TA'LIM-TARBIYANING OPTIMAL MODELLARI: XALQARO VA TARIXIY TAJRIBALARI, MUAMMOLAR, YECHIMLAR
Abstract
Mazkur maqolada yosh avlodni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishda ta’lim-tarbiyaning optimal modellarining tutgan o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari, maqolada xorijiy ta’lim-tarbiya modellari tahlil qilinib, milliy tarbiya modellari bilan qiyosiy tahlil amalga oshirilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 262 TA’LIM-TARBIYANING OPTIMAL MODELLARI: XALQARO VA TARIXIY TAJRIBALARI, MUAMMOLAR, YECHIMLAR Rashidova Gulbaxor Gadayevna Samarqand viloyati Ishtixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564277 Annotatsiya. Mazkur maqolada yosh avlodni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishda ta’lim-tarbiyaning optimal modellarining tutgan o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari, maqolada xorijiy ta’lim-tarbiya modellari tahlil qilinib, milliy tarbiya modellari bilan qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya, tarixiy, tajriba, barkamol avlod, ma’naviyat, o‘qituvchi, mustaqil. Ta’lim va tarbiya insoniyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Har qandayjamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalo, ta’lim tizimining samaradorligiga bog‘liq.Bugungi globallashuv davrida ta’lim tizimini takomillashtirish, xalqaro tajribalardan samarali foydalanish va milliy qadriyatlar asosida optimal model yaratish masalasi dolzarbdir. Shu bois, ushbu maqolada ta’lim-tarbiya tizimining xalqaro va tarixiy tajribalari, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimi inson kapitalini rivojlantirishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Jahon tajribasida ta’limning turli modellari shakllangan bo‘lib, ular mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga mos tarzda rivojlanmoqda. Masalan, Finlyandiya ta’lim tizimi o‘quvchini erkin fikrlashga, ijodkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan. Unda o‘qituvchi mustaqil qaror qabul qiluvchi shaxs sifatida ko‘riladi. Yaponiya ta’limida esaintizom, hurmat va jamoaviylik tamoyillari ustuvor o‘rin tutadi. AQShda esa ta’limningmoslashuvchanligi, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimi rivojlangan. Tarixiyjihatdan qaraganda, Sharq mutafakkirlari ham ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berganlar. Abu Nasr al-Farobiy “Fozil shahar shahri” asarida ilm va axloqni uyg‘un rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan. Abu Rayhon Beruniy esa ilm olishda tajriba va kuzatuvning ahamiyatini uqtirgan. Alisher Navoiy asarlarida esa tarbiya, odob va ma’naviyat birligi ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida talqin etiladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirildi. Bugungi kunda esa “Raqamli ta’lim”, “STEAM texnologiyalari”, “Hayot davomida ta’lim” kabi konsepsiyalar orqali o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish yo‘lida jadal ishlar olib borilmoqda. Raqamli ta’lim texnologiyalari — bu ta’lim jarayonida raqamli vositalar va axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanish orqali o‘quvchilarga bilim berish, o‘qitishni samarali tashkil etish va nazorat qilish usullaridir. Bu texnologiyalar o‘qitish, o‘rganish va bilimlarni baholash jarayonlarini interaktiv, moslashuvchan, masofaviy, va shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etishga imkon beradi. Raqamli ta'lim texnologiyalarining asosiy maqsadlari 1. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini o‘rganishiga yordam berish 2. Ta’lim jarayonining sifatini va samaradorligini oshirish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 263 3. Interaktiv va innovatsion uslublar orqali o‘quvchini qiziqtirish 4. Moslashuvchan (onlayn/offlayn) o‘qitish imkonini yaratish 5. Bilim olishda teng imkoniyatlarni ta’minlash STEAM bu – fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani integratsiyalab o‘qitish yondashuvi. Bu yondashuv o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, muammolarni hal qilish ko‘nikmasi, hamkorlikda ishlash va amaliy bilimlarni rivojlantirishga yordam beradi. STEAM texnologiyasining asosiy maqsadi STEAM yondashuvining maqsadi – o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, jumladan: - tanqidiy fikrlash; - muammolarni hal qilish; - jamoaviy ishlash; - raqamli savodxonlik; - innovatsion fikrlash. Shuningdek, xalqaro hamkorlik, xorijiy tajriba almashinuvi va innovatsion yondashuvlar orqali o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimi takomillashtirilmoqda. Ammo bugungi kunda ham ta’lim sifatida ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Bular orasida metodik bazaning yetarli emasligi, o‘quv dasturlarining zamonaviy mehnat bozori talablariga to‘liq mos kelmasligi, o‘qituvchilarning kasbiy rivoji uchun imkoniyatlarning chegaralanganligi kabi masalalar mavjud. Ularni bartaraf etish uchun xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim jarayonini raqamlashtirish zarur. Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya tizimining optimal modelini yaratish milliy va xalqaro tajribalarning uyg‘unligiga asoslanmog‘i zarur. O‘tmish allomalari merosini zamonaviy islohotlar bilan birlashtirish, raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish — kelajak avlodni yetuk shaxslar sifatida tarbiyalashning asosiy garovidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qarori. 2. Abu Nasr Farobiy. “Fozil shahar shahri”. Toshkent: Fan, 1987. 3. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”. Toshkent, 1975. 4. Alisher Navoiy. “Mahbub ul-qulub”. Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1983. 5. UNESCO. Global Education Monitoring Report, 2023.