scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SPORTDA DOPING MODDALARINING ISHLATILISHI VA ULARNING BIOKMYOVIY TA'SIRI: SALBIY VA IJOBIY TOMONLAR

To'xtameshov E.U; Boltayeva S.J.

Abstract

Doping — organizmning ruhiy va jismoniy faoliyatini qisqa muddat kuchaytiradigan moddalar hisoblanadi. Malumki, sportda doping moddalaridan foydalanish qatiyan taqiqlanadi. Ammo, bir paytlar doping moddalaridan sport o'yinlari natijalarini yaxshilash maqsadida foydalanilgan. Doping bu moddalar narkotik hisoblanmasada, lekin organizmga jiddiy tasir ko’rsatadi. Dopingdan asosan sportchilar foydalanadi.

Full text

SPORTDA DOPING MODDALARINING ISHLATILISHI VA ULARNING BIOKMYOVIY TA’SIRI: SALBIY VA IJOBIY TOMONLAR To‘xtameshov E.U. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi Ilmiy rahbar:TTA TF Tibbiy va biologik kimyo kefedrasi assistenti Boltayeva S.J. Kirish. Doping — organizmning ruhiy va jismoniy faoliyatini qisqa muddat kuchaytiradigan moddalar hisoblanadi. Malumki, sportda doping moddalaridan foydalanish qatiyan taqiqlanadi. Ammo, bir paytlar doping moddalaridan sport o'yinlari natijalarini yaxshilash maqsadida foydalanilgan. Doping bu moddalar narkotik hisoblanmasada, lekin organizmga jiddiy tasir ko’rsatadi. Dopingdan asosan sportchilar foydalanadi. Tadqiqotning maqsadi – doping moddalarining sportchilarning organizmiga biokimyoviy ta’sirini o‘rganish, ularning qisqa muddatli (ijobiy) va uzoq muddatli (salbiy) ta’sirlarini aniqlash, shuningdek, doping vositalaridan foydalanishning etika va sog‘liq nuqtai nazaridan oqibatlarini tahlil qilishdir. Materiallar va usullar – ilmiy maqolalar, klinik kuzatuvlar, WADA (Dopingga qarshi jahon agentligi) ma’lumotlari, shuningdek, sport tibbiyoti bo‘yicha adabiyotlar asos qilib olindi. Biokimyoviy mexanizmlarni tahlil qilish, taqqoslovchi tahlil (doping ishlatgan va ishlatmagan sportchilar orasida) ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari – aniqlanishicha, Doping moddalarining biokimyoviy ta’siri organizmning tabiiy metabolik jarayonlariga aralashib, sportchining jismoniy holatlarini sun’iy ravishda o’zgartirgan. Uning turlari. - Anabolitik steroidlarmushak massasini oshiradi. - Stimulantlar-hushyorlikni oshiradi. (masalan kofein) - Eritropoetin-qon orqali kislorod tashilishini kuchaytiradi. - Diuretiklar-tanadan suvni chiqarib yuborib vazinni pasaytiradi - Beta-blokerlar-yurak urishini sekinlashtirib xotirjamlikni ta’minlaydi ( o’q otish yoki golf kabi sport turlarida) - O’zgartirilgan gen terapiyasi-hali to’liq o’rganilmagan. Biokimyoviy ta’sirlari: 1. Anabolik androgenik steroidlarbiokimyoviy ta’siri: oqsil sintezini kuchaytirib mushak o’sishini tezlashtiradi. Azot balansini ijobiy holatda ushlab turadi, salbiy tasiri: jigar fermentlarini faollashtirib, jigar shikastlanishiga olib keladi. 2. Eritropoetin-ijobiy ta’siri: suyak iligidan eritrotsitlarni ishlab chiqarilishini stimulyatsiyalaydi, salbiy ta’siri: qonni quyuqlashtiradi, qon quyuqlari, yurak xuruji xavfi oshadi. 3. Amfetamin va boshqa stimulantlar:biokimyoviy ta’siri: markaziy asab tizimini rag’batlantiradi. Dofamin, noradrenalin, adrenalin miqdorini oshiradi. E’tibor, energiya motivatsiyani oshiradi, salbiy tasiri:yurak urishini tezlashtiradi, qon bosimini oshiradi, uzoq mudatga asabuzarlikni keltirib chiqaradi. 4. Diuretiklar: biokimyoviy ta’siri: buyrakda suv va natriy ajralishini tezlashtiradi. Suv yo’qotilishi bilan tana vazni kamayadi, salbiy tasiri: elektronlar muvazanatini buzadi. Xulosa – Doping moddalarining sportchilarning jismoniy ko‘rsatkichlarini oshirishdagi qisqa muddatli foydali ta’siri mavjud bo‘lsa-da, ular organizmda chuqur biokimyoviy buzilishlarga olib keladi. Uzoq muddatli foydalanish sog‘liq uchun xavf tug‘diradi va sportning asosiy tamoyillari — halollik va adolatga zid hisoblanadi. Shuning uchun dopingdan foydalanishni oldini olish, sportchilarni xabardor qilish va tabiiy yo‘llar bilan rivojlanish yo‘lini tanlash muhimdir.