scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GEOGRAFIYA DARSLARIDA RAQAMLI TA'LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING AMALIYOTI

Musayev Jahongir Payazovich, Arabboev Asliddin Rafiqjon oʻgʻli

Abstract

Ushbu maqolada 8-sinf geografiya fanini o‘qitish jarayonida raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishning samarali yo‘llari, ularning o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati va aqliy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli ta’lim vositalarining o‘qituvchi-o‘quvchi o‘rtasidagi interfaol munosabatni shakllantirishdagi o‘rni batafsil yoritiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 231 GEOGRAFIYA DARSLARIDA RAQAMLI TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING AMALIYOTI Musayev Jahongir Payazovich1, Arabboev Asliddin Rafiqjon oʻgʻli2 1Pedagogika fanlari doktori, professor 2Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17564217 Annotatsiya. Ushbu maqolada 8-sinf geografiya fanini o‘qitish jarayonida raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishning samarali yo‘llari, ularning o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati va aqliy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli ta’lim vositalarining o‘qituvchi-o‘quvchi o‘rtasidagi interfaol munosabatni shakllantirishdagi o‘rni batafsil yoritiladi. Kalit soʻzlar: raqamli ta’lim, geografiya, USGS, SAS Planet, interfaollik, XXI asr ko‘nikmalari. Kirish. Ma’lumki, XXI asr axborot texnologiyalari asri sifatida barchamizning kundalik turmush tarzimizga sezilarli darajada kirib keldi. Bu barcha tarmoqlar singari geografiya fani va uning tarmoqlarida ham muhim ajralmas qismiga aylandi. Respublikamizning umumta’lim maktablarida oʻquv jarayonini takomillashtirish maqsadida oʻqituvchilarning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishi zaruriy ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11sentyabrdagi PF-158-son Farmoni bilan “Oʻzbekiston-2030 strategiyasi” belgilangan bo‘lib 1bandi Ta’lim tizimi islohatlariga bagʻishlangan. Ushbu bandda “Umumiy oʻrta ta’lim ta’limini yangi bosqichga olib chiqish” boʻlib, bu boʻyicha “700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qoʻllanmalar va mobil ilovalar yaratish. Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish.” hisoblanadi. [1] Yuqoridagi qaror va farmonlarni bajargan holda umumta’lim maktablari uchun geografiya fanidan elektron qoʻllanmalar tayyorlamoqda. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. 1960-yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qoʻllanma va darsliklar nashr etildi. Oʻsha davrda Oʻzbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A.Obidov, O.Saidrasulov, H.Hasanov, N.Daminov, Z. Akramov, O.Moʻminov, M.Nabixonov, I.Mirzaboyev va boshqalarning xizmatlari katta boʻldi. [4] Xususan, keyingi yillarda Oʻzbekistonda geografiya oʻqitish metodikasi sohasida XX arsning oxiri va mustaqillik yillarida yirik olimlar yetishib chiqdi. Geografiya oʻqitish metodikasi sohasada O.Moʻminov, H.Vaxobov, R.Qurbonniyozov, P.Musayev, J.Musayev, P.Gʻulomov, Gʻ.Pardaev, D.Tojiboyeva, A.Yoʻldoshev va boshqalar katta ishlarni amalga oshirishgan. Pedagog A.A.Abduqodirovning ilmiy-tadqiqot ishlarida zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan oʻquv-tarbiya jarayonini jadallashtirish uchun oʻqituvchi-talabakompyuter uchligini oʻquv faoliyatidagi oʻrni va bosqichlarini tahlil qilish zarur ekanligi uqtiriladi. [2] Ushbu fikrga qoʻshilgan holda bugungi kunda geografiya darsi jarayonlarida zamonaviy axborot-texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish lozim. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 232 Geografiya oʻqitish metodikasi boʻyicha H.Sh.Djuraboyeva, K.Boymirzayev, R.Y. Xoliqov tomonidan yozilgan oʻquv-uslubiy majmua esa geografiya darslarida vizual vositalardan foydalanish zarurligini ta’kidlaydi. Ushbu manbada xaritalar, tasviriy materiallar va interaktiv taqdimotlar orqali oʻquvchilarning bilim olish jarayoni yaxshilanishi mumkinligi qayd etilgan [3]. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, umumta’lim maktablarining geografiya dars jarayonlarini unumdorligini oshirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitish kun tartibida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. 2020-yili dunyo miqyosida koronavirus infeksiyasining keng yoyilishi raqamli ta’lim vositalariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirdi. Online maktab tizimi yo‘lga qo‘yildi. Natijalar. Geografiya fanidan raqamli ta’lim vositalariga interfaol xaritalar, geografiya axborot tizimlari (GAT), 3D modellar, onlayn platformalar, raqamli atlaslar, mobil ilovalar(Ventusky, Seterra, ArGIS, QGIS) kiradi. Interfaol xaritalar – o‘quvchilarga ma’lumotlarni ko‘rish, tahlil qilish, o‘zgartish kabi imkoniyat yaratib, o‘quv jarayoni bilan bogʻliq qiziqarli darslarni tashkil etishda ko‘maklashadi. Geografik axborot tizimlari – bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan tushuncha bo‘lib, modellashtirish, tahlil qilish va boshqa ma’lumotlarni ketma-ketlikda o‘rganish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda maktab geografiya ta’limida o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kreativ fikrlash, o‘z pozitsiyasini egallash kabi XXI asr ko‘nikmalarini kamol toptirishda muhim ahamiyatga ega. GAT texnologiyalari o‘quvchilarga yer bilimlarini o‘rganish va fazoviy jarayonlarni tahlil qilishda kerak bo‘ladi. AQSh geologik xizmati (inglizcha: United States Geological Survey, qisqartirilgan USGS ) - Amerika Qoʻshma Shtatlarining geologik tadqiqotlar va yer fanlarini oʻrganishga ixtisoslashgan hukumat tadqiqot tashkiloti hisoblanadi. USGS 1879-yilda paydo bo‘lgan. Geologiya xizmati geologik masalalar va geologik xaritalar, shuningdek gidrogeologiya va geografiyaga ixtisoslashgan. AQSh GX (USGS) tadqiqotining eng muhim sohasi Qo‘shma Shtatlardagi foydali qazilmalarni qidirish hisoblanadi. 1-rasm. USGS dasturidan olingan AQSh topografik xaritasi Yuqoridagi rasmni sayt ichiga kirgan holda AQSh shtatlarining topografik xaritasi bilan yaqindan tanishish mumkin. Bu saytda quyidagi ma’lumotlar ham mavjud: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 233 2-rasm. USGS web-sayti imkoniyatlari Shuningdek, bu saytda ilmiy tadqiqot natijalarini muntazam yangilab borish imkoniyati mavjud bo‘lib, quyidagi tadqiqot natijalari mavjud. - Ma’lumotlar - Nashrlar, - Veb vositalari; - Dasturiy ta’minot; Xaritalar bo‘limida esa quyidagilardan iborat: - Xarita nashrlar; - Topografik (topo) xaritalar; - Vuklan xaritalari - USGS xaritalari Yuqoridagi barcha geografik axborotlarni dars jarayonida foydalanish, o‘quvchilarning fan bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ta’lim jarayoni yaxshilanadi [4]. 2-rasm. SAS Planet dasturidan yuklab olingan Andijon tumani o‘simlik qoplami xaritasi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 234 Muhokama. Geografiya – yer yuzi aholisi, xoʻjaligi, turmush tarzini oʻzini oʻrganmay, bugungi kunda koʻplab sohalar bilan integratasiyasi alohida oʻringa ega. Maktabda ta’lim berish jarayonida oʻquvchilarga quruq raqam va faktlarni yodlashdan qochishimiz kerak. Bu fanning ahamiyatini tushurib yuboradi. 4-rasm. Pedagogik tajriba-sinov jarayoni samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar. Mazkur klaster ma’lumotlari Raxmatilla Musurmanovning “Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va boshqarish” nomli dissertatsiyasi asosida tayyorlandi. Sotsiologik so‘rov usuli. Bu usul orqali o‘quvchilarning maktabda geografiya darslarida raqamli ta’limga bo‘lgan munosabatini aniqlash maqsdida o‘tkazildi. So‘rovnomada quyidagicha savollar berildi. 1. Siz geografiya fanini qanday baholaysiz? a) Juda qiziqarli b) Qiziqarli c) O‘rtacha d) Zerikarli e) Juda zerikarli 2. Sizningcha, geografiya fanini o‘rganishda qaysi usul samaraliroq? a) Darslik va qogʻozli qo‘llanmalar b) Elektron qo‘llanmalar c) Videodarslar d) O‘qituvchi bilan dars jarayoni 3. Elektron qo‘llanmalarni ishlatganmisiz? a) Ha, ko‘p marta b) Ha, ba’zan c) Yo‘q, hech qachon 4. Sizga elektron qo‘llanmalarning qaysi jihatlari yoqadi? a) Rasmlar va animatsiyalar b) Oddiy tushunarli matn c) Interaktiv mashqlar d) Boshqalar (iltimos, yozing) ______________________ 5. Geografiyadan videodarslarni ko‘rib borasizmi? INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 235 a) Ha, muntazam b) Ha, ba’zan c) Yo‘q, ko‘rmaganman So‘rovnomaning ilk natijasi quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan. Tajribadan oldin 8-sinf Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini oʻrganuvchi oʻquvchilarda tayyorlangan elektron qoʻllanma boʻyicha oʻquv jarayoni samaradorligi koʻrsatkichi quyidagicha bo‘ldi. Sinflar Juda qiziqarli Elektron qo‘llanmalar Ha, ko‘p marta Interaktiv mashqlar Ha, muntazam Tajriba sinfi 8-“A” (22) 5 3 4 0 0 Nazorat Sinfi 8-“B” (34 nafar) 7 4 4 0 0 Tajriba sinfidagi 22 nafar o‘quvchidan 5 ta javob qiziqarli, 3 ta javob elektron qo‘llanmalar, 4 ta javob ha ko‘p marta deb aytgan bo‘lsa, qolgan savollariga javob berishmadi. Nazorat sinfida ham xuddi shunday statistika ko‘rsatildi. Tajriba o‘tkazilgandan so‘ng esa quyidagicha natijalar aniqlandi. Sinflar Juda qiziqarli Elektron qo‘llanmalar Ha, ko‘p marta Interaktiv mashqlar Ha, muntazam Tajriba sinfi 8-“A” (22) 10 15 7 5 14 Nazorat Sinfi 8-“B” (34 nafar) 7 4 4 1 1 Yuqoridagi nataijlaradan ham ko‘rinib turibdiki, bugungi geografiya darslarida raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish darajasini geografiya darslarida qancha ko‘p foydalanilsa, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va fanga bo‘lgan qiziqishi yuqori darajada bo‘ladi. Xulosa. Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, Oʻzbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi (8-sinf) fanini oʻqitishda raqamli vositalardan foydalanish ta’lim jarayoniga tadbiq etilsa, quyidagi bir qator afzalliklarga erishiladi. - Vizual aks ettirish qobiliyati rivojlanadi; - Fanga bo‘lgan qiziqishni oshiradi; - Murakkab mavzularni soddalashtiradi; - Real hayot bilan bogʻlanadi; - Tashqi muhitga bo‘lgan munosabati oshadi; - O‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini oshiradi; - ijodkorlikka yo‘naltiriladi; - Ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuni aytib o‘tish lozimki, bunday elektron qo‘llanmalardan ta’lim jarayonida keng foydalanish o‘quvchilarda Vatanga muhabbat tuygʻusini kamol toptiradi. Taklif va tavsiyalar: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 236 1. Umumta’lim maktablarida pedagoglarida AKT ko‘nikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirish; 2. Geografiya darslarida raqamli ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanishni takomillashtirish; 3. Geografiya faniga oid elektron qo‘llanmalar tayyorlash uchun raqamli ta’lim vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 4. Ta’lim jarayoni unumdorligiga ta’sirini sotsiologik so‘rovnomalar olish va natijalarini OAV da muntazam ravishda targʻib qilish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston-2030 strategiyasi” toʻgʻrisida PF-158-son Farmoni. 1-ilova 3-bandi. https://lex.uz/ru/docs/- 6600413 2. Gʻafforov F.X. “Maxsus fanlar bo‘yicha elektron ta’lim bazasini yaratish va ularni masofadan foydalanish metodikasi”. Ped. fan. fal. dok.... diss. – T.: 2018. – B. 44. 3. Ibragimova G. “Interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish”. Ped. fan. fal. dok.... diss. – T. : 2017. – B. 7. 4. https://uz.wikipedia.org/wiki/AQSH_Geologiya_Xizmati - internet sayti. 5. Musayev P.Gʻ., Musayev J.P, Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi: umumiy oʻrta ta’lim maktablari 8-sinf uchun darslik. -T: “Sharq” 2019.-160 b 6. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti https://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/869/html/60667/mavzu_1.htminternet sayti 7. https://asadbek525.github.io/geography/#/economy-energy - internet sayti.