BIRINCHI SINF O'QUVCHILARINI O'QITISHNING XORIJIY VA TARIXIY TAJRIBALARI HAMDA HOZIRGI KUNDAGI OPTIMAL MODELLARI
Abstract
Birinchi sinf — bolaning maktab hayotiga kirib kelishi, yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi va asosiy ta’lim ko‘nikmalarini egallash davridir. Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qitish tizimi har bir mamlakatda o‘zining madaniy, siyosiy va pedagogik qarashlariga tayanib shakllangan. Bugungi kunda esa ta’lim jarayoni xalqaro tajribalar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilmoqda. Mazkur maqolada birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qitishning tarixiy ildizlari, xorijiy tajribalari va hozirgi davrdagi optimal modellari tahlil qilinadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 270 BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARINI O‘QITISHNING XORIJIY VA TARIXIY TAJRIBALARI HAMDA HOZIRGI KUNDAGI OPTIMAL MODELLARI Jumanova Ozoda Eshpo‘lat qizi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17564293 Annotatsiya. Birinchi sinf — bolaning maktab hayotiga kirib kelishi, yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi va asosiy ta’lim ko‘nikmalarini egallash davridir. Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qitish tizimi har bir mamlakatda o‘zining madaniy, siyosiy va pedagogik qarashlariga tayanib shakllangan. Bugungi kunda esa ta’lim jarayoni xalqaro tajribalar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilmoqda. Mazkur maqolada birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qitishning tarixiy ildizlari, xorijiy tajribalari va hozirgi davrdagi optimal modellari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Yo‘nalish, tarixiy tajriba, xorijiy tajriba, zamonaviy model, islohotlar. Qadimgi davr va o‘rta asrlarda boshlang‘ich ta’lim qadimgi sharq mamlakatlarida (Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston) ta’lim asosan diniy va amaliy xarakterda bo‘lgan. Bolalar yozuv, hisob va axloqiy me’yorlarni o‘rganishdan boshlaganlar. O‘qitish usuli ko‘proq yod olish, takrorlash va ustozga bo‘ysunish asosida qurilgan. O‘rta asr madrasalarida esa ta’lim Qur’on o‘qish, arab tili va hadis ilmlariga asoslangan bo‘lib, bolalar yoshligidan sabr, itoat, hurmat kabi qadriyatlar ruhida tarbiyalangan. Ushbu tajriba bolani nafaqat bilimli, balki axloqan yetuk inson qilib tarbiyalashni maqsad qilgan. Jadidchilik davri islohotlari. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida o‘zbek ma’rifatchilari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar — “usuli jadid” maktablarini tashkil etish orqali ta’limda yangi bosqichni boshlab berdilar. Bu davrda o‘qish-yozish tovush metodida, ya’ni harfni emas, tovushni o‘rgatish orqali o‘qitilgan, darslar qisqa, tushunarli, bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot va faollik asosiy tamoyilga aylangan. Boshlang‘ich ta’limni milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishga e’tibor qaratilgan. Jadidlarning bu tajribasi bugungi kunda ham innovatsion ta’lim tamoyillariga yaqin bo‘lib, bolani faol sub’ekt sifatida ko‘rishga asos bo‘ladi. Sovet davrida boshlang‘ich ta’lim. Sovet davrida (1920–1991 yillar) ta’lim yagona davlat tizimiga bo‘ysungan. Birinchi sinf o‘quvchilari uchun standart darsliklar, dasturlar va metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Bu davrda asosiy maqsad — savodsizlikni tugatish va bolalarga sotsialistik dunyoqarashni singdirish edi. O‘qitishda ko‘proq kollektivlik, intizom, mehnatsevarlik ruhida tarbiya berilgan. Ammo shu bilan birga, Vygotskiy, Leontyev, Sukhomlinskiy kabi olimlar tomonidan bolalar psixologiyasi va ta’lim jarayonidagi motivatsiya masalalari ilmiy asosda o‘rganila boshlandi. Xorijiy tajribalar: ilg‘or mamlakatlar tajribasidan o‘rnaklarFinlyandiya tajribasi. Finlyandiya ta’lim tizimi dunyodagi eng muvaffaqiyatli modellar sirasiga kiradi. Bu mamlakatda bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinadi. O‘qitish jarayoni stresssiz, o‘yin asosida va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 271 bolalarning psixologik holatini inobatga olgan holda olib boriladi. Baholash tizimi bosqichmabosqich va rag‘batlantiruvchi shaklda. O‘qituvchilar eng malakali mutaxassislar bo‘lib, mustaqil metodik yondashuvga ega. Natijada bolalarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. Yaponiya tajribasi. Yaponiyada birinchi sinfda ta’lim bolani avvalo jamoaga moslashish, intizom va tartibga rioya qilishga o‘rgatishdan boshlanadi.O‘qituvchilar bolal arning har bir harakatini kuzatadi, ammo ularni tanqid qilmaydi — xatolardan o‘rganish tamoyiliga amal qilinadi. Darslar qisqa, interfaol, o‘yin va tajriba asosida tashkil etiladi. Amerika maktablarida birinchi sinfda o‘qitish “individual yondashuv” tamoyiliga asoslanadi. Har bir bolaning qobiliyati, qiziqishi va rivojlanish sur’ati inobatga olinadi. O‘qituvchilar diagnostik testlar, o‘yinli topshiriqlar va integratsiyalashgan darslar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi. Koreya va Singapur mamlakatlarida boshlang‘ich ta’limda texnologiyalar keng qo‘llanadi: interaktiv doskalar, raqamli darsliklar, onlayn platformalar. Bola erta yoshdan texnik savodxonlik, muloqot va axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi. O‘zbekistonda Mustaqillik davrida boshlang‘ich ta’lim islohotlari 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limni tubdan yangiladi. Bu islohotlar natijasida ta’lim tizimi shaxsga yo‘naltirilgan modelga o‘tdi. Darslarda o‘yin texnologiyalari, interfaol metodlar, ko‘rgazmali vositalar keng qo‘llanmoqda. Darsliklar va dasturlar milliy qadriyatlar, ona tili va madaniyat asosida qayta ishlab chiqildi. Hozirgi kundagi optimal model: integrativ va rivojlantiruvchi ta’lim hisoblanadi. Bugungi kunda birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qitishda quyidagi tamoyillar optimal model sifatida tan olinmoqda: 1. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvHar bir bola o‘z qobiliyatiga ko‘ra o‘qitiladi. O‘qituvchi “hamkor”, “yo‘l ko‘rsatuvchi” sifatida faoliyat yuritadi. 2. STEAM-ta’lim elementlariFan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika yo‘nalishlarini birlashtiruvchi darslar bolalarda ijodiy fikrlashni kuchaytiradi. 3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)- Multimedia, interaktiv doskalar, elektron darsliklar va onlayn testlar o‘quvchilarda bilimni mustahkamlashni yengillashtiradi. 4. O‘yin asosida o‘qitish. Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin — bu tabiiy o‘qish vositasi. O‘yin orqali bola e’tibor, diqqat, xotira va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. 5. Inkluziv ta’limhar bir bolaning individual ehtiyojini inobatga olib, imkoniyati cheklangan bolalarni ham umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shish — zamonaviy modelning muhim jihati. 4. Taqqoslama tahlil: tarixiy va xorijiy tajribalarning o‘zaro uyg‘unligi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qitish jarayonida bir qator pedagogik, psixologik, tashkiliy va metodik muammolar mavjud. 1. Psixologik moslashuv muammosi. Maktab muhitiga moslashishdagi qiyinchiliklar Ko‘plab bolalar bog‘chadan maktabga o‘tganda yangi tartib, dars jadvali va o‘qituvchi talablariga moslashishda qiynaladilar. Sababi — o‘yin muhitidan o‘quv mehnatiga o‘tish keskin bo‘ladi. Bu esa stress, charchoq, diqqatni jamlay olmaslik, darsga qiziqmaslik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Ota-onalar tomonidan bosim qilinishi. Ba’zi ota-onalar boladan ortiqcha natija kutib, uy sharoitida haddan tashqari mashq qildiradilar. Bu esa bolaning maktabga bo‘lgan ijobiy munosabatini yo‘qotadi, ruhiy zo‘riqishni kuchaytiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 272 2. O‘qituvchilarning tayyorgarlik va metodik malaka muammolari. Ko‘plab o‘qituvchilar hanuz an’anaviy dars o‘tkazish uslublariga tayanadilar. O‘yin, ijodiy topshiriq, AKT vositalari kabi metodlar yetarlicha qo‘llanilmaydi. Natijada darslar zerikarli bo‘lib, bolalarda faollik va mustaqil fikrlash sust rivojlanadi. O‘qituvchi yuklamasining ortiqligi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bir vaqtning o‘zida barcha fanlardan dars beradi, hujjatlar yuritadi, onlayn platformalarda hisobot topshiradi. Bu ortiqcha yuklama pedagogning kreativ ishlashiga to‘sqinlik qiladi. 3. Darslik va o‘quv dasturlaridagi muammolar. Ayrim yangi avlod darsliklarida birinchi sinf o‘quvchilari uchun matnlar murakkab, mashqlar ko‘p, axborot hajmi katta. Bu bola yoshiga mos emas va ularni tez charchatadi. 3.2. Fanlararo integratsiyaning yetishmasligi Boshlang‘ich ta’limda fanlararo bog‘liqlik hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. Masalan, o‘qish darslaridagi matnlar matematika yoki atrofimizdagi olam bilan uyg‘unlashmagan. Bu esa bilimlarni umumlashtirishga to‘sqinlik qiladi. Ko‘rgazmali materiallar, interaktiv doskalar, o‘quv o‘yinlari, elektron resurslar yetarli emas. Natijada darslarda ko‘rsatma asosida o‘qitish imkoniyati cheklanadi. Ba’zi ota-onalar bolaning rivojlanish bosqichlarini to‘liq tushunmaydi. Ular bilim olishni faqat “yod olish” deb bilishadi. Bu esa o‘qituvchi va ota-ona o‘rtasida fikr farqini keltirib chiqaradi. Uy sharoitida darsga e’tibor yetarli emas. Ko‘plab bolalarda uyda o‘qish uchun qulay muhit (alohida joy, vaqt, e’tibor) mavjud emas. Shu bois, o‘quv faoliyatini mustahkamlash qiyinlashadi. Natijada, ba’zi bolalarda bilim bo‘shliqlari yuzaga kelgan. Hozirgi bolalarda tez-tez kuzatilayotgan muammolar nutqning sust rivojlanishi, diqqatni uzoq vaqt jamlay olmaslik, harakat faolligining ortiqligi, mobil telefon va gadjetlarga haddan tashqari bog‘liqlik kabi omillar dars jarayonida o‘qituvchidan ko‘proq sabr, yangi metodlar va individual yondashuvni talab qiladi. Yechimlar va takliflar: psixologik moslashuv dasturlarini joriy etish, maktabning birinchi oylarida moslashuv haftaliklari, o‘yin va kommunikativ mashg‘ulotlar o‘tkazish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, STEAM yondashuvi, differensial ta’lim bo‘yicha treninglar tashkil etish, Darsliklarni takomillashtirish, bolaning yosh xususiyatlariga mos, rangli, ko‘rgazmali, o‘yinli elementlar ko‘p bo‘lgan darsliklar yaratish, maktab-infratuzilmani yaxshilash, boshlang‘ich sinflar uchun alohida sinfxonalar, o‘quv laboratoriyalari va dam olish zonalari tashkil etish, ota-onalar bilan muntazam hamkorlik. Xulosa Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qitish jarayoni tarixan katta yo‘lni bosib o‘tgan. Bugungi kunda esa o‘qitish jarayoni shaxsiy rivojlanish, kreativlik, raqamli savodxonlik va psixologik moslashuvni asosiy mezon sifatida olmoqda. Finlyandiya, Yaponiya va AQSh tajribalari, shuningdek, milliy pedagogik an’analar uyg‘unlashgan holda O‘zbekiston ta’limida optimal, zamonaviy modelni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Kelajakdagi maqsad — har bir birinchi sinf o‘quvchisi uchun qulay, qiziqarli va rivojlantiruvchi ta’lim muhiti yaratishdir. Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qitishdagi muammolar murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ularni hal etish uchun ta’lim tizimi, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamiyat birgalikda harakat qilishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Avliyoqulov N.X., Musayeva N.S. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 273 2. To‘raqulova N., Yo‘ldosheva N. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2018. 3. G‘ofurova D. Birinchi sinf o‘quvchilarining psixologik moslashuvi. – Toshkent: TDPU ilmiy to‘plami, 2021. 4. Jalilova D.A. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlardan foydalanish. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020. 5. Abdullaeva M. Birinchi sinf o‘quvchilari bilan ishlashda o‘yin metodlarining ahamiyati. // “Ta’lim va innovatsiyalar” jurnali, №2, 2022.