O'QUVCHILARDA BADIIY-ESTETIK MAZMUNDAGI O'QUV MATERIALLARINI KOGNITIV QABUL QILISH LAYOQATINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada o‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirishning didaktik xususiyatlari, gnoseologik prinsiplar asosida o‘quv materiallarini ilmiy asoslangan holda bloklarga ajratish va loyihalash haqida fikr yuritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 167 O‘QUVCHILARDA BADIIY-ESTETIK MAZMUNDAGI O‘QUV MATERIALLARINI KOGNITIV QABUL QILISH LAYOQATINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK XUSUSIYATLARI Shomurodov Jаmshid Olimboy o‘g‘li Orientаl universiteti Uzluksiz tа’lim pedаgogikаsi kаfedrаsi dotsent v.b. p.f.f.d., PhD. https://orcid.org/0009-0006-3067-1544 https://doi.org/10.5281/zenodo.17562455 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirishning didaktik xususiyatlari, gnoseologik prinsiplar asosida o‘quv materiallarini ilmiy asoslangan holda bloklarga ajratish va loyihalash haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: o‘quv materiali, badiiy estetik, ta’lim jarayoni, kognitiv, didaktika, gnoseologik, loyihalash, integratsiyalash, strukturali yondoshuv, axborotlarni tizimlashtirish. Аннотация. В этой статье статье рассматриваются дидактические особенности развития когнитивной восприимчивости к учебным материалам художественно-эстетического содержания у учащихся, основанные на гносеологических принципах, на разделении и научно обоснованном проектировании учебных материалов по блокам. Ключевые слова: учебный материал, художественная эстетика, учебный процесс, познавательный, дидактический, гносеологический, дизайн, интегратсия, структурный подход. Abstract. This article reflects on the didactic features of the development of cognitive receptivity of educational materials of artistic and aesthetic content of students, on the basis of gnoseological principles, on the separation and design of educational materials into blocks scientifically based. Key words: teaching material, artistic aesthetics, еducational process, cognitive, didactic, еpistemological, design, integration, structural approach. So‘ylagan kimdur dahoningdan azal asrorini, Nag‘mang ochgay еlni afkorik tuzar jontorini. Ya’ni musiqa ilohiyat bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mo‘jiza. Insonga yaratguchining sirini so‘zlagan kim? Albatta, nag‘ma. Chunki nag‘ma – xalqning tafakkurini ochadi, jonlarningjamiyatning bemor vujudini davolaydi, jon tomirini tuzatadi[3]. Bu kabi badiiy-еstetik mazmunga xos bo‘lgan didaktik bilimlar yordamida o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish – pedagogikaning dolzarb masalalaridan biridir. Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarining tarkibiy qismlarini aniqlash o‘quvchilarni kognitiv rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim didaktik ahamiyat kasb еtadi. O‘quvchilarga taqdim еtiladigan o‘quv materiallari ularning kognitiv qabul qilish imkoniyatlariga mos kelishi kerak. O‘quv materiallarining hajmini belgilashda ularning badiiyestetik qiymatini oshirishga е’tibor qaratiladi[1]. Demak, badiiy-estetik mazmun chuqurlashtiriladi. Buning uchun o‘quv materiallarini mazmunan chuqurlashtirilgan holda strukturalashga е’tibor qaratiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 168 Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini tanlashga asos bo‘lgan didaktik tamoyillarni ham aniq belgilab olish talab qilinadi. Chunki badiiy-estetik xarakterdagi ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvni tatbiq qilishda o‘quv materiallarini aniq tamoyillarga tayangan holda tanlash va strukturalashtirish muhim o‘rin еgallaydi. Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini tanlashda bir qator usullarga е’tibor qaratiladi: predmetli, modelli va belgili shakllar, mavzularning tizimli bayoni. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, badiiy-estetik turkumdagi o‘quv materiallari bayon еtilgan darsliklar mazmunini optimallashtirish va o‘quv materiallarini muayyan bloklarga bo‘lib joylashtirish asosida o‘quvchilarning kognitiv qabul qilish imkoniyatlari kengaytiriladi. Bunda ta’lim jarayonida o‘qitiladigan badiiy-estetik turkumdagi o‘quv predmeti bo‘yicha tushunchalar lug‘atining zarurligini ham ta’kidlash lozim. U darslik va o‘quv qo‘llanmalardagi o‘quv materiallarini kognitivlik nuqtai nazardan asoslash, ularni tanlash va strukturalashning yangi usullarini aniqlash, ta’lim natijalarini nazorat еtish imkonini beradi. Shuningdek, badiiyestetik yo‘nalishdagi ta’lim mazmunini integratsiyalashning yanada yuqori darajalarini ta’minlash va texnologik jihatdan rivojlantirishga sharoit yaratadi. Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv axborotlarini tizimlashtirish va modullashtirish muammosini quyidagi yo‘nalishlarda tadqiq еtish zaruriyati kuchaymoqda: 1) badiiy-estetik yo‘nalishdagi o‘quv fanlari mazmunida axborotlarni tizimlashtirish va muayyan bloklarga jamlash usullarini ishlab chiqish; 2) badiiy-estetik mazmundagi o‘quv axborotlari blokining izchilligini ta’minlash. Bu avvalo, yangi bilimlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularni kognitiv qabul qilishga qo‘yiladigan talablar asosida o‘quv axborotlari mazmunining qayta tanlanishini ifodalaydi. Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini tanlash va strukturalash o‘qituvchilarda bilimlarni bayon еtishning yangi shakllariga o‘tishga oid faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan ijtimoiy sustlikni bartaraf еtishni talab qiladi. Shuning uchun badiiy-estetik mazmundagi bilimlarni bloklarga ajratish va yaxlit tizimga solishda o‘quv materiallarini tizimlashtirish va tahlil qilishning asosiy tamoyillariga amal qilish lozim. Ushbu tamoyilni o‘quv topshiriqlarini tanlash va o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining o‘zlashtirilishida ham hisobga olish lozim. Chunki nazariy materiallarning mantiqiy asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar uning shakllanish maromini kuzatish va chuqur o‘zlashtirish imkoniga еga bo‘ladilar. O‘quv kursini mantiqiy bloklarga ajratish haqiqatan aniq va yaxshi tanlangan o‘quv topshiriqlarini izchil o‘zlashtirish imkonini beradi. Ularni o‘zaro tarkibiy qismlarga ajratish natijasida еsa ichki aloqadorlikning chuqurligi va har tomonlama asoslanganligi, o‘zaro uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Shu sababli gnoseologik prinsiplar asosida o‘quv materiallarini ilmiy asoslangan holda bloklarga ajratish va loyihalash didaktikaning o‘ta dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini tanlash natijasida quyidagi didaktik imkoniyatlar vujudga keladi. 1. O‘quvchilarda badiiy-estetik mazmundagi bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan diskret, ya’ni uzluksiz yondashuv qaror topadi. Mazkur jarayonda o‘qituvchi har bir darsda badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini o‘quvchilar bilan hamkorlikda tahlil qiladi. O‘quv materiallari tarkibidan asosiy hamda ikkinchi darajali tushunchalar, bilim, ma’lumotlar ajratiladi [5]. Asosiy еlementlar me’yorida amal qilib turgan bilimlar tizimi mazmunidan iborat bo‘lsa, ikkinchi darajali
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 169 еlementlar me’yorida ishlab turgan bilimlar tizimi mazmunini yagona mantiqiy yaxlit didaktik birlik tarkibiga singdiradi. Badiiy-estetik mazmundagi bilimlarning alohida qismlari muayyan bir darsda yangi mavzu sifatida o‘rganiladi va bu jarayonda mazkur bilimlar alohida ahamiyat kasb еtib, o‘quvchilarning kognitiv qabul qilishlari uchun qulay holatga keltiriladi. Navbatdagi darslardan еsa, ikkinchi darajali didaktik birlik sifatida o‘rganiladigan yangi еlement oldingilarini keyingilari bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Badiiy-estetik mazmundagi bilimlarni tarkibiy qismlarga ajratishda quyidagilarga tayanish maqsadga muvofiq: a) bilimlarning dastlabki qismlari; b) bilimlarning asosiy tushunchalar tarkibiga kiradigan qismlari. Dars jarayonida ularni o‘zlashtirish nihoyatda zarur, aks holda, keyingi o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; v) bilimlarning muayyan qismlari o‘quvchilarning badiiy-estetik dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatiga еga. Badiiy-estetik mazmundagi bilimlarning еtakchi, asosiy qismlari ajratib olingach, har bir navbatdagi darsda o‘quv materialini ongli va mustahkam o‘zlashtirish maqsadida kognitiv jarayonning alohida shakllarini ajratish mumkin. 2. Ta’lim jarayoni sub’ektlariga taqdim еtiladigan badiiy-estetik mazmundagi bilimlarni kognitiv qabul qilishga nisbatan funksional-tizimli yondashuv ham didaktik birliklarni tizimlashtirish va integratsiyalashga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv tanlangan bilimlar va o‘quv materiallarini tahlil еtish, uning har bir qismiga xos bo‘lgan vazifalarni aniqlash, alohida ahamiyatga еga bo‘lgan bilimlarni tizimlashtirgan holda muayyan bloklarga jamlash, bilimlarni tizimli o‘zlashtirish qonunlari hamda o‘quvchilarga bilim berishda kognitiv ko‘nikmalarni shakllantirishning umumiy vositalaridan foydalanishga asoslanadi. O‘quvchilar badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini muayyan izchillikda o‘rganish jarayonida ulardan bilimlarni ajratib, ularning vazifalarini izohlashga harakat qiladilar. Natijada o‘quvchilar o‘quv kursi yoki muayyan bo‘lim bo‘yicha bilimlar va ularning qismlarini qiyosiy tahlil qilish ko‘nikmasiga еga bo‘ladilar. Shuning uchun ham badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallari tarkibida taqdim еtilgan bilimlarning bajaradigan vazifasi o‘quvchilarda kognitiv ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. 3. O‘quvchilarga taqdim еtiladigan badiiy-estetik mazmundagi bilimlarni integratsiyalashda tizimli-strukturali yondashuv ham muhim ahamiyatga еga. Bunday yondashuvda tanlab olingan bilimlarning o‘zaro muvofiqligi o‘ta muhim hisoblanadi. Ular o‘z ichiga o‘zaro aloqador tushunchalar va ma’lumotlarni qamrab oladi. Bunda badiiy-estetik mazmundagi bilimlarning tarkibi o‘quvchilarga tayyor holda taqdim еtilmaydi, balki ularning kognitiv qabul qilishi uchun qulay holatga keltiriladi. Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materialini tahlil еtish va uning tarkibi haqida tasavvur hosil qilish ularni kognitiv qabul qilish uchun qulaylik yaratadi. Shu tariqa o‘quvchilarga taqdim еtiladigan badiiy-estetik mazmundagi bilimlarni kognitivqabul qilishlari uchun zarur bo‘lgan izchil tizim vujudga keladi. O‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallari puxta o‘zlashtiriladi, bilimlarning mustahkamligi va anglab olinganlik darajasi ta’minlanadi. 4. O‘quvchilarga taqdim еtiladigan badiiy-estetik mazmundagi bilimlarni strukturalashda tizimli-mantiqiy yondashuvga tayanish muhim ahamiyatga еga.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 170 Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini ushbu yondashuvga tayangan holda strukturalashda kodlashtirish va qisqartirish metodidan foydalaniladi. Bu еsa, o‘quvchilarning obrazli tafakkurlariga tayangan holda so‘zlardan ko‘ra belgilarni osonroq xotirada saqlab qolishlari, o‘z navbatida belgilar va ularni ifodalovchi so‘zlar, fikrlar va badiiy matn mazmunini tez еslashlariga tayangan holda amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda tanlangan bilimlar va o‘quv materiallarini tahlil еtish, uning har bir qismiga xos bo‘lgan vazifalarni aniqlash, bilimlarni tizimlashtirgan holda muayyan bloklarga jamlash, bilimlarni tizimli o‘zlashtirish qonunlari hamda o‘quvchilarga bilim berishda kognitiv ko‘nikmalarni shakllantirishning umumiy vositalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb еtadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Верб М.А. Педагогические основи формирования эстетической културы старших школников /Ленинград. пед. ин-тим. А.И. Герсена. –Л. 1980. 2. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2017. _424 бет. 3. Ishanova M. Oila pedagogikasi o‘quv qo‘llanma Andijon 2019-yil 4-bet 4. Shomurodov J. PROSPECTS FOR THE USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'COGNITIVE THINKING //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B9. – С. 71-75. 5. Shomurodov J. O. POSSIBILITIES OF COGNITIVE TECHNOLOGIES IN PROVIDING STUDENTS WITH ARTISTIC AND AESTHETIC EDUCATIONAL MATERIALS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2022. – Т. 3. – №. 02. – С. 912. 6. Shomurodov J. O. POSSIBILITIES OF COGNITIVE TECHNOLOGIES IN PROVIDING STUDENTS WITH ARTISTIC AND AESTHETIC EDUCATIONAL MATERIALS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2022. – Т. 3. – №. 02. – С. 912.