scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TABIIY FANLARNI O'QITISHDA "JONLI VA JONSIZ TABIAT" MAVZUSINI TUSHUNTIRISH ORQALI O'QUVCHILARNI TARBIYALASH

Tillayeva Zebo Yerbekovna

Abstract

Tabiiy fanlarni o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. Maqolada “Jonli va jonsiz tabiat” mavzusi bo‘yicha bir nechta interfaol usullar tavsiya qilingan bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarning yoshi va qiziqishiga ko‘ra topshiriqlarni soddalashtirishi yoki murakkablashtirishi mumkin.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 195 TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA “JONLI VA JONSIZ TABIAT” MAVZUSINI TUSHUNTIRISH ORQALI O‘QUVCHILARNI TARBIYALASH Tillayeva Zebo Yerbekovna Toshkent Davlat tibbiyot universiteti 3-son akademik litseyi oliy toifali biologiya fani o‘qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564111 Annotatsiya. Tabiiy fanlarni o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. Maqolada “Jonli va jonsiz tabiat” mavzusi bo‘yicha bir nechta interfaol usullar tavsiya qilingan bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarning yoshi va qiziqishiga ko‘ra topshiriqlarni soddalashtirishi yoki murakkablashtirishi mumkin. Kalit so‘zlar: Tabiiy fanlar, jonli va jonsiz tabiat. Dars jarayonining samaradorligini oshirish uchun bir qancha bosqichlarga ajratish mumkin. Dars jarayoni o‘quvchilarni mavzuga olib kirish va ularni faollashtirish bilan boshlanadi. Buning uchun o‘quvchilarga mavzuga oid bir qancha savollar beriladi va o‘quvchilarning fikri tinglanadi. Xato va kamchiliklar o‘qituvchi tomonidan to‘g‘irlanadi va to‘ldiriladi. Keyingi bosqichda yangi mavzu xayotiy misollar asosida singdiriladi. Yangi mavzuni tushuntirishda o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lish, ularning fikrini so‘rab turish muhim. Yangi bilim va ko ‘nikmalar berilgandan so‘ng uni turli topshiriqlar berib mustahkamlash zarur. Quyida “Jonli va jonsiz tabiat” mavzusi misolida dars jarayonini tashkillashtirish ko‘rsatib o‘tilgan. Darsning umumiy maqsadi: -tirik organizmlar va jonsiz tabiatning bir-biri bilan bogʻliqligi, tirik organizmlar uchun yashash joyi, havo, suv, oziq va yorugʻlik zarurligini bilish; - tirik organizmlar oziqlanishi, nafas olishi, harakatlanishi, oʻsishi va rivojlanishini aniqlash; - tirik organizmning jonsiz tabiatdan farqlanishini oʻrganish; -oʻquvchilarda tabiatni kuzatish asosida oʻsimlik va hayvonlarga gʻamxoʻrlik qilish koʻnikmalarini shakllantirish. Taʼlim resurslari: Darslik, mashq daftari, rangli rasmlar, tarqatma materiallar, taqdimotlar, videolavha. Innovatsion metodlar: Muammoli vaziyat, muammoli savol, guruhlarda ishlash, bahsmunozara. Yakuniy kichik natijalar Barcha o‘quvchilar… Yakuniy kichik natijalar Aksariyat o‘quvchilar… Yakuniy kichik natijalar Ba’zi o‘quvchilar… A Tirik organizm va jonsiz narsalarga misol keltiradi. Tirik organizm va jonsiz narsalarga 2-3 ta misol keltiradi va izohlaydi. Tirik organizm va jonsiz narsalarga 2-3 ta misol keltiradi, izohlaydi, taqqoslaydi va xulosa qiladi. B Tirik organizm xususiyatlarini aytib beradi. Tirik organizmning 3-4 ta xususiyatini aytib beradi va izohlaydi. Tirik organizmning 3-4 ta xususiyatini aytib beradi, izohlaydi, xulosa qiladi, oʻrganishda davom etadi. C Jonli va jonsiz Tirik organizm va jonsiz Tirik organizm va jonsiz tabiatni INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 196 tabiatni ajrata oladi. tabiatni ajrata oladi, ularga misollar keltiradi ajrata oladi, ularga misollar keltiradi, taqqoslaydi va xulosa qiladi. D Tirik organizm va jonsiz narsalarni oʻrganishda inson qanday fazilatlarga ega boʻlishi kerakligi haqida gapiradi Tirik organizm va jonsiz narsalarni oʻrganishda inson qanday fazilatlarga ega boʻlishi kerakligi haqida gapiradi va oʻzi bunda qanday amal qilishini izohlab, misollar keltiradi. Tirik organizm va jonsiz narsalarni oʻrganish uchun inson qanday fazilatlarga ega boʻlishi kerakligiga bir nechta misol keltiradi, bilimlari yordamida kundalik hayotda uchrashi mumkin boʻlgan muammolarni hal qilishga doir xulosa chiqaradi. I bosqich. Bilimlarni faollashtirish va rag‘batlantirish (motivatsiya) Muammoli vaziyat: Keling, atrofga nazar tashlaylik. Bizni oʻrab turgan borliqdagi jonli va jonsiz tabiatga nimalar kirishini bilasizmi? Amaliy faoliyat. Tabiatni oʻrganish uchun kuzatish muhim ekanini anglaydi. Tirik organizmlar va jonsiz tabiatga misollar keltiradi. II bosqich. Yangi bilimlarni kashf etish. Yakuniy kichik natijalar (A) Sinf guruhlarga boʻlinadi. Guruh aʼzolariga bir varaq qogʻoz beriladi. Qogʻoz teng 3 qismga buklanadi. Soʻng oʻquvchilarga qogʻozning buklangan yuqori qismlaridan ikkitasiga oʻzlari bilgan jonli organizmlar va jonsiz jismlarga oid bittadan rasm chizish topshirigʻi beriladi. Uchinchi buklangan qism ochiq qoladi. Oʻquvchilar qogʻozning buklangan yuqori qismlarining 2 tasiga oʻzlari bilgan jonli organizmlar va jonsiz jismlarga oid bittadan rasm chizadi. Masalan: joʻja, kapalak, quyosh. Keltirilgan misollar jonli yoki jonsiz tabiatga mansubligini guruhlarga ajratadi. Har bir guruhning xususiyatlari toʻgʻrisida fikr yuritadi. Tabiatni oʻrganish uchun kuzatish muhim ekanligini anglaydi. III bosqich.Yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. Yakuniy kichik natijalar (B) Bunda mavzu boʻyicha tushuntirish uchun masalan, zamburugʻ haqida tasavvur hosil boʻlishi uchun mogʻorlagan non yoki xamirturush; bakteriya haqida tushuntirish uchun achigan sut yoki qatiqni misol qilib keltirish mumkin. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 197 Muammoli savol: 1. Daryo jonlimi yoki jonsizmi? 2. Jonli va jonsiz tabiatning farqi nimada? Barcha oʻsimlik va hayvonlar tirik, chunki ular oʻsadi, koʻpayadi, oziqlanadi, nafas oladi, harakatlanadi, dushmanlaridan himoyalanadi, atrof-muhitga moslasha oladi. Tirik organizm xususiyatlarini aytib beradi. Yangi tushunchalar asosida qogʻozning uchinchi qismiga tirik organizmlar yashash muhitiga moslashishi, tirik organizmlarning oziqlanishi, nafas olishi, harakatlanishi, oʻsishi va koʻpayishi haqida yozadi. 1. Daryo jonli emas. Daryo harakatlanadi, lekin oʻzgarmaydi. Daryo tirik qolish uchun oziq-ovqat, suv va havoga muhtoj emas. Daryo koʻpaymaydi va oʻsmaydi. 2. Jonli va jonsiz mavjudotlar farqlanadi: jonli mavjudotlar nafas oladi, oziqlanadi, oʻsadi va rivojlanadi. Jonsiz tabiat nafas olmaydi, oziqlanmaydi, inson taʼsirisiz harakatlanmaydi. Munozarada gapirish va tinglash, jonli va jonsiz narsalarga ajratish orqali oʻquvchida ilmiy xabardorlik kompetensiyasi shakllanadi. IV bosqich. Yangi bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash. Yakuniy kichik natijalar (C, D) Didaktik oʻyin: Oʻquvchilar quyidagi rasmdan jonli va jonsiz tabiatni topish tavsiya etiladi: Oʻquvchilarni umumiy xulosaga yoʻnaltiradi. Bu oʻyinda adashib qolgan oʻquvchilarga savollar beradi va toʻgʻri yoʻnalish koʻrsatadi. Koʻnikmalar: Oʻquvchilar rasmlarga qarab tirik organizmlar va jonsiz buyumlarni ajratib oladilar. Tirik organizm va jonsiz narsalarni oʻrganishda inson qanday fazilatlarga ega boʻlishi kerakligi haqida gapiradi. Tоpshiriqlаr yuzаsidаn koʻrsаtmаlаrni tushunadi va mustaqil ishlash koʻnikmalari shakllanib boradi. V bosqich. Refleksiya. Oʻquvchilarga quyidagi rasmlardan jonli organizmlarni topib ular haqida ma’lumot aytish taklif qilinadi: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 198 Keyingi rasm guruhlarda ishlanadi. O‘quvchilar jonli va jonsiz tabiatni bo‘yab, sonini sanaydilar. Birinchi bo‘lib to‘g‘ri topgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Oʻquvchilar kuzatish va maʼlumotlarni tahlil qilish orqali javoblarni aytadilar. Rasmlarni bo‘yash orqali jonli va jonsiz tabiatni ajratadilar. “Jonli va jonsiz tabiat” mavzusini o‘rganish asosida o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantiradi. Dars yakunida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘rgangan bilimlarini tushuntira oladi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. Demak, izlanish – tabiatdagi noma’lum narsalarni bilish, ularni izlashdir. Bu orqali aniq natija va xulosaga kelish mumkin. Inson sezgi organlaridan foydalanib, o‘zi uchun nima foydali yoki zararli ekanini ajrata oladi va jonli, jonsiz tabiatni ajrata oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Malikova Y.V. Tabiiy fanlar. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik, 1qism. Toshkent: “Novda Edutainment”, 2024. – 52 bet. 2. Quchqorova N. M., Avazmetova I. R., Ikramova D. U. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish, darslik T., “BOOKMANY PRINT” 2023, 216 bet. 3. https://youtu.be/X6vjlYshsq0