scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALIS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Boymanova Muxlisa Ismoil qizi

Abstract

TALIS xalqaro baholash dasturi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish mavzusi dolzarb ta’limiy ilmiy mavzu bo‘lib,mazkur maqolada milliy ta’lim sifatini oshirish va modernizatsiyalashtirish uchun ilg‘or horijiy xalqaro baholash dasturlari TALIS tadqiqoti o‘rganilib,u asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirishning ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yoritib berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 285 TALIS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI Boymanova Muxlisa Ismoil qizi FarDU tayanch doktoranti [email protected], 931657679 https://doi.org/10.5281/zenodo.17564606 Annotatsiya. TALIS xalqaro baholash dasturi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish mavzusi dolzarb ta’limiy ilmiy mavzu bo‘lib,mazkur maqolada milliy ta’lim sifatini oshirish va modernizatsiyalashtirish uchun ilg‘or horijiy xalqaro baholash dasturlari TALIS tadqiqoti o‘rganilib,u asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirishning ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, modernizatsiyalash, inson kapitali, bilim, ko‘nikma, kompetentsiya, TALIS. Yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, xalqaro nufuzli reytinglarda munosib oʼrinlarni egallash masalalariga davlat siyosati darajasida, alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun” 1 , O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 27 fevralda e’lon qilingan “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2 , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmon, 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Ta’lim sifatini oshirish inson kapitalini shakllantirishning muhim omili ekanligini hisobga olsak, ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, kasbiy kompetentsiyalarini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biridir.Shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish,mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir. 1 “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni. O’RQ-637, 23.09.2020y. https://lex.uz/docs/- 5013007 2 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to‘g‘risida” gi 997-son Qarori. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 286 “Bugungi kunda, taʼlim - nafaqat oʼquvchilarga biror narsani oʼrgatish, balki ularga tobora murakkablashib va oʼzgarib borayotgan dunyoda, oʼziga boʼlgan ishonch bilan ildam harakatlanish uchun yordam beradigan zaruriy vositalar (imkoniyatlar) bilan taʼminlash jarayonidir” 3 . Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish yoʼlida xorijiy ilgʼor tajribalarni oʼrganish, xalqaro standartlarni joriy etish, mavjud tizimni qiyosiy tahlil qilish va zamon talablariga javob beradigan milliy baholash tizimini takomillashtirish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqsad yoʼlida Oʼzbekiston Respublikasi hukumatining qarori 4 qabul qilinib, unga muvofiq, Oʼquvchilar savodxonligini baholash boʼyicha xalqaro PISA 5 , Matnni oʼqib tushunish darajasini baholash boʼyicha PIRLS 6 , Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar boʼyicha xalqaro oʼrganish tendentsiyasi TIMSS 7 , Oʼqitish va oʼrganish boʼyicha xalqaro soʼrovnoma TALIS 8 tadqiqotlarida Oʼzbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining ishtirokini taʼminlash vazifalari belgilandi. Mazkur tadqiqotlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilib, professional va ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida tashkil etiladi. Oʼz navbatida ushbu tadqiqotlarda ishtirok etish uchun kirishgan davlatlarda alohida tuzilmaning (koʼp hollarda Milliy markazlar deb yuritiladi) mavjud boʼlishi tadqiqotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy omillaridan hisoblanadi. Chunki, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʼrish va uni tashkil etish uchun alohida ilmiy va professional darajadagi yondashuv talab etiladi. Ushbu maqsad yoʼlida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tizimida Taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi. Xalqaro baholash dasturlari orasida TALIS (The Teaching and Learning International Survey) alohida o‘rin tutadi. Mazkur dastur o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini, ta’lim sifatini ta’minlashdagi roli hamda pedagogik kompetentsiyalarini chuqur o‘rganish imkonini beradi. TALIS natijalari dunyo mamlakatlarida o‘qituvchilar tayyorlash jarayonini takomillashtirishda muhim manba sifatida qo‘llanilmoqda. Shu bois TALIS xalqaro baholash dasturining ilmiyamaliy yondashuvlarini milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish,bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida kompetentsiyaviy yondashuvni kuchaytirish dolzarb ilmiy muammo bo‘lib hisoblanadi. TALIS dasturi ilk bor 2008-yilda OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) tashabbusi bilan joriy etilgan bo‘lib, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini,ish sharoitlarini, ta’lim jarayonidagi metodik yondashuvlarni hamda ularning professional rivojlanish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi kunda TALIS 40 dan ortiq mamlakatlarni qamrab olib,global miqyosda ta’lim sifatini baholashda eng ishonchli manbalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. TALIS dasturining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: • O‘qituvchilarning kasbiy kompetentsiyasini baholash va rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash; • Ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar,uslublar va yondashuvlarning samaradorligini o‘rganish; 3 Andreas Schleicher, Иқтисодий ҳамкорлик ва тараққиёт ташкилоти, Таълим ва кўникмалар департаменти директори, PISA дастури асосчиси. https://www.oecd-ilibrary.org/sites/2c0d9903en/index.html?itemId=/content/component/2c0d9903-en 4 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qarori. www.lex.uz 5 Program for international student assessment. https://www.oecd.org/pisa/ 6 Progress in international reading literacy study. https://pirls.bc.edu/ 7 Trend in international Mathematics and Science study. https://timss.bc.edu/ 8 Teaching and learning international survey. https://www.oecd.org/education/talis/ INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 287 • O‘qituvchilarning malaka oshirish,innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini tahlil qilish; • Turli mamlakatlardagi ta’lim tajribalarini taqqoslab, eng yahshi amaliyotlarni ommalashtirish TALIS dasturi doirasida o‘tkaziladigan so‘rovnomalar,kuzatuvlar va tahlillar natijasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim ma’lumotlar olinadi. • O‘qituvchilarning pedagogik faoliyatga bo‘lgan munosabati; • Ularning dars jarayonida qo‘llaydigan metodlari; • O‘quvchilarning bilim sifatini oshirishdagi yondashuvlar • O‘qituvchilarning malaka oshirishda duch kelayotgan muammolari • Maktab rahbariyatining pedagogik jarayondagi roli O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,uni rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida yangilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Xalqaro baholash dasturlari orasida o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini,dars berish jarayonidagi yondashuvlarni va malaka oshirish imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishi bilan ajralib turadi. Mazkur dastur orqali turli mamlakatlarda o‘qituvchilarning kasbiy kompetentsiya darajasi,ta’lim dasturiga innovatsiyalarni tatbiq etish holati,shuningdek,maktab rahbariyatining qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari o‘rganiladi. TALIS natijalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki,yuqori ta’lim natijalariga erishgan davlatlarda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga muntazam e’tibor qaratiladi. Masalan, Finlandiya, Singapur va Estoniya kabi mamlakatlarda pedagoglarning malakasini oshirish majburiy va uzluksiz jarayon sifatida yo‘lga qo‘yilgan. Natijada, ushbu davlatlarda o‘qituvchilarning kasbiy kompetentsiyasi yuqori darajada shakllangan,ta’lim sifati esa xalqaro reytinglarda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Milliy ta’lim tizimimiz rivojlanishida TALIS dasturida qayd etilgan mezonlar alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan: - o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslarida ishtirokihozirda respublikada malaka oshirish institutlari faoliyat yuritmoqda. Ammo TALIS mezonlariga ko‘ra, malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning ehtiyojlariga mos, shaxsga yo‘naltirilgan dasturlar ishlab chiqarish zarur; - innovatsion metodlarni qo‘llash-ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida interfaol metodlar tatbiq qilinmoqda. Biroq, TALIS tajribasiga asoslanib qaraganda, dars jarayonida zamonaviy AKT vositalaridan foydalanish darajasi hali yetarli emas; - o‘qituvchilarning kasbiy motivatsiyasi - TALIS natijalarida muvaffaqiyatli davlatlarda pedagog kasbi yuqori obro‘ga ega ekanligi ta’kidlanadi. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda o‘qituvchilarning maqomini oshirish,moddiy rag‘batlantirishga oid huquqiy asoslar yaratilmoqda, ammo kasbga bo‘lgan ijtimoiy e’tiborni yanada kuchaytirish talab e’tiladi. Xulosa qilib aytganda TALIS dasturida qayd etilgan mezonlar O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘unlikda qo‘llanilsa, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentsiyasi yanada rivojlanadi. TALIS natijalariga asoslangan holda bo‘lajak o‘qituvchilar kompetentsiyasini rivojlantirish istiqbollari quyidagilardan iborat: • Kompetentsiyaga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish • Uzluksiz pedagogic amaliyotni joriy etish • Innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 288 • Refleksiv va ijodiy kompetentsiyalarni rivojlantirish • Kasbiy motivatsiyani rag‘batlantirish Bu yo‘nalishlarning izchil amalga oshirilishi bo‘lajak o‘qituvchilarning zamonaviy kompetentsiyasini shakllantirishga,milliy ta’lim tizimini xalqaro mezonlarga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. 1.“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni. O‘RQ-637, 23.09.2020y. https://lex.uz/docs/-5013007 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to‘g‘risida” gi 997-son Qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 29 apreldagi PF5712-sonli farmoni. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari onlayn milliy bazasi 4. Program for international student assessment. https://www.oecd.org/pisa/ 4. Progress in international reading literacy study. https://pirls.bc.edu/ 5. Trend in international Mathematics and Science study. https://timss.bc.edu/ 6. Teaching and learning international survey. https://www.oecd.org/education/talis/ 7. Andres Shlyaxer.Jaxon miqyosidagi ta’lim.-Toshkent:”Zamin nashr”,2022 8. Adams,R.(2022),Country comparisons in PISA:The Impact of Item Selections 9. Griffin P., and E.Care (2015. Assesment and Teaching of 21st Century Skills,Springer Dordchrecht, New York.