UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi umumta’lim maktablarida innovatsion faoliyatni boholash, bugungi kundagi mavjud holat hamda uning tahlili haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 259 UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH Safarova Kamola Shuxrat qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti ta’lim xizmatlari markazi bosh mutaxassisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564273 Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi umumta’lim maktablarida innovatsion faoliyatni boholash, bugungi kundagi mavjud holat hamda uning tahlili haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: layoqat, yangi g‘oya, moddiylashtirish, ilm-fan, ilmiy, innovatsion, tijoratchilik, ta’lim muassasasi. Bozor shart-sharoitlarida o‘z hayotiy layoqatini barqaror saqlashga intiladigan har qanday ta’lim muassasasi pirovard natijada ilm-fan sohasida yoki kadrlar tayyorlash tizimida biron bir yangilikni yaratishga, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga, ya’ni g‘oyalarning moddiylashtirilishiga hamda bozorlarda salohiyat xaridorlarga sotilishiga erishishi lozim. Ta’lim muassasalarining faoliyatini tijoratchilik asosida yo‘lga qo‘yilishi ularni funksional vazifalaridan birmuncha chalg‘itishi mumkin albatta, ammo ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanish oxir oqibatda o‘quv yurtlariga moddiy jihatdan o‘z-o‘zini ta’minlash imkoniyatini yaratib beradi. Respublikamiz miqyosida amal qiluvchi innovatsion muhitning yaratilishi barobarida ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyatini faollashtirish ob’ektiv ehtiyojga aylangan. Innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham muayyan sikllardan iboratdir. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralsa, innovatsion sikl vaqt o‘lchamlarida izchil davom etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil bo‘lgan turli xil bosqichlarda funktsional jihatdan alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan faoliyat majmuasidir. Aynan ta’lim sohasida innovatsion faoliyatni amalga oshirishda innovatsion ta’limning quyidagi rivojlanish printsiplari asosida ish olib borilishi lozim. - ta’lim va amaliyotning o‘zaro uzviy bog‘liqligini ta’minlash, kadrlarni amaliyotda ishlashga tayyorlash; - ilm-fan yutuqlarini ta’limga keng joriy qilib borish; - ta’limning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, hayot mobaynida uzluksiz ta’lim; - bitiruvchilarning korporativ hamkorligini ta’minlash, ta’lim muassasalari an’analarini shakllantirish va rivojlantirib borish; - ta’lim va tarbiyani qo‘shib olib borish, yuksak ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash; - yuksak ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan intelligentsiyani tarbiyalash. innovatsiyalarni ta’lim jarayonlariga tatbiq etishning istiqbollari: - ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, axborotkommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, masofaviy ta’limni joriy etish; - ta’lim muassasalarining mintaqaviy va xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning rivojlanib borishi;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 260 - ta’lim muassasalarini moliyalashtirish manbalarining ko‘payib borishi, budjetdan tashqari moliyalashtirish; - ta’lim sifatini boshqarishga xalqaro standartlar talablarini joriy etishni tashkil etadi. Innovatsiyalarni ta’lim jarayonlariga joriy etilishi natijasida ta’lim sifatiga ta’sir etishi hammaga ma’lum. Innovatsion guruhlarni tashkil etgan ta’lim muassasalari raqobatbardoshlikka ega. Bu esa o‘z navbatida turli xil dasturlarni tashkil etishda va integratsiya qilinishida xizmat qiladi. Innovatsion guruhlarni tashkil etgan muassasalar – bu lider, ya’ni bu ta’lim muassasalarining faol ishtirokini bildirib, chet ellik hamkorlar bilan mustahkam tashqi munosabatlarni bildiradi. Bu muassasalar qulay bo‘lib, ya’ni xavfsizlikni ta’minlaydi va to‘liq infratuzilma bilan (meditsina, sport, mediateka, psixolog – pedagogik kuzatuv, informatsion markaz va boshqalar) ajralib turadi. Bunda muassasalar innovatsion faoliyatni ham samarali yuritadi, ya’ni yangi tashkillashtirilgan texnologiyalarni, yangi dasturlarni va uslublarni ishlab chiqadi. Biz bularni quyidagicha guruhlarga bo‘lishimiz mumkin: Birinchi guruh: 1. Ta’lim maqsadi va mazmuniga oid innovatsiyalar; 2. Pedagogik jarayonda foydalaniluvchi metodlar, vositalar, usullar, texnologiyalarni o‘zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar; 3. Ta’lim va tarbiya shakllari va usullarini o‘zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar; 4. Ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagoglar va ta’lim oluvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarishni o‘zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar; Ikkinchi guruh: 1. Yakka, muayyan ta’lim muassasasiga oid, o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan innovatsiyalar; 2. Kompleks holdagi, o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan innovatsiyalar; 3. Tizimli, ta’lim tizimini to‘liq qamrab olgan va barcha ta’lim muassasalariga tatbiq qilish mumkin bo‘lgan innovatsiyalar. Uchinchi guruh: 1. Mavjud tizim (o‘quv rejalari, DTS, fan dasturlari) ni qisman o‘zgartirish, rivojlantirish, takomillashtirishga qaratilgan innovatsiyalar; 2. Nisbatan chuqurroq o‘zgarishlarga qaratilgan innovatsiyalar; 3. Tub islohotlarga qaratilgan innovatsiyalar. To‘rtinchi guruh: 1. Muayyan hududni zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan innovatsiyalar; 2. Ijtimoiy buyurtmani qondirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan innovatsiyalar; 3. Inson haqidagi fanlarning yutuqlarini o‘rganishga qaratilgan innovatsiyalar; 4. Ilg‘or pedagogik tajribalarni tatbiq etishga qaratilgan innovatsiyalar; 5. Ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagoglarning malakasini oshirib borish, ishga ijodiy yondoshuv, mas’uliyat va fidoyilikni tarbiyalashga qaratilgan innovatsiyalar; 6. Tajriba-sinov ishlari, yangiliklarni sinash uchun ma’lum bir ta’lim muassasalarida qo‘llab ko‘rib, ijobiy tajribalarni, yutuqlarni ommalashtirishga qaratilgan innovatsiyalar; 7. Ilg‘or xorijiy tajribalar, jahondagi nufuzli ta’lim muassasalarining yutuqlarini joriy etishga qaratilgan etishga qaratilgan innovatsiyalar va boshqalar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 261 Maktablarda innovatsion faoliyatni samaradorlik nuqtai nazaridan baholash bir nechta mezonlar asosida amalga oshiriladi. Bular qatoriga tashkiliy-me’yoriy, pedagogik, raqamli salohiyat, natijaviy va motivatsion mezonlar kiradi. Tashkiliy-me’yoriy mezonlar doirasida maktabning ichki hujjatlari, innovatsion rejalari, monitoring tizimi va rahbarlik faoliyati o‘rganiladi. Innovatsion ta’limni rivojlantirishda yuqorida ajratib ko‘rsatilgan innovatsion faoliyatni amalga oshirish guruhlari eng maqbul variantlarni tanlashi, innovatsiyalarni unumli boshqarishi uchun zarur oid masalalarni hal etishi lozim. Innovatsion ta’limni rivojlantirishda, ta’lim tizimida innovatsiyalar xususida maqbul qarorlar qabul qilish, elektron axborot tizimini yaratish va undan unumli foydalanish masalalarini muvaffaqiyatli hal etish maqsadga muvofiq. Pedagogik mezon o‘qituvchilarning ilg‘or metodlardan foydalanish darajasi, ijodkorlik va innovatsion yondashuvlarini qamrab oladi. Raqamli salohiyat mezonida AKTdan foydalanish ko‘nikmalari, onlayn platformalar bilan ishlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Natijaviy mezon o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, loyiha faoliyatidagi yutuqlari, innovatsion g‘oyalarga qiziqishi orqali belgilanadi. Motivatsion mezon esa o‘qituvchilar va o‘quvchilarning innovatsion faoliyatga bo‘lgan munosabati, rag‘batlantirish tizimining mavjudligi bilan ifodalanadi. Shuni e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerakki, mamlakatimizda so‘nggi yillar yil ichida ta’lim tizimida juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Va buning natijasida bir nechta xalqaro reytinglarga kirishga muvaffaq bo‘ldik. Hozirgi kunda esa bu reytinglar bo‘yicha kuchli 10 talikka kirish uchun ta’lim tizimimizda katta islohotlar, o‘zgarishlar olib borilayapti. Ta’lim tizimi boshqaruvidagi innovatsion faoliyatning rivojlanishi, o‘sishi ham so‘nggi yillar ichida amalga oshirildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-avgustdagi “Umumta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori. 2. G‘ulomov, A. A. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU, 2022. 3. Hasanov, B. B. Maktab boshqaruvi va innovatsion menejment. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 4. Tursunov, M. Ta’limda innovatsiyalar va ularni boshqarish mexanizmlari. – Toshkent, 2023. 5. OECD. Measuring Innovation in Education: A New Perspective. – Paris, 2022. 6. UNESCO. Innovation in Education: Global Report. – Paris, 2023. 7. Qodirova N. “Umumta’lim maktablarida innovatsion boshqaruv jarayonlari va ularning samaradorligi.” – Ta’lim menejmenti jurnali, №2, 2024. 8. Internet manbalari: https://www.lex.uz, https://uzedu.uz.