MOLIYAVIY HISOBNING RAQAMLI IQTISODIYOTDAGI KONSEPTUAL MUAMMOLARI
Abstract
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda buxgalteriya hisobi tizimi ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Amaldagi milliy standartlar va qonunchilik axborot texnologiyalari rivojiga to‘liq mos kelmaydi. Blokcheyn va sun’iy intellekt kabi texnologiyalar hisob tizimida tub o‘zgarishlar qilish imkonini bermoqda. Tadqiqotning maqsadi — raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy hisob tizimini rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashdir. Ishda raqamli texnologiyalarning hisob tizimiga ta’siri, asosiy o‘zgaruvchan elementlar hamda tartibga solishdagi muammolar tahlil qilinadi.
Full text
10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish MOLIYAVIY HISOBNING RAQAMLI IQTISODIYOTDAGI KONSEPTUAL MUAMMOLARI Muallif: Teshabayev Dilmurod Boxodir o’g’li 1 Affiliyatsiya: Farg’ona davlat texnika universiteti tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17564428 ANNOTATSIYA Zamonaviy iqtisodiy sharoitda buxgalteriya hisobi tizimi ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Amaldagi milliy standartlar va qonunchilik axborot texnologiyalari rivojiga to‘liq mos kelmaydi. Blokcheyn va sun’iy intellekt kabi texnologiyalar hisob tizimida tub o‘zgarishlar qilish imkonini bermoqda. Tadqiqotning maqsadi — raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy hisob tizimini rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashdir. Ishda raqamli texnologiyalarning hisob tizimiga ta’siri, asosiy o‘zgaruvchan elementlar hamda tartibga solishdagi muammolar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Moliyaviy hisob, Raqamli iqtisodiyot, Buxgalteriya tizimi, Raqamlashtirish (raqamli transformatsiya), Sun’iy intellekt, Blokcheyn texnologiyasi, Moliyaviy hisobot (MHXS / IFRS), Metodologik yondashuv, Huquqiy tartibga solish, Axborot xavfsizligi. KIRISH Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar taraqqiyoti nafaqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini, balki moliyaviy hisob tizimini ham tubdan o‘zgartirmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, elektron hukumat, elektron hisob-kitob va soliq tizimlarini joriy etish orqali buxgalteriya hisobi va hisobot yuritish jarayonlarini transformatsiya qilish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Raqamli texnologiyalar tufayli buxgalteriya jarayonlarida inson omiliga asoslangan, qo‘lda bajariladigan usullar sekin-asta avtomatlashtirilgan tizimlar bilan almashtirilmoqda. Shu bilan birga, axborotdan foydalanish, uning tezkorligi, dolzarbligi va ishonchliligi bugungi kundagi asosiy talablar sirasiga kiradi. O‘zbekiston buxgalteriya tizimi ham bu ehtiyojlarga moslashishi, ayniqsa, Moliyaviy hisobotlarni xalqaro hisobotlariga (IFRS) muvofiqlashtirilgan holda takomillashishi lozim. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonuni (13.04.2016 yildagi O‘RQ-404-son yangi tahriri) asosida buxgalteriya yuritishning huquqiy asoslari belgilangan bo‘lsa-da, raqamli iqtisodiyot talab qilayotgan konseptual yondashuvlar, buxgalteriya fanining yangi funksiyalari va texnologik imkoniyatlari to‘liq aks etmagan. Bu esa, amaliyotda yuzaga kelayotgan ehtiyojlar bilan mavjud qonunchilik va metodologik yondashuvlar o‘rtasida nomuvofiqlikni yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan, buxgalteriya tizimining O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot sharoitida qanday konseptual muammolarga duch kelayotgani, tizimning qanday elementlari transformatsiyaga muhtojligi, va bu muammolarni bartaraf etish yo‘llari ilmiy tadqiqotlar uchun dolzarb mavzuga aylanmoqda. Ayniqsa, axborotning sifatini “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish oshirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarga ma’lumotni tez va to‘liq yetkazib berish, raqamli texnologiyalar asosida hisobot yuritishni avtomatlashtirish kabi masalalar bugungi kun buxgalteriyasining asosiy yo‘nalishiga aylanmoqda. METODOLOGIYA Bugungi kunda hisob metodologiyasi amaliy haqiqatlardan ortda qolmoqda. Mualliflar quyidagi omillarni raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy hisobni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar deb bilishadi: • Hisob yuritishdagi konservatizm; • Foydalanuvchilar uchun hisob axborotining foydaliligini pasayishi va buxgalteriya funksionalligini kamayishi. Moliyaviy hisob an’anaviy ravishda qat’iy me’yorlar va texnikalar asosida yuritilgan bo‘lib, ushbu tizimda o‘zgarishlarni amalga oshirish murakkab metodologik yondashuvlarni talab etadi. Oldingi davrlarda bu konservatizm ijobiy hol sifatida baholangan bo‘lsa, bugungi kunda tez o‘zgarayotgan muhitda bu jiddiy to‘siq sifatida namoyon bo‘lmoqda. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro hisobotlari (IFRS) qattiq qoidalarga emas, balki konseptual tamoyillarga asoslangan holda joriy etildi, ammo ular ham foydalanuvchilarning sifatli axborotga ehtiyojini to‘liq qondira olmadi. NATIJALAR Raqamli iqtisodiyotda hisob tizimining barcha elementlari sezilarli darajada o‘zgardi va bu mavjud hisob kontsepsiyasini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Tashqi omillar — globallashuv va raqamlashtirish — hisob tizimiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ular ishlab chiqarishning ijtimoiylashuvi va iqtisodiy faoliyatning xalqaro integratsiyasiga olib keldi. Bu esa barcha mamlakatlar uchun yagona standartlarga asoslangan hisob tizimlarini yaratish zaruratini keltirib chiqardi. O‘zbekiston Respublikasida ham MHXSga muvofiqlikni ta'minlash maqsadida milliy standartlarni takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalari (blokcheyn, sun’iy intellekt, neyron tarmoqlar) hisob ma’lumotlarining mazmunini va sifatini tubdan o‘zgartirdi. Misol uchun, blokcheyn tranzaksiyalarni vositachilarsiz ro‘yxatga olish va xavfsiz saqlash imkonini beradi. Shuningdek, hisob jarayonlarida odam ishtirokining kamayishi kuzatilmoqda. Buxgalterning ko‘plab funksiyalari — buxgalteriya yuritish, moliyaviy hisobot tayyorlash va taqdim etish — kompyuter texnologiyalari bilan almashtirilmoqda. Sun’iy intellektning keng qo‘llanilishi hisob jarayonini butunlay avtomatlashtirishga olib keladi. Kelajakda buxgalteriyaning an’anaviy funksiyalari (ikki tomonlama yozuv, axborotni tahlil qilish va taqdim etish) keskin o‘zgarishi yoki qayta talqin qilinishi ehtimoldan xoli emas. MUHOKAMA Hisob tizimi jamiyat rivojlanish bosqichlariga mos tarzda turli davrlarda har xil tartibga solish mexanizmlariga ega bo‘lgan. Bugungi kunda iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarning o‘zgarishi hisob kontsepsiyasini va uni tartibga soluvchi qonunchilikni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. O'zbekiston respublikasining 1996-yilgi “ Buxgalteriya hisobi to'g'risida ” gi ( Yangi tahriri. 2016yil 13-aprel. № O'RQ-404) qonunlarda hisobning asosiy vazifasi — foydalanuvchilarga axborot yetkazish, faoliyatdagi salbiy holatlarning oldini olish, o‘sish zaxiralarini aniqlash deb belgilangan. Biroq zamonaviy sharoitda bu yondashuv eskirgan bo‘lib, zamonaviy
12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish axborot ehtiyojlariga javob bermaydi. Hisobning obyektlari va subyektlari, usullari va tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish zarur. TAKLIFLAR Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni (2016-yil, O‘RQ-404-son) moliyaviy hisobot yuritishning umumiy huquqiy asoslarini belgilab bergan bo‘lsada, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan yangi jarayonlarni to‘liq qamrab olmaydi. Xususan, elektron hujjatlar aylanishi, raqamli imzo, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt asosidagi hisob tizimlari, blokcheyn orqali tasdiqlash mexanizmlari kabi masalalar amaldagi qonunlarda yetarlicha tartibga solinmagan. Shu sababli, buxgalteriya sohasining raqamli transformatsiyasini qo‘llabquvvatlaydigan yangi “Raqamli buxgalteriya to‘g‘risida” qonunni ishlab chiqish zarurati dolzarbdir. Ushbu qonun quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: • Raqamli hujjat aylanishi va uning yuridik kuchini belgilovchi normalar; • Elektron imzo va elektron tasdiqlash tizimlarining buxgalteriya amaliyotida qo‘llanish tartibi; • Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash mexanizmlari; • Sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarini moliyaviy hisobda qo‘llashning huquqiy asoslari. Mazkur qonunning qabul qilinishi buxgalteriya hisobi tizimida shaffoflik, ishonchlilik va tezkorlikni oshiradi, raqamli iqtisodiyot talablariga mos yangi boshqaruv madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday normativ hujjatlar iqtisodiy axborot sifati va davlat moliyaviy boshqaruvining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. XULOSA Raqamli jamiyat va raqamli iqtisodiyot ijtimoiy munosabatlar tabiatini va axborot talablarini tubdan o‘zgartirdi. Buxgalteriya tizimi — boshlang‘ich hujjatlardan tortib, moliyaviy hisobotlargacha — butunlay transformatsiyaga uchrayapti. Hisob tizimining asosiy elementlari raqamli transformatsiyaga mos ravishda o‘zgarib bormoqda; tashqi texnologik va iqtisodiy omillar ularning funksional mazmunini yangilash zaruratini tug‘dirmoqda. Shu sababli, buxgalteriya kontsepsiyasining qonunchilikdagi asoslari zamonaviy sharoitlarga moslashtirilishi, uning funksiyalari va metodologiyasi qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Shuningdek, hisob kontsepsiyasini zamonaviy global tendentsiyalar asosida ishlab chiqish uchun ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ismanov I.N., Teshabayev D.B. Problems of accounting in small business and private entrepreneurship entities in accordance with the International Financial Reporting Standards (IFRS). // American Journal of Economics and Business Management. – ISSN 2576-5973 (online), Published by “Global Research Network LLC" under Volume: 6 Issue: 5, 2023. – Pp. 241-245. 2. Teshabayev D(2023), NEW MODELS FOR ANALYSING THE FINANCIAL STATEMENTS OF ORGANISATIONS
13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi 4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 4. Razzaqova, D. A. Q. (2021). Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning roli va ahamiyati. Scientific progress, 2(8), 243-249. 5. O'zbekiston respublikasining “ Buxgalteriya hisobi to'g'risida ” gi (Yangi tahrir, 2016yil 13-aprel)