scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BALIQCHILIK XO'JALIKLARIDA AYLANMA KAPITALNI SAMARALI BOSHQARISHNING STRATEGIK YONDASHUVLARI

Fayziyev Oybek Raximovich

Abstract

Maqolada baliqchilik xo‘jaliklarida aylanma kapitalni boshqarishning zamonaviy muammolari va strategik yechimlari tahlil qilinadi. “TCT Fish Cluster” misolida aylanma aktivlar tarkibi va tuzilmasidagi o‘zgarishlar, ularning aylanish tezligi va moliyaviy samaradorlikka ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli axborot tizimlarini joriy etish, debitor qarzdorlikni boshqarish va ombor zaxiralarini optimallashtirish orqali aylanma kapital samaradorligini oshirish mumkin. Shuningdek, xavflarni strategik boshqarish, ekologik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ahamiyati ta’kidlangan.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish BALIQCHILIK XO‘JALIKLARIDA AYLANMA KAPITALNI SAMARALI BOSHQARISHNING STRATEGIK YONDASHUVLARI Muallif: Fayziyev Oybek Raximovich 1 Affiliyatsiya: Alfraganus University, Iqtisodiyot fakulteti, “Moliya” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD), Toshkent kimyo xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17563465 ANNOTATSIYA Maqolada baliqchilik xo‘jaliklarida aylanma kapitalni boshqarishning zamonaviy muammolari va strategik yechimlari tahlil qilinadi. “TCT Fish Cluster” misolida aylanma aktivlar tarkibi va tuzilmasidagi o‘zgarishlar, ularning aylanish tezligi va moliyaviy samaradorlikka ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli axborot tizimlarini joriy etish, debitor qarzdorlikni boshqarish va ombor zaxiralarini optimallashtirish orqali aylanma kapital samaradorligini oshirish mumkin. Shuningdek, xavflarni strategik boshqarish, ekologik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ahamiyati ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: Baliqchilik xo‘jaligi, aylanma kapital, moliyaviy boshqaruv, raqamli tizimlar, strategik boshqaruv, resurslar aylanishi, xavflarni boshqarish. Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi sohasida boshqaruvning zamonaviy muammolari, eng avvalo, tarmoqlararo munosabatlarni samarali muvofiqlashtirish va resurslar aylanishini strategik boshqarish bilan chambarchas bogʻliqdir. Aholi sonining oʻsishi, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va global iqlim oʻzgarishlari sharoitida agrar sektorda, jumladan, baliqchilik xoʻjaliklarida moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda[1]. Xususan, baliqchilik xoʻjaliklarida aylanma kapitalni samarali boshqarish tizimini takomillashtirish ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini saqlash, xarajatlar tuzilmasini optimallashtirish, rentabellikni oshirish hamda tarmoqning moliyaviy barqarorligini taʼminlashning asosiy strategik omili hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, aylanma kapitalning harakati, uning tarkibiy tuzilmasi va boshqaruv mexanizmlarini chuqur tahlil etish baliqchilik xoʻjaliklarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni zamonaviy boshqaruv modeliga moslashtirish uchun muhim ilmiyamaliy yoʻnalishlardan biridir. Maʼlumki, aylanma kapital ishlab chiqarish jarayonida doimiy harakatda boʻlib, har bir ishlab chiqarish siklida toʻliq aylanadi va oʻz qiymatini yaratilgan mahsulotga toʻliq oʻtkazadi. Baliqchilik xoʻjaliklarida uning asosiy tarkibini biologik aktivlar (baliq tuxumi, naslli baliqlar, ozuqa), ishlab chiqarish zahiralari, energiya manbalari va ayrim hollarda tayyor mahsulot tashkil etadi. Shu bilan birga, tarmoqning oʻziga xos mavsumiyligi va tabiiy omillarga yuqori bogʻliqligi aylanma kapital boshqaruvini strategik yondashuv asosida tashkil etishni talab qiladi[2; 3]. Zamonaviy boshqaruv tamoyillari shuni koʻrsatmoqdaki, moliyaviy resurslar aylanishini raqamli nazorat vositalari orqali monitoring qilish, ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarni tahliliy modellashtirish, shuningdek, resurslardan samarali “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish foydalanishning yangi strategiyalarini ishlab chiqish baliqchilik xoʻjaliklarining raqobatbardoshligini oshirishning muhim yoʻnalishidir[4; 6; 7]. Shu bois, ushbu tadqiqotda baliqchilik xoʻjaliklarida aylanma kapitalni boshqarishning zamonaviy muammolari tahlil qilinadi hamda ularni strategik yechimlar orqali takomillashtirish yoʻnalishlari asoslab beriladi. Shunday ekan, qishloq xoʻjaligining boshqa yoʻnalishlariga nisbatan, baliqchilik sohasida aylanma kapitalni shakllantirish va boshqarish jarayoni tabiiy-biologik hamda texnologik omillar bilan chambarchas bogʻliq. Masalan, suvning harorati, uning tarkibidagi kislorod miqdori, ozuqa sifati kabi parametrlar bevosita biomassa oʻsishiga taʼsir koʻrsatadi. Shu boisdan, boshqaruvning zamonaviy muammolaridan biri — ekologik va iqtisodiy barqarorlikni uygʻun holda taʼminlaydigan strategik boshqaruv modelini yaratish hisoblanadi[5; 8]. Bunday sharoitda aylanma kapitalni samarali boshqarish nafaqat moliyaviy koʻrsatkichlarni yaxshilash, balki resurslar harakatini toʻgʻri prognoz qilish, ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz taʼminlash va xavflarni minimallashtirish orqali ham amalga oshiriladi. Shu nuqtayi nazardan, aqlli monitoring va raqamli axborot tizimlarini joriy etish boshqaruvning eng muhim strategik yechimlaridan biri sifatida qaraladi. Aylanma kapital haqidagi aniq va tezkor maʼlumotlar asosida qabul qilingan boshqaruv qarorlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, xarajatlar tuzilmasini optimallashtiradi. Masalan, “Smart Aqua Management”, ERP yoki 1C kabi raqamli tizimlarning joriy etilishi natijasida suv sifati, energiya sarfi, ozuqa samaradorligi va ishchi kuchidan foydalanish boʻyicha real vaqt maʼlumotlari orqali aniq tahlil oʻtkazish imkoni yaratiladi[5]. Bu esa, oʻz navbatida, aylanma kapital harakatini prognozlash va moliyaviy xavflarni boshqarishda strategik afzallik beradi. Shu bilan birga, aylanma kapitalning aylanish tezligini oshirish ham boshqaruvdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Aylanish siklini qisqartirish orqali ishlab chiqarish sikllari soni koʻpayadi, foydalilik darajasi ortib, raqobatbardoshlik kuchayadi. Buni amalga oshirish uchun: • zaxiralar hajmini optimallashtirish; • debitor qarzlarni kamaytirish; • pul oqimini rejalashtirish va monitoring tizimini takomillashtirish talab qilinadi. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, aylanma mablagʻlarning 20–25 foizi ozuqa mahsulotlariga yoʻnaltiriladigan baliqchilik xoʻjaliklarida ozuqa samaradorligini tahlil qilish va raqamli boshqaruv usullarini qoʻllash orqali aylanish tezligini 10–12 foizga oshirish mumkin. Natijada, aylanma kapitalni boshqarishda zamonaviy boshqaruv yechimlari — raqamlilashuv, strategik tahlil va ekologik tavakkalchiliklarni hisobga oluvchi modellar — baliqchilik xoʻjaliklarining barqaror rivojlanishini taʼminlaydigan asosiy omil sifatida namoyon boʻlmoqda. Bundan tashqari, aylanma kapitalni boshqarish jarayonida xavflarni strategik boshqarish masalasi zamonaviy boshqaruvning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, suv resurslari tanqisligi, energiya narxlarining oʻsishi va bozordagi noaniqliklar baliqchilik xoʻjaliklarining moliyaviy barqarorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun, xavflarni boshqarishning innovatsion strategiyalarini joriy etish, jumladan, sugʻurta mexanizmlari, xavflarni taqsimlash va tavakkalchilikni xedjirlash usullaridan foydalanish, aylanma kapital yoʻqotilishining oldini olishda 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu usullar korxonaning moliyaviy barqarorligini saqlab qolish va uzoq muddatli rivojlanishni taʼminlashga xizmat qiladi. Zamonaviy boshqaruvning yana bir strategik yechimi — axborot oqimlarini raqamli integratsiya qilish va ularni tahlil qilish jarayonini avtomatlashtirishdir. Baliqchilik sohasida maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va vizuallashtirish jarayonlarini raqamli platformalar orqali boshqarish, iqtisodiy tahlil sifatini yaxshilash va qaror qabul qilish samaradorligini oshirishga imkon beradi[9]. Bu nafaqat aylanma kapital harakatini doimiy monitoring qilish, balki ishlab chiqarish jarayonidagi samaradorlikni oldindan prognoz qilish imkoniyatini ham yaratadi. Aylanma kapitalni samarali boshqarish tizimi — ishlab chiqarish barqarorligi, foydalilik darajasi va iqtisodiy oʻsish surʼatlariga bevosita taʼsir etuvchi strategik omil sifatida namoyon boʻladi. Shu boisdan, aylanma aktivlar tarkibi va tuzilmasini muntazam tahlil qilish, ulardagi dinamik oʻzgarishlarni kuzatib borish boshqaruv qarorlarini ilmiy asosda qabul qilish imkonini yaratadi. Bu jihatdan, Toshkent viloyatidagi “TCT Fish Cluster” baliqchilik xoʻjaligi misolida aniq tahlil oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona faoliyatida aylanma aktivlar tarkibidagi oʻzgarishlar raqamli axborot tizimi orqali kuzatilib, ular asosida ishlab chiqarish va muomala sohalaridagi resurslar taqsimotining dinamikasi aniqlangan. Quyidagi 1-jadvalda 2021–2025-yillar davomida “TCT Fish Cluster” korxonasining aylanma aktivlar tarkibi va tuzilmasidagi oʻzgarishlar koʻrsatilgan boʻlib, u aylanma kapital boshqaruvi samaradorligini baholash va strategik yechimlarni belgilash uchun ilmiy asos vazifasini oʻtaydi. 1-jadval “TCT Fish cluster”da aylanma aktivlarining tarkibi va tuzilmasining tahlili 1 Aktivlar 1.01.2021-y. 1.01.2023-y. 1.01.2025-y. oʻzg. 1.01.2024-y. 1.01.2021-y.ga n-n. ming soʻm % ming soʻm % ming soʻm % ming soʻm % I. Ishlab chiqarish sohasida: Ishlab chiqarish zaxiralari 5110577,6 11,34 1535265,11 2,35 1115118,65 1,37 -3995458,95 -78,18 Tugallanmagan ishlab chiqarish 25372744,3 56,32 46434157,28 71,10 61737525,16 75,88 36364780,86 143,32 Kelgusi davr xarajatlari 0,00 156379 0,24 55667,85 0,07 55667,85 Jami: 30483321,9 67,66 48125801,39 73,69 62908311,7 77,32 32424989,76 106,37 II. Muomala sohasida: Tayyor mahsulotlar 699558,2 1,55 908736,24 1,39 212867,83 0,26 -486690,37 Tovarlar 0,00 61774,18 0,09 171636,29 0,21 171636,29 Pul mablagʻlari – jami 1932970,3 4,29 566847,33 0,87 135899,57 0,17 -1797070,73 -92,97 shundan: - kassa 0,00 42092,5 7,43 2,10 0,00 2,10 - xisob-kitob schyoti 1720286,5 89,00 395400,43 69,75 89903,62 66,15 -1630382,88 -94,77 - chet el valyutasi 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 Debitorlar 3302864,8 7,33 8640056,44 13,23 14713488,76 18,08 11410623,96 345,48 Qisqa muddatli investitsiyalar 8632849,8 19,16 7004231,02 10,73 3219558,70 3,96 -5413291,10 -62,71 Kechiktirilgan xarajatlar 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 Jami: 14568243,1 32,34 17181645,21 26,31 18453451,2 22,68 3885208,05 26,67 III. Boshqa aylanma aktivlar Boshqa aylanma aktivlar 0 0,00 0 0,00 0,00 0,00 0,00 Hammasi: 45051565 100,00 65307446,6 100,00 81361762,81 100,00 36310197,81 80,60 1 Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumanidagi “TCT Fish cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2021-2024-yillik hisobotlari asosida muallif ishlanmasi. 13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish Yuqoridagi jadval maʼlumotlari “TCT Fish Cluster” korxonasining 2021–2025-yillar davomida aylanma aktivlari tarkibi va tuzilmasidagi oʻzgarishlarni aks ettiradi. Maʼlumotlar tahlilidan koʻrinib turibdiki, korxona faoliyatida aylanma aktivlarning oʻsish surʼati 80,6 foizni tashkil etgan, yaʼni 2021-yildagi 45,05 mlrd soʻmdan 2025-yilda 81,36 mlrd soʻmgacha ortib, ikki baravardan koʻproq oʻsgan. Bu oʻsish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish sektoridagi “toʻliq aylanuvchi” aktivlar ulushining ortishi bilan bogʻliq. Ishlab chiqarish sohasidagi oʻzgarishlar shundan dalolat beradiki, 2021–2025yillarda “toʻxtovsiz ishlab chiqarishni taʼminlash strategiyasi” amalga oshirilgan. Jumladan, ishlab chiqarish zaxiralari 78,18 foizga qisqargan boʻlsa-da, toʻliq tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi 143,32 foizga oʻsgan. Bu holat, korxonada qayta ishlash jarayonlari va biologik aktivlar aylanishi faollashganidan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytganda, “TCT Fish Cluster”da aylanma kapital aylanishining biotexnologik bosqichi kengaygan, bu esa strategik jihatdan resurslardan samarali foydalanish va ichki aylanish tezligini oshirishni taʼminlagan. Ishlab chiqarish sohasining umumiy aylanma aktivlar tarkibidagi ulushi 2021yildagi 67,66 foizdan 2025-yilda 77,32 foizgacha oʻsgan. Bu koʻrsatkich korxona strategiyasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish ustuvor yoʻnalish sifatida amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi. Muomala sohasi tahlili shundan dalolat bermoqdaki, tayyor mahsulotlar ulushi 1,55 foizdan 0,26 foizgacha qisqargan. Bu, bir tomondan, mahsulot aylanishining tezlashganini, ikkinchi tomondan, ombor zaxiralarini optimallashtirish siyosati samara berganini koʻrsatadi. Shu bilan birga, debitor qarzlar 345,48 foizga oshgani korxonada toʻlov intizomini kuchaytirish va debitorlikni boshqarish boʻyicha alohida strategik choralar talab etilishini anglatadi. Qisqa muddatli investitsiyalar 62,71 foizga qisqargan boʻlib, bu aylanma kapitalning ishlab chiqarish faoliyatiga yoʻnaltirilayotganini, yaʼni moliyaviy faollikdan koʻra real sektor samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv siyosati yuritilayotganini koʻrsatadi. Pul mablagʻlarining 92,97 foizga kamayishi shundan dalolat beradiki, “TCT Fish Cluster” aylanma aktivlarni passiv holda saqlab turishdan koʻra, ularni ishlab chiqarish aylanishiga jalb qilishni afzal koʻrgan. Bu strategiya qisqa muddatli likvidlikni pasaytirsa-da, aylanma kapitaldan foydalanish koeffitsiyentini oshirish nuqtayi nazaridan samarali hisoblanadi. Tahlil natijalari asosida aytish mumkinki, “TCT Fish Cluster”da aylanma aktivlar tuzilmasidagi oʻzgarishlar moliyaviy boshqaruvning strategik transformatsiyasini ifoda etmoqda. Korxona ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan resurslarning ulushini koʻpaytirish orqali toʻliq aylanuvchi kapital siklini qisqartirish va foyda normasini oshirish strategiyasini amalga oshirmoqda. Shuningdek, debitorlik qarzlarining oʻsishi va pul mablagʻlarining qisqarishi korxonaning ayrim likvidlik muammolarini yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois, aylanma kapitalni boshqarishda raqamli nazorat tizimlari, debitor qarzlar boʻyicha prognozlashtirish modellari va avtomatlashgan toʻlov monitoringi platformalarini joriy etish kelgusi davrda muhim strategik vazifa hisoblanadi. Umuman olganda, jadval maʼlumotlari “TCT Fish Cluster”da aylanma aktivlar tarkibidagi sifat oʻzgarishlari orqali iqtisodiy barqarorlik, resurslar samaradorligi va raqamli boshqaruv tizimlari asosida qaror qabul qilish amaliyoti kuchayganini koʻrsatadi. Bu tendensiyalar zamonaviy boshqaruv nazariyasi nuqtayi nazaridan 14 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish “iqtisodiy samaradorlik va barqarorlikni raqamli boshqaruv orqali taʼminlash” konsepsiyasiga toʻla mos keladi. Shunday qilib, “TCT Fish cluster”dagi aylanma aktivlar tarkibi va tuzilmasining tahlili shuni koʻrsatadiki, klasterning moliyaviy faoliyati soʻnggi yillarda ayrim salbiy oʻzgarishlar bilan bir qatorda, strategik jihatdan ijobiy tendensiyalarga ham ega boʻlgan. Jumladan, ishlab chiqarish sohasi ulushining ortishi hamda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmining keskin oʻsishi klasterning ishlab chiqarish salohiyati kengayib borayotganini anglatadi. Biroq, aylanma mablagʻlar ichida pul mablagʻlari va qisqa muddatli investitsiyalar ulushining pasayishi likvidlik darajasining kamayishiga, debitor qarzdorlik hajmining ortishi esa aylanma mablagʻlarning aylanish tezligining pasayishiga olib kelgan. Shu bilan birga, tahlil natijalari shuni ham koʻrsatadiki, “TCT Fish cluster”da moliyaviy menejment tizimini yanada samarali tashkil etish, aylanma aktivlar tuzilmasini optimallashtirish hamda pul oqimlarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi Shu asosda quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari surish maqsadga muvofiq: – birinchidan, debitor qarzdorlikni kamaytirish maqsadida hisob-kitob intizomini kuchaytirish, elektron toʻlov tizimlarini keng joriy etish lozim; – ikkinchidan, aylanma mablagʻlar aylanishini tezlashtirish uchun ombor zahiralarini boshqarishda raqamli nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish tavsiya etiladi; – uchinchidan, likvidlik darajasini barqarorlashtirish uchun qisqa muddatli investitsiya instrumentlaridan foydalanishni kengaytirish, pul mablagʻlarini samarali taqsimlash tizimini yoʻlga qoʻyish zarur; – toʻrtinchidan, aylanma aktivlar tuzilmasini tahlil qilish asosida ularni diversifikatsiya qilish hamda ishlab chiqarish va muomala sohalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlash tavsiya etiladi. Umuman olganda, yuqoridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi “TCT Fish cluster” faoliyatida moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, aylanma aktivlar aylanishini tezlashtirish hamda klasterning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Fayziyev O.R. “Aylanma aktivlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari” // «Muhandislik va iqtisodiyot». – Toshkent, 2024. - № 4. – B. 43-47 2. Fayziyev O.R. “Aylanma mablagʻlar aylanuvchanligini tezlashtirishning asosiy yoʻllari” // “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot”. – Toshkent, 2024. - № 11. – B. 179184. 3. Fayziyev O.R. “Aylanma mablagʻlar samaradorligini oshirishning muhim omili” // “Jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami, 2-qism / Maʼmun universiteti. – Toshkent: Bookmany print, 2024. 41–46 b. 4. Fayziyev O.R. “Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishning oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsiri”. “Qishloq xoʻjaligida innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirishning muammo va yechimlari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami. Toshkent. 2024. 509-514 betlar. 15 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 5. Fayziyev O.R. “Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda baliqchilik tarmogʻining ahamiyati va oʻrni” // «AGROIQTISODIYOT». – Toshkent, 2024. №4. B. 46-50. (08.00.00., № 25). 6. Fayziyev O.R. “Aylanma mablagʻlar aylanuvchanligini tezlashtirishga omillar taʼsirini baholash” // “Marketing”. – Toshkent, 2025. №1. B. 314-318. (08.00.00., №). 7. Fayziyev O.R. “Aylanma kapital rentabelligini baholashga kompleks yondashuv” // “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot”. – Toshkent, 2025. - № 2. – B. 559-566. 8. Fayziyev O.R. “Qishloq xoʻjaligi korxonalarida aylanma mablagʻlar harakati va rentabelligining kompleks tahlili” // «AGROIQTISODIYOT». – Toshkent, 2025. №1. B. 151-153. (08.00.00., № 25). 9. Fayziyev O.R. Aylanma mablagʻlar aylanuvchanligini tezlashtirishga taʼsir 10. qiluvchi omillar tahlili. / “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning tashkiliyiqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yoʻllari” mavzusidagi xalqaro ilmiyamaliy anjuman materiallari [Matn] / “Maʼmun universiteti” NTM.- Xorazm: Khwarezm publication, 2025. - 608 b. 596-599. 11. Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumanidagi “TCT Fish cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2021-2024-yillik hisobotlari.