scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIMI TIZIMI RAHBARLARINI UZLUKSIZ TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI

Umarova H.U.

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim tizimidagi rahbar kadrlarni uzluksiz tayyorlash va qayta tayyorlashning dolzarb masalalari tahlil etilgan. Jahon tajribasi va O‘zbekistondagi amaliyotga tayangan holda ta’lim rahbarlarining strategik fikrlashi, raqamli kompetensiyalari va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, rahbarlarning malakasini oshirishda innovatsion yondashuvlar, kasbiy rivojlanish dasturlari va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ahamiyati yoritilgan. Muallif ta’lim tizimida sifatli boshqaruvni ta’minlash uchun rahbarlar tayyorgarligini zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suradi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 43 TA’LIMI TIZIMI RAHBARLARINI UZLUKSIZ TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI Umarova H.U. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, i.f.f.d (PhD), dots.nt https://doi.org/10.5281/zenodo.17560198 Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’lim tizimidagi rahbar kadrlarni uzluksiz tayyorlash va qayta tayyorlashning dolzarb masalalari tahlil etilgan. Jahon tajribasi va O‘zbekistondagi amaliyotga tayangan holda ta’lim rahbarlarining strategik fikrlashi, raqamli kompetensiyalari va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, rahbarlarning malakasini oshirishda innovatsion yondashuvlar, kasbiy rivojlanish dasturlari va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ahamiyati yoritilgan. Muallif ta’lim tizimida sifatli boshqaruvni ta’minlash uchun rahbarlar tayyorgarligini zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suradi. Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, rahbar kadrlar, uzluksiz ta’lim, malaka oshirish, strategik boshqaruv, raqamli kompetensiyalar, yetakchilik. Insoniyat rivojlanishining hozirgi bosqichida o‘qituvchilarni maktabdan boshqaruvchirahbarlikka yo‘naltirishdagi tizimning intensiv o‘zaro ta’siri va ta’limning evolyutsion jarayoni, ijtimoiy muammolarning globallashuvi, o‘zaro bog‘liqlik va xalqaro raqobatni oshirish sharoitida ta’limni modernizatsiyalash, jamiyatni yangilashda, ta’limda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni tashkil etish yetakchi omil bo‘lib hisoblanadi va ushbu omillar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amalga oshirilmoqda. Respublikamizda oxirgi yillarda fan-texnika va ta’lim taraqqiyotini ta’minlashga yanada katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda, mamlakatimiz ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning asosiy maqsadi – ta’lim jarayoniga aniq ijobiy mazmun berib, o‘ziga xos qobiliyatlari, qiziqishlari, individual xususiyatlari bilan o‘qituvchi va rahbar kadrlarni rivojlantirishga qaratilgan gumanistik paradigmani amalga oshirishdir. O‘qituvchilarning boshqaruvchilik faoliyatiga bo‘lgan ijodiy, ma’naviy va jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish, axloq va sog‘lom turmush tarzining mustahkam asoslarini shakllantirish, individuallikni rivojlantirish uchun shartsharoit yaratib, aql-zakovatni boyitish, natijada maktab muhiti va pedagog-xodimlar faoliyatini baholash va uni rivojlantirish ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek, “... adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi bundan buyon ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professoro‘qituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak”. 1 1 «Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси асосида демократик ислоҳатлар йўлини қатъий давом эттирамиз” Янги сайланган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг лавозимга киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталари қўшма мажлисидаги нутқи. “Янги Ўзбекистон” газетаси, 2021 йил 7 ноябрь, 223-сон. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 44 Maktab, ijtimoiy institut sifatida, o‘qituvchining salohiyatini eng to‘liq va har tomonlama rivojlantirishga hissa qo‘shadi. O‘qituvchilarni kasbga yo‘naltirishda innovatsion boshqaruv faoliyatini tashkil qilish, baholash va rivojlantirish, imkoniyatlar va istiqbollarini belgilash, o‘zi tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha o‘zining professional yo‘lini aniqlashi, uzluksiz malaka oshirish va ta’lim uchun tayyor bo‘lishi bugungi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu esa, xolisona, har tomonlama o‘rganishni talab etuvchi yangi pedagogik vaziyatni yuzaga keltiradi. O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, maktabda ta’lim muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglarda mamlakat o‘rnini oshirish bo‘yicha qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq xalqaro baholash dasturlari asosida maktab direktorlarining mehnat faoliyati, bilim va ko‘nikmalarini baholash amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda maktab direktorlarini uzluksiz tayyorlash bo‘yicha ta’lim tashkilotlari ichida yuzaga keladigan pedagogik, metodik va ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish asnosida XXI asr ta’lim paradigmasida o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi, ta’limning o‘zgaruvchan mazmuni va pedagogik texnologiyalar, yangi zamonaviy pedagogik tushunchalar va g‘oyalar taklif etilayotganini ko‘rish mumkin. Ta’lim mazmuni turli xil o‘quv dasturlari bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ular maktab rahbarlarning axborot bilan ishlash, muammolarni ijodiy hal qilish ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Kompyuter o‘quv qo‘llanmalaridan, global miqyosdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish an’anaviy axborot usullarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyati - bu shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga, shaxsning ma’naviy-axloqiy sohasini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilganlikdadir. Ta’limdagi qadriyat yo‘nalishlari - bu direktorning shaxsiyati, uning ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishda mustaqil faoliyat qobiliyati, qaror qabul qilish va olingan bilimlarni hayotda qo‘llash qobiliyati hisoblanadi. Direktorning vazifalari ham har xil bo‘ladi: “Faqat o‘rgatish emas, balki rag‘batlantirish, faqat baholash emas, balki tahlil qilish”. Direktor o‘qituvchilar uchun ma’lumot manbai bo‘libkina qolmay, ularning faoliyatlarini rag‘batlantiradigan ma’naviy va intellektual impuls manbai bo‘ladi. Xalq ta’lim tizimi xodimlari bilimi darajasiga mos keladigan boshqaruv va pedagogik texnologiyalarni yaratishda fanning roli ortib bormoqda. Maktab, oila, jamiyatning mikro va makro darajadagi integratsiyasi kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda maktab direktorlarining kasbiy mahoratini, o‘zgaruvchan pedagogik sharoitlarda va turli vaziyatlarda metodik faoliyatni samarali amalga oshirishga imkon beradigan ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Ko‘rib chiqilayotgan muammoga olimlarning turli xil yondashuvlari, ta’lim tashkilotini boshqarish usullari, ularning tasnifi haqidagi bilimlarni tizimlashtirish uchun juda ko‘p qiziqarli va qimmatli ma’lumotlarini topish mumkin. Asosan metodning umumiy qabul qilingan ko‘rinishi yoki shakli (yunoncha μέθοδος — “biror narsaga erishish yo‘li”) maqsadga erishish yo‘li sifatida tushuniladi. Ushbu ta’rifni ta’lim menejmentiga nisbatan shakllantirilsa, menejment metodlari orqali xodimlarning ta’limni boshqarish maqsadlariga erishish uchun boshqaruv ta’sirini amalga oshirish usullari sifatida qarash mumkin. Ta’limda menejment metodlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, shuni ta’kidlaymizki, bu borada boshqaruv usullari tipologiyasining qo‘shimcha asosi uning xususiyatlari - psixologik-pedagogik fanlar tomonidan aniqlangan qonuniyatlarni hisobga olgan holda axborot va tashkiliy munosabatlarning ustunligi bo‘lishi mumkin. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 45 120 100 99 100 Ўзбекистон OECD TALIS 80 73 69 65 60 60 40 20 0 Педагогларни танлаш ва янги ўқитувчилар ишга қабул қилиш Pedagog kadrlarni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari R.X.Shukurov tomonidan maxsus o‘rganilgan. Uning ta’kidlashicha, “pedagogik faoliyatning ijodiy tabiati o‘qituvchining harakatlarini qat’iy dasturlashni imkonsiz qiladi, uning ishini obyektiv baholashni qiyinlashtiradi. Bunday sharoitda menejerlar tomonidan ortiqcha kategorik (turkum) va direktiv ko‘rsatma berish, ularning prinsiplari va ish usullarini boshqalarga yuklash qabul qilinishi mumkin”. Ushbu ijtimoiy yondashuv ijodiy izlanishlarni faollashtirish, o‘qituvchilarning tajriba almashishini tashkil etish, butun jamoaning eng dolzarb ta’lim muammolariga e’tiborini qaratishni o‘z ichiga oladi, ya’ni, administrativ bilan bir qatorda asosan tashkiliy-pedagogik usullardan foydalaniladi. A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti jamoasi tomonidan 2021 yil TALIS xalqaro tadqiqotlari talablari asosida o‘tkazilgan tadqiqotga asosan maktab direktorlarining vazifalari va javobgarlik (ma’usliyat) yo‘nalishlari tadqiq qilinganda, tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda maktab direktorlari maktab boshqaruvining barcha jabhalarida faollik ko‘rsatishida: kadrlar masalalari, budjet masalalari, ta’lim jarayoniga sezilarli darajada ta’sir qiladilar. O‘zbekiston maktab rahbarlarining eng katta faolligi kadrlar siyosatida qayd etiladi: deyarli barcha direktorlar shaxsan pedagoglarni tanlash va yangi o‘qituvchilar ishga qabul qilishdagi ishtiroki (99,8%), shuningdek, ishdan bo‘shatish yoki o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomalarini yangilash, rad etish masalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilishda (99,3%) rahbar sifatida bevosita ishtirok etadi (1-rasm). Ushbu ko‘rsatkich OECD da O‘zbekistondagiga nisbatan sezilarli darajada past bo‘lib: 73% maktab rahbarlari ishga qabul qilishda va 65% rahbarlar esa o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish yoki to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilishda bevosita ishtirok etadi. O‘zbekistonda bo‘lgani kabi, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Angliya, Estoniya, Gruziya, Islandiya, Latviya, Litva, Slovakiya va Sloveniyada ham 90% dan ortiq maktab direktorlari kadrlar masalalari bilan shug‘ullanadi. Braziliya, Kolumbiya, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Meksika, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarda direktorlarning yarmidan kamrog‘i xodimlarni tanlash, qabul qilish va ishdan bo‘shatish bilan shaxsan shug‘ullanadi. 1-rasm. O‘qituvchilarni qabul qilish va ishdan bo‘shatish masalalariga direktorlarni jalb etish, %. Ўқитувчиларни ишдан бўшатиш ёки меҳнат шартномаларини янгилаш, рад этиш INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 46 O‘zbekistonlik maktab direktorlari ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish masalalariga juda faol va yuqori darajada qatnashishi bilan birga, faqatgina 28% rahbarlar o‘qituvchilarga haq to‘lashni belgilaydi, shu bilan birga, maktab direktorlarining 31% i o‘qituvchilarning ish haqini oshirish bilan bog‘liq qaror qabul qiladi (2rasm). 2-rasm. O‘qituvchilarga haq to‘lash bilan bog‘liq masalalarga direktorlarni jalb etish, %. Ushbu ko‘rsatkich OECD davlatlarida bir oz yuqori: maktab direktorlarini uchdan bir qismi o‘qituvchilarning boshlang‘ich ish haqini belgilashda faol ishtirok etadi va 32% rahbarlar o‘qituvchilarning ish haqlarini oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladilar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xodimlarni tanlash bilan bog‘liq vazifalarni o‘qituvchilar kamdan-kam bajaradilar. Biroq, umumiy holatda istesnolar mavjud. Misol uchun, Daniyada 46% maktab direktorlari va Niderlandiyada 44% maktab rahbarlari yangi o‘qituvchilarni jalb qilishga o‘zlari mas’ul deb hisoblashadi. Maktab direktorining ish vaqtini rejalashtirishi bo‘yicha faoliyati tahlil qilinganda, O‘zbekistonlik maktab direktorlari o‘z lavozimlarida o‘rtacha 15 yil atrofida ishlashadi. OECDda esa bo‘ ko‘rsatkich o‘rtacha 8 yilni tashkil qiladi. Shuningdek, amaldagi direktorlar o‘rtacha 50 yoshda bo‘lib, direktorlar keyingi ish rejalarini tuzishda pensiya yoshi boshlanishini hisobga olishlari mumkin. Mahalliy erkak direktorlar o‘z ayol hamkasblariga nisbatan bir oz ko‘proq vaqt o‘z lavozimida ishlashgan. Masalan: 5-15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan erkak direktorlar jami direktorlar soniga nisbatan 19,8%, ayol direktorlar 5,4% bo‘lsa, 25 yildan yuqori ish stajiga ega erkak direktorlar 14,9%, ayol direktorlar 14,0% tashkil qiladi (3-rasm). 34 33 33 32 31 30 29 28 27 26 25 24 32 31 28 Ўзбекистон OECD Ўқитувчиларга ҳақ тўлашни белгилаш Ўқитувчиларнинг иш ҳақини ошириш билан боғлиқ қарорлар қабул қилиш INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 47 3-расм. Директорнинг лавозимларидаги иш стажи, %. Keyingi yillarda, o‘zbek maktab direktorlaring ko‘pchillik qismini (29,8%) tashkil etuvchi 40-49 yoshgacha bo‘lgan maktab direktorlari imkoni bo‘lsa boshqa ishni tanlardim deb 41%, 50-59 yoshgacha bo‘lgan maktab direktorlarining 46,9%, 30-39 yoshgacha bo‘lganlarning 48,4%, 30 yoshgacha bo‘lgan maktab direktorlari 15,5% o‘z kasbini o‘zgartirmoqchi ekanligini bildirishgan (4-rasm). 4-rasm. 5 yil ichida o‘z kasbini o‘zgartirish niyatida bo‘lgan direktorlar ulushi (yoshiga qarab, %). O‘zbekistonda o‘z kasbini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan rahbarlardan OECD tadqiqot so‘rovlarida ishtirok etgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich ancha pastligi ya’ni 29% ligi ma’lum bo‘ladi va yosh toifalari o‘rtasida esa, ikkala tadqiqot so‘rovida deyarli hech qanday farq yo‘q. O‘z lavozimini tark etish niyatida bo‘lgan respondentlar orasida 50-59 yoshgacha (jamiga nisbatan 23,7%) bo‘lgan maktab direktorlari, 30-39 yoshgacha (26,6%) bo‘lganlari, 30 yoshgacha (31,1%) bo‘lganlar guruhga mansub. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 48 5-rasm. Direktorlarning o‘z kasbidan qoniqish jihatlari, % Shu bilan birga, maktab rahbarlarining 54,3% o‘z kasbining afzalliklari uning kamchiliklaridan ustun deb bilishadi yoki bu kasb afzalliklari aniq ko‘p, kamchiliklari kamroq deb hisoblashadi. Faqat 17,4% maktab direktorlari bu kasbni tanlaganidan pushaymon (5-rasm). OECD davlatlari o‘rtasida esa, 7% maktab direktorlari bu kasbni tanlaganidan afsuslanishini, OECD davlatlarining 81% esa o‘z kasbining afzalliklari kamchiliklaridan ustun deb bilishlarini bildirib o‘tgan (6-rasm). O‘z ishini tark etish niyatida bo‘lgan 55 yoshgacha bo‘lgan direktorlar ulushi bo‘yicha yetakchilar Ispaniya, Saudiya Arabistoni, Ruminiya, Portugaliya, Malta va Braziliya bo‘ldi. Bu mamlakatlarda maktab direktorlarining yarmidan ko‘pi 5 yil ichida kasbni tark etish niyatida. Eng barqaror vaziyat Singapur, Chexiya va Kiprda kuzatilmoqda, bu yerda 90% dan ortiq direktorlar keyingi 5 yil ichida o‘z lavozimlarida qolish niyatida. 6-rasm. 5 yildan kam vaqt mobaynida direktor lavozimida ishlashni davom ettirish niyatida bo‘lgan direktorlar ulushi, %. Бразилия Руминия Испания Португалия Россия Эстония Грузия Хитой Австрия OECD Нидерландия Мексика Хорватия Канада Финляндия Колумбия Франция Сингапур Чехия 70 60 50 40 30 20 10 0 62 56 53 51 44 39 39 36 31 29 28 28 24 22 16 14 13 10 7 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 49 Xulosa qilib aytish mumkinki bugungi kunda O‘zbekistonda Xalq ta’limi tizimi rahbarlarini uzluksiz tayyorlash bo‘yicha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik, metodik va ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda maktablarining ijtimoiy-demografik obrazi, maktab direktorlarining mehnat amaliyotlari, maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari va muammolari, yosh direktorlar, direktorlarning mehnat sharoitlari, maktab o‘quvchilarining kontingenti, maktablarda o‘quvchilar uchun ta’lim va raqobat darajalari, maktab rahbariyati (boshqaruvi), direktor va o‘qituvchilarning maktab boshqaruvidagi vazifalari hamda mas’uliyat (javobgarlik) yo‘nalishlari, o‘qituvchilar faoliyatini baholash va qayta aloqalarni amalga oshirish, maktabdagi muhit va o‘z ishidan qoniqish, maktab jamoasida hamkorlik va o‘zaro ishonch, qarorlar qabul qilishda hamfikrlilik, maktab xodimlarining stressi, maktab direktorlarining o‘z ishidan qoniqishi, maktab xodimlari sonining o‘zgarishlari kabi masalalar bo‘yicha maktab direktorlarining ish faoliyati va xulosalari muhim hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637son Qonuni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son Qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida 4. F.K.Voros (1975). DEMOCRITUS’ EDUCATIONAL THOUGHT, Paedagogica Historica, 15:2, 457-470, DOI: 10.1080/0030923750150206 5. Brickhouse, Thomas C. (2000). The Philosophy of Socrates. Westview Press. 6. Lodge R. C. Plato‘s theory of education. – Routledge, 2014. 7. Arthur E. Walzer (2003) Quntilian's “Vir Bonus” and the stoic wise man, Rhetoric Society Quarterly, 33:4, 25-41, DOI: 10.1080/02773940309391266 8. Karimjonov A., Jabborova O. YAN AMOS KOMENSKY'S VIEWS ON EDUCATION //Ekonomika i sotsium. – 2021. – №. 5-2. – S. 977-983. 9. A.Radjiyev, F.Karimov, A.Ibragimov, M.Axmedov. TALIS-2018 xalqaro tadqiqotlari talablari asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqotning hisoboti. TALIS-2023 xalqaro tadqiqotiga O‘zbekistondagi maktab o‘qituvchilari va direktorlarini tayyorlash. 1-qism. T.: 2021. 72 bet 10. И.Д.Фрумин. За что в ответе? Компетентностный подход как эстественный этап обновления содержания образования. //Учителская газета. – 2002 – № 36 – С. 38–39. 11. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2004 yil. 12. Андреас Шляйхер. Образование мирового уровня. Как выстроит школную систему ХХИ века? Успешные реформы и высокие резултаты. Москва, 2019. 336 с. 13. Sh.Paxrutdinov. Barqaror taraqqiyot va rahbar mas’uliyati. T.: “Akademiya”, 2011. 303 bet. 14. Sh. Qurbonov, E. Seytxalilov. Ta’lim sifatini boshqarish. T.: “Turon-Iqbol”, 2006. 592 bet. 15. R. X. Djuraev, S.T.Turg‘unov. Ta’lim menejmenti. T.: “Voris-Nashriyoti”, 2006. 263 bet. 16. https://www.uzedu.uz/oz O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlari. 17. https://n.ziyouz.com/kutubxona/durdona-to-plamlar/alisher-navoiy-mukammal-asarlar-toplami-20-jildlik-1987-2003 18. https://lex.uz/docs/-4749364 19. www.stat.uz