scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DIZARTRIYALI BOLALARNING TOVUSHLAR TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLARINI O'YIN TEXNALOGIYALARI ASOSIDA BARTARAF ETISH

Toshmurodova Lola Qayum qizi

Abstract

Ushbu maqolada dizartriyali bolalarning tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni o‘yin texnalogiyalari asosida bartaraf etish usullari va o‘yin texnalogiyalari ko‘rib chiqilgan. Biz uchun avvalo bolalardagi nutq nuqsonlarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llari va usullarini aniqlab olishimiz hamda bolalar bolalarni diqqatini jamlash va ularni qiziqtirish maqsadida o‘yin texnalogiyalaridan foydalanish haqida ma’lumotlar berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 191 DIZARTRIYALI BOLALARNING TOVUSHLAR TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLARINI O‘YIN TEXNALOGIYALARI ASOSIDA BARTARAF ETISH Toshmurodova Lola Qayum qizi Pedagogika psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti 2 kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17564103 Annotatsiya. Ushbu maqolada dizartriyali bolalarning tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni o‘yin texnalogiyalari asosida bartaraf etish usullari va o‘yin texnalogiyalari ko‘rib chiqilgan. Biz uchun avvalo bolalardagi nutq nuqsonlarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llari va usullarini aniqlab olishimiz hamda bolalar bolalarni diqqatini jamlash va ularni qiziqtirish maqsadida o‘yin texnalogiyalaridan foydalanish haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Nutq nuqsoni, dizartriya, to‘g‘ri nafas olish, o‘yin texnologiyasi, bola, tovush, talaffuz. Jahonda maktabgacha yoshdagi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktabga tayorlash jarayonini samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Dakar deklaratsiyasi asosida qabul qilingan "Ta'lim hamma uchun" reja-dasturi asosida jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni jamiyatning teng huquqli a'zolari safiga qo‘shilishlariga yordam berish asosida alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta'limga munosabatlarini hisobga olish hamda ularni kamsitishning turli xil shakllariga qarshi kurashish, ta'lim olish huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni bartaraf etish, bolalarning ijtimoiy moslashuvining samaradorligini aniqlash bo‘yicha yirik amaliy loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jahon ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda ularga o‘z vaqtida logopedik korreksion yordam ko‘rsatish, bolalarning nutqiy kamchiliklarini bartaraf etish usullarini takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan logopedik korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning natijadorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni psixologik, ijtimoiy va somatik darajalarini takomillashtirish, ko‘rish, kinestik va eshitish analizatorlarini kuchaytirish, tibbiy-psixologik-pedagogik, korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning yangi, innovatsion modellarini yaratish, jamiyatga integratsiyalash va ijtimoiylashuvini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor berilmoqda. Shuningdek, bugungi kunda maktabgacha va boshlang‘ich yoshdagi bolalarda nutqiy rivojlanish muammolari orasida dizartriya keng tarqalgan. Dizartriya — bu markaziy yoki periferik asab tizimidagi zararlanish natijasida paydo bo‘ladigan nutq buzilishidir. Bu buzilishlar asosan artikulyatsiya, nafas olish, fonatsiya, tovushning aniqligi va ritmiga salbiy ta’sir qiladi. Shu nuqtai nazardan, o‘yin texnologiyalariga asoslangan logopedik yondashuv dizartriyali bolalarda nutqni, ayniqsa, tovush talaffuzini rivojlantirishda samarali metodlardan biridir. Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar shaxsning tilda samarali muloqot qilish qobiliyatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu nuqsonlar nutqning kichik nuqsonlaridan tortib, nutqning tushunarliligiga katta xalaqit beradigan jiddiy buzilishlargacha bo‘lishi mumkin. Ushbu talaffuz muammolarini hal qilish uchun odamlar tovushlarni qanday qilib to‘g‘ri chiqarish bo‘yicha to‘g‘ri ko‘rsatmalar va ko‘rsatmalar olishlari INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 192 muhimdir. Ushbu nuqsonlarning sabablarini tushunish va takomillashtirish strategiyalarini amalga oshirish orqali odamlar talaffuz bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va umumiy kommunikativ qobiliyatlarini oshirishga harakat qilishlari mumkin. Ma'lumki, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda uning sabablariga alohida e'tibor beriladi. Chunki, artikulyatsion motorika harakatchanligining yetishmasligi va fonematik idrokning rivojlanmaganligi tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi. Fonematik idrokní shakllantirish va rivojlantirish ishlari esa tovushni nutqqa qo‘yish va mustahkamlash ishlari bilan parallel ravishda olib boriladi. Dizartriyali bolalarda tovushlarni buzib aytish, tushurib qoldirish, boshqa tovush bilan almashtirish kabi holatlar kuzatiladi. Tovushlar talaffuzining buzilishi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlarda kuzatiladi. Shunday tovushlar qatoriga sirg‘aluvchi tovushlar kiradi. Bu tovushlardagi kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yin faoliyati bilan bog‘lab o‘tish orqali, korreksiyalash ishning samaradorligini oshiradi. “Nasos” o‘yini O‘yinning maqsadi: Bolalarga "S" tovushini to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatish. O‘yinning borishi: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi. Logoped bolalarga shunday deydi: Hozir biz velosipedda sayr qilishga chiqamiz. Velosipedda sayr qilishdan avval uning kamerasiga havo damlanganmi yoki yo‘qmi shuni tekshirishimiz lozim. Velosiped uzoq vaqtgacha minilmaganligi sababli kamerasi bir oz bo‘shab qolibdi. Unga havo yuborish kerak. Nasos bilan kameraga havo yuboramiz. Nasosdan chiqayotgan havo SSS, deb ovoz chiqaradi. Bolalar avval birma-bir, so‘ngra birgalikda nasos harakatiga taqlid qilib, kameraga dam uradilar. Kameraga dam berish vaqtida SSS tovushini cho‘zibroq talaffuz etadilar. Bolalar S tovushini to‘g‘ri talaffuz etishlari uchun lab va tilning to‘g‘ri holatda bo‘lishi va a xavo oqimining til o‘rtasidan chiqishiga e'tibor berib borish lozim. “Do‘kon” o‘yini O‘yinning maqsadi: "S" tovushini so‘zlarda to‘g‘ri talaffuz etish. O‘yinning borishi: Logoped tomonidan bolalarga o‘yin qoidalari tushuntiriladi. Bolalar tasavvur qilinglar mana bu stol-do‘kon, stol ustidagi rasmlar, o‘yinchoqlar do‘konida sotiladigan narsalar. Logoped bolalarga qarata murojaat etadi. Bolalar hozir sizlar bilan shu o‘yinni birgalikda o‘ynaymiz. Hozir har biringizni do‘konga, ya'ni oldimga birma-bir chaqiraman va kelgan bola do‘kondan o‘ziga yoqqan narsani xarid qilib olishi kerak va do‘kondan xarid qilgan o‘yinchoq va narsalarning nomini chiroyli, baland ovoz bilan nomlab beradi. -soat-sovun-sandiq -asal-arslon--gilos-avtobus O‘yin davomida asosan "S" tovushi qatnashgan so‘zlarni urg‘u berib jarangdor ovoz bilan talaffuz qilishga e'tibor beriladi. “Gullar va asalarilar” o‘yini O‘yinning maqsadi: “Z” tovushini nutqqa kiritish. O‘yinning borishi: O‘yin boshlanishidan oldin kim asal arilar bo‘lishi, kim esa gullar bo‘lishi aniqlanib olinadi (masalan o‘g‘il bolalar asal arilar, qiz bolalar esa gullar). Keyin hammalari xona bo‘ylab yoki maydonchada yuguradilar. Logoped ishorasidan so‘ng (chapak chalish yoki biror bir predmetga urishi) qiz bolalar ya'ni gullar tizzalari bilan o‘tiradilar. Asalarilar qanotlarini qoqib guldan gulga qo‘nib yuradilar. Buni ular asalarilarga taqlid qilgan holda bajaradilar: V-zz-z-z. Logoped yana chapak chalishi bilan bolalar rollarini almashtiradilar. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 193 Bolalar asalari bo‘lib uchganlarida ularning xarakati va "zz-zz-zz" deb to‘g‘ri talaffuz etishlari talab etiladi. Tovushlarni talaffuz etishlarida artikulyatsiyaning to‘g‘riligi nazorat qilib boriladi. “Adashma” o‘yini O‘yinning maqsadi: S-Z tovushlarini bir-biridan farqlashga o‘rgatish. O‘yinning borishi: Bolalarga ikkitadan rasm beriladi. Bittasida nasos tasvirlangan, ikkinchisida chivin rasmlari. Nasos tasvirlangan rasmni bolalar chap qo‘llariga oladilar. Chivin tasvirlangan rasmni esa o‘ng qo‘llariga oladilar. Tarbiyachi rasmlar nomida S yoki Z tovushi hamda bir so‘zda S va z tovushi bor bo‘lgan rasmlarni bir-biridan ajratadi, Masalan: sabzi, sumka, yulduz, ni bolalarga ko‘rsatadi va nomini aytadi. gazeta, somsa va hakazolar. Bolalar sozda har ikki tovush bor bo‘lgan rasmlarni ko‘rsatadilar va S-Z tovushlarida qaysi biri so‘zning boshida kelayotganligini aytadilar. S va Z tovushini rasmlar orqali taqqoslash kerak. Mashg‘ulot paytida nomida S va Z tovushi bo‘lgan rasmlardan ham foydalanish mumkin. Agar logoped bolalarga bunday rasmlarni koʻrsatsa, bolalar qo‘llaridagi rasmlarni ko‘rsatmasliklari kerak. Shovqinli tovushlarni nutqqa qo‘yish, mustahkamlash va farqlashga oid o‘yinlar “O‘rmon shovullaydi” o‘yini O‘yinning maqsadi: “SH” tovushini nutqda xosil qilish. O‘yinning barishi: Logoped bolalarga yozda bog‘ yoki o‘rmonda sayr qilganliklarini eshitishini taklif etadi. U yerda baland daraxtlarni quriganliklarini uzun-uzan shoxlarida barglar ko‘p ekanligini eslashadi. Shamol esganda daraxtning shoxlari tebranib “sh-sh-sh” degan ovoz chiqaradi. Avval shamol sekin esadi, bunda bolalar sekin ovozda “sh-sh-sh” deb talaffuz etadilar va qo‘llarini harakatga keltiradilar. Asta sekin shamol kuchayib boradi. Daraxtlarning barglari kuchli tebranadi. Bunda bolalar kuchli ovoz bilan "sh-sh-sh" deb talaffuz etadilar. So‘ngra logoped bolalarga qo‘llarini daraxtning shoxchalariga o‘xshab yuqoriga ko‘tarishlarini va shamol esganda daraxtlarning shovullashga o‘xshash "shsh-sh" deb ovoz chiqarishlarini taklif etadi. Logoped tovushni birgalikda, so‘ngra esa alohida-alohida talaffuz etishni tavsiya etadi. Bolalar "sh" tovushini talaffuz etayotganlarida nutq apparati ya'ni lab, til, xarakatlari havo oqimining to‘g‘ri yo‘naltirilganligi kuzatib boriladi. “Jimjitlik” o‘yini O‘yinning maqsadi: “SH” tovushini mustahkamlash. O‘yinning borishi: Boshlovchi devor oldida turadi. Bolalar esa ro‘paradagi devor oldida turadilar. Bolalar juda ehtiyotkorlik bilan boshlovchining oldiga yetib kelishlari kerak. Bolalar ehtiyotsizlik bilan barakat qilganlarida boshlovchi "tish-tish-tish" deb ogohlantiradi va bola to‘xtaydi. Boshlovchining oldiga qaysi bola birinchi kelsa shu bola g‘olib deb topiladi va shu bola boshlovchi bo‘ladi. Logoped bolalarning "sh" tovushini to‘g‘ri va aniq talaffuz etishini kuzatib boradi. Xulosa qilib aytganda, dizartriyali bolalarda tovush talaffuzi bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etishda o‘yin texnologiyalarini qo‘llash: dizartriyali bolalarda artikulyatsiya apparatini faollashtirishga, nafas va tovush chiqarishni muvofiqlashtirishga, fonematik eshituvni rivojlantirishga, eng muhimi, bolada ijobiy emotsional fon yaratib, mashqlarga qiziqish uyg‘otishga xizmat qiladi. Shuningdek logopedik darslar samaradorligini oshiradi, muloqotga qiziqishni oshiradi darslarni quvonchli, ijodiy va do‘stona muhitda olib borishiga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Nizomiddin Mahmud o‘qituvchi nutq madaniyati Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent: 2007 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 194 2. Hamidova S.U. Til orqa tovushlarni nutqga qo‘yish, mustahkamlash va farqlashga oid o‘yinlar/ J. Zamonaviy fan va ta'lım-tarbiya: muammo, yechim, natija" Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy online konferensiya materiallari. - № 3. Fan va ta'lim MChJ noshirlik xizmati nashryoti-2021-yil. 3. Nasriddinova N. A Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida turli metod va didaktik o‘yinlardan foydalangan xolda rivojlantirish/ J.Ta'lim fidoiylari. (Respublika ilmiyuslubiy jurnal barcha sohalar bo‘yicha.- 2023 4. R. Shomahmudova. To‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish va nutq o‘stirish. -T.: «O‘qituvchi», 2001. 5. U.Yu. Fayziyeva. Nutq ostirish. Bog‘cha yoshidagi zaif eshituvchi bolalar uchun - T.: «O‘qituvchi», 2001.