O'QUVCHILAR INTЕLLЕKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA GLOBAL MUAMMOLAR TAHLILNING TRANSFORMATSION AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada global muammolarning tahlil asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishdagi transformatsion ahamiyati yoritilgan. Intellektual salohiyatni oshirishda fanlararo integratsiya, innovatsion metodlar, refleksiv faoliyat va multimodal resurslardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy asosda tahlil etilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 88 O‘QUVCHILAR INTЕLLЕKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA GLOBAL MUAMMOLAR TAHLILNING TRANSFORMATSION AHAMIYATI Kurbanov Ongarbay Xojanbergenovich Nukus Prezident maktabining fizika fani o‘qtuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17562176 Annotatsiya. Ushbu maqolada global muammolarning tahlil asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishdagi transformatsion ahamiyati yoritilgan. Intellektual salohiyatni oshirishda fanlararo integratsiya, innovatsion metodlar, refleksiv faoliyat va multimodal resurslardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy asosda tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Intellektual salohiyat, global muammolar tahlili, transformatsion ahamiyat, global kompetensiyalar. Аннотация. В данной статье освещается трансформационное значение развития интеллектуального потенциала учащихся на основе анализа глобальных проблем. На научной основе проанализированы педагогические условия использования междисциплинарной интеграции, инновационных методов, рефлексивной деятельности и мультимодальных ресурсов в повышении интеллектуального потенциала. Ключевые слова: Интеллектуальный потенциал, анализ глобальных проблем, трансформационная Abstract. This article highlights the transformational significance of the development of students' intellectual potential based on the analysis of global problems. Pedagogical conditions for the use of interdisciplinary integration, innovative methods, reflexive activity, and multimodal resources in increasing intellectual potential are analyzed on a scientific basis. Keywords: Intellectual potential, analysis of global problems, transformational significance, global competencies. Globallashuv sharoitida global muammolar sifatida ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik muammolarni tahlil qilish o‘quvchilarda fikrlash qobiliyatini kengaytirib, mantiqiy va tanqidiy fikrlashga oid va boshqa global kompetensiyalarni shakllantirishni talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan global muammolar tahlil qilishni hozirgi kundagi zamonaviy ta’lim jarayoni mazmuniga singdirish intellektual salohiyatni rivojlantirishning transformatsion omili sifatida qaralmoqda. Shuning uchun ham ushbu tezisda o‘quvchilarning global muammolar tahlilni talab darajasida amalga oshirishi orqali intellektual salohiyati oshirish va baholashning nazariy asoslari hamda transformatsion ahamiyati yoritiladi. Global muammolar tahlilining transformatsion ahamiyati shundan iboratki, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish transformatsion omil sifatida ifodalanadi. Bu o‘quvchilarning bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llay olish qolibiyatini shakllantiradi. Birinchi navbatda, global muammolar tahlili o‘quvchilarning keng qamrovli ma’lumotlar asosida tanqidiy va mulohazali fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Masalan, iqlim o‘zgarishi, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, axborot xavfsizligi va boshqa shu kabi masalalarni tahlil qilish orqali dalillarni taqqoslash va ularni baholashni amalga oshiradi va ilmiy asoslangan xulosalar chiqaradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 89 Ikkinchidan, global muammolarni tahlil qilish fanlararo integratsiya, innovatsion yondashuvlarni olib keladi. O‘quvchilar tabiiy fanlar doirasidagi bilimlarni umumlashtirib, murakkab muammolarga har tomonlama yechim topishga qaratiladi. Uchinchidan, shu kabi tahlil o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat bilan birgalikda global kompetensiyalarni ham rivojlantiradi. Jamiyat oldidagi ahamiyatli masalalarga o‘zining shaxsiy munosabatini bildirish, o‘ziga xos fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda birgalikda hal etiladigan yechimlarda ishtirok etish qobiliyatini mustahkamlaydi. Shu tariqa, global muammolar tahlili o‘quvchilarning intellektual salohiyatni rivojlantirish bilan birga uning mazmun va shaklini transformatsiya qiladi, ya’ni an’anaviy bilim berish modelini kompetensiyaviy va ijtimoiy yo‘naltirilgan modelga aylantiradi. Transformatsion yondashuvning pedagogik shart-sharoitlari shuki, global muammolarni tahlil qilish orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish samarali bo‘lishi uchun unga qandaydir bir pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash zarur. Ta’limning mazmuni va shakli yangilash uchun transformatsion yondashuvning amaliy asosini quyidagilar tashkil etadi: fanlararo integratsiya asosiy elementlardan hisoblanadi. Fizika, biologiya va boshqa shu kabi fanlarni o‘zaro integratsiyalashgan holda global muammolar tahlil qilinsa, o‘quvchilarda murakkab muammolar har tarafdan analiz va sintez qilinsa hamda ular asosida xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllanadi; ijodiy faoliyatga asoslangan intellektual salohiyatning refleksiv komponentlarini rivojlantiradi. Turli xil metodlar simulyatsiya va debatlar orqali o‘quvchilar shaxsiy fikrlari asosida individual izlanib, uning natijalariga ko‘ra yechimlar topishga undaydi; multimodal resurslar transformatsion yondashuvning asosiy omillaridan biri. Virtual laboratoriyalar, multimedia materiallar bilimlarni vizual qabul qilishga sharoit yaratib, intellektual salohiyatning rivojlanish jarayonini kengaytiradi va tezlashtiradi. Bunga ko‘ra, transformatsion yondashuv samaradorligi o‘qituvchining metodik tayyorgarligi ham bog‘liq. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning intellektual salohiyatni oshirish uchun quyidagi amaliy tavsiyalarni berish mumkin: o‘quvchilarning bilim olishida global muammolarni tahlil qilishni tizimli va izchil yo‘lga qo‘yish, fanlararo integratsiyani ham tizimli qo‘llash; o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va tanqidiy fikrlashini kengaytirish maqsadida interfaol metodlar orqali mulohazali fikrlashga yo‘naltirish; multimodal resurslardan o‘quvchilarning samarali va mazmunli foydalanishini kengaytirish; o‘quvchilarda global kompetensiyani shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga oid mazmunni fanlaro kiritish zarur. Bu global muammolar tahlilni o‘z o‘rnida, ishonchli joriy etish orqali globallashuv sharoitida raqobatbardosh o‘quvchini tarbiyalashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Mironova Ye.V. Formirovaniye globalnoy kompetentnosti uchashixsya v usloviyax sovremennogo obrazovaniya // Pedagogika. – 2021. – №6. – S. 45–52. 2. Mixaylova I.V. Formirovaniye u uchashixsya navikov analiza globalnix problem v protsesse izucheniya yestestvenno-nauchnix dissiplin // Pedagogicheskoye obrazovaniye i nauka. – 2021. – №1. – S. 78–85.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 90 3. Polivanova K.N. Globalizatsiya i transformatsiya obrazovaniya: vizovi i perspektivi // Voprosi obrazovaniya. – 2019. – №2. – S. 5–22.