TA'LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHDAGI MUAMMOLAR VA UNING YECHIMLARI
Abstract
Yosh avlodga chuqur bilim va kasbiy ta’lim berish, ta’limning uzluksizligini ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari umumta’lim muassasalari faoliyatini nazorati, mavjud malaka oshirish tizimi o‘qituvchilar ehtiyojlari e’tiborga olish, ta’lim tizimida saqlanib kelayotgan muammolar, dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilg‘or tajribalar, Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 92 TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHDAGI MUAMMOLAR VA UNING YECHIMLARI Shukur Po‘latov Nizomiy nomidagi O‘zMPU «Geografiya va IBA» kafedrasi, p.f.n., professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi https://doi.org/10.5281/zenodo.17562180 Annotatsiya. Yosh avlodga chuqur bilim va kasbiy ta’lim berish, ta’limning uzluksizligini ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari umumta’lim muassasalari faoliyatini nazorati, mavjud malaka oshirish tizimi o‘qituvchilar ehtiyojlari e’tiborga olish, ta’lim tizimida saqlanib kelayotgan muammolar, dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilg‘or tajribalar, Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari. Kalit so’zlar: Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, noan’anaviy darslar, kompetentsiyaviy yondashuv, intellektual qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish, inklyuziv ta’lim dasturlari yetarli darajada rivojlantirish, kreativ g‘oyalar, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, loyihalash, modellashtirish, muammoli vaziyatlarni yaratish. Milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, demokratik tamoyillarga asoslangan mazkur taraqqiyot yo‘li – insonparvar, demokratik va huquqiy jamiyatni barpo etish yo‘li sifatida e’tirof etilmoqda. Fuqarolik jamiyatining bunyod etilishi, eng avvalo, ushbu jamiyatda yashayotgan fuqarolarning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, yuksak darajadagi aqliy salohiyatga ega bo‘lishlariga bog‘liqdir. Zero, fuqarolik jamiyatida amal qiluvchi ijtimoiy me’yorlar aynan mazkur jamiyatda yashovchi shaxslar tomonidan yaratiladi, asoslanadi hamda amalga oshiriladi. Yosh avlodga chuqur bilim va kasbiy ta’lim berish haqida gap borar ekan, shaxsning kamol topishi, o‘z mavqeyini anglash va o‘zini ko‘rsatish masalalari oldingi o‘rinlarda turadi. Bu masalalar butun jamiyat va maxsus yaratilgan ijtimoiy institutlar va insonning o‘zi tomonidan tasodifiy ravishda ham, maqsadga muvofiq yo‘sinda ham hal qilinishi mumkin. Ta’lim tizimida shaxsning ijtimoiylashuvi, kasbni egallashi va moslashuvi jarayonlarini maqsadga muvofiq tarzda boshqarishga ham da’vat etiladi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy bilim va yangicha yondashuvlarga ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida ta’lim maktabgacha ta’lim-tarbiya tashkilotidan boshlab oliy ta’limgacha e’tibor kuchaytirilib, dastur va darsliklar optemallashtirilmoqda va moderenezatsi qilinmoqda, yangi-yangi interaktiv dars o‘tish usullari vujudga kelmoqda. O‘qituvchining k o m p e t e n t l i i m i d j i v a ijodkorligi oshirilmoqda, bu esa ta’lim-tarbiya borasida bir qator ijobiy siljishlarni vujudga keltirdi. Noan’anaviy darslar turlaridan foydalanib yaratilgan darslar ma’lum darajada samara bermoqda. Bu o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlari bir muncha oshirilmoqda, o‘qituvchining ijodkorligini “charxlab” borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekistan Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi to‘g‘risida”gi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 93 PF-5712-son Farmonida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish va sifat darajasini ko‘tarish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlari mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda, quydagi bir qator kamchilik va muammolar mavjudligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Jumladan: • umumta’lim muassasalariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ xarakterga egaligi, ularni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarning yetishmasligi amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; • mahalliy davlat hokimiyati organlari umumta’lim muassasalari faoliyatini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina statistik va boshqa ma’lumotlarni to‘plash bilan chegaralanayotganligi joylardagi haqqoniy holatni aniqlashga to‘sqinlik qilmoqda; • davlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, umumta’lim muassasalarini innovatsion boshqarish, samara beradigan ishlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi pastligi, qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu jarayonni tezkor kuzatib borish imkonini bermayapti; • ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibi, bosqichlarini bir biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari to‘la hal qilinmaganligi, amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotganligi; • ta’lim tashkiloti rahbari va o‘qituvchilar hamda pedogogik yo‘nalishda ta’lim olayotgan magistrlar bilishi va bajarishi kerak bo‘lgan aniq belgilangan milliy standartlarning mavjud emasligi, ularning salohiyati o‘sishiga hamda amaldagi muassasalar rahbarlarini tanlash va tayinlash tartibining samarasizligiga olib kelmoqda; • mavjud malaka oshirish tizimi o‘qituvchilar ehtiyojlariga mos emasligi, malaka oshirish kurslari mazmuni va qo‘llaniladigan usullar eskirganligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali o‘qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilmaganligi o‘qituvchilarning bilim va malakasini tizimli oshirib borish imkonini bermayapti; • davlat ta’lim standartlari kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanganligiga qaramasdan, o‘qitish va baholash metodlari, shuningdek o‘quv dasturlari, darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini asosan axborotni yodlash va bayon qilishga qaratilgan bo‘lib, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va boshqa malakalarni rivojlantirishga tusqinlik qilmoqda; • foydalanilayotgan darsliklar sifatini oshirish, xorijiy o‘quv qo‘llanmalarini qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv materiallari sifatida qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda; • joylaradagi ta’lim tashkilotlari xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlar, axborotkommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy o‘qitish jarayoni tashkil etishda malakali kadrlarga va zamonoviy texnologiyalarga muhtoj; • maktab ta’limi tizimida inklyuziv ta’lim dasturlari yetarli darajada rivojlanmagan, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari va o‘qituvchilarni malakasini oshirish tizimi dasturlarida o‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus tayyorgarligini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlar yetarli darajada emas; • ta’lim tashkilotilarda nizolarni hal qilish va jinoyatchilikning oldini olish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 94 bo‘yicha samarali ichki tizim, shuningdek o‘quvchilarni havf guruhidan chiqarish uchun ta’lim tashkiloti o‘qituvchilari va psixologlari malakasini oshirish yuzasidan maxsus dasturlar ishlab chiqish talab etilmoqda va h.k. Shu bilan birga bugungi kunda respublikamizda ta’lim tizimini optemallashtirish va moderenizasiya qilish, o‘qitishning innovasion texnologiyalarini joriy yetish, mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik kabi kasbiy sifatlarga yega yoshlarni tayyorlash hamda pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida katta ahamiyatga yega bo‘lgan ma’lum darajadagi ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, amaliyotdan ma’lumki, tahlil va o‘rganish natijalari hozirgacha ta’lim tizimimizda saqlanib kelayotgan muammolar borligini ko‘rsatmoqda. Jumladan: • ta’lim muassasalarida malakali pedagoglarning yetishmasligi, ularni tayyorlashda amaliyotga joriy yetilgan o‘quv reja va dasturlarining yaratilishida sohadagi islohotlar to‘liq inobatga olinmasligi hamda ular mazmunan yeskirganligi; • ta’lim oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda hamda iqtidorli yoshlarning kreativ g‘oyalarni amaliyotga tatbiq yetilishida tizimli va innovasion faoliyat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi; • pedagoglar tomonidan ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil yetilmaganligi; Yuqorida qayd etib ketilgan kamchilik va muammolardan kelib chiqib hamda ta’limda olib borilayotgan islohatlar va tajriba-sinov ishlarini hisobga olganda, ta’lim muassasasini innovatsion boshqarish va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan samarali foydalangan holda tashkil etish, ularga ilmiy-metodik va pedagogik shart-sharoitlar yaratishdagi kamchiliklarni bartaraf etish barchamizning asosiy ishimizdan iborat bo‘lishi zarur. Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim – tarbiya, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish va ilm - fan sohalarini yanada takomillashtirish hamda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: • mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish; • dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini optemallashtirish, zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarni optimallashtirish; • pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini «hayot davomida o‘qish, o‘rganish» tamoyili asosida takomillashtirib borish; • zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida innovatsion texnologiyalar sohasidagi kasblarni ommalashtirish; • ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda quyidagi punktlarga ye’tiborni qaratish: tadqiqot ishining tahlili, tahlil asosida aniqlangan muammolar, muammoni yechishga qaratilan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 95 maqsad va vazifalar, ularni amalga oshirishga yo‘naltirilgan metod, texnologiya va vositalar, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, olingan natijalar va ularning amaliyotga tatbig‘i; • nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilg‘or tajribalarni tatbiq yetgan holda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish; • o‘quv mashg‘ulotida ta’lim oluvchilar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi muammoli savol va topshiriqlarni ishlab chiqish hamda debatlarni yo‘lga qo‘yish; • o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida ta’lim oluvchilar uchun tajribalar o‘tkazish, modellar yasash, loyihalash, modellashtirish, muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni bartaraf etish, o‘z g‘oyalarini hayotga joriy qilishga yo‘naltirilgan rag‘batlantirish tizimini yaratish; • respublika va xorijdagi yetakchi mutaxassis-olimlar ma’ruzalarini hamda vebinar mashg‘ulotlarini onlayn audio, videotranslyaeiyalar ko‘rinishida tashkil qilish; • ta’lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta’lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish va h.k.. Hozirgi davrda ta’lim samaradorligini oshirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va maqsadli yo‘naltirish oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar sifatida belgilandi. Ta’limning sifatini oshirishda pedagoglar bilim va kasbiy mahoratining davr talablariga mosligi, o‘qitishda innovasion ta’lim texnologiyalaridan oqilona foydalanishi, tashkil yetilayotgan darslarning samaradorligi, ta’lim oluvchi yetarli darajada o‘zlashtirishi uchun har bir mavzuning pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘tilishini ta’minlash talab yetiladi. O‘qitishda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limni amaliyotga joriy yetish, ta’lim oluvchilarda yegallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish, kasb tanlash, mustaqil ta’lim olish, o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biridir. Bu texnologiyalar ularning berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishga zamin tayyorlaydi. Ta’lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod, texnologiya va vositalarini to‘g‘ri tanlash muhim. Har bir dars mashg‘uloti ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o‘quv adabiyotlaridan kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ta’lim sifati o‘qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas’uliyat bilan yondashishi, uning mazmunini ta’lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg‘ulotni bugungi kun talabi asosida tashkil yetish va boshqarish uslubiy faoliyati bilan belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo‘lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog‘langanligini tushuntira olsa, ma’lum maqsadga yerishgan bo‘ladi. Buning uchun zamonaviy o‘qitish texnologiyalari imkoniyatlari va usullaridan foydalanish zarur. Jumladan, mashg‘ulotda muammoli, modulli, loyihalash, evristik hamda hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarni ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, mustaqilligini oshirish, ularda o‘z qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiyalar ularning berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishga zamin tayyorlaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 96 Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aynan mana shunday talblarning bugungi kun ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalarni o‘rganib borib, amaliyotga tajribasinov asosida kiritib bormoqda. Xususan, dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Ta’lim tashkilotida matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring), TALIS (O‘qituvchilar va direktorlarga ta’lim siyosatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini aniqlash) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmokda. Unda eng ustivor vazifa qilib quyidagilar olinadi: • xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; • PISA xalqaro baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish; • o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratish va 2021-2022 yillarda boshlangan o‘quvchilarni amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borishni taqqoza etadi. Milliy model talablaridan kelib chiqib, halqaro rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida o‘qitishning modulli ta’lim tizimi ko‘pgina rivojlangan davlatlarda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Shu jihatdan bizda ham modulli ta’lim asosida o‘qitishni shakllantirish va uni rivojlantirish zamon talabiga aylanmoqda. Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalardan kelib chiqqan holda ta’limning bugungi kundagi eng asosiy vazifasi o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekistan Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4963-sonli, 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning Yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm fan sohalarini rivojlantirish chora - tadbirlari tug‘risida”gi PF-6108 - sonli Farmoni. 4. Mavlyanov A., va b.k.lar. “Ilg‘or pedagogik texnologiya bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotini loyihalash”. Zamonaviy ta’lim. 2016. №2. B.25-29. 5. Mavlyanov A., va b.k.lar. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ta’lim tsxnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. Tafakkur bo‘stoni nashriyoti. Toshkent, 2013. 142 b.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 97 6. Po‘latov Sh.P. Ta’lim menjmenti yohud ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik boshqarishga innavatsion yondashuv, T. “Yosh kuch”, 2022. 736 b.