BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING GENDER KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TA'LIMIY MODELLARI
Abstract
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni gender kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarning ijtimoiyligini faollashtirishda o‘qituvchining gender yondashuvga amal qilishi o‘zi xos samarador natijaga ega bo‘lishi ilmiy asoslangan. Chunki o‘smir yoshdagi o‘quvchilarni ijtimoiylashuvi ularning gender xususiytlari bilan bevosita bog‘liqdir. Gender yondashuv o‘quvchilarni tug‘ma xususiyatlari, ta’lim-tarbiya, oila va ijtimoiy muhit ta’siri natijasija o‘quvchilar o‘z ehtiyojlariga mos bo‘lgan, jamiyat ehtiyojlariga zid kelmaydigan xulq-atvor shakllarini egallashlarida muhim ta’limiy model hisoblanadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 281 BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING GENDER KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TA’LIMIY MODELLARI Sharifzoda Sardor O‘razboy tabib o‘g‘li Ma’mun universiteti rektori, PhD, dotsent ORCID: https://orcid.org/0000-0003-4733-8204 https://doi.org/10.5281/zenodo.17564586 Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni gender kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarning ijtimoiyligini faollashtirishda o‘qituvchining gender yondashuvga amal qilishi o‘zi xos samarador natijaga ega bo‘lishi ilmiy asoslangan. Chunki o‘smir yoshdagi o‘quvchilarni ijtimoiylashuvi ularning gender xususiytlari bilan bevosita bog‘liqdir. Gender yondashuv o‘quvchilarni tug‘ma xususiyatlari, ta’lim-tarbiya, oila va ijtimoiy muhit ta’siri natijasija o‘quvchilar o‘z ehtiyojlariga mos bo‘lgan, jamiyat ehtiyojlariga zid kelmaydigan xulqatvor shakllarini egallashlarida muhim ta’limiy model hisoblanadi. Kalit so’zlar: gender yondashuv, bo‘lajak o‘qituvchi, kompetensiya, o‘quvchi, ijtimoiylashuv, gender ta’lim, gender rollar. Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni gender ijtimoiylashtirish omillari, usullari, metodlari bilan ham tanishtirish alohida pedagogik ahamiyatga ega. Istiqboldagi erkak va ayol shaxsini shakllantirishda gender ijtimoiylashtirishning tashqi omillarini bilish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Gender ijtimoiylashtirishda dastlab o‘yinlar, o‘yinchoqlar katta ahmiyatga ega bo‘lib, ular yordamida bola jamiyatda yashash, yurish-turish qoidalari, shaxslararo munosabatlarni o‘rganadilar. Natijada, ularning intellektual sohalari, tafakkuri, nutqi rivojlanadi. Chunki, milliy o‘yinlar o‘quvchilarning gender rollarni o‘zlashtirishlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, rolli o‘yinlar yorlamida mazkur ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Qizlar turli qo‘g‘irchoqlar bilan o‘ynash, ularga ko‘ylakchalar tikish natijasida bolani barvarishlash, u bilan so‘zlashish, atrofdagilarga mehr ko‘rsatish, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish ko‘nikmalarini egallaydilar. Kasb-hunar haqidagi dastlabki tasavvurlari shakllanadi. Agar o‘quvchilar o‘zlarining gender mansubliklariga xos o‘yinchoqlar bilan o‘ynamasa, gender rollarga oid xulq-atvor stereotiplarini to‘g‘ri shakllantirishda qiyinchiliklar vujudga keladi. Shuningdek tengdoshlari, boshqa jins vakillari bo‘lgan sinfdoshlari bilan muloqotda to‘siqlarga duch keladilar. Bunday o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholashi qoniqarsiz, barqaror bo‘lmaydi. Manbalarda o‘qituvchilarning gender rollari va xulq-atvor haqidagi tasavvurlari tag‘lil qioingan. Bunday tasavvurlarga darsliklar, radio televedeniya, vaqtdi matbuotda keng o‘rin ajratish tavsiya qilinadi. O‘qituvchining gender haqidagi bilimlari va tasavvurlari uning o‘ziga qarama qarshi bo‘lgan jins bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy tajribasida o‘z ifodasini topadi. Natijada pedagoglar o‘quvchilardagi maskulinlik va femininlik ko‘rinishlarini tabiiy tarzda qabul qilishlari lozim. Agar o‘qituvchining genderga oid qarashlari bir yo‘nalishli bo‘lsa o‘quvchilardan o‘zining ko‘rsatmalariga rioya etishlarini talab qila olmaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 282 Gender muammolari o‘smir yoshdagi o‘quvchilar uchun ayniqsa dolzarb bo‘ladi, chunki aynan o‘spirinlik va o‘smirlik davrida o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish ehtiyoji kuchayadi. Bu davrda o‘g‘il va qizlar o‘zlarining rivojlanish traektoriyalarini belgilab, kasbiy tanlovlarini amalga oshiradilar. O‘quvchilarda gender xulq-atvorning shakllanish jarayoni 12–13 yoshgacha davom etadi. O‘zining tug‘ma xususiyatlari, ta’lim-tarbiya, oila va ijtimoiy muhit ta’siri natijasija o‘quvchilar o‘z ehtiyojlariga mos bo‘lgan, jamiyat ehtiyojlariga zid kelmaydigan xulq-atvor shakllari, uslublarini ixtiyoriy tarzda tanlaydilar. Bolalar dastlab jinsiy mansubligiga ko‘ra farqlansalar, keyinchalik gender mansubligi va rollariga ko‘ra o‘g‘il yoki qiz bolalar tarzda guruhlanadilar. Ular o‘qituvchilar, ota-onalar va atrofdagilarni kuzatish natijasida hayotiy jarayonlar va gender farqlarga oid tushuncha va tasavvurlarga ega bo‘ladilar. O‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender rollar o‘zlashtirish motivlari ob’ektiv xarakter kasb etadi. O‘quvchilar endi o‘yin jarayonida mashq qilgan, intilgan harakatlari, bajargan rollarining ob’ektivligi hayotiyligini ta’minlashga muvaffaq bo‘ladilar. ular uchun ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish murakkablashadi, o‘qituvchilar va ota-onalar tomonidan qo‘yiladigan talablar qat’iylashadi. O‘g‘il va qiz bolalar kattalar muhitiga singishda muayyan qiyinchiliklarga duch keladilar. O‘quvchilarni gender ijtimoiylashtirishda tengdoshlarning o‘rni beqiyos. O‘g‘il va qiz bolalardan iborat tengdoshlar guruhi gender ijtimoiylashuvning universal omili ekanligini bo‘lajak o‘qituvchilar ongiga singdirish talab etiladi. Bunday tengdoshlar guruhida o‘quvchi o‘zini gender mansubligini yaqqol namoyon qiladi. Oilada shakllangan gender stereotiplarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazadi va muloqot jarayonida mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirishga erishadi. O‘quvchilar gender mansublik haqidagi ma’lumotlarni matbuot, radio, televidenie orqali ham qabul qiladilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha ko‘proq radio tinglab, televideniya tomosha qiladigan o‘quvchilar gender rollar haqida aniq tasavvurlar va ma’ulmotlarga ega bo‘ladilar. Badiiy filmlar va videofilmlarda erkak personajlar faol, tajovuzkor, zo‘ravon, qiynashga moyil bo‘ladilar, ular ayol personajlarga nisbatan ustun mavqega egaliklarini namoyon etadilar. Ayollar esa ko‘proq mehribon, g‘amxo‘r, qo‘rqoq, jabrdiyda bo‘ladilar. Bular o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning gender rollarni o‘zlashtirishlariga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rinib turibdiki matbuot, adabiyot, san’at ham o‘quvchilarni gender ijtimoiylashtirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni gender ijtimoiylashtirish vositalari va metodlari bilan ham qurollantirish talab etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashda yaxlitlik nazariyasiga tayangan xolda pedagogik jarayonni takomillashtirishga harakat qildik. Unda pedagogik vositalarni samarali tanlash orqali oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak pedagogning sifatli kasbiy tayyorgarligi uchun qulay pedagogik shartsharoitlarni yaratish nazarda tutildi. Bu o‘z navbatida, bo‘lajak o‘qituvchining gender kompetentligini shakllantirish samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu maqsadda, biz oliy pedagog ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni gender ijtimoiylashtiriga oid pedagogik faoliyatga tayyorlash vositalarini aniqlashga harakat qildik. Bunda birinchi navbatda, bo‘lajak o‘qituvchilarning psixofiziologik, sotsiomadaniy va pedagogik gender xususiyatlar haqidagi bilimlarini boyitishga e’tibor qaratildi. Shu bilan bir qatorda bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni gender ijtimoiylashtiriga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning individual ta’lim traektoriyasi bo‘yicha harakat qilishlari nazarda tutildi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 283 Kasbiy tayyorgarlik jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quvchilarga nisbatan qadriyatli, jinsidan qat’iy nazar asoslangan hurmat va bag‘rikenglikka asoslangan munosabat shakllantirish vositalari qo‘llanildi. Shu bilan qatorda talabalarda o‘z o‘zini tahlil qilish oraqali o‘zaro hamkorlikea kirishish kompetensiyalari takomillashtirildi. Buning uchun quyidagi vositalar taqdim etildi: pedagogik esselar, munozaralar, referatlar, testlar, ma’ruzalar va seminar mashg‘ulotlari, ma’ruzalar tayyorlash, «So‘zsiz tushunish» mashqi, verbal va noverbal muloqot vositalari kabilar. Pedagogik esselar. Uning maqsadi talabalarda muloqot va emotsiya, gender xususiyatlar haqida fikrlashni va tahlil qilishni rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Masalan, Qizlar, fiziologik jihatdan yuqori faollikka ega bo‘lib, bu ularning his-tuyg‘ularini tezroq ifodalashlariga ko‘maklashadi. Shuning uchun ham talaba qizlar pedagogik esseda muloqotdagi hissiy omillarga ko‘proq e’tibor qaratadi. Munozaralar. Uning maqsadi ijtimoiy ishchan muloqotda gender farqlarni kuzatish va tahlil qilish. Masalan, talaba yigitlar ko‘proq prefrontal korteks orqali ratsional fikrlashga moyil bo‘lib, diskussiyada dalillarga asoslangan nutqni afzal ko‘radilar. Talaba qizlar esa, emotsional himoya yoki qo‘llab-quvvatlashni ifodashga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Prefrontal korteks (PFC) - bu rejalashtirish, qaror qabul qilish, impulslarni nazorat qilish va ijtimoiy xatti-harakatlar kabi yuqori kognitiv funksiyalarda asosiy rol o‘ynaydigan insonning peshona qismida joylashgan miya hududi. U odamlarda rivojlanadigan miyaning oxirgi sohalaridan biri hisoblanadi. “Pedagogika turkum fanlari” mazmuniga munosaatlar madaniyatig oid bilimlarni singdiri yoki tanlov fani blokiga “Munosabatlar madaniyati” nomli tanlov fanini kirish bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlar jarayonida talabalarga “Muloqot va his-tuyg‘ular” mavzusida esselar, muloqot matnlari, kichik insholar, referatlar yozish haqida topshiriqlar berishni nazarda tutish lozim. Bunday ijodiy ishlar yordamida talabalar gender modellarning muloqot-munosabat jarayonida emotsional kechinmalarini namoyon etishlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Pedagogik esse yozish jarayonida talabalarning ta’kidlashicha qizlarning emotsional xususiyatlari yuqoriligi tufayli ular shaxslararo munosabat va muloqotga tezroq kirishadilar. O‘g‘il bolalar esa yordam ko‘rsatish, qaror qabul qilish talab qilingan vaziyatlardagina mulqot jarayoniga kirishadilar. Shunday vaziyatlarda ham ular o‘zlarining emotsional holatlarini saqlagan holda harakat qiladilar. Tanlov fani sifatida tavsiya qilinayotgan “Gender yondashuvga asoslangan munosabatlar madaniyati” o‘quv kursi doirasida o‘tkazilgan ma’ruzalar va seminar mashg‘ulotlari natijasida talabalar qizlar va yigitlardagi verbal va neverbal muloqotga kirish imkoniyatlari kengaydi. Mazkur kurs doirasida talaba qizlar va yigitlar turli manbalardan gender munosabatlarga oid axborotlarni to‘plash, saralash va pedagogik amaliyot jarayonida ulardan foydalanish imkoniyatga ega bo‘ldilar. «So‘zsiz tushunish» mashqida talaba qizlar va yigitlar bir-birlarining harakatlarini mimika va boshqa noverbal ifoda vositalaridan foydalangan holda tushunadilar. Shu asosda ular niyat, maqsad va emotsional holatlarini anglashga harakat qiladilar. Masalan, bo‘lajak o‘qituvchilar gender modellar orasida muloqot jarayonida qo‘l harakatlari, so‘zsiz intonatsiya kabi harakatlardan unumli foydalanadilar. Bunday harakat usullari o‘qituvchio‘quvchilar orasidagi munosabatlarga osoyishtalik bag‘ishlaydi, ularning bir birlarini tushunishlarini osonlashtiradi. Biroq yigit va qizlar bir birlari bilan notanish bo‘lgan vaziyatlarda bunday harakatlar o‘zaro birlarini tushunishda qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Bo‘lajak
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 284 o‘qituvchilar esa bunday vaziyatlarni tabiiy psixofiziologik gender xususiyatlar sifatida baholadilar. Shaxslararo munosabatlar jarayonida arbitorlar guruhiga birlashgan talabalar faoliyatini kuzatish natijalari shunday fikrga kelishimizga asos bo‘ldi: talaba qizlarda nutq manerasi jadalroq bo‘lganligi sababli ularning faolligi muntazam tarzda oshib boradi. Talaba yigitlar o‘z nuqtai nazarlarini asosli himoya qiladilar, ishchan muloqotga ko‘proq qiziqadilar. Qizlar esa muhokama davomida emotsional stimullarga kuchliroq va tezroq munosabat bildiradilar. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida talabalar shaxslararo munosabatlarga kirishishga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Talaba yigitlarda esa emotsional ta’srning kuchliligi tufayli ularda ichki motivatsiya istiqboldagi kasbiy faoliyat mohiyatini anglash natijasida rivojlanadi. Talaba qizlar esa guruhdoshlari va pedagogik amaliyot davrida o‘quvchilar, pedagogik jamoa a’zolari bilan muloqotga intilishlari tufayli emotsional faolikka erishadilar. Genderga xos xususiyatlar bo‘lajak o‘qituvchilarning gender stereotiplariga amal qilish va ularni qayta-qayta takrorlashdan voz kechishlarini anglatadi. Pedagogik faoliyat yigitlarga yoki qizlarga xosligi bilan farqlanmaydi. Individual psixofiziologik gender xususiyatlarini hisobga olish bo‘lajak pedagoglarga o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyon qilish va gender munosabatlar jarayonida o‘zini erkin his qilish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki musiqa, tasviriy faoliyat, raqs tushish, she’r aytish, impervizatsiya nafaqat talaba qizlar, balki talaba yigitlarga ham xos bo‘lgan qiziqishlar sohasiga kiradi, buni kuzatishlarimiz yaqqol ko‘rsatdi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Parlak S. When Gender Roles Turn Into Violence: Perspectives of women and men perpetrators in Türkiye // Sociology compass. Volume 19, Issue 8. 2025. 2. Qurbonova G.M. Gender tenglik va farqlar asosida ta’lim berish imkoniyatlari. Замонавий таълим / современное образование. 2015, 12. 3. Safarova R.G., Djurayev R.X., Inoyatova M.E., Tojiboyeva X.M. va boshqalar. Pedagoglarning o‘quvchi-yoshlarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish sohasidagi kompetensiyalarini rivojlantirish vositalari: o‘quv qo‘llanma / - Toshkent: “Tafakkur qanoti”, 2020, - 196 b. 4. Tilovova M. Ta’lim jarayonida gender tenglik va farqlarni hisobga olishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari // Центр научных публикaций. Том 18. 2020. 5. Чекалина А.А. Гендерная психология. Учебное пособие. Москва: Ос-89, 2006 г. – 240 c 6. Chizuko U. Nationalism and gender // Trans pacific press, 2004. – 263 p.