scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOGʻISTONDA UZUMCHILIKNING STRATEGIK RIVOJLANISHINI BOSHQARISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Tursunov Toʻlqin Joʻraqulovich

Abstract

Maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasida uzumchilik tarmogʻining rivojlanish holati va samaradorlikka ta'sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Tabiiy, iqtisodiy va texnologik omillarning ta'sir mexanizmi va darajasi 0–5 shkala asosida baholangan. Tadqiqot natijalari asosida sohani rivojlantirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish QORAQALPOGʻISTONDA UZUMCHILIKNING STRATEGIK RIVOJLANISHINI BOSHQARISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Muallif: Tursunov Toʻlqin Joʻraqulovich 1 Affiliyatsiya: Navoiy viloyati, Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshliq oʻrinbosari, Toshkent davlat agrar universiteti mustaqil izlanuvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17564484 ANNOTATSIYA Maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasida uzumchilik tarmogʻining rivojlanish holati va samaradorlikka taʼsir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Tabiiy, iqtisodiy va texnologik omillarning taʼsir mexanizmi va darajasi 0–5 shkala asosida baholangan. Tadqiqot natijalari asosida sohani rivojlantirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: uzumchilik, samaradorlik, tabiiy omillar, texnologik yangilanish, qishloq xoʻjaligi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri sifatida strategik ahamiyat kasb etmoqda. U nafaqat aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, balki eksport salohiyatini kengaytirish, qishloq hududlarida bandlikni oshirish va mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. 2024-yilda mamlakatda yalpi qishloq xoʻjaligi mahsuloti hajmi 444,6 trillion soʻmni tashkil etgani va oxirgi besh yilda 18,5 foizga oʻsgani sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar samaradorligini yaqqol namoyon etmoqda. Oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 103,5 foizni tashkil etishi esa qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanish tendensiyasi shakllanganidan dalolat beradi. Hozirgi paytda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi hajm va samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha mintaqada yetakchi oʻrinni egallab, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan ilgarilab bormoqda. Bu holat mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi strategik pozitsiyasini mustahkamlash bilan bir qatorda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ham kuchaytirmoqda. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari hajmidagi barqaror oʻsish ham bu jarayonning amaliy ifodasidir: don ekinlari — 238,2 kg (+7,6%), kartoshka — 100,0 kg (+8,7%), sabzavotlar — 322,7 kg (+6,1%), meva va rezavorlar — 88,0 kg (+7,4%), uzum — 49,1 kg (+2,9%), poliz ekinlari — 72,2 kg (+17,2%), goʻsht — 79,2 kg (+7,5%), sut — 334,8 kg (+4,9%) va tuxum — 236,9 dona (+2,4%) 1 . Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, yangi qiymat zanjirlarini shakllantirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan islohotlar ustuvor yoʻnalish sifatida rivojlanmoqda. Bu jarayonda uzumchilik sohasi milliy agrar iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sifatida strategik ahamiyat kasb etmoqda. 1 https://daryo.uz/k/2025/03/25/ozbekistonda-yalpi-qishloq-xojaligi-mahsuloti-hajmi-5-yilda-185-foizga-osdi “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish Uzumchilik nafaqat aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda, balki vinochilik, sharbatchilik va quritilgan meva sanoati kabi qoʻshimcha yoʻnalishlarning rivojlanishi orqali ichki bozor barqarorligi va eksport salohiyatini oshirishda ham muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekiston hududlaridagi turli tabiiy-iqlimiy sharoitlar esa uzumchilikni rivojlantirishda mintaqaviy modellarni yaratish uchun keng imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida uzumchilik sohasining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki tabiiy resurslar yetishmasligi va quruq iqlim sharoiti mavjud boʻlishiga qaramasdan, oxirgi yillarda agrotexnologik yangilanishlar, davlat koʻmagi va fermer xoʻjaliklarining faolligi tufayli sohaning salohiyati izchil oshmoqda. Qoraqalpogʻistonda uzumchilikning rivojlanishi hudud qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, aholi bandligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash nuqtayi nazaridan strategik ahamiyatga ega. Shu bilan birga, qiymat zanjirining yuqori bosqichlariga integratsiyalash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ekologik barqarorlikni taʼminlash imkoniyati yuzaga kelmoqda. Shu sababli, Qoraqalpogʻistonda uzumchilik tarmogʻining hozirgi holatini ilmiy jihatdan tahlil qilish, uning hosildorlik dinamikasini oʻrganish va samaradorlikka taʼsir etuvchi asosiy omillarni aniqlash muhim ilmiy vazifalardan biridir. Bu jarayonni chuqur tahlil qilish uchun, avvalo, hududda soʻnggi yillarda uzumchilik mahsulotlarini yetishtirish hajmidagi oʻzgarishlarni raqamlarda koʻrib chiqish zarur. Zero, statistik maʼlumotlar asosidagi tahlillar sohadagi tendensiyalar, oʻsish surʼatlari va mavjud salohiyatni baholash imkonini yaratadi. Shu nuqtayi nazardan, quyidagi 1-jadvalda 2020–2024-yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish dinamikasi aks ettirilgan. 1-jadval Qoraqalpogʻistonda uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish dinamikasi 2 Yillar Umumiy hosil Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami, mln. tonna Shundan; Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami, ming tonna 2020 1,6 10,2 2021 1,7 11,0 2022 1,8 11,5 2023 1,7 11,6 2024 1,8 14,4 Mazkur 1-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, 2020–2024-yillar mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasida uzumchilik mahsulotlari yetishtirish hajmi yil sayin barqaror oʻsish tendensiyasini namoyon etmoqda. Agar 2020-yilda hududda 10,2 ming tonna uzum yetishtirilgan boʻlsa, 2024-yilga kelib bu koʻrsatkich 14,4 ming tonnaga yetgan. Bu esa soʻnggi besh yil ichida 41 foizlik oʻsishni anglatadi. Oʻzbekiston boʻyicha umumiy hosil hajmi ham barqaror oʻsishda boʻlib, 2020yilda 1,6 mln tonnani tashkil etgan boʻlsa, 2024-yilga kelib 1,8 mln tonnaga yetgan. Bu holat mamlakat miqyosida uzumchilik mahsulotlariga boʻlgan talabning oshib 2 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi. 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish borayotganini va soha rivoji uchun yaratilgan iqtisodiy, texnologik hamda institutsional sharoitlar samara berganini koʻrsatadi. Ayniqsa, Qoraqalpogʻistonda soʻnggi ikki yilda (2023–2024-yillarda) hosil hajmining sezilarli oʻsishi kuzatilgan. Bu holat fermer xoʻjaliklari tomonidan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yangi navlarni yetishtirish va sugʻorish tizimlarini modernizatsiya qilish natijasida amalga oshganligini anglatadi. Shu bilan birga, davlat tomonidan sohani qoʻllab-quvvatlash, subsidiyalar va investitsiya loyihalarining kengayishi ham bu jarayonda muhim omil boʻlgan. Demak, 1-jadval maʼlumotlari Qoraqalpogʻistonda uzumchilik tarmogʻining barqaror oʻsish bosqichiga kirganini, uning hudud iqtisodiyotidagi ahamiyati ortib borayotganini va kelgusida eksportbop mahsulotlar yetishtirish imkoniyatlari yanada kengayishini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, yuqoridagi maʼlumotlar Qoraqalpogʻistonda uzumchilik tarmogʻining barqaror rivojlanish tendensiyasini namoyon etsa-da, hosildorlik va iqtisodiy samaradorlikka taʼsir etuvchi bir qator omillar mavjudligini inkor etib boʻlmaydi. Mazkur omillar oʻz tabiatiga koʻra turli yoʻnalishlarda namoyon boʻladi — ayrimlari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirsa, boshqalari esa uni cheklaydi yoki salbiy taʼsir koʻrsatadi. Aynan shu nuqtayi nazardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida uzumchilik samaradorligiga taʼsir etuvchi asosiy tabiiy, iqtisodiy va texnologik omillarni tizimli ravishda tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi 2jadvalda esa, ushbu omillar guruhlar kesimida tavsiflanib, ularning taʼsir yoʻnalishi va mexanizmlari ilmiy jihatdan umumlashtirilgan holda keltirilgan. 2-jadval Qoraqalpogʻistonda uzumchilik samaradorligiga taʼsir etuvchi asosiy omillar 3 Omilar guruhi Aniq omillar Taʼsir yoʻnalishi Taʼsir mexanizmi Izoh Tabiiy Qurgʻoqchilik va suv yetishmasligi Salbiy Sugʻorish uchun suvning yetishmasligi hosildorlikka salbiy taʼsir qiladi Amudaryo va suv havzalari bilan bogʻliq masalalar Tabiiy Tuproqning shoʻrlanishi Salbiy Tuproqning shoʻrlanishi oʻsimliklarning oʻsishini cheklaydi Choʻllashish jarayoni murakkablashtirmoqda Iqtisodiy Mehnat quvvati yetishmasligi Salbiy Terim va qayta ishlash jarayonlarida qiyinchiliklar Mavsumda ishchi kuchi yetishmasligi Iqtisodiy Bozor narxlari va talab Salbiy Uzumni sotishdan tushadigan daromad kamayishi Bozordagi noaniqliklar samaradorlikka taʼsir qiladi Texnologik Zamonaviy texnika va texnologiyalar yetishmasligi Salbiy Hosil yigʻish va qayta ishlash samaradorligi pasayishi Fermer xoʻjaliklarida texnik jihozlar yetishmaydi Yuqoridagi, 2-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, Qoraqalpogʻistonda uzumchilik samaradorligiga taʼsir etuvchi omillar koʻp qirrali va oʻzaro bogʻliq xususiyatga ega. Birinchi navbatda, tabiiy omillar – qurgʻoqchilik va suv yetishmasligi hamda tuproqning shoʻrlanishi – tarmoqning barqaror rivojlanishiga jiddiy toʻsiq sifatida namoyon boʻlmoqda. Sugʻorish uchun suv manbalariga bogʻliqlik hosildorlik darajasini pasaytiradi, ayniqsa Amudaryo suvining sezilarli kamayishi sharoitida bu holat yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, tuproqning shoʻrlanishi 3 Muallif tadqiqotlari asosida shakllantirilgan ishlanma. 13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish va choʻllashish jarayoni uzumzorlarning biologik oʻsishi hamda hosil sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Iqtisodiy omillar qatorida mehnat quvvati yetishmasligi va bozordagi noaniqliklar asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Mavsumiy ishchi kuchining yetishmasligi natijasida hosil yigʻim-terimi kechikib, ayrim hollarda mahsulot yoʻqotishlarga olib keladi. Shu bilan birga, bozor narxlarining oʻzgaruvchanligi va talabning notekisligi fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, bu esa ularning investitsion faolligini ham cheklaydi. Texnologik omillar ichida zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalar yetishmasligi uzumchilik tarmogʻining raqobatbardoshligini pasaytiradi. Aksariyat fermer xoʻjaliklarida mexanizatsiya darajasi past boʻlib, hosil yigʻish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida yuqori mehnat sarfi kuzatiladi. Bu esa, mahsulotning tannarxini oshirib, foydalilik koeffitsiyentini pasaytiradi. Umuman olganda, Qoraqalpogʻistonda uzumchilik samaradorligini oshirish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash va texnologik yangilanishni jadallashtirish bilan uzviy bogʻliqdir. Shu nuqtayi nazardan, uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha kompleks yondashuvni amalga oshirish — yaʼni suv resurslarini tejamkor boshqarish, agrotexnologiyalarni modernizatsiya qilish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish — hudud qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining barqaror oʻsishi uchun muhim shart hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, Qoraqalpogʻistonda uzumchilik tarmogʻining samaradorligi koʻplab ichki va tashqi omillar taʼsirida shakllanmoqda. Tabiiy-iqtisodiy va texnologik shart-sharoitlar oʻzaro bogʻliq holda tarmoq rivojlanishiga taʼsir koʻrsatmoqda. Biroq mazkur omillarning barchasi bir xil darajada taʼsir etmaydi — ayrimlarining ahamiyati ustuvor, ayrimlarining taʼsiri esa nisbatan cheklangandir. Shu boisdan, uzumchilik samaradorligiga taʼsir etuvchi omillarning qay darajada taʼsir kuchiga egaligini baholash muhim ilmiy vazifa hisoblanadi. Shunday ekan, quyidagi 3-jadvalda esa, Qoraqalpogʻistonda uzumchilik samaradorligini cheklovchi asosiy omillarning taʼsir darajasi 0–5 shkala asosida baholangan boʻlib, ularning nisbiy ahamiyati va tarmoq rivojlanishiga taʼsir yoʻnalishi tizimli ravishda koʻrsatib berilgan. 3-jadval Qoraqalpogʻistonda samaradorlikni cheklovchi omillarning taʼsir darajasi (0–5 shkalada) 4 Omilar Taʼsir darajasi Izoh Tabiiy sharoitlar (qurgʻoqchilik, shoʻrlanish) 5 Hosildorlikka eng katta taʼsir koʻrsatadi Texnika va texnologiyalar 4 Zamonaviy texnika va uskunalar ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash 3 Soliq yengilliklari, kredit va subsidiyalar samaradorlikni ragʻbatlantiradi Mehnat quvvati 3 Kasbiy malakali ishchi yetishmasligi past samaradorlikka olib keladi Bozor va narx sharoiti 4 Uzum narxi va bozor talabiga bogʻliq ravishda foyda oʻzgarishi 4 Muallif tadqiqotlari asosida shakllantirilgan ishlanma. 14 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish Yuqoridagi 3-jadval maʼlumotlariga tayanilgan holda tahlil qilinganda, Qoraqalpogʻistonda uzumchilik tarmogʻining samaradorligiga taʼsir etuvchi omillar ichida tabiiy sharoitlar (qurgʻoqchilik va tuproqning shoʻrlanishi) eng yuqori — 5 balllik darajada baholangani kuzatiladi. Bu holat, hududning iqlimiy xususiyatlari va suv resurslarining cheklanganligi uzumchilik rivojiga hal qiluvchi darajada taʼsir koʻrsatayotganini anglatadi. Yaʼni suvning yetishmasligi, haroratning keskinligi va tuproqning unumdorlik darajasi hosildorlikning barqaror oʻsishiga asosiy toʻsiq boʻlib turibdi. Shu bilan birga, texnika va texnologiyalar omillari ham yuqori — 4 ball bilan baholangan. Bu koʻrsatkich fermer xoʻjaliklarida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, avtomatlashtirilgan sugʻorish tizimlaridan foydalanish va qayta ishlash jarayonlarini modernizatsiya qilish zarurligini koʻrsatadi. Ilgʻor texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish hosildorlikni oshirish va resurs tejamkorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor va narx sharoiti ham 4 ball bilan baholanib, iqtisodiy samaradorlikning muhim tarkibiy qismi ekanligini tasdiqlaydi. Uzumchilikda foyda darajasi koʻp jihatdan bozordagi narx oʻzgarishlari va eksport salohiyatiga bogʻliq. Narxning barqaror emasligi va bozor talabining oʻzgaruvchanligi ishlab chiqaruvchilar uchun maʼlum xavflarni keltirib chiqaradi, bu esa ularning investitsiya faolligini pasaytiradi. Shuningdek, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va mehnat quvvati omillari 3 ball bilan baholangan boʻlib, ular ham tarmoq samaradorligiga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan, kasbiy malakaga ega ishchi kuchining yetishmasligi, mavsumiy mehnat resurslariga bogʻliqlik hamda moliyaviy manbalarning cheklanganligi uzumchilikning rivojlanish surʼatlarini pasaytiradi. Bundan tashqari, kreditlar va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi, ayniqsa kichik fermerlar uchun, iqtisodiy barqarorlikka salbiy taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida uzumchilik samaradorligini oshirish uchun, avvalo, tabiiy va texnologik cheklovlarni kamaytirish, resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish hamda moliyaviy ragʻbatlantirish mexanizmlarini kuchaytirish muhim ilmiy va amaliy vazifa hisoblanadi. Shu bilan birga, bozor infratuzilmasini takomillashtirish va mehnat salohiyatini rivojlantirish sohada barqaror oʻsish va raqobatbardoshlikni taʼminlashning asosiy sharti sifatida namoyon boʻladi. Yuqoridagi tahliliy natijalardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida uzumchilik tarmogʻi qishloq xoʻjaligining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda hosildorlikning barqaror oʻsishi agrotexnologik yangilanishlar, fermer xoʻjaliklarining faolligi hamda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan qoʻllab-quvvatlash siyosatining amaliy samarasini aks ettirmoqda. Biroq tabiiy resurslarning cheklanganligi, tuproqning shoʻrlanishi, texnik jihozlanish darajasining pastligi va bozor infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi sohaning kelgusi rivojlanishini muayyan darajada cheklab turibdi. Shu sababli, uzumchilikni barqaror va yuqori samarali tarmoq sifatida shakllantirish uchun tizimli, ilmiy asoslangan yondashuv talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan, amaliyot uchun quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari surish maqsadga muvofiq: Birinchidan, Qoraqalpogʻiston sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish va innovatsion sugʻorish texnologiyalarini joriy etish uzumchilikning barqaror 15 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish rivojlanishi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Buning uchun tomchilatib sugʻorish tizimlari, avtomatlashtirilgan drenaj-monitoring usullari va raqamli agronazarot platformalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, fermer xoʻjaliklarini zamonaviy agrotexnika va qayta ishlash uskunalari bilan taʼminlash, shuningdek, agrosanoat klasterlari asosida logistika, qayta ishlash va saqlash infratuzilmasini shakllantirish zarur. Bu mahsulotning qiymat zanjirida yuqori qoʻshimcha qiymat yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Uchinchidan, moliyaviy ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Xususan, uzumchilik bilan shugʻullanuvchi kichik fermer va kooperativlarga imtiyozli kreditlar, qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi hamda soliq yengilliklari taqdim etish orqali investitsiya faolligini kengaytirish mumkin. Toʻrtinchidan, mehnat salohiyatini oshirish va kasbiy malaka darajasini yuksaltirish boʻyicha maxsus oʻquv dasturlari va qayta tayyorlash markazlarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu orqali ishchi kuchining samaradorligi oshirilib, mehnat unumdorligining barqaror oʻsishi taʼminlanadi. Beshinchidan, bozor infratuzilmasini takomillashtirish, raqamli marketing platformalarini joriy etish va eksportga yoʻnaltirilgan savdo tarmoqlarini rivojlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bozor imkoniyatlari yaratilishi lozim. Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash mumkinki, Qoraqalpogʻistonda uzumchilikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari — tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, innovatsion agrotexnologiyalarni tatbiq etish, moliyaviy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish va bozor infratuzilmasini mustahkamlashdan iboratdir. Ushbu yoʻnalishlarning izchil amalga oshirilishi esa, hudud agrar salohiyatining barqaror oʻsishiga, qolaversa oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va mamlakatning eksportbop agrar iqtisodiyotini rivojlantirishga zamin yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Fayziyev O., Aminboyeva D. Qishloq xoʻjaligida bioresurslar asosida mahsulot yetishtirishning iqtisodiy ahamiyati. Eurasian journal of Law, Finance and Applied Sciences (May 2023). – Tashkent, 2023. – Volume 3. – Issue 5. – P. 164-167 (UIF = 8.3. SJIF = 5.961) (ISSN 2181-2853) 2. Tursunov T.J. Uzumchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarning iqtisodiy samaradorligini oshirish yoʻllari. «Muhandislik va iqtisodiyot». – Toshkent, 2025. - № 7. – B. 197-201. 3. Tursunov T.J. Oʻzbekistonda uzumchilikning oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsiri: muammolar va rivojlanish istiqbollari. “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot”. – Toshkent, 2025. - № 7. – B. 502-507. 4. Tursunov T.J. Oʻzbekistonda uzumzorlar maydonining oʻsishi va sohadagi transformatsiya jarayonlari. “Qishloq xoʻjaligida innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirishning muammo va yechimlari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami. Toshkent. 2024. 560-563 betlar. 5. Tursunov T.J. Uzumchilikda samaradorlikni baholashning ilmiy-nazariy asoslari va xalqaro tajribalar tahlili. «Agrobiznes, fan va texnologiyalar». – Toshkent, 2025. - № 7/[7]-son. – B. 448-458. 16 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 6. Tursunov T.J. Oʻzbekiston uzumchilik tarmogʻi: iqtisodiy ahamiyati, hududiy dinamikasi va rivojlanish istiqbollari. In Solution of social problems in management and economy (Vol. 4, Number 11, pp. 50–56). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.16867476 7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy sayti maʼlumotlari. stat.uz 8. https://daryo.uz/k/2025/03/25/ozbekistonda-yalpi-qishloq-xojaligimahsuloti-hajmi-5-yilda-185-foizga-osdi