scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORIJIY TILNI O'QITISH JARAYONIDA HARBIY-VATANPARVARLIK G'OYALARINI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR

Komilova Muyassar Mavjudovna

Abstract

Maqolada harbiy akademik litsey o‘quvchilarini rus tili darslari jarayonida til ta’limi bilan birga vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Rus tilini bilish darajasi turlicha bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda duch kelinayotgan muammolar sanab o‘tilgan va yechimlar taklif etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning rus tilini chuqur egallashiga ta’sir qiluvchi omillar tizimlashtirilgan. Rus tili darslarida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi shaxsni rivojlantirishda ta’lim jarayonining muhim qismi ekanligiga urg‘u berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 63 XORIJIY TILNI O‘QITISH JARAYONIDA HARBIYVATANPARVARLIK G‘OYALARINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR Komilova Muyassar Mavjudovna Perfect university dotsent v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17562092 Annotatsiya. Maqolada harbiy akademik litsey o‘quvchilarini rus tili darslari jarayonida til ta’limi bilan birga vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Rus tilini bilish darajasi turlicha bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda duch kelinayotgan muammolar sanab o‘tilgan va yechimlar taklif etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning rus tilini chuqur egallashiga ta’sir qiluvchi omillar tizimlashtirilgan. Rus tili darslarida harbiyvatanparvarlik tarbiyasi shaxsni rivojlantirishda ta’lim jarayonining muhim qismi ekanligiga urg‘u berilgan. Kalit so‘zlar: harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, harbiy litsey, rus tili, tabaqali o‘qitish, oilaviy (ijtimoiy) omillar, ta’limiy omillar, shaxsiy omillar, Vatan himoyasi, milliy qahramonlar, o‘quv dasturi. Аннотaция: В статье даны рекомендatsiи по патриотическому воспитанию учащихся военных академических лицеев в процессе обучениярусскому языку. Перечислены проблемы, возникающие при обучении учащихся с разным уровнем владения русским языком, и предложены пути их решения. Систематизированы факторы, влияющие на усвоение русского языка учащимися. Утверждается, что на уроках русского языка в развитии личности военно-патриотическое воспитание является важной частью образовательного процесса. Ключевые слова: военно-патриотическое воспитание, военный лицей, русский язык, дифференцированное обучение, семейные (социальные) факторы, образовательные факторы, личностные факторы, защита Родины, нatsiональные герои, учебная программа. Abstract. This article provides recommendations for patriotic education of students at military academic lyceums during Russian language instruction. It lists the challenges encountered when teaching students with varying levels of Russian language proficiency and suggests solutions. It systematizes the factors influencing students' thorough acquisition of Russian. It argues that military-patriotic education in Russian language lessons is an important part of the educational process for personal development and enrichment of the spiritual world. Keywords: military-patriotic education, military lyceum, Russian language, differentiated instruction, family (social) factors, educational factors, personal factors, defense of the Motherland, national heroes, curriculum. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi fuqarolarda Vatanni sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilish, uning ozodligi va mustaqilligini asrab-avaylash kabi hissiyotlarni ongli ravishda shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-axloqiy jarayondir. Ushbu jarayon yoshlarda milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytiradi, ularni jamiyat oldidagi burchini anglagan barkamol shaxs INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 64 sifatida tarbiyalaydi. Harbiy xizmatni muqaddas burch sifatida qabul qilish esa nafaqat bilim va amaliy ko‘nikmalarga, balki ichki e’tiqod, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda hayotiy pozitsiyani shakllantirish bilan uzviy bog‘liq. Shu orqali yosh avlod Vatan taqdiri uchun javobgarlikni his etadi, yurtini himoya qilishga doimo tayyor, irodali va ma’nan barkamol inson sifatida voyaga yetadi. O‘zbekistonda dunyo miqyosida global xavfsizlik keskinlashgan sharoitda harbiy mutaxassislarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim strategik ahamiyatga ega. Chunki topshiriqlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, hamkorlik aloqalarini yaxshilash va harbiy xizmatchilarning xavfsizligini ta’minlashda vatanparvarlik tarbiyasining o‘rni beqiyos. Harbiy litsey o‘quvchilarining ruscha nutqini rivojlantirish jarayonida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga differensial yondashuv bo‘lajak harbiylarni xizmatning o‘ziga xos ehtiyojlari va talablariga muvofiq tayyorlashning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi barcha oliy harbiy ta’lim va o‘rta maxsus harbiy ta’lim muassasalarida vatanparvar, burchga sadoqatli, ilmli, bir necha xorijiy tillarni biladigan harbiy mutaxassislarni tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining hayotga tatbiq etilishi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda [1] Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo‘nalishida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida yoshlarga ochiq va sifatli ta’lim berish, shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning chuqur ta’lim olishlarini ta’minlash vazifalari alohida belgilab berilgan. Jumladan, strategiyaning 70-maqsadida pedagog kadrlar zimmasiga “yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash” [2] vazifasi yuklatilgan. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarni ta’lim jarayonida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda gumanitar fanlar muhim o‘rin tutadi. O‘zbek guruhlarida chet tillarini, jumladan rus tilini o‘qitish jarayonida nafaqat bilim berish, balki tarbiyaviy maqsadlarga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Chet tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni ijobiy ruhda tarbiyalash o‘qituvchidan yuksak mas’uliyat, puxta tayyorgarlik va chuqur diqqat talab qiladi. Chunki pedagog xorijiy tilni o‘rgatish bilan birga, til orqali ma’naviy qadriyatlarni ham o‘quvchi ongiga singdirishi lozim. Mavzu yuzasidan jahon tajribasini tahlil qilish natijalari harbiy litseylarda o‘quv jarayoni oddiy ta’lim muassasalaridagidan farqli bo‘lishi zarur, degan xulosaga kelishimizga asos bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, rus tilini o‘qitish jarayonida leksik materiallarni harbiy mavzuga yo‘naltirish barobarida ta’lim kontentini tarbiya mavzusidagi turli adabiyot va manbalar asosida shakllantirish lozim. Nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar imkon qadar harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirishga, so‘zlashuv va muloqotning harbiy sohaga oid tipik holatlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Bugungi kunda texnika va texnologiyaning jadal rivojlanib borayotgani ham o‘z navbatida mutaxassislardan bir nechta xorijiy tillarni, shu jumladan, rus tilini bilishni taqozo etmoqda. Rus tili esa internet tili sifatida xalqaro muloqot, axborot almashinuvi va ta’lim sohalarida alohida o‘rin egallab, turli millat va xalqlar o‘rtasida madaniy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti tadqiqotiga ko‘ra, bu til dunyo miqyosida so‘zlashuvchilar soni bo‘yicha 8-, xalqaro tashkilotlarning rasmiy tillari soni bo‘yicha 4-, xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida chop etilgan nashrlar soni bo‘yicha INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 65 5-, davriy nashrlar soni bo‘yicha 7-, va Internetdagi saytlar soni bo‘yicha 2-, umumiy olganda, tillarning global raqobatbardoshligi bo‘yicha 5-o‘rinda turadi [3]. Bu holat esa o‘zbek harbiy maktabini yangilash va professional kadrlar tayyorlash sifatini oshirish strategiyasini ishlab chiqishga yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik tajriba va kuzatuvlar natijasida aytish mumkinki, harbiy-akademik litseylarda rus tilini o‘qitish orqali o‘quvchilarga harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini singdirishga individual yondashuv talab darajasida shakllanmagan; shuningdek, o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-kognitiv faoliyati shakllari va ularni tashkil etishning umumiy metodikasi hamda o‘quvchilarning rus tilini o‘zlashtirishda individual xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv guruhlarini shakllantirishning yagona mezonlari ishlab chiqilmagan. Muhim o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yetarli emasligi, bo‘lajak harbiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv dasturi qabul qilinmaganligi, o‘quvchilar 10-11-sinflarga mo‘ljallangan maktab dasturlari asosida o‘qitilayotgani sababli o‘quv mashg‘ulotlarining zamonaviy ta’lim talablariga javob bermasligiga olib kelmoqda. O‘rta maxsus harbiy ta’lim muassalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning rus tilini bilish darajasini o‘rganish va natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning 65%i ruscha og‘zaki va yozma muloqotda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda; o‘quv materialini o‘zlashtirgan bo‘lishlariga qaramay, rus tili darslarida jumlalarni to‘g‘ri tuzishda va o‘z fikrlarini erkin tarzda yetkazishda qiynalmoqdalar. O‘quvchilarning 72%i o‘z fikrini omma oldida erkin ifoda eta olmaydi, rus tilida o‘tkaziladigan suhbat va munozaralarda faol qatnasha olmaydi. Harbiy akademik litseyga qabul qilinajak nomzodlar o‘rtasida rus tilini bilish darajalarini o‘rganar ekanmiz, shuni aniqladikki, tilni o‘rganishga moyillik Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro kabi yirik turistik shaharlarda keng rivojlangan, ammo rus tilida muloqot qilish uchun muhit mavjud bo‘lmagan hududlarda aksincha holat kuzatiladi. Ushbu muammolarning yechimi sifatida o‘quvchilarning rus tilini chuqur egallashiga ta’sir qiluvchi omillarni quyidagicha tizimlashtirishga harakat qildik: I. Oilaviy (ijtimoiy) omillar. 1.1. Til kurslariga yo‘naltirilgan oilaviy byudjet. 1.2. Oilada yaratilgan shart-sharoitlar: a) ota-onalarning farzandlari chet tilini o‘rganishiga munosabati; b) ota-onalar tomonidan ma’naviy qo‘llab-quvvatlanish; v) ota-onalar tomonidan bolaga til o‘rganish uchun ajratilgan vaqt va vositalar. 1.3. Oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot tili: a) ota-onalarning rus tilini bilish darajasi; b) oilada ona tilidan tashqari rus tilidan foydalanish holati; v) ota-ona nazorati. 1.4. Oilada kognitiv qiziqishni tarbiyalash. II. Ta’limiy omillar. 2.1.Tilni bosqichma-bosqich va uzluksiz o‘rganish: oila; maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ma’lumot; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. 2.2. Ta’limning tabaqalanganligi: a) rus tilini bilishning boshlang‘ich darajasi; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 66 b) o‘quvchining ta’lim jarayoniga ta’sir yetuvchi individual qobiliyatlari; v) o‘quvchilarning rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar; g) o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib beriladigan differensial ta’lim. 2.3. Nutqni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar: a) o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik; b) zaruriy texnika bilan ta’minlanganlik; v) malakali mutaxassislarning mavjudligi; g) o‘quv soatlarining yetarliligi; d) murabbiy-komandirlarning rus tilini bilish darajasi. 2.4. Motivatsiya: a) turli ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish; b) o‘quvchilarni rus tilini bilish darajasiga qarab rag‘batlantirish va boshqalar. III. Shaxsiy omillar. 3.1. Psixologik tayyorgarlik: a) til o‘rganishga moyillik; b) shaxsning tilni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoji; v) o‘quvchining yosh xususiyatlari. 3.2. Maqsadlilik: a) vaqtni aniq taqsimlash; b) o‘z-o‘zini nazorat qilish; v) rus tilini chet tili sifatida bosqichma-bosqich o‘rganish; g) rus tilini harbiy kasb nuqtayi nazaridan o‘rganish; d) o‘zlashtirilgan leksikani amaliyotda qo‘llash. Albatta, tilni o‘rganishga muhit yaratilmas ekan, ijobiy natijalarga erishish qiyin. Buning sabablaridan biri shundaki, dars jarayonida o‘quvchi asosan o‘qituvchi nutqini tinglash (ba’zan audiomateriallarni), matnni o‘qish, mashqlar bajarish bilan cheklanadi, bu esa o‘zlashtirilgan bilimlardan amalda kam foydalanishga olib keladi. Ushbu muammolarning yechimi sifatida quyidagilar taklif etiladi: 1) harbiy akademik litseyga kirish imtihonlari ro‘yxatiga rus tilida og‘zaki suhbat o‘tkazishni qo‘shish; 2) o‘rta maxsus harbiy ta’lim muassasalari uchun ularning kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda alohida o‘quv dasturi qabul qilish; 3) darsliklarga o‘quvchilarni vatanparvarlikka chorlovchi N.V.Gogolning “Taras Bulba” qissasidan parchalar, L.N.Tolstoyning harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi hikoyalari, rus va o‘zbek adiblarining vatan mavzusidagi asarlaridan parchalarni kiritish; 4) ta’lim jarayonini differensiatsiyalash; 5) o‘quv-tarbiyaviy jarayonni jahon ta’lim tizimiga mos ravishda to‘g‘ri tanlangan o‘quv materiallari hamda zamonaviy o‘quv qurollari va darsliklardan foydalanish asosida tashkil etish; 6) ta’lim jarayonini tabaqalashtirish. Tavsiya o‘rnida quyidagilarni taklif etish mumkin: bo‘lajak harbiylarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur va boshqa milliy qahramonlarimizning ibratli hayot yo‘llari, harbiy taktikasiga oid qisqa va bir vaqtning o‘zida yangi ma’lumotlarni leksik material sifatida o‘quv dasturiga kiritish alohida ahamiyatga ega. Misol tariqasida “Amir Temurning harbiy taktikasi”, “Adolat va iroda tarbiyasi”, “Boburning harbiy san’ati”, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 67 “Ulug‘bekning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga munosabati” kabi mavzularda suhbatlar va munozara elementlari bilan olib borish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, matnlarni tanlashda o‘quvchining til bilish darajasini inobatga olgan holda Vatan himoyasi, milliy qahramonlar, jonkuyarlik va burch haqidagi badiiy asarlardan foydalanish yoshlarda nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini ham boyitadi. Shunday qilib, rus tili darslarida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi ta’lim jarayonining muhim qismi sifatida namoyon bo‘lib, shaxsni rivojlantiradi va uning ma’naviy olamini boyitadi. Shu bilan birga, rus tilini o‘rganish jarayonida yoshlar o‘zga xalq madaniyati va tafakkurini ham anglaydilar, bu esa ularda millatlararo totuvlik va hamjihatlik ruhini kuchaytiradi. Natijada, til o‘qitish jarayoni harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bilan uzviy bog‘lanib, ma’naviy yetuk, bilimdon va yurtini himoya qilishga tayyor avlodni shakllantirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Закон Республики Узбекистан, от 23 сентября 2020 года №ЗРУ-637 “Об образовании”. https://lex.uz/docs/5013009 2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида” Фармони, 28.01.2022 йилдаги ПФ60-сон. https://lex.uz/docs/5841063 3. Индекс положения русского языка в мире: индекс глобальной конкурентоспособности (ГК-Индекс), индекс устойчивости в странах постсоветского пространства (УСИндекс). Выпуск 2 / сост. А. Л. Арефьев, А. Р. Голубь, С. Ю. Камышева, И. А. Маев, А. И. Ольховская, М. А. Осадчий, М. Н. Русецкая, А. С. Хехтель; под ред. М. А. Осадчего. — Москва: Государственный институт русского языка им. А. С. Пушкина, 2022. — С.60.