IMITATSION OʻYINLAR HARAKATLI OʻQITISH METODI
Abstract
Ushbu maqolada tarixiy voqelikni shakllantirishda imitatsion oʻyinlarning xizmat qilishi haqida soʻz etilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 204 IMITATSION OʻYINLAR HARAKATLI OʻQITISH METODI Seyfullaev Allanazar Skenderbekovich Qoraqalpog‘iston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564140 Annotatsiya. Ushbu maqolada tarixiy voqelikni shakllantirishda imitatsion oʻyinlarning xizmat qilishi haqida soʻz etilgan. Kalit so‘zlar: Imitatsiya, tarix darsi, tarixiy tafakkur, oʻyin, obraz, ijodiy faoliyat. Аннотация. В этой статье рассказывается о том, как имитационные игры служат формированию исторической действительности. Ключевое слова: Подражание, урок истории, историческое мышление, игра, образ, творческая деятельность. Summary: This article discusses how simulation games contribute to the formation of historical reality. Keywords: Imitation, history lesson, historical thinking, game, image, creative activity. Imitatsion oʻyin bu murakkab usul boʻlib, oʻquvchilarni birinchi navbatda qaror qabul qilish jarayoniga oʻrgatishga undaydi. Imitatsion oʻyin – bu voqelikning ma’lum qismlarini aks ettiradigan haqiyqiy vaziyatlarni qayta yaratishga aytiladi. Tarix darslarining noan’anaviy shakli bo‘lgan imitatsion o‘yinlar o‘quv mashg‘ulotlarining faol shakli bo‘lib, mazkur jarayonda o‘tmish va hozirgi kundagi muayyan vaziyatlar tarixiy drama doirasida o‘quvchilarning harakatlanishlarini ta’minlaydi. Bunday darslarning asosiy maqsadi o‘quvchilarning tarixiy voqelikka nisbatan o‘yinga asoslangan vaziyatlar orqali emotsional munosabatda bo‘lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu asosda o‘quvchilarda tarixiy tafakkurning shakllanish jarayoni jadallashadi. Natijada o‘quvchilar insonlarsiz tarixiy obrazlarni boyitib, turli o‘yin shakllari orqali ularni ijodiy faoliyat mahsuli sifatida yaratishga muvaffaq bo‘ladilar. Imitatsion o‘yinlar o‘quvchi ko‘z o‘ngida tarixiy shaxslarni hozirgi zamonda gavdalantirish imkonini beradi. Bir soʻz bilan aytganda imitatsion oʻyinlar o‘tmishni bugungi kun bilan bog‘laydi. U o‘quvchilarni yuksaklikka intilishga da’vat etadi. O‘quvchilar tarixiy shaxslarni obrazlarni ijodiy yondashgan hola qabul qiladilar. Ularni bajargan ishlari, ezgu amallari, harakatlari haqida o‘quvchilarda aniq tasavvur paydo bo‘ladi. Ular qahramonlarining hatti-harakatlari, xis-tuyg‘lari, dunyoqarashlarini tushunish orqali tarixiy voqelikni modellashtirishga intiladilar. Bu jarayonda o‘zlashtirgan bilimlari o‘quvchilar uchun shaxsiy ahamiyat kasb etadi. Hissiy buyoqdorlikka ega bo‘lib, o‘quvchilarning o‘rganilayotgan davrni bilib olishlari, imitatsion jarayon ishtirokchilarining ichki olamini anglashlariga ko‘maklashadi. Bunday murakkab vaziyatlarda o‘quv-biluv harakatlarni amalga oshirish o‘quvchilardan o‘zlashtirgan bilimlarini faollashtirishni talab qiladi. Ularni yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ularni chuqurlashtirish, o‘z dunyoqarashlarini kengaytirish, kattalar uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar majmuini egallashlari talab qiladi. Bunday ko‘nikmalar sirasiga birinchi navbatda kommunikativ va artistlik ko‘nikmasini kiritish mumkin. Bunday ko‘nikmalar o‘quvchilarning boshqa shaxs olamiga kirishlari, ya’ni empatiyaga oid ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Pedagoglar imitatsion o‘yinlarga xos bo‘lgan ikkita muhim belgini ajratib ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lganlar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 205 1. Imitatsion jarayon ishtirokchilarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri dialogga asoslangan nutqning namoyon bo‘lishi. 2. Ijod qilingan vaziyatning o‘tmish va hozirgi kundagi manzarasining ifodalanishi. Bunday bo‘linishning amalga oshirilishi natijasida pedagoglar imitatsion o‘yinlarni tasniflashga muvaffaq bo‘lganlar. Mutaxassislar o‘yinlarni turli belgilariga asoslangan holda tasniflaganlar. O‘yinlar voqelikni ifodalash maqsadi, xarakteriga ko‘ra tasniflangan. N.K.Axmetov va J.S.Xaydarovlar imitatsion, ramziy hamda tadqiqotchilik o‘yinlarini o‘zaro farqlaganlar. Imitatsion o‘yinlar mehnatning u yoki bu sohasini imitatsiya qiluvchi o‘yinlar hisoblanadi. Ularda real voqelik o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi guruhga mansub o‘yinlar aniq qoidalar va o‘yinga asoslangan ramzlarga ega aoslanadi. Uchinchi guruh o‘yinlari esa yangi bililar va faoliyatning yangi usullariga asoslanishi bilan ajralib turadi. V.G.Semenov esa 1) o‘quvchilarga bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan interfaol o‘yinlar. Bunday o‘yinlar sirasiga rebuslar, krossvordlar kiradi. 2) o‘quvchilarga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan interfaol o‘yinlar. Bunday o‘yinlar sirasiga syujetli rolli o‘yinlarni kiritish mumkin. 3) interfaol xarakter kasb etmaydigan o‘yinlar. Ular sirasiga individual xarakterdagi o‘yin topshiriqlarni kiritish mumkin. V.G.Semenov o‘yinlarni iprovazatsiya darajasiga ko‘ra ham tasniflashga muvaffaq bo‘lgan: 1) rolli, syujetli ya’ni iprovizatsiyaga asoslangan o‘yinlar; 2) aniq obrazga tayangan holda tashkil etiladigan syujetli o‘yinlar; 3) syujetli o‘yinlar sirasiga mutaxasisli krossvordlarni kiritgan. O‘z navbatida G.S.Selevko, A.V.Basov ham o‘yinlarni tasniflashga muvaffaq bo‘lganlar. Ular o‘yinlarni syujetli, rolli, ishchan, imitatsion va drammalashtirilgan o‘yinlarga ajratganlar. Yuqorida biz ko‘rib chiqqan pedagogik tasniflar o‘zining mazmun mohiyatiga ega. Bu tasniflar birinchi navbatda o‘yinlar orasidagi turli tuman farqlarni ifodalashga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda muayyan qonun-qoidalarga tayanmasdan turib o‘yinlardan foydalanish mumkin emasligini ko‘rsatadi. Imtiatsion o‘yinlarning asosini improvizatsiya va modellashtiriladigan jarayonning ichki mantiqiy aloqadorligi tashkil etadi. O‘yinlar nafaqat o‘zini maqsad va mazmuniga ko‘ra farqlanadi, balki o‘quvchilarning intellektual hamda emotsional sohalariga ko‘rsatadigan ta’siriga ko‘ra ham o‘ziga xoslikka ega. Tarix fanini o‘qitish jarayonida retrospektiv hamda ishchan o‘yinlar bilan bir qatorda imitatsion o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki real voqelikni imitatsion modellashtirishga asoslangan o‘yinlar o‘quvchilarda tarxiy tafakkurni tizimli tarzda shakllantirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Даниловских М.Г., Летенков О.В. Имитационная игра как метод обучения. Журнал «Интерактивная наука» № 9 (64) 2021, 25 стр 2. Ахметов Н.К., Хайдаров Ж.С. Теория и технология игры // Ученое пособие. Республиканский издательский кабинет, - Алматы, 1998 г. 295 стр. 3. Семёнов В.Г. Динамическая классификационная модель игры. Киев, 1984. 240-с. 4. Муслимов Н., Усмонбоева М., Сайфуров Д., Тўраев А. Инновацион таълим технологиялари / – T.: “Низомий ТДПУ ҳузуридаги ПКҚТ МО Тармоқ маркази”, 2015. – 208-б.