘nalishlarga ega bo‘lishiga ko‘maklashadi; - yoshlarning zamonaviy ma’naviy taraqqiyoti muammolariga qiziqishi; - o‘qituvchilar ma’naviy tajribasini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalash va rivojlantirish jarayonida amalga oshiriladi. Pedagog o‘z hayolida tarbiyalanuvchining timsolini gavdalantirar ekan, o‘qituvchi g‘ayrat bilan ta’lim berib, o‘quvchilarni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirib, ularning irodasini mustahkamlab, xarakterini tarkib toptira boradi. Mamlakatimizdagi iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotdan o‘rin olayotgan yangi-yangi yutuqlar bilan doimo tanishtirish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-siyosiy va madaniy sohalardagi islohotlarning asl maqsadi jamiyatimiz aholisi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, bilimli, ma’lumotli yuksak intelektga ega shaxslarning mavqeini oshirish, ma’naviy jihatdan barkamol va mukammal rivojlangan insonlar zimmasida ekanligini asoslab beradi. Shu bois bugungi kunda Xalq ta’limi xodimlari pedagog, tarbiyachilarning ijtimoiy yetukligi, faolligini, yuksak darajaga ko‘tarish Mustaqil O‘zbekistonimizning kelajagini hal qiluvchi muhim strategik maqsadlardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi to‘la namoyon eta olishi uchun, ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda ularning pedagogik-psixologik tabiatini diqqat markazida tutish va ta’lim jarayonida innovatsiyaga ish jarayonida qo‘llaniladigan yangilikga e’tibor berishi, o‘zaro hamkorlik asosida baxs-munozaraga imkon yaratishi, ijobiy fazilatlarni shakllantirishi, sabrlilik harakterini tarbiyalashi, irodani mustaxkamlashga, muomalaga, istedodni namoyon etadigan faktorlarga asos solishi lozim. Milliy ma’naviyatimizga sadoqat, milliy g‘urur va qadriyatlarimiz manbaalarini chuqur va har tomonlama uyg‘unlashtirib yagona maqsadga yo‘naltirish, yot g‘oyalarga nisbatan nafrat tuyg‘usini singdirish lozim. Maktabni bitiruvchida o‘z bilim doirasini doim boyitib borish, o‘qishga nisbatan ongli, mas’ulyatli va ijodiy munosabatda bo‘lish ehtiyojlari hosil qilinishi maqsadga muvofiqdir. Pedagogik jarayondagi ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish, jamoaviy ta’lim, o‘qish va o‘qitish o‘rtasidagi pedagogik ziddiyatlarning hal qilishning yangi-yangi usul va vositalarni qidirib topish va amalda qo‘llash lozim. Ota-onalar o‘z farzandi tarbiyasi uchun, davrimizning, buyuk vatanimizning munosib fuqarolari sifatida voyaga yetkazishlari uchun davlat, xalq va jamiyat oldida javobgardirlar. Maktab oila, ota-onalarga o‘z zimmalaridagi bu ulkan vazifalarni muvaffaqiyat bilan ado etishlarida ko‘makdosh bo‘lish kerak. Maktab oila xayotiga, undagi tarbiya mazmuniga faol ta’sir etishi bilan, bolaning hayoti va ma’naviy sog‘lom o‘sishi uchun sharoit yaratadi. Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari, o‘qituvchilar orqali amalga oshiriladi. Ularning ibratli tajribalarni o‘rganish va qo‘llashga katta e’tibor qaratish zarur. Sinf rahbari bolani tarbiyalashdagi oila bilan xamkorlikning muvaffaqiyati, bolaning hamma kamchilik va nuqsonlarini ota-onaga gardanib to‘laligicha ag‘darib noqulay vaziyatda qoldirmasdan, avaylab istiqbolli reja asosida tushuntirsalar bunda rag‘batlantirish, umid baxsh usullaridan unumli foydalansalar maksadga muvofiq bo‘ladi. Ularni bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-birlariga qanchalik ko‘p, aniq va muntazam habar berib turishlari bu ishda muvoffaqiyatga eltishi mumkin.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 42 Oila ham o‘z navbatida farzandi haqida ro‘y berayotgan xolatlarni, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga, pedagoglarga ma’lum xabarlar berishi, maslaxatlar xamkorligi maqsadga muvofiqdir. Maktabning ta’lim-tarbiya vazifalarini hal qilishda ommaviy axborot vositalarining maktab hayotiga ta’siri kuchaygan. O‘quvchiga hayotiy strategiyani to‘g‘ri tanlashda yordam berayotir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’limdagi inovatsion uslublar maktab tarbiyaviy ishlarni yo‘naltiruvchisi va uyushtiruvchi kuchiga aylanmoqda. Ta’lim-tarbiya ishlarning yuqori samarada bo‘lishi, faqat o‘quvchi yoshlar o‘rtasidagi umumiy farqlarni hisobga olishda emas, balki o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, to‘plangan hayotiy tajribalari, o‘quvchilar jamoasidagi tutgan o‘rni, har xil guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchilarning tipologik va shaxsiy jihatlari qanchalik e’tiborga olinishi ham diqqat markazida bo‘lishi lozim. O‘quv jarayonining barcha bosqichlari orasidagi o‘zaro aloqadorlik tahlili shundan dalolat bermoqdaki, texnologik jarayonni modullashtirish, algoritmlashtirishni o‘ziga xos tarzda loyihalash zaruriyatlarini vujudga keltirmoqda. Bu esa darsning algoritmik xolatlari o‘qituvchi modernizatsion ishlarning tadbiqiy asoslarini puxta o‘rgangandagina o‘quvchilarni bilim darajasi yuqori samaradorligi kuzatilmoqda. Pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyati va murakkabligi shundaki, tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga yo‘naltirilgan har qanday ta’siri ostida tarbiyalanuvchi o‘ziga xos o‘zgarishga uchraydi. Uning xatti-harakati, muloqoti hamda faoliyati o‘quvchi xarakterida aks etadi. O‘qituvchi o‘quvchi bilan uzviy o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan ayrim vaziyatlarda butun pedagogik jarayon bosqichlarida modernizatsiya natijasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra olishi kerak. Ba’zan tarbiyalanuvchining ongida har bir narsani o‘zim hal qilaveraman, degan fikrning kuchayib ketishiga yo‘l qo‘yish juda havflidir. Tarbiyalanuvchining har qanday odamlar orasida (ulfatchilikda, oshna-og‘aynichilik, tanish-bilishchilik) bo‘lishiga ehtiyotkorlik, hushyorlik bilan qarash kerak. Maktab o‘quvchilarida o‘z xalqiga, ota-onasiga, Vatanga xizmat qilish mehr muhabbat jamiyatga imkon boricha ko‘p manfaat keltirishga intilish xarekterlidir. Maktabni bitirgan yoshlar bunday intilishlarni oliy o‘quv yurtini bitirgandan keyingina amalga oshirishni tez-tez hayol qiladilar. Ayrim kasb-hunar kollejlarida taxsil olish o‘quvchilarning ma’lum bir qismi uchun yetarli darajada jozibalikdek tuyilmayapti. Bu faqat oilani emas, balki maktabning ham o‘quvchilar bilan yetarli ish olib borilmayotganligining natijasidir. Aqliy faoliyat turigagina xavas qo‘yish, jamiyat ehtiyojlariga va imkoniyatlariga zid bo‘lib qoladi. ularning hammasi hayotiy modellarini tarkib toptirish yuzasidan maktab ishiga muayyan talablar qo‘ymoqda. Ba’zi xollarda ayrim maktablarning tarbiyaviy ishlarida rasmiyatchilik yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi; - o‘tkazilgan tadbirlarning soni va ularning moddiy manfaat keltiradigan soni (to‘plangan qog‘oz, temir tersaklarning tonnasi)ga urg‘u beriladi. Eng muhim narsa, ya’ni bolalarning ongi va hulqida ijobiy o‘zgarishlar hosil qilishga halaqit buruvchi sof tashqi ko‘rsatkichlar orqasidan quvishda; - tadbirlarning mazmuniga zarar yetkazgan holda bu tadbirlarni yangi shakli uchun intilishda; - tarbiyaviy ishga umumiy va yuzani yondashishda; - pedagogik obro‘ talabchanligida namoyon bo‘lmoqda.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 43 Mazkur muammolarni amalga oshirishda O‘zbekistonning Mustaqillik taraqqiyoti strategiyasini har bir rahbar atroflicha anglab yetishi, ta’lim jarayonida paydo bo‘layotgan muammolar dinamikasini o‘rganishi, bashoratlashi, diognostika qilishi, qiyoslashi, monitoring darajalarni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilishi, bilim, malaka, fikr yuritish ularni amaliyotda qo‘llash, nazariya, e’tiqod va kelajakka ishonch o‘zaro birikib, pedagogik rahbarlikni tarkib toptiradi va maktab ichki boshqaruvini tashkil etishda eng qulay istiqbolli yo‘l xisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ahlidinov R.Sh. Umumiy o‘rta ta’limni tashkillashtirishning tashkiliy pedagogik asoslari (boshqaruv jihatlari): Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi – T.: 1998. – 145 b. 2. Ahlidinov R.Sh. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy-pedagogik asoslari (kadrlar tayyorlash milliy dasturi materiallari asosida): Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi – T.: 2002. – 338 b. 3. Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim muassalarini boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. – T.: Fan, 2006. – 51 b. 4. Djuraev R.H., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. – T.: “Voris-Nashriyot” nashriyoti, 2006. – 264 b. 5. Yo‘ldosheva G. Maktabgacha ta’lim muassasasida marketing xizmati. // // Ta’lim menejmenti, 2006. - №3. – B. 104-108.