YOSHLARNING MILLIY O'ZLIKNI ANGLASH TUYGʻUSINI RIVOJLANTIRISHDA JADIDLARNING TA'LIM TARBIYANI OPTIMALLASHTIRISH MODELLARIDAN FOYDALANISH
Abstract
Ushbu maqolada oʻzlikni anglash tarixi, milliy tarbiya imkoniyatlari, urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar, ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyati,ta’lim tarbiyaning optimal modellari haqida so‘z etiladi
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 112 YOSHLARNING MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH TUYGʻUSINI RIVOJLANTIRISHDA JADIDLARNING TA’LIM TARBIYANI OPTIMALLASHTIRISH MODELLARIDAN FOYDALANISH Toremuratova Gulnaz Barlıqbayevna Ajiniyoz nomidagi NDPI ning mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17562315 Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻzlikni anglash tarixi, milliy tarbiya imkoniyatlari, urfodatlar, anʼanalar, qadriyatlar, ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyati,ta’lim tarbiyaning optimal modellari haqida so‘z etiladi Kalit so‘zlar: milliy o‘zlik, qadriyat, ta’lim, tarix, jadidlar, gʻoya. Аннотация. В этой статье рассказывается об истории самосознания, возможностях национального воспитания, обычаях, традициях, ценностях, образцовой деятельности наших просвещенных предков, оптимальных моделях образования и воспитания. Ключевые слова: национальное самосознание, ценности, образование, история, джадиды, идея. Abstract. This article discusses the history of self-awareness, possibilities of national upbringing, customs, traditions, values, exemplary activities of our enlightened ancestors, and optimal models of education and upbringing. Key words:national identity, value, education, history, Jadids, idea. Milliy o‘zlik, milliy qadiriytlar manaviy sogʻlom jamiyatni ezgu maqsadlarga birlashtiruvchi, ommaga ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beruvchi manba hisoblanadi. U ta’lim tarbiya tizimida, mustaqil dunyoqarash va tafakkurni shakllantirishda, fikrli, o‘z bilim va kuchiga ishonib yashaydigan komil insonni tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlar, milliy til, milliy tarix, tabiiy tarixiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonida bir biri bilan uygʻunlashib, har birining bu jarayonda o‘ziga xos o‘rni bor. Milliy qadriyatlar tizimiga yangicha yondashuv shuni taqoza qiladiki, bu qadriyatlarlarning tahlilida avvalo xalqning vujudga kelishi tarixi, uning bugungi va kelajagi bilan bogʻliq jihatlariga chuqur e’tibor qaratish o‘rganish va uni tahlil qilish ta’lim oluvchilarning milliy o‘zligini anglash tuygʻusinining rivojlanishida eng asosiy paradigmalari sifatida talqin qilinadi. Ta’lim tarbiya mazmunida maʼnaviy va maʼrifiy jarayonda yoshlarda milliy o‘zlikni anglash tuygʻusini rivojlantirishda xalq an’analari, milliy qadriyatlardan, tariximizning yorqin sahifalarini tashkil etadigan ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotmasdan kelayotgan boy merosini o‘rganish va ulardan foydalanish manbalari katta imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, tarixiy shaxslar, buyuk alloma bobolarimazning hayotiy yo‘li, ma’rifatparvar namoyandalarining sa’y-harakatlari, olgʻa surilgan gʻoyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va axloqiy qarashlari, yoshlarimizning ta’lim tarbiyasi uchun ibrat namunasidir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 113 Davlatimiz tarixi va xalqimizning shonli oʻtmishi yetuk olim, ziyoli va jamoat arboblari ismlari bilan to‘la. Ular hamma vaqt xalqimizning yuksalishi, adolat, tenglik, eng asosiysi ilmma’rifat uchun kurashgan. Shunday ajdodlarimizning bir guruhi XIX asr oxiri XX asr boshlarida milliy mustaqilligimiz va ilm-ma’rifat yo‘lida kurashga chiqqan jadidlardir. Ular milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalarini ro‘yobga chiqarishda va ozod davlat qurishda islohotlarni, eng avvalo, yoshlar va ta’limdan boshlash kerakligini ta’kidlab,ta’lim tarbiyaning optimal modellarini yaratish, ularni tadbiq etish orqali, kelajak avlodga yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish mumkinligini ma’naviy meroslarida bayon etgan. Shu bois ta’lim tarbiyaning optimal modellarini yaratishda jadid namayondalarining ma’naviy meroslaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur mavzu doirasida mamlakatimizda maqolalar, qo‘llanmalar, risolalar nashr etilmoqda. Davlatimiz Rahbari Sh.M.Mirziyoyev 2020-yili Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida: “Biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur oʻrganishimiz kerak.Bu bebaho boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab etadi” (1) deya so‘z yuritib, yetuk ajdodlarimiz, xususan, jadidlar faoliyatini o‘rganish, ularning gʻoyalarini zamonamizga mos holda davom etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi haqida ta’kidlab o‘tgan edi. Tarixiy manbalarda jadidchilik turkiy mamlakatlar – Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatarston tarixiga XIX asr oxiri XX asr boshlarida muhim ijtimoiy – siyosiy, ma'rifiy harakat sifatida kirgan. Jadidchilik harakati namoyondalari ko‘pincha o‘zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. O‘sha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib etgandilar. Jadidchilik harakatining asosiy gʻoyasi avvaliga madaniyat sohasidagi harakat tarzida namoyon bo‘lib, ijtimoiy hayotning taraqqiyoti uchun kurashish turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillarning adabiyotini shakllantirish va boy‘itish, dunyoviy ilmlarni chuqurroq o‘zlashtirish,yoshlarning zamonaviy ta’lim olishi, ta’limning optimallashgan yangi metodlarini targ‘ib qilish, yoshlarning milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usin shakllantirish orqali yoshlar tarbiyasi masalalarini zamonaviy modellashtirishga harakat qilganlar. Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdul-hamid Chulpon, Usmon Nosir singari ma’rifatparvar ulugʻ maqsadlarga erishish millat madaniyati, ma’rifati, ilm-fanning rivoji bilan bogʻlikligini har tomonlama teran anglagan va millat madaniyati, ma’rifati, ilm-fanning rivoji yo‘lidagi islohatlar ta’lim va tarbiya bilan chambarchas bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlagan. Jadidchilik harakati nomoyondalari va ularning yoshlar ta’lim-tarbiyasining optimal modellari va tarixiy tajriybalari. 1. Ismoil Gaspirali (1851-1914): Jadidchilik harakatining asoschisi. “Usuli jadid” (yangi usul) deb nomlangan, zamonaviy va samarali ta’lim modelini joriy etdi. Musulmon xalqlari uchun ilk o‘zbek tilida nashr etilgan “Tarjumon” gazetasini chiqardi. 2. Abdulla Avloniy (1878-1934): “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida ta’lim-tarbiya masalalariga bagʻishlangan. “Istiqbol” jurnalida ta'lim-tarbiya, xalq ma'rifati, milliy ozlikni anglash, milliy ong va milliy tarbiya mavzularida maqolalar yozdi. Zamonaviy usulda, o‘zbek
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 114 tilida darsliklar va ilmiy-metodik asarlar yaratdi. O‘quv yurtlarida ona tili va milliy madaniyatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. 3. M.Behbudiy (1875-1919): Yangi usuldagi maktablar tashkil etishda faol ishtirok etdi. “Najot” gazetasi ta‘lim-tarbiya, xalq ma’rifati, milliy o‘zlikni anglash, milliy ong kabi mavzularda chop etilgan. O‘zbek tilada darsliklar yozdi va ularni nashr ettirdi. Behbudiy 1875yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida tugʻilgan bo‘lib, dastlab Samarqand madrasasida, soʻngroq Buxoroda tahsil olgan. Anʼanaviy tahsil, soʻng esa oʻz ustida qunt bilan ishlash orqali u shariatning yuksak maqomlari –qozi, mufti darajasigacha koʻtarilgan. U xalqqa yordam berish maqsadida dastlab Samarqandda S. Siddiqiy va A. Shakuriy kabi maktablarni ochadi. Bu maktablarni darsliklar bilan ta’minlash uchun 1904-yili «Risolai asbobi savod», 1905-yili «Risolai jugʻrofiyai umroniy», 1905-yili «Risolai jugʻrofiyai Rusiy», 1908-yili «Kitobat-ul atfol», 1908-yili “Amaliyoti islom”,“Tarixi islom” kabi kitoblarini nashr qiladi. Behbudiy nazarida maʼrifat uchun birgina maktabning o‘zigina kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh boʻlmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u oʻz qabohatini ham, malohatini ham koʻra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuot sari boshladi. “Padarkush” dramasini yozish gʻoyasi shu tariqa vujudga keldi. “Padarkush” –oʻzbek dramachiligining hamma yakdil eʼtirof etgan birinchi namunasidir. Behbudiy inson hayotida ta’lim va tarbiyaning nechogʻlik muhim ekanligini jamiyatga tushuntirish maqsadida “Padarkush” dramasini yozgan, U jaholat va nodonlik, oʻqimagan bolaning buzuq yoʻllarga kirishi natijada oʻz otasini oʻldirgani haqida hikoya qiladi. Boyning Toshmurod ismli oʻgʻli bo‘lib, boy atrofdagilarning gapiga kirmay, oʻgʻlini oʻqitmaydi.Oqibatda u koʻcha bezorilariga qoʻshiladi. Maishatga berilib ketgan nodon o‘gʻil uyidagi pullarni olaman deb, o‘z otasining o‘limiga sabab bo‘ladi. Jaholat va nodonlik otaning ham, bolaning ham boshiga yetadi. Agar butun millat shu ahvolga tushsachi?!... Bu asarda butun bir millat ahvoli ushbu personajlarga qiyosan yozilgan. “Padarkush” dastlab Samarqandda sahnaga qoʻyiladi. “Xalq nihoyat koʻp kelib, bilet yetmagani va joyni yoʻqligi uchun uch-toʻrt yuz kishi qaytib ketdi”, deb yozadi mahalliy matbuot. (3) M.Behbudiy milliy til masalasiga katta eʼtibor qaratdi. Birgina uning “Oyna” jurnali maʼrifat va madaniyat tarqatishda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-huquqiga, tarixiga til-adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Ayniqsa, til masalalari muharrirning hamisha diqqat markazida boʻlgan. Behbudiy millatning taraqqiyoti uchun bir necha til bilishni shart hisoblardi. Masalan, “Ikki emas, toʻrt til lozim” nomi bilan chiqqan maqolasi buning yaqqol misolidir.Behbudiy o‘z davrining fidoyi, ma’rifatparvar, qo‘rqmas va har qanday qiyinchiliklarga chidamli insonlaridan biri bo‘lgan. Yozgan kitoblari hamda maqolalari juda ham qaltis davrda yozilgan bo‘lishiga qaramay, Behbudiy ularni chop etishdan, uni ommaga taqdim etishdan hech ham cho‘chimagan. Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931): “Usuli jadid” maktablarini tashkil etishda faol qatnashdi. O‘zbekistonda birinchi pedagogika institutining tashkil etilishida faol istirok etdi. Yangi pedagogika gʻoyalarini targʻib qildi va tashviqot qildi.Milliy ta’lim tarbiya masalalarida eng ilgʻor fikrlari bilan mashhur. Maʼnaviyatni shakllantirishdagi muhim omil yoshlarining ta‘limtarbiya tizimi ekanligi, uning dolzarbligi jadidlarning yetuk nomoyondalaridan biri Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridagi qo‘yidagi satrlar isbotlaydi: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 115 mamot, yo najot, yo halokat,yo saodat – yo falokat masalasidur”(2) “Ilm insonlarning madori hayoti, raxbari, najotidur” degan fikrlari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Jadidlarlar nomoyondalari, jumladan A.Avloniyning fikricha, har bir kishi bilim olmogʻi, ma’rifatni qalbiga joy qilmogʻi, maʼnaviy fazilatlar bilan bezanmogʻi lozimki, bular oxir-oqibat milliy o‘zlikni tanishga, komil inson sifatlariga erishuvga olib keladi va shunday shaxslar kamol topgan jamiyatda Vatan ravnaq topadi, xalq saodatga erishadi. Muso Saidjonov 1893-yili Buxoroda tavallud topgan 12 yoshida maktabni bitirganidan soʻng, 4 yil mobaynida Buxorodagi Mir Arab madrasasida ta’lim olgan. Muso Saidjonov 1904-yilda maktabda o‘qiy boshlagan. U rus tili va adabiyoti, Rossiya imperiyasi va jahon tarixi, amaldagi rus qonunchiligi, arifmetika, geometriya, geografiya, tibbiyot, rasm chizish fanlarini oʻrta bilim yurti dasturi darajasida oʻrganib, maktabni 1908-yilda tamomladi. Toshkentda o‘qituvchilar institutini tugatgach, Xo‘jandda muallimlik qilgan va teatr toʻgaraklarida qatnashgan. Buxorolik talabalarni Germaniyaga oʻqishga yuborish tashabbuskorlaridan biri sifatida yoshlarning zamonaviy ta’lim olishi uchun sidqidildan harakat qilgan. “Milliy ittihod” tashkiloti faoliyatida qatnashib, A.Z.Validiy bilan yaqin aloqada bo‘lgan. 1921-yili Muso Saidjonov Buxoro ilmiy jamiyatini tuzishda faol qatnashgan va davlatning ma’orif muassasalarini tashkil qilish, meʼmoriy obidalarni muhofazalash, tarixiy qoʻlyozmalarni toʻplash, xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplash ularni tadqiqot qilish kabi ishlarda jonbozlik koʻrsatgan. Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasi raisi vaziyfalarini bajargan. Samarqand boʻlimi ilmiy xodimi sifatida1925-1936-yillarda faoliyat yuritgan. Muso Saidjonov oʻzbek olimlaridan birinchi boʻlib sharqshunoslarning 1935-yili Leningradda boʻlgan 3-kongressida qatnashgan va Koʻchkunchixon maqbarasi haqida ilmiy maʼruza qilgan. Ilmiy faoliyati uchun olimga professor unvoni berilgan. „Shahrisabz meʼmoriy yodgorliklari tarixi“, „Samarqandning meʼmoriy yodgorliklari“, „Shayx Sayfiddin Boharziyning vaqfnomasi“ nomli asarlari bilan vatan tarixinining eng asosiy sohasi bo‘lgan tarixshunoslik ilmiga katta hissa qo‘shgan olim sifatida e‘tirof etiladi.(5) Shu zamonning qaltis vaziyatlarini hisobga olmasdan Muso Saidjonov oʻzbek davlatchiligi tarixi masalalarini holis tadqiq qilgan, madaniy merosga hurmat bilan yondoshgan, madaniy merosga hurmat yoshlar manaviyatida milliy ozlikni anglash tuyǵusining asosiy komponentlaridan ekanligi haqida tarixiy asarlarida bayon qilgan. „Milliy ittihod“ tashkiloti harakatlarida faol qatnashgan. Ma'rifatparvar jadid namoyandalari millatning millatliligi uning ona tili va u tilda yaratilgan adabiyoti ekaniga alohida urgʻu berganliklari uchun ham o‘tgan asr boshida adabiyot ham shaklan, ham mazmunan yangilandi. Behbudiy “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebaxo millat boshqalarga poymol bulur” degan so‘zlarni keltirib otadi. Abdulhamid Chulponning mashhur “Adabiyot yashasa – millat yashar” degan shiori millat qalbida aks sado berdi. Jadidchilik harakatining asosiy tamoyillaridan ta’limning jamiyatdagi o‘zgarishlarga katalizator sifatida ko‘rilishi edi. Ular zamonaviy pedagogik usullardan foydalangan holda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, izlanuvchanlik va tirishqoqlik kabi ko‘nikmalarni uygʻotdilar. Jadidlar ta‘lim-tarbiyani faqat maktabda o‘rgatiladigan vosita emas, balki bu o‘quvchida mustaqil fikrlash va ijodkorlik ruhini kashf etish deb hisoblagan. Usuli jadid maktablarining vujudga kelishi bilan an’anaviy o‘qitish usullarining tubdan isloh qilish, ta’lim olib borishning yangi usullarini ishlab chiqish,ta’limning optimallashgan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 116 modellarini targʻib qilib darslik va qo‘llanmalar yaratish jadidlarning dolzarb masalasiga aylandi. O‘qitishda ko‘rgazmalik, ifodali o‘qish va uning turlari, nutq o‘stirish usullari (Behbudiy, Fitrat), “Tovush-harf” metodi orqali o‘qitish, ijtimoiy tarbiya, maktabgacha ta’lim tizimini yangi usulda olib borish, isloh qilish kabilar aynan jadid pedagoglari tomonidan ishlab chiqildi. Shunday qilib, jadidchilik harakati: - Jamiyatning barcha qatlamlarini bir gʻoyaga ishonishga jalb eta oldi. Ushbu gʻoya milliy o‘zlikni anglash va milliy uygʻonish mafkurasi bo‘lib xizmat qildi; - Jadidlar o‘z gʻoyaviy va amaliy harakatlari orqali millat mustaqilligi uchun kurash olib bordi; - Madaniyatni, ilm-fanni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida shakllantira oldi va millatni milliy o‘zlikni anglashga chaqirdi. Milliy o‘zlikni anglash tuygʻusini rivojlantirishda ta’lim jarayonida: ta‘lim tarbiya sohiblarining xalq an’analari mazmun-mohiyatini chuqur tushunishi va ularni yaxlit tarzda tushuntirish, optimallashtirilgan modellarini yaratish va ulardan samarali foydalanish, ta’limning optimallashgan modellarini milliy tarbiya bilan uyg‘unlashtirib yo‘naltira olish mahoratiga ega bo‘lishi; ularni xalqning tarixi, millat sifatida shakllanishi va rivojlanishi nuqtayi nazaridan o‘rgatish; yoshlarning psixologik his-tuygʻulariga ta’sir eta oladigan, tushunchalarni o‘zlashtirishga ragʻbat uygʻota oladigan metod va shakllarni izlab topish; olgan nazariy bilimlarni amalda mustahkamlashga imkoniyat yaratishi samaradorlikka yerishishning muhim omillari hisoblonadi. O‘quvchi-yoshlarda milliy o‘zlukni anglash tuygʻusini, milliy istiqlol gʻoyasini rivojlantirish uchun millat tarixi, urf-odat va an’analari, milliy qadriyatlar bilan uzviy bogʻliq bo‘lgan maʼnaviy meros, madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar asoson mezon bo‘lib xizmat qilar ekan milliy mustaqillik gʻoyalarini ilgari surgan jadidlar harakati va ularning namoyondalarining faoliyatlarining bugungi kunda ahamiyati alohida e’tirofga loyiq. Shu sababli olimlarimiz istiqlol davrida shakllangan milliy tarbiyashunosligimizni jadid ma’rifatparvar pedagoglarning qarashlari bilan boyitishni maqul topti va targʻib etilmoqda. Jadidlar ta’limni modernizatsiya qilish, ma’rifatparvarlik ruhini targʻib qilish yo‘lidagi fidoyiliklari tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Bugungi kunga kelip jadidlarni tadqiq qilishda yo‘l ochilishi yoshlarning ular tasvirlagan va o‘stirishga intilgan avlod bo‘lishini undaydi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘gʻri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi”. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev bu fikrlari jamiyatda jadidchilik gʻoyalariga ehtiyojni to‘gʻri anglab ularning manaviy meroslari haqida kitoblar chop etilishida katta andoza bo‘ldi. Ular haqidagi kitob tayyorlashda o‘sha mavzuning professonallari jalb etilib, Behbudiy haqida Zaynobiddin Abdurashidov, Munavvar Qori haqida Sotimjon Xolboyev, Abdulla Avloniy haqida olim Oltinbek, Abdulla Qodiriy haqida Bahodir Karim, Abdurauf Fitrat haqida Hamidulla Boltaboyev, Ibrat haqida Ulugʻbek Dolimov, Cho‘lpon haqida Dilmurod Quronov, Gʻulom Zafariy haqida Olim Usmonov yozgan. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, jadid bobolarimiz ilmiy ishlarini o‘rganib, ta’lim tarbiyani optimallashtirish va tarbiya modellarini yaratishda samarali foydalanishimiz kerak. Ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash tuyǵusini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 117 rivojlantirishda Vatanga muhabbat, jamiyatda so‘z erkinligini ta’minlashda ular yozib qoldirgan ilmiy meros dastrul amal bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi stipendiyalarning joriy etilishi ham yurtimiz yoshlari qalbida yuksak bilim va maʼrifatlik, vatanparvarlik tuygʻulari joʻsh urib turishiga, faxr va iftixor tuygʻularini tuyishiga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi.29.01.2020.//uza.uz/uz/posts/milliy-marifatimiz ustunlari. 2. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. Yoshlar nashriyot uyi, Toshkent, 2018,28b. 3. Behbudiy B “Tiyotr nadur”, “Oyina” jurnali, 1914 yil 10may. Tanlangan asarlar.Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018 yil 15-b. 4. Behbudiy B.“Ikki emas, to‘rt til lozim”, “Oyina” jurnali, 1913 yil 10 avgust, No1. Tanlangan asarlar. Jild-I.-T.: Akademnashr, -2018yil 5. Boltayev A. H. Buxorolik bukinist (kitob toʻplovchi) kolleksionerlar // Tamaddun silsilasi. — 2020. — № 2.14-b