scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MILLIY IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH VA XALQARO INTEGRATSIYANI CHUQURLASHTIRISH

Ismailov Baxit Abdireymovich; Jumaniyazov Rashid Azamatovich

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish jarayonlari yoritilgan. Iqtisodiy islohotlar, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion rivojlanish hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, modernizatsiya jarayonidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar keltirilgan.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish MILLIY IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH VA XALQARO INTEGRATSIYANI CHUQURLASHTIRISH Mualliflar: Ismailov Baxit Abdireymovich 1, Jumaniyazov Rashid Azamatovich 2 Affiliyatsiya: Qoraqalpoq davlat universiteti, Moliyaviy texnologiyalar kafedrasi dotsenti (PhD) 1, Qoraqalpoq davlat universiteti, Moliya va moliyaviy texnologiyalar mutaxassisligi 2b guruh talabasi 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17563551 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish jarayonlari yoritilgan. Iqtisodiy islohotlar, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion rivojlanish hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, modernizatsiya jarayonidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: global iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, milliy iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, modernizatsiya, innovatsion yondashuv, barqaror rivojlanish, xalqaro hamkorlik, investitsiyalar, iqtisodiy integratsiya, iqtisodiy islohotlar. KIRISH Hozirgi davrda global iqtisodiyotda ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, yangi ishlab chiqarish modellari va xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayishi har bir davlatdan o‘z iqtisodiy siyosatini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish — mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hamda xalq farovonligini yuksaltirishning eng muhim omillaridan biridir. Modernizatsiya - jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy tuzilmasini zamonaviy taraqqiyot talablariga mos holda yangilash, isloh qilish va takomillashtirish jarayonidir [1]. Milliy iqtisodiyotni samarali modernizatsiya qilish esa xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridan ajralgan holda kecha olmaydi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya - bu alohida mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari oʻrtasida barqaror munosabatlarni rivojlantirish jarayoni boʻlib, bu milliy iqtisodiy tizimlarning bosqichma-bosqich birlashishiga olib kelishi mumkin. Ushbu jarayon bir-biri bilan chambarchas bogʻliq va iqtisodiyotni xalqarolashtirishga asoslangan boʻlib, bu reproduktiv jarayonning milliy iqtisodiyotdan tashqarida kengayishini anglatadi [2]. O‘zbekiston Respublikasi ham mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning samaradorligini oshirish, uning raqobatbardoshligini kuchaytirish va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv yo‘lida izchil islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” (2022–2026) hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish innovatsion rivojlanish va xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Globalizatsiya chuqurlashib borayotgan hozirgi davrda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, uni raqobatbardosh qilish hamda jahon iqtisodiy makoniga to‘laqonli integratsiyalash zarurati kuchaymoqda. Ko‘plab davlatlar milliy rivojlanishning optimal modelini izlamoqda, iqtisodiy modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirmoqda hamda xalqaro hamkorlik va integratsiya aloqalarini strategik jihatdan mustahkamlashga intilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichi boshlandi. Mamlakatda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, bozor mexanizmlarini takomillashtirish, zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etish, investitsion muhitni yaxshilash hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi izchil davom etib, xalqaro savdo - iqtisodiy hamkorlik geografiyasi kengaymoqda, xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. ASOSIY QISM Hozirgi vaqtda O'zbekiston Repsublikasida iqtisodiyotni modernizatsiya va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish bo'yicha bir qancha ilojlar olib bormoqda. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda: - Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish - Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral avtomobil yo‘llarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish. - Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmladini oshirish bo'yicha, "pastdan-yuqoriga" tamoyili asosida, yangi tizim yo'lga qo'yish - Elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirish uchun zamonaviy "yashil" va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish - Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish [3]. O‘zbekistonning modernizatsiya jarayonidagi yutuqlari uning xalqaro hamjamiyat bilan faol aloqalari bilan ham bevosita bog‘liqdir. Mamlakat tajriba almashinuvi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va investitsiyalarni jalb etish maqsadida global tashkilotlar, qo‘shni davlatlar hamda rivojlanayotgan bozorlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. So‘nggi yillarda xalqaro hamkorlik yanada mustahkamlanib, dunyo mamlakatlari bilan turli yo‘nalishlarda aloqalar kengaymoqda. Savdo, ta’lim, fan va texnologiyalar, madaniyat, turizm hamda investitsiya kabi sohalarda yangi qo‘shma dasturlar, loyihalar va tashabbuslar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bunga misol qilib keltirishmiz mumkin: Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi (CKU Railway), Markaziy Osiyoni Xitoy bilan bog‘laydigan strategik loyiha. Masdar (BAA), ACWA Power (Saudiya Arabistoni), Total Eren (Fransiya) bilan quyosh va shamol elektr stansiyalari loyihalari. Erasmus+, DAAD, KOICA, JICA qo‘shma ta’lim loyihalari. 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish Shunindek, O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkiloti (JST/WTO) ga a’zo bo‘lish jarayoni mamlakatning taraqqiyot strategiyalarida asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Ushbu strategiyada, - tashqi iqtisodiy aloqalarni liberallashtirish, - xalqaro savdo tizimiga integratsiyani chuqurlashtirish, - JSTga a’zo bo‘lish orqali mamlakatning global savdo maydonidagi ishtirokini kuchaytirish - ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan [3]. Demak, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va xalqaro hamkorlikni kengaytirish siyosati barqaror iqtisodiy o‘sish, farovon hayot darajasi hamda jahon iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli integratsiyani ta’minlashga qaratilgan. XULOSA Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish jarayonlari mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, raqobatbardoshligini oshirish hamda jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini mustahkamlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Modernizatsiya jarayonlari orqali ishlab chiqarishning texnologik darajasi yangilanmoqda, raqamli iqtisodiyotga o‘tish jadallashmoqda, sanoat tarmoqlari diversifikatsiya qilinmoqda hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillari bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda. Xalqaro integratsiya jarayonining chuqurlashuvi esa mamlakat uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Xususan, xalqaro savdo, investitsiyalar, ilmiy-texnik hamkorlik va transport-logistika sohalaridagi sheriklik aloqalari O‘zbekiston iqtisodiyotini global iqtisodiy tizimga faol qo‘shilishga zamin yaratmoqda. JSTga a’zo bo‘lish jarayonining jadallashuvi, xalqaro energetika va infratuzilma loyihalarida ishtirok etish mamlakatning iqtisodiy salohiyatini sezilarli darajada oshirmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiy modernizatsiya va integratsiya jarayonlarini yanada samarali amalga oshirish uchun bir qator tizimli muammolarni hal etish talab etiladi. Jumladan, innovatsion rivojlanishni tezlashtirish, malakali kadrlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va startap ekotizimini rivojlantirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Umuman olganda, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish O‘zbekistonning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u mamlakatni barqaror, innovatsion va raqobatbardosh iqtisodiyotga ega zamonaviy davlat sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Sharipov B. M. “Modernizatsiya jarayonlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri” - Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. – 45-bet. 2. Sharipov B. M. Xalqaro iqtisodiy integratsiya sharoitida innovatsion investitsiyalar masalalari: muammo va yechimlar. Management, Marketing and Finance International Scientific Journal, Volume 2, Issue 4, 2024, pp. 16–19. 3. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” 2022–2026 (PF–60, 28.01.2022) https://lex.uz/docs/5841063.