XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY TAJRIBA
Abstract
Ushbu maqolada xalqaro valyuta tizimining evolyutsion bosqichlari, ularning asosiy xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Parij, Genueza, Bretton-Vud va Yamayka valyuta tizimlari misolida valyuta tizimlarining jahon iqtisodiyotidagi roli va ularning iqtisodiy barqarorlik, global savdo va moliyaviy integratsiyaga ta’siri yoritilgan. Zamonaviy dunyo iqtisodiyoti erkin valyuta kurslariga asoslangan bo‘lib, davlatlar global bozor talablariga moslashmoqda.
Full text
10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY TAJRIBA Mualliflar: Nigmanov Azizbek Ulugbekovich 1, Raximova Zarina Farxodovna 2 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasi dotsenti 1, Xalqaro Nordik universiteti 1-JI-24 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi talabasi 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17564221 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada xalqaro valyuta tizimining evolyutsion bosqichlari, ularning asosiy xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Parij, Genueza, Bretton-Vud va Yamayka valyuta tizimlari misolida valyuta tizimlarining jahon iqtisodiyotidagi roli va ularning iqtisodiy barqarorlik, global savdo va moliyaviy integratsiyaga ta’siri yoritilgan. Zamonaviy dunyo iqtisodiyoti erkin valyuta kurslariga asoslangan bo‘lib, davlatlar global bozor talablariga moslashmoqda. Kalit so‘zlar: valyuta tizimi, oltin standarti, rezerv valyuta, valyuta kursi, global iqtisodiyot, moliyaviy integratsiya. KIRISH Valyuta tizimi – bu valyuta munosabatlarini tashkil etish va tartibga solish shakli bo‘lib, u milliy qonunchilik yoki davlatlararo shartnomalar bilan mustahkamlanadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va global savdo hajmining o‘sishi fonida valyuta tizimi mamlakatlar iqtisodiyotining barqarorligi va xalqaro moliyaviy aloqalarni samarali boshqarishda muhim vosita hisoblanadi.[1] Jahon valuta tizimi o‘z rivojida bir necha bosqichlardan o‘tgan. Har bir bosqich tizimning ishlash prinsiplari bilan farqlansa-da, oldingi tizimlardan ma’lum merosni olgan. Mazkur maqolada valyuta tizimining asosiy evolyutsion bosqichlari, ularning xususiyatlari va zamonaviy dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. ASOSIY QISM Valyuta tizimining maqsadi milliy va xalqaro moliyaviy operatsiyalarni tartibga solish, pul-kredit siyosatini samarali boshqarish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir. Shu bilan birga, u davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatini, xususan, import va eksport operatsiyalarini muvofiqlashtirish, valyuta kursini nazorat qilish va xalqaro to‘lovlarni amalga oshirishni osonlashtiradi. Valyuta tizimi orqali davlatlar o‘z milliy valyutasining qiymatini mustahkamlash, inflatsiya va deflyatsiya kabi iqtisodiy jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Birinchi jahon valuta tizimi Parij valuta tizimi (1867–1920-yillar) bo‘lib, sanoat inqilobi va xalqaro savdoning kengayishi natijasida paydo bo‘lgan. Bu tizim oltin moneta standarti asosida shakllangan bo‘lib, u Parij shahrida valyuta munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng nomlangan.[2] “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish Asosiy prinsiplari: • Milliy valyutalarning oltin zaxirasi bilan mustahkamlanishi; • Oltin global pul sifatida ishlatilgan, barcha to‘lovlarda qabul qilingan; • Banknotlar markaziy banklar tomonidan erkin oltin zaxirasiga konvertatsiyalangan; • Valyuta kursi “oltin nuqtalar” doirasida cheklangan; • Ingliz funti xalqaro muomalada taniqli valyuta sifatida qabul qilingan; • Milliy oltin zaxirasi va ichki pul taklifi o‘rtasida qat’iy nisbat saqlangan. Tizim o‘ziga hos muammolarni vujudga keltirdi. Avvalo oltin zaxirasiga qattiq bog‘liqligi sababli iqtisodiy moslashuvchanlikni chekladi; monopolistik kapitalizmning rivojlanishi tizim samaradorligini kamaytirdi; Birinchi jahon urushi davrida oltin standarti deyarli ishlamay qoldi; tizim faqat oltin asosida bo‘lgani uchun xalqaro savdo va moliyaviy operatsiyalarni kompleks hal qila olmadi. Bu tizim mamlakatlar orasida oltinni erkin harakatlantirish orqali valyuta kurslarining nisbatan barqarorligini ta’minlagan. Biroq XX asr boshida kapitalizmning monopolistik shakllari, AQSh va Fransiya iqtisodiy kuchining o‘sishi Britaniyaning yetakchi pozitsiyalarini susaytirgan. Birinchi jahon urushi davrida oltin standarti deyarli tugagan, banknotlar oltinga konvertatsiya qilinmay qolgan va oltin erkin harakati taqiqlandi. I – jahon urushdan keyin xalqaro savdo munosabatlarini tiklash zarurati Genueza valyuta tizimini (1922–1930-yillar) yaratishga olib keldi. 1922 yilda Genueza xalqaro iqtisodiy va moliyaviy konferensiyasida kapitalistik davlatlar oltin zaxiralari yetarli emasligi tan olindi. Shu bilan birga, AQSh dollari va ingliz funti xalqaro to‘lov vositasi sifatida tavsiya etildi. Asosiy xususiyatlari:[3] • Oltin global pul rolini saqlagan; • Ayrim valyutalar (dollar va funt) boshqa valyutalar bilan almashilgan, ular esa oltin zaxirasiga tayanadi; • Milliy banknotlar bevosita oltin bilan emas, balki boshqa valyutalar bilan konvertatsiyalangan; • Valyuta kurslarining sezilarli o‘zgarishlarini markaziy banklar nazorat qilgan. Kamchilik sifatida aytishimiz mumkinki, valyuta konvertatsiyasi murakkab va markaziy bank nazorati iqtisodiy moslashuvchanlikni kamaytirgan; 1929–1931 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi tizimni deyarli tugatgan; valyutani devalvatsiya qilish ko‘plab davlatlarni iqtisodiy jihatdan zaiflashtirgan.1929–1931 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Genueza tizimini deyarli tugatdi. Ko‘plab davlatlar valyutani devalvatsiya qildi va oltin standarti bekor qilindi. AQShda 1933 yilda banknotlarni oltinga almashtirish to‘xtatildi va dollar 41% devalvatsiya qilindi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida 1944 yilda Bretton-Vud konferensiyasida yangi tizim qabul qilindi. Bu tizim oltin va ikkita valyutaga (AQSh dollari va ingliz funti) asoslangan Bretton-Vud valuta tizimi (1944–1976-yillar) edi.[4] Asosiy prinsiplari: • Oltin global pul funksiyasini saqlagan; • Rezerv valyutalar: dollar va funt; • 1 unsiya oltin 35 dollarga teng belgilangan; • Milliy valyutalarning oltin va dollar pariteti o‘rnatilgan; • Dollar xalqaro savdoda ustun rol o‘ynagan.
12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish Bu tizim bitta valyutani ustunligini tan olar edi. Dollarni rezerv valyuta sifatida ustun qo‘yish boshqa davlatlar uchun adolatsiz sharoit yaratdi; valyuta kurslarini paritet asosida mustahkamlash global iqtisodiy o‘zgarishlarga tez moslashishni chekladi; 1971 yilda dollar inqirozi tizimning barqarorligini yo‘qotdi; tizim boshqa davlatlar mustaqilligini cheklagan.1971 yilda dollar inqirozi sababli AQSh oltin almashinuvini to‘xtatdi, valyuta kurslari o‘zgaruvchan bo‘ldi va 1970-yillarda BrettonVud tizimi tugadi. 1976 yilda Yamayka konferensiyasida va 1978 yilda ratifikatsiya qilingan Yamayka valuta tizimi (1976–hozirgi davr) qabul qilindi. Asosiy tamoyillari: • Oltin standarti rasmiy ravishda bekor qilindi; • Valyutalar erkin savdo asosida shakllangan; • Rezerv valyutalar: AQSh dollari, nemis marka, ingliz funti, shveytsar franki, yapon iyenasi, fransuz franki; • Davlatlar valyuta kursi rejimini mustaqil belgilash huquqiga ega. Yamayka valuta tizimi ham ideal emas, erkin valyuta kurslari tizimi valyutalarning yuqori o‘zgaruvchanligini keltirib chiqaradi; valyuta kurslaridagi tebranishlar iqtisodiy barqarorlikka xavf tug‘diradi; kichik va rivojlanayotgan davlatlar global bozor ta’siriga juda sezgir; rezerv valyutalar ko‘p bo‘lishi va diversifikatsiya qilish zarurati murakkab moliyaviy boshqaruvni talab qiladi. Zamonaviy dunyo iqtisodiyoti erkin valyuta kurslariga asoslangan va davlatlar global bozor talablariga moslashmoqda. XULOSA Xalqaro valyuta tizimi iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim institutsional mexanizm hisoblanadi va uning evolyutsiyasi jahon iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, har bir valyuta tizimi o‘z davrining iqtisodiy, siyosiy va texnologik sharoitlariga moslashgan bo‘lib, afzalliklari bilan bir qatorda muayyan kamchiliklarga ham ega bo‘lgan. Parij va Genueza valyuta tizimlari oltin standartiga asoslanganligi sababli xalqaro savdo va moliyaviy operatsiyalarda barqarorlikni ta’minlagan, biroq iqtisodiy moslashuvchanlikni cheklagan. Bretton-Vud tizimi esa dollarni asosiy rezerv valyuta sifatida qabul qilgan holda global iqtisodiyotda markaziy o‘rin egallagan, ammo bu tizim boshqa davlatlar iqtisodiy mustaqilligini cheklash kabi kamchiliklarga ega bo‘lgan. Zamonaviy Yamayka valyuta tizimi esa erkin valyuta kurslariga asoslangan bo‘lib, davlatlarga valyuta rejimini mustaqil belgilash imkonini beradi, biroq bu tizim yuqori o‘zgaruvchanlik va global bozor shoklariga sezgirlik kabi yangi muammolarni yuzaga keltiradi. Shu nuqtai nazardan, xalqaro valyuta tizimining samarali ishlashi global iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va mamlakatlarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash uchun muhim shart hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Explore the Cambridge Dictionary // https://dictionary.cambridge.org/us/dictionary/english/monetary-system 2. The Latin Monetary Union Experience (1865‒1926): French Views on Monetary Union and Lending of Last Resort in Retrospect // https://www.degruyterbrill.com/document/doi/10.1515/jbwg-2022-0015/html
13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 3. The Genova Conference of 1922: A Reassessment after 100 Years // https://www.iei1946.it/article/905/the-genova-conference-of-1922-a-reassessmentafter-100-years 4. The Bretton Woods International Monetary System: An Historical Overview // https://www.nber.org/papers/w4033 5. The "Jamaica Agreement," International Monetary Reform, and the Developing Countries // https://www.gsb.stanford.edu/faculty-research/workingpapers/jamaica-agreement-international-monetary-reform-developing-countries