scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR HISOBINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Safarov Alisher Ibrohim o'g'li

Abstract

Bugungi kunda O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha tizimli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu tezisda Tovar moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standandartlarga moslashtirish chora tadbirlari va bu jarayondagi mavjud muammolar o‘rganilib ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy amaliy tavsiya va xulosalar berilgan.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR HISOBINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH Muallif: Safarov Alisher Ibrohim o‘g‘li 1 Affiliyatsiya: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17564348 ANNOTATSIYA Bugungi kunda O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha tizimli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu tezisda Tovar moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standandartlarga moslashtirish chora tadbirlari va bu jarayondagi mavjud muammolar o‘rganilib ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy amaliy tavsiya va xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: Tovar moddiy zaxiralar (TMZ), moliyaviy hisobotning xalaqaro standarti MHXS (IAS), baholash, FIFO, LIFO, likvidlik, inventarizatsiya. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatining samaradorligi, birinchi navbatda, ularning moliyaviy hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligi bilan belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan tovar-moddiy zahiralar (TMZ) hisobi korxonaning eng muhim buxgalteriya yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. TMZ ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining ajralmas qismi bo‘lib, ular korxonaning aylanma aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha tizimli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 1 gi PQ-4611-son va 2025 yil 15 sentyabrdagi «Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-282 son 2 qarorlarida o‘z aksini topgan. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlaridan (MHXS) biri bo‘lgan IAS 2 – Inventories standarti TMZ hisobini yuritishning yagona talablari va baholash usullarini belgilab beradi. Shu bois, mazkur yo‘nalishda milliy amaliyotni xalqaro tajribaga yaqinlashtirish dolzarb masalalardan biridir. Tovar-moddiy zahiralar – bu ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan aktivlardir. Ularga xomashyo, materiallar, tayyor mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, tovarlar va ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan boshqa resurslar kiradi. TMZ korxonaning ishlab chiqarish hajmini, likvidligini va moliyaviy barqarorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. IAS 2 – Inventories standarti TMZni quyidagicha belgilaydi: 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4611-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020 y., 07/20/4611/0209-son, 23.08.2021 y., 06/21/6280/0811-son. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 sentyabrdagi “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-282 son qarori. “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish “Tovar-moddiy zahiralar – bu odatiy xo‘jalik faoliyati davomida sotish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarish jarayonida sotish uchun tayyorlanayotgan yoki ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan aktivlardir.” 3 Mazkur standart TMZni baholashda asosiy tamoyil sifatida “eng past qiymat” tamoyilini belgilaydi. Ya’ni TMZ tannarxi va realizatsiya qilinadigan sof qiymati orasida eng past qiymatda hisobda aks ettiriladi. Bu tamoyil foydaning sun’iy oshishining oldini oladi va korxonaning moliyaviy holatini aniqroq aks ettiradi. IAS 2 standarti TMZni baholashda quyidagi usullarga ruxsat beradi: FIFO – birinchi kirgan birinchi chiqadi usuli; O‘rtacha og‘irlangan qiymat usuli. LIFO usuli esa xalqaro amaliyotda tan olinmaydi, chunki u aktivlarning real qiymatini buzadi. O‘zbekiston amaliyotida ham LIFO usulidan foydalanish tavsiya etilmaydi. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHXS) asosida TMZ hisobini tashkil etish an’anaviy tarzda amalga oshirilmoqda. Ammo so‘nggi yillarda MHXSga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida TMZ hisobini xalqaro talablarga moslashtirish zarurati kuchaymoqda. Ayni paytda ayrim korxonalarda: ✓ TMZni qayd etish va hujjatlashtirishda yagona metodik yondashuv yo‘qligi; ✓ Baholashda subyektiv qarorlarning ustuvorligi; ✓ Inventarizatsiya jarayonining zamonaviy texnologiyalar asosida yetarli darajada tashkil etilmagani; ✓ Axborot tizimlarida TMZ harakati bo‘yicha avtomatlashtirilgan nazorat mexanizmlarining sustligi kabi muammolar mavjud. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, TMZ hisobi tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: 1. MHXS (IAS 2) tamoyillarini milliy normativ hujjatlarga to‘liq integratsiya qilish; 2. Tannarxni aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish (masalan, ActivityBased Costing); 3. Inventarizatsiya jarayonini raqamlashtirish – RFID, QR-kod yoki ERP tizimlari orqali avtomatlashtirish; 4. Buxgalter va auditorlar uchun xalqaro standartlar bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini kengaytirish; 5. Moliyaviy hisobotlarda TMZ bilan bog‘liq ma’lumotlarning shaffofligini oshirish – foydalanuvchilarga ishonchli va taqqoslanadigan axborot taqdim etish. Rivojlangan davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, TMZ hisobi to‘liq raqamlashtirilgan, baholash usullari esa korxona faoliyatining xususiyatiga mos tanlanadi. Misol uchun, yirik sanoat korxonalarida FIFO usuli ko‘p qo‘llaniladi, chunki u real narx o‘zgarishlarini aks ettiradi. Shu bilan birga, IFRS 15 (“Revenue from Contracts with Customers”) bilan uzviy bog‘liq holda TMZni realizatsiya daromadlari bilan uyg‘unlashtirishga e’tibor qaratiladi. Tovar-moddiy zahiralar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish korxonalarning moliyaviy hisobotini xalqaro miqyosda tan olinishiga, investitsion jozibadorlikning ortishiga va korxona faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatilishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu yo‘nalishda milliy hisob standartlarini xalqaro 3 2-son BHXS « Zaxiralar» O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022 yil 10 noyabrdagi 61-son buyrug‘iga ilova. https://lex.uz/docs/6312360 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish talablarga uyg‘unlashtirish, TMZ harakatini raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish va buxgalter kadrlarning malakasini oshirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4611-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020 y., 07/20/4611/0209-son, 23.08.2021 y., 06/21/6280/0811-son. 2. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 sentyabrdagi “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-282 son qarori. 3. 1 2-son BHXS « Zaxiralar» O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022 yil 10 noyabrdagi 61-son buyrug‘iga ilova. https://lex.uz/docs/6312360 4. O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020yil 24-fevral. 5. Xasanov A. va boshqalar. Moliyaviy hisobot va xalqaro standartlar asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. 6. Rahmonov B. Tovar-moddiy zahiralar hisobi va tahlili. – Toshkent, 2021.