scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NUTQ NUQSONLARI BO'LGAN BOLALARNI QO'LLAB-QUVVATLASHDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISH: XALQARO TAJRIBA TAHLILI

Xudoyorova Mavluda Sayfulla qizi

Abstract

Mazkur maqola nutq nuqsonlari bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashda didaktik o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (2021) hamda UNICEF (2022) ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar orasida nutqiy nuqsonlar 5–8 foizni tashkil etib, ularning 2–3 foizi og‘ir shakllarga to‘g‘ri keladi. Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin asosidagi yondashuvlar (Buyuk Britaniyada “Early Talk Boost” dasturi, AQShda play-based therapy modeli, Germaniya va Rossiya logopediya maktablari) nutqiy muammolarning bartaraf etilishida samarali vosita hisoblanadi.O‘zbekiston sharoitida olib borilgan amaliy kuzatuvlar ham didaktik o‘yinlar yordamida nutqiy faoliyatni rivojlantirish ijobiy natijalar berishini tasdiqlaydi. Xususan, tajriba guruhida lug‘at boyligi o‘rtacha 35% ga, muloqotga kirishish faolligi esa 40% ga oshdi. Bu esa didaktik o‘yinlarning nafaqat nutqiy rivojlanish, balki bolalarning ijtimoiy-emotsional integratsiyasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.Maqola xalqaro adabiyotlar sharxi va amaliy kuzatuv natijalarini birlashtirgan holda, O‘zbekiston ta’lim tizimida nutq nuqsonlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashning innovatsion metodlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflarni ilgari suradi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 206 NUTQ NUQSONLARI BO‘LGAN BOLALARNI QO‘LLABQUVVATLASHDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH: XALQARO TAJRIBA TAHLILI Xudoyorova Mavluda Sayfulla qizi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Special pedagogy defectology (logopedics) yo‘nalishi MSPD-1U guruh magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.17564146 Annotatsiya. Mazkur maqola nutq nuqsonlari bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashda didaktik o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (2021) hamda UNICEF (2022) ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar orasida nutqiy nuqsonlar 5–8 foizni tashkil etib, ularning 2–3 foizi og‘ir shakllarga to‘g‘ri keladi. Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin asosidagi yondashuvlar (Buyuk Britaniyada “Early Talk Boost” dasturi, AQShda play-based therapy modeli, Germaniya va Rossiya logopediya maktablari) nutqiy muammolarning bartaraf etilishida samarali vosita hisoblanadi.O‘zbekiston sharoitida olib borilgan amaliy kuzatuvlar ham didaktik o‘yinlar yordamida nutqiy faoliyatni rivojlantirish ijobiy natijalar berishini tasdiqlaydi. Xususan, tajriba guruhida lug‘at boyligi o‘rtacha 35% ga, muloqotga kirishish faolligi esa 40% ga oshdi. Bu esa didaktik o‘yinlarning nafaqat nutqiy rivojlanish, balki bolalarning ijtimoiy-emotsional integratsiyasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.Maqola xalqaro adabiyotlar sharxi va amaliy kuzatuv natijalarini birlashtirgan holda, O‘zbekiston ta’lim tizimida nutq nuqsonlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashning innovatsion metodlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflarni ilgari suradi. Kalit so‘zlar: nutq nuqsonlari, didaktik o‘yinlar, maktabgacha yosh, duduqlanish, logopediya, o‘yinli terapiya, xalqaro tajriba, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, inklyuziv ta’lim. Abstract. This article explores the theoretical and practical foundations of using didactic games in supporting preschool children with speech disorders. According to the World Health Organization (2021) and UNICEF (2022), speech and language impairments are observed in 5– 8% of children, of which 2–3% account for severe cases. International experience shows that play-based approaches (such as the “Early Talk Boost” program in the UK, play-based therapy models in the USA, and logopedic practices in Germany and Russia) are effective tools in overcoming speech difficulties.Observations conducted in Uzbekistan also confirmed the positive impact of didactic games on the development of speech activity. In particular, the vocabulary of children in the experimental group increased by an average of 35%, while communicative activity improved by 40%. This demonstrates that didactic games have a significant effect not only on speech development but also on the socio-emotional integration of children.By combining an overview of international literature and the results of practical observations, the article puts forward scientifically grounded recommendations aimed at improving innovative methods for supporting children with speech disorders within the education system of Uzbekistan. Keywords:speech disorders, didactic games, preschool age, stuttering, logopedics, playbased therapy, international experience, socio-emotional development, inclusive education INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 207 Kirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq nuqsonlari dunyo miqyosida dolzarb muammo hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar orasida nutq va til rivojlanishida turli darajadagi buzilishlar 5–8 foizni tashkil qiladi, shundan 2– 3 foizi og‘ir shakllarga to‘g‘ri keladi. Shu jumladan, duduqlanish, fonetik-fonematik yetishmovchilik va umumiy nutqiy rivojlanishning sustligi bolalarning shaxsiy, emotsional va ijtimoiy kompetensiyalariga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Nutq nuqsonlari bolaning o‘qish, yozish va kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini sekinlashtiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nutqida muammosi bo‘lgan bolalarda maktabga tayyorgarlik darajasi boshqa tengdoshlariga nisbatan 30–40% past bo‘lishi mumkin (UNICEF, 2022). Bu esa ularning kelajakdagi ta’lim va ijtimoiy integratsiyasiga bevosita ta’sir qiladi. So‘nggi yillarda nutq terapiyasi va maxsus pedagogikada didaktik o‘yinlardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. O‘yinli faoliyat bolaning tabiiy rivojlanish ehtiyojlariga mos bo‘lib, u orqali bolalar nutqiy faoliyatga jalb qilinadi, muloqot ko‘nikmalari mustahkamlanadi va emotsional muvozanat ta’minlanadi. Masalan, Yevropa davlatlarida olib borilgan ilmiy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, nutq terapiyasi jarayoniga o‘yin elementlarini qo‘shish duduqlanishni kamaytirishda 20–25% gacha ijobiy natija beradi (European Journal of Special Education, 2021). O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda inklyuziv ta’lim konsepsiyasi doirasida logopedik xizmatlarni rivojlantirish, nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga mos ta’lim muhitini yaratish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda. Biroq xalqaro tajribani chuqur o‘rganish va uni milliy sharoitga moslashtirish masalasi hanuz dolzarbdir. Shu bois, mazkur maqolada nutq nuqsonlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashda didaktik o‘yinlardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari va xalqaro tajriba tahlili yoritiladi. Umid qilamizki tadqiqot natijalari bu borada samarali strategiyalar ishlab chiqishga, logopedik amaliyotlarni yanada takomillashtirishga va inklyuziv ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar sharxi. Nutq — shaxsning ijtimoiylashuvi va intellektual rivojlanishida markaziy mexanizm sifatida qaraladi (Vygotskiy, 1934; Lurija, 1975). L.S. Vygotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasiga ko‘ra, til va nutq bolaning oliy psixik funksiyalarini shakllantirishning vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli nutqiy nuqsonlarning mavjudligi bolaning tafakkur, emotsional barqarorlik va ijtimoiy muloqot jarayonlariga sezilarli to‘siq tug‘diradi. Jahon miqyosida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarning 5–8 foizida nutq va til rivojlanishi bilan bog‘liq muammolar mavjud (WHO, 2021). Ularning 2–3 foizi og‘ir shakldagi nuqsonlarga — duduqlanish, umumiy nutq rivojlanishidagi sustlik yoki fonetik-fonematik buzilishlarga to‘g‘ri keladi. Ushbu nuqsonlar bolaning shaxsiy rivojlanishini sekinlashtirib, ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi (UNICEF, 2022). O‘yin faoliyati maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yetakchi faoliyat turi hisoblanadi (Leontyev, 1977; Elkonin, 1989). Didaktik o‘yinlar bolaning bilish faoliyatini faollashtiradi, motivatsiyasini kuchaytiradi va emotsional sohada qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Smirnova (2015) hamda Hasanboyeva (2019) ta’kidlaganidek, didaktik o‘yinlar yordamida nutqiy nuqsoni bo‘lgan bolalarda lug‘at boyligi, grammatik tuzilmalardan foydalanish, e’tibor va xotira ko‘nikmalari rivojlanadi.Shuningdek, zamonaviy tadqiqotlar didaktik o‘yinlarni logopedik mashg‘ulotlarga integratsiya qilish orqali duduqlanishni kamaytirish, talaffuzni yaxshilash va INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 208 nutq sur’atini me’yorga keltirish mumkinligini ko‘rsatadi (Schneider, 2019; Roberts & Kaiser, 2011).So‘nggi 20 yilda logopediyada play-based therapy (o‘yin asosidagi terapiya) konsepsiyasi keng qo‘llanmoqda. Masalan, AQShda Roberts & Kaiser (2011) tomonidan ishlab chiqilgan Enhanced Milieu Teaching modeli nutqiy qiyinchiliklarga ega bolalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Yevropa mamlakatlarida (Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya) logopedik xizmatlar o‘yinli terapiya bilan integratsiyalashgan holda olib boriladi. “Early Talk Boost” dasturi (ICAN, 2020) nutqiy muammolari bo‘lgan 4–5 yoshli bolalarda lug‘at boyligini o‘rtacha 40% ga oshirishga erishgan. 1-Jadval: Xalqaro tajribalar tahlili № Mamlakat / Model Asosiy yondashuv Natija va samaradorlik Malaka oshirish mexanizmi O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyati 1 Buyuk Britaniya (“Early Talk Boost”) O‘yin asosidagi nutqiy mashg‘ulotlar, kichik guruhlarda qo‘llash Lug‘at boyligi 40% ga, nutqiy faoliyat 30% ga o‘sdi Maxsus logopedlar va pedagoglar uchun qisqa muddatli treninglar, onlayn platformalar orqali malaka oshirish Inklyuziv bog‘chalarda adaptatsiya qilish mumkin 2 AQSh (Playbased therapy) Didaktik o‘yinlar va ota-ona ishtirokiga asoslangan mashg‘ulotlar Nutqiy muloqot va ijtimoiy integratsiya kuchaydi, duduqlanish chastotasi kamaydi Malaka oshirish — amaliy seminarlarda terapevt va pedagoglar uchun “praktikum + superviziya” modeli O‘zbekiston logoped markazlarida bosqichmabosqich joriy etilishi mumkin 3 Germaniya logopediya maktabi O‘yin asosida talaffuz, intonatsiya va nutq sur’atini rivojlantirish Duduqlanish 20– 25% gacha kamayishi qayd etilgan Maxsus kurslar, logopediya bo‘yicha ilmiy laboratoriyalar orqali pedagoglarni tayyorlash O‘zbekiston tibbiyotpedagogika institutlari bazasida tatbiq etish mumkin 4 Rossiya (Volkova, Loginova modeli) Didaktik o‘yinlar asosida korreksion mashg‘ulotlar Lug‘at boyligi va talaffuz aniqligi sezilarli oshgan Logopediya fakultetlari va qayta tayyorlash markazlari orqali muntazam malaka oshirish O‘zbekiston logoped kadrlarini tayyorlash jarayonida integratsiya qilinishi mumkin 5 Skandinaviya mamlakatlari Inklyuziv ta’lim muassasalarida maxsus “nutq o‘yin xonalari” tashkil etish Bolalarda ijtimoiyemotsional rivojlanish va o‘ziga ishonch sezilarli kuchaydi Pedagoglarni malaka oshirish — davlat grantlari asosida doimiy treninglar, stajirovkalar O‘zbekiston inklyuziv bog‘chalarida pilot loyihalar sifatida joriy etilishi mumkin Rossiya logopedika maktabida ham (Volkova, 2018; Loginova, 2020) duduqlanishni bartaraf etishda didaktik o‘yinlar asosiy metodlardan biri sifatida qo‘llanadi. Mamlaktaimiz tadqiqotchilari (To‘xtayeva, 2021; Usmonova, 2022) esa bu borada xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga moslashtirishning zarurligini ko‘rsatadilar. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 209 Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, nutq nuqsonlariga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlashda o‘yinli metodlardan foydalanish ikki asosiy yo‘nalishda rivojlangan: 1. Korreksion-pedagogik yo‘nalish — maxsus logopedik mashg‘ulotlarga didaktik o‘yinlarni kiritish (Germaniya, Rossiya, Polsha). 2. Inklyuziv-ta’limiy yo‘nalish — umumiy ta’lim muassasalarida nutqida muammosi bo‘lgan bolalar uchun maxsus o‘yin dasturlari yaratish (Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlari, Kanada). Bu tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘yinli metodlardan foydalanish nafaqat nutqiy ko‘nikmalarni yaxshilash, balki bolaning ijtimoiy-emotsional barqarorligini oshirish, o‘ziga ishonchini kuchaytirish va muloqotga kirishishini rag‘batlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi.Adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, didaktik o‘yinlar nutq nuqsonlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashda samarali metod sifatida xalqaro miqyosda keng tan olingan. Biroq, mavjud tadqiqotlarda asosan amaliy metodlar yoritilgan bo‘lsa-da, ularni turli madaniy muhitlarda moslashtirish, milliy ta’lim tizimlariga integratsiya qilish masalalari hali ham yetarli darajada chuqur o‘rganilmagan. Shuning uchun, xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga mos holda ilmiynazariy asosda tahlil qilish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Metodologiya. Tadqiqot nutq nuqsonlari bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashda didaktik o‘yinlardan foydalanish samaradorligini aniqlashga qaratildi. Buning uchun nazariy adabiyotlar tahlil qilindi, xalqaro tajribalar (Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh) o‘rganildi va ular milliy sharoitga moslashtirildi. Amaliy bosqich Toshkent shahridagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli 112sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borildi. Tadqiqotda 4–6 yoshli nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan 30 nafar bola jalb qilinib, ikki guruh shakllantirildi: tajriba guruhi (didaktik o‘yinlar asosida mashg‘ulotlar) va nazorat guruhi (an’anaviy logopedik mashg‘ulotlar).3 oy davomida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning so‘z boyligi, nutq sur’ati, talaffuz aniqligi, muloqotga kirishish faolligi va emotsional barqarorligi muntazam ravishda kuzatildi va qayd etildi. Natijalar SPSS dasturi yordamida qayta ishlanib, tajriba guruhida lug‘at boyligi o‘rtacha 35% ga, muloqotga kirishish ko‘rsatkichi esa 40% ga oshgani qayd etildi. Bu esa didaktik o‘yinlar nutq nuqsonlarini korreksiyada samarali vosita ekanini tasdiqlaydi. Natijalar va muhokama. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nutq nuqsonlari bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashda didaktik o‘yinlardan foydalanish an’anaviy logopedik mashg‘ulotlarga nisbatan yuqori samaradorlik beradi. Xalqaro adabiyotlarda qayd etilganidek (Roberts & Kaiser, 2011; Schneider, 2019), o‘yinli metodlar bolalarda lug‘at boyligini kengaytirish, nutq sur’ati va intonatsiyasini me’yorga keltirishda sezilarli ijobiy natijalar ko‘rsatadi. Amaliy kuzatuvda tajriba guruhi (didaktik o‘yin asosidagi mashg‘ulotlar) va nazorat guruhi (an’anaviy mashg‘ulotlar) natijalari taqqoslandi. 3 oy davomida olib borilgan mashg‘ulotlar natijasida: - So‘z boyligi tajriba guruhida o‘rtacha 35% ga oshdi, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 15% atrofida qoldi. - Muloqotga kirishish faolligi tajriba guruhida 40% ga oshdi, nazorat guruhida esa faqat 18% ijobiy o‘sish kuzatildi. - Emotsional barqarorlik va o‘ziga ishonch ko‘rsatkichlari tajriba guruhida ancha yuqori bo‘ldi (subyektiv baholash natijalariga ko‘ra 25–30% ijobiy o‘sish). INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 210 1-rasm.Tadqiqot natijalari Bu natijalar xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashadi. Masalan, Buyuk Britaniyada “Early Talk Boost” dasturi natijasida 6–8 haftalik mashg‘ulotlardan keyin bolalarning lug‘at boyligi 40% ga, nutqiy faoliyati esa 30% ga yaxshilangan (ICAN, 2020). Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar ham o‘yin asosida tashkil etilgan logopedik mashg‘ulotlar duduqlanish chastotasini kamaytirishda sezilarli natija berganini ko‘rsatgan (Schneider, 2019). Muhokama jarayonida aniqlanishicha, didaktik o‘yinlarning samaradorligi quyidagi omillar bilan bog‘liq: 1. Bolaning tabiiy rivojlanish ehtiyojiga mosligi – o‘yinli faoliyat bolalarni majburlamasdan nutqiy jarayonga jalb qiladi. 2. Motivatsiyani oshirishi – bolalar o‘yin davomida nutqiy mashqlardan zavqlanadi va faol ishtirok etadi. 3. Ijtimoiy-emotsional rivojga ta’siri – o‘yin jarayonida bolalar o‘zaro hamkorlik qiladi, bu esa ularning o‘ziga ishonchini oshiradi. Shu bilan birga, tadqiqot bir qator cheklovlarga ega: bolalar sonining kamligi (30 nafar), kuzatuv muddati qisqaligi (3 oy), natijalarni baholashda subyektiv mezonlarning mavjudligi. Shunga qaramay, natijalar xalqaro adabiyotlarda keltirilgan ilmiy dalillarni tasdiqlaydi va O‘zbekiston sharoitida ham didaktik o‘yinlardan foydalanish nutq nuqsonlarini bartaraf etishda istiqbolli yo‘nalish ekanini ko‘rsatadi. Xulosa. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, nutq nuqsonlari bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashda didaktik o‘yinlardan foydalanish samarali pedagogik yondashuv hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili va xalqaro tajribalar shuni tasdiqlaydiki, o‘yin asosidagi mashg‘ulotlar nutqiy faoliyatni faollashtiradi, lug‘at boyligini kengaytiradi, talaffuzni yaxshilaydi hamda bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradi.Amaliy kuzatuv natijalariga ko‘ra, didaktik o‘yinlardan foydalangan guruhlarda lug‘at boyligi va muloqotga kirishish darajasi nazorat guruhiga nisbatan ikki baravar yuqori o‘sishga erishdi. Bu esa didaktik o‘yinlarning nafaqat nutqiy, balki ijtimoiy-emotsional rivojlanishga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Shuningdek, xalqaro dasturlar (“Early Talk Boost”, Buyuk Britaniya; play-based therapy, AQSh; logopedik o‘yinli metodlar, Germaniya) natijalari ham O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilgan tajribalar bilan uyg‘un natijalarni ko‘rsatdi. Bu esa metodikaning universalligini va INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 211 turli madaniy muhitlarda moslashuvchanligini isbotlaydi.Umuman olganda, didaktik o‘yinlar nutq nuqsonlarini bartaraf etishda innovatsion, samarali va inklyuziv yondashuv sifatida e’tirof etilishi mumkin. Kelgusida tadqiqotlarni kengroq miqyosda, ko‘proq ishtirokchilar bilan va uzoq muddatli kuzatuvlar asosida olib borish, shuningdek, xalqaro metodlarni milliy o‘quv dasturlariga uyg‘unlashtirish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Vygotsky, L. S. (1934). Thought and Language. Cambridge, MA: MIT Press. 2. Leontiev, A. N. (1977). Activity, Consciousness, and Personality. Moscow: Nauka. 3. Luria A. R. (1975). Basic Problems of Neurolinguistics. The Hague: Mouton. 4. Piaget J. (1959). The Language and Thought of the Child. New York: Meridian. 5. Elkonin D. B. (1989). Psychology of Play. Moscow: Pedagogika. 6. Roberts M. Y., & Kaiser, A. P. (2011). The effectiveness of parent-implemented language interventions: A meta-analysis. American Journal of Speech-Language Pathology, 20(3), 180–199. 7. Schneider P. (2019). Play-based interventions in speech-language therapy: Evidence and application. European Journal of Special Education, 34(2), 145–162 8. ICAN (2020). Early Talk Boost: Impact Report. London: The Communication Trust. 9. Volkova L. (2018). Logopediya: Metodika korrektsii narusheniy rechi u doshkolnikov. Moscow: Akademiya. 10. Loginova O. (2020). Didaktik o‘yinlarning logopedik mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi. Defektologiya, 6(2), 45–52. 11. Smirnova E.O. (2015). Didakticheskie igry v razvitii rechi detey doshkolnogo vozrasta. Moscow: Vlados. 12. Hasanboyeva O. (2019). Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy rivojlanish metodikasi. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika nashriyoti. 13. Qodirova M. (2020). Bolalarda nutq nuqsonlarini bartaraf etishda o‘yin metodlari. Pedagogika va psixologiya jurnali, 3(1), 56–62. 14. To‘xtayeva S. (2021). Nutqiy nuqsoni bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashda innovatsion texnologiyalar. O‘zbekiston pedagogik tadqiqotlari jurnali, 2(4), 77–84. 15. Usmonova G. (2022). Didaktik o‘yinlarning logopedik mashg‘ulotlardagi o‘rni. Ta’lim va tarbiya jurnali, 5(3), 91–99. 16. UNICEF (2022). Children with Developmental Disabilities: Global Report. New York: UNICEF Publications. 17. WHO (2021). World Report on Hearing and Speech Disorders. Geneva: World Health Organization.