scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AYOLLAR TOMONIDAN OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI O'TASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNING TAKOMILLASHTIRILISHI TARIXI

Shuxrat Irnazarov

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ayollar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘tash tartibi va uning tarixiy rivojlanishi bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1926 yilgi O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksi, 1970 yilgi yangilangan kodeks hamda 1997 yil qabul qilingan Jinoyat-ijroiya kodeksi doirasida ayollar uchun belgilangan huquqiy kafolatlar, imtiyozlar va ularning sharoitlari yoritilgan. Ayniqsa, homilador, emizikli ayollar va yosh bolali ayollar uchun yaratilgan yengilliklar, koloniyalar qoshida bolalar uylari tashkil etilishi, jazoni yengillashtirish imkoniyatlari alohida ko‘rsatiladi. Maqolada shuningdek, ayollar jinoyatchiligi xususiyatlari, jinoyatlarning turlari, ularning erkaklar jinoyatchiligidan farqlari hamda zamonaviy davrda ayollar tomonidan sodir etilayotgan ta’magirlik va zo‘ravonlik jinoyatlarining o‘sish tendensiyalari tahlil etiladi. Muallif ushbu sohada insonparvarlik tamoyillarining mustahkamlanishi va jinoyat-ijroiya tizimini takomillashtirish zaruriyatini asoslaydi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 259 AYOLLAR TOMONIDAN OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI O‘TASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNING TAKOMILLASHTIRILISHI TARIXI Shuxrat Irnazarov Termiz Davlat universiteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17562938 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ayollar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘tash tartibi va uning tarixiy rivojlanishi bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1926 yilgi O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksi, 1970 yilgi yangilangan kodeks hamda 1997 yil qabul qilingan Jinoyat-ijroiya kodeksi doirasida ayollar uchun belgilangan huquqiy kafolatlar, imtiyozlar va ularning sharoitlari yoritilgan. Ayniqsa, homilador, emizikli ayollar va yosh bolali ayollar uchun yaratilgan yengilliklar, koloniyalar qoshida bolalar uylari tashkil etilishi, jazoni yengillashtirish imkoniyatlari alohida ko‘rsatiladi. Maqolada shuningdek, ayollar jinoyatchiligi xususiyatlari, jinoyatlarning turlari, ularning erkaklar jinoyatchiligidan farqlari hamda zamonaviy davrda ayollar tomonidan sodir etilayotgan ta’magirlik va zo‘ravonlik jinoyatlarining o‘sish tendensiyalari tahlil etiladi. Muallif ushbu sohada insonparvarlik tamoyillarining mustahkamlanishi va jinoyat-ijroiya tizimini takomillashtirish zaruriyatini asoslaydi. Kalit so‘zlar: Ayollar jinoyatchiligi, ozodlikdan mahrum qilish jazosi, jinoyat-ijroiya qonunchiligi,ahloq tuzatish mehnat kodeksi, jazoni ijro etish koloniyalari, homilador va emizikli ayollar huquqlari, O‘zbekiston Jinoyat-ijroiya kodeksi (1997), Jinoyat jazosi tarixiy bosqichlari. SPECIFIC FEATURES OF SERVING A SENTENCE OF DEPRIVATION OF LIBERTY BY WOMEN AND THE HISTORY OF ITS IMPROVEMENT Abstract. This article analyzes the procedure for serving a sentence of deprivation of liberty by women in the Republic of Uzbekistan and its historical development step by step. The study covers the legal guarantees, privileges and conditions established for women within the framework of the 1926 Correctional Labor Code of the Uzbek SSR, the updated code of 1970 and the Criminal Code of 1997. In particular, the reliefs created for pregnant, lactating women and women with young children, the establishment of orphanages under colonies, and the possibility of mitigating punishment are highlighted. The article also analyzes the characteristics of women's crime, types of crimes, their differences from men's crime, and the growth trends in crimes of greed and violence committed by women in modern times. The author justifies the need to strengthen humane principles in this area and improve the criminal-executive system. Keywords: Women's crime, imprisonment, criminal-executive legislation, correctional labor code, penal colonies, rights of pregnant and lactating women, Criminal-executive Code of Uzbekistan (1997), Historical stages of criminal punishment. ОСОБЕННОСТИ ОТБЫВАНИЯ НАКАЗАНИЯ В ВИДЕ ЛИШЕНИЯ СВОБОДЫ ЖЕНЩИНАМИ И ИСТОРИЯ ЕГО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ Аннотация. В статье анализируется порядок отбывания наказания в виде лишения свободы женщинами в Республике Узбекистан и его историческое развитие шаг за шагом. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 260 В исследовании рассматриваются правовые гарантии, льготы и условия, установленные для женщин в рамках Исправительно-трудового кодекса Узбекской ССР 1926 года, обновленного кодекса 1970 года и Уголовного кодекса 1997 года. В частности, освещаются послабления, созданные для беременных, кормящих женщин и женщин, имеющих малолетних детей, создание детских домов при колониях, возможности смягчения наказания. В статье также анализируются особенности женской преступности, виды преступлений, их отличия от мужской преступности, тенденции роста корыстно-насильственных преступлений, совершаемых женщинами в современное время. Автор обосновывает необходимость укрепления гуманных принципов в этой сфере и совершенствования уголовно-исполнительной системы. Ключевые слова: Женская преступность, лишение свободы, уголовноисполнительное законодательство, исправительно-трудовой кодекс, исправительные колонии, права беременных и кормящих женщин, Уголовно-исполнительный кодекс Узбекистана (1997 г.), Исторические этапы уголовного наказания. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligi rivojlanishining asosiy bosqichlarida ayollarning ushbu turdagi jazoni o‘tashining huquqiy asoslari va sharoitlari tahlil qilingan (ahloq tuzatish mehnat tizimi, jinoyat-ijroiya tizimi, jazoni ijro etish tizimi organlari va muassasalari, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etuvchi organlar), mavjud yondashuv va ta’riflar o‘rganilgan. O‘zbekistonda ayollarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashva ijro etishning xronologik evolyutsiyasini o‘rganib, ayollarga nisbatan jazoni ijro etish sohasidagi respublika jinoyat-ijroiya qonunchiligi bir necha bosqichdan iborat bo‘lgan jiddiy transformatsiyani boshdan kechirganligini ta’kidlanadi. Birinchi bosqich, 1926 yil 16 iyunda O‘zSSR Oliy Soveti birinchi chaqiriq to‘rtinchi sessiyasida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksi qabul qilindi, natijada jazolarni ijro etish idoraviy normativ hujjatlar bilan emas, balki qonun bilan tartibga solina boshlandi. Mazkur Kodeksda ayollar uchun ma’lum imtiyozlar belgilaganligi ko‘rsatilgan. Ikkinchi bosqich, 1970 yil 24 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti ettinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksida mahkuma ayollarga qo‘shimcha huquqlar berilganligi nuqtai nazaridan, u O‘zSSRning 1926 yilgi AtMK ga nisbatan ancha liberal bo‘lgan. Uchinchi bosqich 1997 yil 25 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyatijroiya kodeksining qabul qilinishi bilan boshlanib, unda ayollar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilgan va hozirgi kunda ham amal qilmoqda. Dastlabki qonun hujjatlarining ayrim normalarida ayollarningjazoni o‘tashiga ancha liberal munosabatda bo‘linganligi ta’kidlanadi. Muallif, O‘zbekiston SSRning 1926 yilgi AtMKda «homilador va bolani ko‘krak suti bilan ovqatlantiradigan ayollar ularning yashash joyidan boshqa joydagi ahloq-tuzatish mehnat ishlariga jo‘natilishi mumkin emas»ligi, «tug‘ruqdan oldin va undan keyin, O‘zSSR mehnat to‘g‘risidagi qonunlar kodeksida belgilangan muddatda ishlarga umuman jalb qilinmaydi, va ushbu Kodeks bilan homilador va bolani ko‘krak suti bilan ovqatlantiradigan ayollar uchun o‘rnatilgan barcha imtiyozlardan foydalanishi mumkin»ligini ko‘rsatgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 261 Mazkur kodeksda ilk marta yosh bolalarni onasi bilan ahloq tuzatish koloniyasidagi maxsus jihozlangan xonalarda yoki alohida binolarda qoldirish imkoniyati ko‘zda tutilgan. O‘sha davrdagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilib, koloniyada yonida to‘rt yoshgacha farzandlarini qoldirish imkoniyati nafaqat ayollarga, balki erkaklarga ham berilgani haqidagi norma mavjudligini ta’kidlab ushbu normaning ijobiy jihati sifatida insonparvarlik prinsipiga mosligini ko‘rsilgan. 2-bosqich 1970 yilda O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksida mahkuma ayollarga erkak mahkumlarga nisbatan qo‘shimcha huquqlarning berilganligi sababli u O‘zSSR 1926 yilgi AtMKga nisbatan ancha «ilg‘or bo‘lgan». 1970 yilgi O‘zSSR AtMK 18-moddasida ilk marta mahkum erkak va ayollarni alohida saqlash prinsipi mustahkamlangan, Kodeksda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan ayollar jazoni: umumiy, qattiq rejimli ahloq tuzatish koloniyalari va turmalarda o‘tashi belgilangan. Shuningdek, ayollar ham erkaklar singari qonunda ko‘zda tutilgan hollarda jazoni manzil koloniyalarda o‘tashi mumkin bo‘lgan (1970 yil O‘zSSR AMK 27-moddasi). Birinchi uch turdagi muassasalarda ayollar uchun erkak mahkumlardan farq qiladigan jazoni o‘tash shartlari joriy etilgan bo‘lsa, manzil koloniyalarda ayollar va erkaklar uchun sharoitlarda farq bo‘lmagan. Tadqiqotchi, ayollarni koloniya va turmalarda saqlash xususiyatlari haqida to‘xtalib: birinchidan, o‘sha davrda ayollarning jazoni o‘tash koloniyada ikki yoshgacha bo‘lgan farzandi bilan birga bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lib, 1970 yilgi O‘zSSR AtMK 75-moddasi 4qismiga muvofiq ahloq tuzatish koloniyalari qoshida bolalar uylari tashkil qilingan. Biroq moddada koloniyaning qaysi turida – erkak yoki ayollar uchun, umumiy yoki qattiq rejimdagi koloniyada bolalar uyi tashkil etilishi aniq berilmagan. Amaliyotda mahkuma ayollarni saqlash uchun mo‘ljallangan ahloq tuzatish koloniyalari qoshida bolalar uyilarini tashkil etilgan. Ikkinchidan, ayollarning ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashida ularning fiziologik holati, ya’ni ularga ko‘proq (sifatliroq) ovqat berish hamda homiladorlik va tug‘ruq tufayli ishdan ozod qilish nazarda tutilgan. 1970 yilgi O‘zSSR ATMK 75-moddasi 4-qismida «homilador ayollar, ovqatlantiradigan onalarga... yaxshilangan yashash va maishiy sharoitlar yaratiladi hamda oshirilgan ovqat normalari o‘rnatiladi. Tibbiy komissiya xulosasi bilan bu shaxslarga qo‘shimcha oziq-ovqat posilka va yo‘qlovlar olishga ruxsat berilishi mumkin»ligi mustaxkamlangan edi. Uchinchidan, jazoni qattiq rejimli koloniyada o‘tashi tayinlangan ayollar uchun jazoni o‘tash sharoitida yengillik belgilangan. Mazkur kodeks 70-moddasi 3-qismida «homilador ayollar, shuningdek emizikli bolali ayolar qattiq rejimda saqlanishi mumkin emasligi» belgilangandi. Homilador, ahloq tuzatish koloniyalari qoshidagi bolalar uylarida bolalari mavjud ayollarga nisbatan jarima izolyatori yoki kamera tipidagi xonalarga, turmada – karserga kiritish va qattiq rejimga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi (1970 yil O‘zSSR AMK 67-moddasi 2 qismi)ni ham qonunning ijobiy jihati sifatida ko‘rsatilgan. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi rivojining uchinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasining yangi Jinoyat-ijroiya kodeksi (1997 y) qabul qilingan vaqtdan boshlanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 262 Ushbu qonun bilan jazoni ijro etish rejimiga oid yangi huquqiy normalar joriy etildi, xususan, ayollar jazoni ahloq tuzatish koloniyalarida emas, balki jazoni ijro etish koloniyalarida o‘taydigan bo‘ldi. Ko‘p sonli tadqiqotlarni o‘rganish ayollarning jinoiy hulq-atvori erkaklar jinoiy hulqatvoridan jinoyat sodir etish usuli va quroli, ularning ko‘lami, jinoiy xatti-harakatlarning xususiyati, jinoyat qurbonini tanlash kabilar bilan farq qiladi. Bu ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlari va ijtimoiy roli o‘zgarib borayotganligi, g‘ayriijtimoiy hulq-atvori xususiyati hamda jinoyatlarni sodir etish usullariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ayollar jinoyatchiligiga munosib baho berish, jinoyatchi ayol shaxsini tushunish va uning jinoiy hulq-atvorini izohlash amaliyotdan ortda asosladi. Tadqiqotchi jinoyatlarning aksariyati erkaklar tomonidan sodir etilishini, shuningdek, ayollarning jinoiy harakatlari odatda aynan erkak jinsidagi shaxslar bilan bog‘liqlikda sodir etilayotganini ko‘rsatgan. Muallifning fikriga ko‘ra, ayollar tomonidan ko‘proq iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar sodir etiladi va ta’magirlik motiviga ega bo‘lib, faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, o‘g‘rilik, firibgarlik, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, giyovandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish va boshqa jinoyatlar shular jumlasidandir. Bu avvalo, mazkur jinoyatlar sodir etiladigan xo‘jalik tarmoqlarida (savdo, umumiy ovqatlanish, moliya va kredit sohasi va hok.) ishlaydigan xodimlar tarkibida ayollar ulushi ko‘pchilikni tashkil etishi, hamda turmushda rollarning an’anaviy taqsimoti bilan izohlanadi. Tadqiqotchi tomonidan ayollar jinoyatchilikning holatini tahlil qilib, quyidagi xulosalarga kelingan. 1) ayollar tomonidan sodir etilgan barcha jinoyatlarni ularning kasbiy faoliyati va oilaviymaishiy munosabatlari bilan bog‘liq ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh doirasida ko‘proq ta’magirlik jinoyatlari; ikkinchi guruhda – zo‘ravonlik jinoyatlar sodir etiladi. Birinchi guruhdagi jinoyatlar miqdori ikkinchi guruhdagidan ancha ziyoddir. 2) ayollar jinoyatchiligining darajasi erkaklarnigidan ancha past, ammo so‘nggi yillarda umumiy jinoyatchilikda uning ulushi ortib bormoqda. Ta’magirlik jinoyatchiligi darajasi ayollarning iqtisodiyotning ma’lum sektorlarida bandligi, ular uchun u yoki bu moddiy ne’matlarning qo‘lga kiritish osonligi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda ular, bunday huquqbuzarliklarni o‘z oilasi, farzandlari uchun erkaklarga nisbatan ko‘proq sodir etadi. 3) hozirgi vaqtda ayollar o‘rtasida zo‘ravonlik jinoyatlari sonining nisbatan ortib borayotganligi, hulqida agressiya va shafqatsizlik holatlari kuzatilmoqda, ular an’anaviy ravishda «erkaklar» jinoyatlari deb aytilgan jinoyatlar: talonchilik, bosqinchilik hujumlari va x.k. sodir etganligi jamiyatda alohida havotir uyg‘otishi shartdir. 4) ayollar jinoyatchiligi, ular sodir etgan jinoyatlar soni, o‘ziga xosligi va tuzilishi, jamiyatga, uning ma’naviy-ruhiy muhitiga ta’siri sababli, umumiy jinoyatchilikning alohida mustaqil turini tashkil qiladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 263 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob; 2. Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari; 3. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari; 4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori; 5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori; 6. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori; 7. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat xavfsizligini ta'minlash 8. departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi 42-sonli buyrug'i; O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i.