scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA DAVLAT BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI

Mamatqulov Bekzod Akmalovich

Abstract

Ushbu tadqiqotda davlat boshqaruvi samaradorligini xalqaro reyting va indekslar orqali baholash mezonlari o‘rganildi. Tadqiqotda Worldwide Governance Indicators (WGI), Corruption Perceptions Index (CPI) va Global Competitiveness Index (GCI) kabi asosiy xalqaro indekslar tahlil qilinib, ularning davlat boshqaruvining samaradorligini aniqlashdagi ahamiyati ko‘rsatilinadi. WGI davlatning siyosiy barqarorligi, hukumat samaradorligi, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash kabi ko‘rsatkichlarini o‘lchash orqali boshqaruv sifatini baholaydi, CPI esa davlat va jamiyatdagi korrupsiya darajasini shaffoflik nuqtai nazaridan ko‘rsatadi. Shuningdek, GCI iqtisodiy raqobatbardoshlik doirasida boshqaruvning samaradorligini va institutsional infratuzilmaning rivojlanganligini o‘lchash imkonini beradi. Shu tarzda, ushbu indekslar davlat boshqaruvining samaradorligini kompleks va ob’ektiv baholash imkonini beradi hamda siyosiy va iqtisodiy strategiyalarni takomillashtirishda asosiy mezon sifatida xizmat qiladi.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA DAVLAT BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI Muallif: Mamatqulov Bekzod Akmalovich 1 Affiliyatsiya: Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17563797 ANNOTATSIYA Ushbu tadqiqotda davlat boshqaruvi samaradorligini xalqaro reyting va indekslar orqali baholash mezonlari o‘rganildi. Tadqiqotda Worldwide Governance Indicators (WGI), Corruption Perceptions Index (CPI) va Global Competitiveness Index (GCI) kabi asosiy xalqaro indekslar tahlil qilinib, ularning davlat boshqaruvining samaradorligini aniqlashdagi ahamiyati ko‘rsatilinadi. WGI davlatning siyosiy barqarorligi, hukumat samaradorligi, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash kabi ko‘rsatkichlarini o‘lchash orqali boshqaruv sifatini baholaydi, CPI esa davlat va jamiyatdagi korrupsiya darajasini shaffoflik nuqtai nazaridan ko‘rsatadi. Shuningdek, GCI iqtisodiy raqobatbardoshlik doirasida boshqaruvning samaradorligini va institutsional infratuzilmaning rivojlanganligini o‘lchash imkonini beradi. Shu tarzda, ushbu indekslar davlat boshqaruvining samaradorligini kompleks va ob’ektiv baholash imkonini beradi hamda siyosiy va iqtisodiy strategiyalarni takomillashtirishda asosiy mezon sifatida xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: davlat boshqaruvi, samaradorlik, xalqaro reyting, Worldwide Governance Indicators (WGI), Corruption Perceptions Index (CPI), Global Competitiveness Index (GCI), institutsional rivojlanish, siyosiy barqarorlik, iqtisodiy raqobatbardoshlik. KIRISH Davlat boshqaruvi samaradorligi har bir mamlakatning barqaror rivojlanishi, ijtimoiy adolatni ta’minlashi va iqtisodiy o‘sishini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. So‘nggi yillarda global iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning murakkablashuvi, shuningdek, xalqaro hamkorlikning kuchayishi davlat boshqaruvining samaradorligini aniq va ob’ektiv baholashni zarur qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, xalqaro reyting va indekslar mamlakatlararo solishtirish imkonini beruvchi muhim vosita sifatida ahamiyat kasb etadi. Xalqaro reyting tizimlari, jumladan Worldwide Governance Indicators (WGI), Corruption Perceptions Index (CPI) va Global Competitiveness Index (GCI) kabi indekslar davlat boshqaruvining turli jihatlarini – siyosiy barqarorlik, hukumatning samaradorligi, korrupsiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy raqobatbardoshlik va institutsional rivojlanish darajasini o‘lchash imkonini beradi. Ushbu indekslar orqali mamlakatlar o‘z boshqaruv tizimlarini baholash, zaif tomonlarini aniqlash va xalqaro tajribalarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. TAHLIL VA NATIJALAR Davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda mazkur indekslar iqtisodiy rivojlanish sur’atlari, tadbirkorlik muhitining qulayligi, korrupsiyaga qarshi kurashish “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish darajasi, huquq ustuvorligi, davlat xizmatlarining sifatli tashkil etilishi va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi kabi ko‘plab mezonlarni qamrab oladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning xalqaro imijiga, investitsion jozibadorligiga hamda barqaror rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Worldwide Governance Indicators (WGI) — Jahon banki tomonidan 1996-yildan buyon e’lon qilib kelinayotgan xalqaro baholash tizimi bo‘lib, u 200 ga yaqin mamlakat va hududlarda davlat boshqaruvi samaradorligini tahlil qiladi. Ushbu indeks oltita asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: hukumat samaradorligi, regulyator sifatini ta’minlash, korrupsiyani nazorat qilish, qonun ustuvorligi, fuqarolarning ovoz berish va hisobdorlik darajasi hamda siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlikning mavjud emasligi. Baholash –2.5 dan +2.5 gacha bo‘lgan shkalada amalga oshiriladi, bunda – 2.5 eng past, +2.5 esa eng yuqori natijani bildiradi. WGI turli xalqaro tashkilotlar va ekspert so‘rovnomalaridan olingan ma’lumotlarni “Unobserved Components Model” orqali birlashtirib, davlatlar boshqaruv sifatini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. 1-jadval WGIning asosiy yo‘nalishlari va ularning tasniflanishi 1 WGI alohida aniq bitta formulaga emas, balki turli manbalardan kelgan so‘rovlar va indekslarni statistik integratsiya qilishga asoslanadi. Jahon banki “Unobserved Components Model (UCM)” deb nomlangan statistik usuldan foydalanadi. 1 Thomas M. A. What do the worldwide governance indicators measure? //The European Journal of Development Research. – 2010. – Т. 22. – №. 1. – С. 31-54. 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish UCM formulasi soddalashtirilgan holda: 𝐺𝑖= ∑𝑤𝑖𝑗𝑋𝑖𝑗 +ϵ𝑖 𝑛 𝑗=1 Bu yerda: Gi ⎯ mamlakatning umumiy boshqaruv bali, X ij ⎯ turli manbalardan (so‘rovlar, ekspert baholari, indekslar) olingan ballar, w ij ⎯ har bir manbaning og‘irlik koeffitsiyenti, w ij ⎯ statistik xatolik. Shunday qilib, WGI turli xil tashkilotlar (transparency international, freedom house, economist intelligence unit va boshqalar) bergan ma’lumotlarni yagona tizimda birlashtiradi. 2024 yil holatiga ko’ra, WGI hokimiyat institutlari sifati, siyosiy xavfsizlik, tartibga solish muhitining barqarorligi va fuqarolik erkinliklari kabi jihatlarni bir joyda ko‘rsatib, davlat boshqaruvi samaradorligini tahlil qilishda xalqaro “standart” vazifasini bajaradi. Quyi jadvalda bir qator Rivojlangan mamlakatlar va Osiyo mamlakatlari bo‘yicha 2024 yildagi WGI “EST” natijalari ko’rsatib o’tilgan. 2-jadval Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning WGI baholash indeksidagi pozitsiyasi 2 VA — Voice and Accountability: fuqarolarning siyosiy jarayonlarda ishtiroki va hukumatni tanlash imkoniyati; so‘z va birlashish erkinligi hamda OAV erkinligi bo‘yicha idroklar. PV — Political Stability and Absence of Violence/Terrorism: siyosiy beqarorlik, to‘qnashuvlar va terrorchilik ehtimoli bo‘yicha idroklar. GE — Government Effectiveness: davlat xizmatlari sifati, davlat xizmatchilarining salohiyati va mustaqilligi, siyosatni ishlab chiqish hamda amalga oshirish sifati, hukumatning ishonchliligi. RQ — Regulatory Quality: xususiy sektor rivojini qo‘llab-quvvatlaydigan oqilona siyosat va qoidalarni ishlab chiqish hamda qo‘llash qobiliyati. 2 https://worldjusticeproject.org/ 13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish RL — Rule of Law: qonun ustuvorligiga ishonch; shartnomalarni ijro etish, mulk huquqlari, sud va politsiya sifati, jinoyatchilik xavfi. CC — Control of Corruption: davlat hokimiyatining shaxsiy manfaatlarda suiiste’mol qilinishi (mayda va yirik ko‘rinishlari, “state capture” kabi hodisalar) ustidan nazorat bo‘yicha idroklar. Umumiy qilib aytganda, WGI ko‘rsatkichlari davlat boshqaruvi samaradorligining ko‘p o‘lchamli “harorati”ni beradi. 2023 yil holatiga ko‘ra, Singapur, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya va AQSH boshqaruv sifati bo‘yicha yetakchi guruhni tashkil etadi; ular uchun asosiy ustunlar — GE, RQ, RL, CC. Italiya o‘rtacha– yuqori segmentda; Xitoyda GE ijobiy bo‘lsa-da, VA/PV/RQ isloh talab qiladi. Markaziy Osiyoda Qozog‘iston ozgina ijobiy siljishlarga ega; O‘zbekiston va Tojikistonda RL, CC, VA kabi institutiy ustunlarni mustahkamlash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Amaliy siyosat uchun: (1) institutlar sifatini oshiruvchi islohotlar (sud-huquq, tartibga solish sifati), (2) hisobdorlik va ishtirokni kengaytirish (VA), (3) siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi xavfsizlik va siyosiy raqobat muvozanatini yaratish — WGI profilini tizimli yaxshilashning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Corruption Perceptions Index (CPI) — Transparency International tomonidan har yili e’lon qilinadigan xalqaro reyting bo‘lib, davlat boshqaruvi tizimida korrupsiya darajasini idrok etish orqali samaradorlikni baholashga xizmat qiladi. Ushbu indeks 1995-yildan boshlab ishlab chiqilgan va hozirda dunyoning qariyb 180 ta mamlakatini qamrab oladi. CPI mamlakatlardagi real korrupsiya holatlarini emas, balki turli tadqiqotlar, biznes hamjamiyatlari va mustaqil ekspertlarning kuzatuvlariga asoslangan holda korrupsiyani idrok etish darajasini o‘lchaydi. Baholash 0 dan 100 gacha bo‘lgan ball tizimida amalga oshiriladi: 0 ball – eng yuqori darajadagi korrupsiya mavjudligini, 100 ball esa korrupsiyadan deyarli xoli va samarali boshqaruv tizimiga ega mamlakatni bildiradi. Shu tariqa, CPI davlatning iqtisodiy rivojlanishi, siyosiy barqarorligi, investitsion muhitning jozibadorligi hamda fuqarolarning hukumatga bo‘lgan ishonchini shakllantirishda muhim ko‘rsatkich sifatida xizmat qiladi. Indeks natijalari xalqaro tashkilotlar, investorlar va siyosatshunoslar tomonidan mamlakatlardagi islohotlarning samaradorligini baholash, korrupsiyaga qarshi strategiyalar ishlab chiqish va boshqaruv tizimini mustahkamlash uchun keng qo‘llaniladi. Shu sababli CPI faqatgina statistik ko‘rsatkich emas, balki davlat siyosiy ixtisosiy boshqaruvining halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillari asosida qay darajada samarali tashkil etilganini ko‘rsatib beruvchi global indikator hisoblanadi. CPI real korrupsiya holatlarini emas, balki idrok etilgan korrupsiya darajasini o‘lchaydi. Buning uchun xalqaro tashkilotlar va ekspert guruhlari tomonidan o‘tkaziladigan so‘rovlar va tahlillar manba sifatida olinadi. Baholash formulasi (soddalashtirilgan ko‘rinishda): 𝐶𝑃𝐼𝑐𝑜𝑢𝑛𝑡𝑟𝑦 =∑𝑆𝑖 𝑛 𝑖=1 𝑛 Bu yerda: 𝑆𝑖 ⎯ har bir manba (surovnoma yoki indeks) bo‘yicha mamlakat olgan standartlashtirilgan ball, 𝑛 ⎯ manbalar soni (odatda 8–13 ta orasida bo‘ladi). Har bir manba 0–100 oralig‘ida qayta kalibrlanadi, so‘ngra ularning o‘rtachasi hisoblanadi. Yakuniy natija — CPI balli. 14 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 3-jadval CPIning asosiy ahamiyati va umumiy tahliliy ko’rinishi 3 Umuman olganda, CPI orqali davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi yutuqlari va kamchiliklari ko‘rinadi. Indeksda yuqori ball olish davlat boshqaruvining shaffofligini, fuqarolar ishonchini va investitsion jozibadorlikni oshiradi. Aksincha, past ball korrupsiyaga qarshi siyosatni kuchaytirish zaruriyatini yaqqol ko‘rsatib beradi. Shu bois CPI natijalari mamlakatlar uchun ogohlik signali va islohotlarga undovchi global mexanizm sifatida xizmat qiladi. 4-jadval CPI 2024 bo‘yicha tanlangan mamlakatlar pozitsiyasi 4 Mamlakat Ball (0–100) O‘rin (180 dan) Singapur (Singapore) 84 3 Yaponiya (Japan) 71 20 Germaniya (Germany) 75 15 Janubiy Koreya (South Korea) 64 30 AQSH (United States) 65 28 Italiya (Italy) 54 52 Xitoy (China) 43 76 Qozog‘iston (Kazakhstan) 40 88 O‘zbekiston (Uzbekistan) 32 121 Tojikiston (Tajikistan) 19 164 Jadval tanlangan mamlakatlar kesimida katta tafovutlarni ko‘rsatadi. Singapur 84 ball bilan 3-o‘rinda turib, mintaqada (Osiyo-Tinch okeani) yetakchi; bu kuchli 3 Index C. P. Corruption perception index //Transparancy International. – 2018. 4 https://www.transparency.org/en/ 15 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish institutlar va qat’iy javobgarlik mexanizmlari bilan izohlanadi. Germaniya 75 ball bilan 15-o‘rinda bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda biroz pasayish kuzatilgan. Yaponiya (71; 20-o‘rin) va Janubiy Koreya (64; 30-o‘rin) yuqori-o‘rta segmentda, AQSH (65; 28-o‘rin) esa ilg‘or demokratiyalar ichida, biroq so‘nggi baholashda pasayish bilan, o‘rtacha yuqori guruhda. Italiya 54 ball bilan 52-o‘rinda — Yevropa Ittifoqida o‘rtacha darajada. Xitoy 43 ball bilan 76-o‘rinda — 50 balldan past segment, bu tizimli ochiqlik va hisobdorlikdagi cheklovlarni anglatadi. Markaziy Osiyoda Qozog‘iston (40; 88-o‘rin) mintaqa kesimida nisbatan yuqoriroq, O‘zbekiston (32; 121-o‘rin) va Tojikiston (19; 164o‘rin) esa past natijalarda bo‘lib, adolat sektorini mustahkamlash, davlat xaridlari shaffofligini kengaytirish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish kabi yo‘nalishlarda chuqur islohotlar zarurligini ko‘rsatadi. CPI 2024 natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuqori ball to‘plagan mamlakatlar odatda mustaqil sud tizimi, samarali javobgarlik mexanizmlari, ochiq davlat xaridlari va manfaatdor tomonlar uchun qulay ma’lumotlar infratuzilmasiga ega. Singapur, Germaniya va Yaponiya tajribasi aynan shu omillarning uyg‘unligini tasdiqlaydi. 50 balldan past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlatlarda esa siyosiy ta’sirga beriluvchanlik, jamoatchilik nazoratining zaifligi va real sektor bilan davlat o‘rtasidagi shaffof bo‘lmagan aloqalar korrupsion xatarlarni kuchaytiradi. Markaziy Osiyoda barqaror ijobiy siljish uchun foydali choralar: benefitsiar mulk egaligi reyestrlarini to‘liq va ochiq yuritish, e-procurementni to‘liq qamrovda joriy etish, whistleblowerlarni huquqiy himoya qilish, sud-huquq tizimida meritokratiya va mustaqillikni kuchaytirish, hamda byudjet va subsidiyalar bo‘yicha ochiq ma’lumotlarni kengaytirishdir. Shu bilan birga, CPI — idrok ko‘rsatkichi ekanini unutmaslik kerak; u real tajribani to‘liq o‘lchamaydi, lekin siyosiy dialog va islohotlar uchun muhim “signal” vazifasini bajaradi. Shuning uchun, CPI natijalarini milliy auditlar, sektor kesimidagi ko‘rsatkichlar va fuqarolik jamiyati monitoringi bilan birga qo‘llash eng samarali yondashuv bo‘ladi Global Competitiveness Index (GCI) – bu Jahon iqtisodiy forumi (WEF) tomonidan ishlab chiqilgan va dunyo mamlakatlarining iqtisodiy raqobatbardoshligini baholovchi yirik indeksdir. Mazkur indeks birinchi marta 2004yilda taqdim etilgan bo‘lib, bugungi kunda 140 dan ortiq mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qamrab oladi. GCI mamlakatlarning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishini ta’minlash qobiliyatini, raqobatbardoshlik darajasini hamda innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini baholashda xalqaro miqyosda eng asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Uning ahamiyati shundaki, GCI nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘lchaydi, balki davlat boshqaruvi sifati, huquqiy muhit, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi, infratuzilma, moliya bozorining samaradorligi, mehnat bozori moslashuvchanligi kabi keng ko‘lamli sohalarni ham qamrab oladi. Shu jihatdan, bu indeks mamlakatlarning kompleks rivojlanishini tahlil qilish, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda xalqaro investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. GCI’ning asosiy maqsadi – mamlakatlar uchun global iqtisodiy muhitda o‘z o‘rnini belgilash, ularni uzoq muddatli barqaror o‘sishga yo‘naltirish va milliy siyosatda islohotlar uchun aniq yo‘nalishlarni ko‘rsatib berishdir. Demak, GCI nafaqat raqamli ko‘rsatkichlar yig‘indisi, balki global taraqqiyot strategiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tahliliy vositadir. Global Competitiveness Index murakkab matematik model asosida shakllanadi. U 12 ta asosiy ustun (pillar)ga tayangan holda hisoblanadi. Har bir ustun 16 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish ichida ko‘plab indikatorlar mavjud bo‘lib, umumiy hisobda 100 dan ortiq ko‘rsatkich qamrab olinadi. Umumiy formula quyidagicha ifodalanadi: 𝐺𝐶𝐼 =∑𝑤𝑖×𝑃𝑖 12 𝑖=1 Bu yerda: 𝑃𝑖 ⎯ i-ustunning (pillar) balli ko‘rsatkichi, 𝑤𝑖 ⎯ i-ustunga berilgan vazn koeffitsienti, 12 ta ustun yig‘indisi mamlakatning umumiy GCI natijasini belgilaydi. Asosiy ustunlar quyidagicha: ⎯ Institutlar sifati; ⎯ Infratuzilma; ⎯ Makroiqtisodiy barqarorlik; ⎯ Sog‘liqni saqlash va boshlang‘ich ta’lim ⎯ Oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik; ⎯ Tovar bozorining samaradorligi; ⎯ Mehnat bozori samaradorligi; ⎯ Moliyaviy bozor rivojlanganligi; ⎯ Texnologik tayyorgarlik; ⎯ Bozor hajmi; ⎯ Biznes rivojlanganligi; ⎯ Innovatsion imkoniyatlar. Hisoblash jarayonida har bir ustun turli vazn bilan baholanadi. Masalan, past daromadli mamlakatlarda “asosiy talablar” (institutlar, infratuzilma, sog‘liqni saqlash) ko‘proq ulushga ega bo‘lsa, yuqori daromadli mamlakatlarda esa “innovatsiya va murakkablik” omillari ko‘proq e’tiborga olinadi. Shunday qilib, GCI hisoblash metodologiyasi mamlakatlarning rivojlanish bosqichlariga qarab moslashtiriladi. 5-jadval GCI indeksining asosiy ahamiyati va umumiy tahliliy ko’rinishi 5 Ustunlar (Pillars) Indikatorlar soni Baholash vazni (%) Asosiy mazmuni Institutlar sifati 21 10% Qonun ustuvorligi, mulk huquqi, korrupsiyaga qarshi kurash Infratuzilma 12 8% Transport, aloqa, energiya ta’minoti Makroiqtisodiy barqarorlik 5 6% Byudjet defitsiti, inflyatsiya darajasi Sog‘liqni saqlash va boshlang‘ich ta’lim 10 6% Umr davomiyligi, savodxonlik darajasi Oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik 8 6% Ta’lim sifati, malaka oshirish imkoniyatlari Tovar bozorining samaradorligi 15 8% Raqobat, soliq yuklari, import-eksport Mehnat bozori samaradorligi 10 7% Ishchi kuchi moslashuvchanligi, ish haqi Moliyaviy bozor rivojlanganligi 9 6% Kredit olish imkoniyati, bank tizimi Texnologik tayyorgarlik 8 7% Internet, mobil aloqa, texnologiya transferi 5 Benítez-Márquez M. D., Sánchez-Teba E. M., Coronado-Maldonado I. An alternative index to the global competitiveness index //Plos one. – 2022. – Т. 17. – №. 3. – С. e0265045. 17 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish Ustunlar (Pillars) Indikatorlar soni Baholash vazni (%) Asosiy mazmuni Bozor hajmi 4 5% Ichki va tashqi bozor ulushi Biznes rivojlanganligi 9 9% Klasterlar, biznes strategiyalari Innovatsion imkoniyatlar 7 12% Ilmiy tadqiqotlar, patentlar, innovatsion faoliyat Global Competitiveness Index davlatlarning xalqaro iqtisodiy maydondagi o‘rnini aniqlashda keng qamrovli, ishonchli va samarali vosita hisoblanadi. Bu indeks nafaqat iqtisodiy o‘sish omillarini, balki davlat boshqaruvi, huquqiy muhit, ta’lim, sog‘liqni saqlash va innovatsion faoliyatni ham qamrab oladi. Shu bois, u mamlakatlar uchun ko‘p qirrali rivojlanish ko‘rsatkichiga aylanadi. Indeksning metodologiyasi mamlakatlarning rivojlanish bosqichiga moslashtirilgani sababli, u har bir davlatning real sharoitini aks ettirish imkonini beradi. Masalan, yangi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy talablar (institutlar, infratuzilma, makrobarqarorlik) hal qiluvchi ahamiyat kasb etsa, yuqori daromadli mamlakatlar uchun innovatsion salohiyat va texnologik rivojlanish muhim o‘rin tutadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, GCI nafaqat reyting ko‘rsatkichi, balki mamlakatlar uchun yo‘l xaritasi hamdir. U milliy siyosatda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, islohotlarni samarali amalga oshirish va xalqaro maydonda raqobatbardoshlikni ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega. Shuningdek, GCI natijalarini tahlil qilish orqali davlatlar global iqtisodiy tizimda o‘zining zaif va kuchli tomonlarini anglab, rivojlanish strategiyasini aniqroq shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. XULOSA Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xalqaro reyting va indekslar, jumladan WGI, CPI va GCI, davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu indekslar orqali mamlakatlar boshqaruvning siyosiy, iqtisodiy va institutsional jihatlarini kompleks tarzda tahlil qilish imkoniga ega bo‘ladi, zaif tomonlarni aniqlash va takomillashtirish bo‘yicha strategik choralar ishlab chiqish mumkin. Shu bilan birga, xalqaro solishtirishlar orqali mamlakat o‘z raqobatbardoshligini oshirish, korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish va barqaror rivojlanish yo‘lida aniq maqsadlarni belgilash imkonini topadi. Natijada, davlat boshqaruvining samaradorligini xalqaro indekslar asosida baholash nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ham ega ekanligi aniqlandi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Benítez-Márquez M. D., Sánchez-Teba E. M., Coronado-Maldonado I. An alternative index to the global competitiveness index //Plos one. – 2022. – Т. 17. – №. 3. – С. e0265045. 2. Thomas M. A. What do the worldwide governance indicators measure? //The European Journal of Development Research. – 2010. – Т. 22. – №. 1. – С. 31-54. 3. Sh, H. U. (2025). Analysis of factors influencing the volume of foreign direct investments in the republic of uzbekistan: Correlation analysis. Экономика и социум, (4-1 (131)), 200-207. 4. Amonboev, M. (2020). Corporate Governance and Development: The case of Uzbekistan. Архив научных исследований, (22).