BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI O'QUVCHILARDA O'QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA TA'LIM-TARBIYANING SAMARALI MODELLARI HAMDA XALQARO VA TARIXIY-MILLIY TAJRIBALAR INTEGRATSIYASI
Abstract
Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida samarali modellarni qo‘llash, ularni xalqaro tajribalar va milliy-tarixiy meros bilan uyg‘unlashtirishning afzalliklari ochib beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalar asosida ta’lim tizimida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini kuchaytirish yo‘llari yoritiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 288 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA TA’LIMTARBIYANING SAMARALI MODELLARI HAMDA XALQARO VA TARIXIY-MILLIY TAJRIBALAR INTEGRATSIYASI Qayumova Shoxsanam To‘lqin qizi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Guliston Davlat Universiteti doktoranti (DSc) Postal code Guliston 120204, Uzbekistan Email: [email protected] ORCID ID 0009-0007-8909-550X https://doi.org/10.5281/zenodo.17564618 Annotatsiya. Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida samarali modellarni qo‘llash, ularni xalqaro tajribalar va milliy-tarixiy meros bilan uyg‘unlashtirishning afzalliklari ochib beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalar asosida ta’lim tizimida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini kuchaytirish yo‘llari yoritiladi. Kalit so‘zlar: o‘qish savodxonligi, boshlang‘ich ta’lim, metodika, xalqaro tajriba, milliy meros, ta’lim-tarbiya modeli. Bugungi globallashuv davrida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish davlat ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda bu borada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Prezidentimizning 2022yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da ta’lim sifatini oshirish, xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS) natijalarini yaxshilash ustuvor vazifa sifatida belgilangan[1]. Shuningdek, 2019yil 29-apreldagi PQ-4310-son qaror “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”[2] hamda 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaror “Xalq ta’limi tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” hujjatlarida boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish[3], o‘qituvchilar metodikasini yangilash va xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayonining samarali modellari, xalqaro baholash tizimlari hamda milliy merosni uyg‘unlashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Chunki funksional savodxonlik – bu bilimlarni amalda qo‘llash, mustaqil fikrlash va muammolarni hal etish qobiliyatidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalar ko‘rsatish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan. So‘nggi yillarda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 289 respublikamizda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda: 2021-yilda O‘zbekiston ilk bor PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) [7] dasturida qatnashdi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro mezonlar asosida baholash imkonini berdi. 2022-yilda esa PISA (Programme for International Student Assessment) [6] dasturida ham ishtirok etdi; “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – 2026”da xalqaro baholash dasturlaridagi ko‘rsatkichlarni oshirish alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Shuningdek, “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlari, “Bir million kitob” loyihasi, maktab kutubxonalarini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish ishlari olib borilmoqda. Boshlang‘ich sinflar uchun yangi avlod darsliklari ishlab chiqildi, unda o‘qish, matnni tahlil qilish, savol-javoblar orqali o‘quvchilarni faol fikrlashga yo‘naltiruvchi topshiriqlar kiritildi. Bugungi kunda xalqaro baholash dasturlari o‘qish savodxonligini rivojlantirishda muhim indikator sifatida qabul qilinmoqda: PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) – 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydi[7]. O‘zbekistonning ushbu dasturdagi ishtiroki ta’lim tizimida kuchli va zaif jihatlarni aniqlash imkonini berdi. PISA (Programme for International Student Assessment) – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini o‘lchaydi[6]. Bu dastur natijalari mamlakatning ta’lim sifati va kadrlar tayyorlash samaradorligini ko‘rsatadi. EGRA (Early Grade Reading Assessment) – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish tezligi, tushunishi va tovushlarni ajrata olish ko‘nikmalarini baholaydi[6]. O‘zbekistonda ham ushbu baholash mexanizmlaridan foydalanilmoqda. TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) – asosan matematika va tabiiy fanlarga qaratilgan bo‘lsa-da, o‘qish savodxonligi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan topshiriqlarni ham o‘z ichiga oladi[7]. Ushbu dasturlarda muvaffaqiyat qozonish uchun bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qo‘llash hamda milliy va xalqaro tajribalarni integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega. PIRLS tadqiqoti tomonidan o‘qish savodxonligiga berilgan ta’rif IEA xalqaro assotsiatsiyasining 2001-yildagi tadqiqotiga asoslangan bo‘lib, unda o‘qish savodxonligi “tushunish va shaxs tomonidan qadrlanadigan yoki jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til shakllaridan foydalana olish qobiliyati” deb izohlangan. Har bir o‘tkaziladigan tadqiqotda o‘qish savodxonligiga nisbatan yuqorida keltirib o‘tilgan ta’rif barcha yoshdagi o‘quvchilar va keng turdagi yozma til shakllariga nisbatan qo‘llanilishi mumkinligini, ammo bugungi texnologik jihatdan rivojlangan dunyoda soni tobora oshib borayotgan qator matnli ma’lumotlarni qabul qilish, maktabda va kundalik hayotda o‘qib tushunish qobiliyatini qanchalik muhim ekanini teran his etadigan yosh o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmasi va tajribalarining o‘ziga xos jihatlarini yoritib berishni ta’minlash maqsadida qayta ishlab chiqilishini taqazo etadi. Endilikda, PIRLS xalqaro tadqiqoti tomonidan o‘qish savodxonligiga nisbatan qo‘llanilgan ta’rifi quyidagicha: O‘qish savodxonligi tushunish va shaxs tomonidan qadrlanadigan yoki jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til shakllaridan foydalana olish qobiliyatidir. O‘quvchi turli shakldagi matnlardan mazmun hosil qiladi. Ular o‘rganish, maktab va kundalik hayotda o‘zlari kabi boshqa o‘quvchilar jamoasiga qo‘shilish va vaqtini samarali o‘tkazish uchun o‘qiydilar. O‘qish savodxonligiga nisbatan bildirilgan bunday yondashuv konstruktiv va interfaol jarayon sifatida o‘qish savodxonligiga oid turli nazariyalarni aks ettiradi. Matn mazmuni muayyan o‘qish tarzi asosida o‘quvchi va matn o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik orqali hosil qilinadi. O‘quvchi matndan anglashilgan ma’noni tez ilg‘ab oladigan, matn ustida mulohaza yuritadigan,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 290 samarali o‘qish strategiyasidan xabardor va o‘qish ustida tafakkur qiladigan shaxs sifatida gavdalanadi. O‘qish jarayonining boshlanishi, o‘rtasi va oxirida o‘quvchi til ko‘nikmalarining, kognitiv va metakognitiv strategiyalar hamda mazmun shakllantirishda birlamchi bilim va ko‘nikmalar majmuasidan foydalanadi. O‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayonida kognitiv va metakognitiv strategiyalar muhim metodik vositalardan hisoblanadi. Kognitiv strategiyalar o‘quvchining ma’lumotni qabul qilish, qayta ishlash va yodda saqlash qobiliyatini kuchaytirsa, metakognitiv strategiyalar uning o‘z o‘qish jarayonini ongli ravishda rejalashtirish, nazorat qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kognitiv strategiyalar asosan matn bilan bevosita ishlashga qaratilgan bo‘lib, quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: Takrorlash (Rehearsal): matnni qayta o‘qish, muhim so‘zlarni takrorlash orqali eslab qolish; Tashkillashtirish (Organization): matndan reja tuzish, jadval va klaster yaratish; Izohlash (Elaboration): yangi ma’lumotni mavjud bilim bilan bog‘lash, shaxsiy tajriba asosida misollar keltirish; Vizualizatsiya (Imagery): matnni grafik yoki tasviriy vositalar yordamida tasavvur qilish. Bu strategiyalar o‘quvchilarni matnni anglash, asosiy g‘oyani ajratib olish va mazmunini yodda saqlashga o‘rgatadi. Metakognitiv strategiyalar esa o‘quvchining o‘z o‘quv faoliyatini boshqarish va nazorat qilish jarayoniga xizmat qiladi. Ularning asosiy turlari quyidagilar: Rejalashtirish: o‘qishga kirishishdan avval maqsadni belgilash va o‘qish usullarini tanlash; Monitoring: o‘qish davomida tushunmagan qismlarni aniqlash, zarurat tug‘ilganda qayta o‘qish; Baholash: o‘qib bo‘lgach, matnni qayta ko‘rib chiqish va asosiy g‘oyani to‘g‘ri anglash darajasini baholash; O‘zo‘zini savolga tutish: “Men ushbu matndan nima bildim?”, “Yana qaysi savollarga javob olishim kerak?” kabi savollar berish. Bu strategiyalar o‘quvchilarni tanqidiy fikrlash, mustaqil o‘qish va o‘z bilim jarayonini boshqarishga o‘rgatadi. Bundan tashqari, o‘qish muhitini yuzaga keltiradigan sharoit o‘quvchini o‘qishga rag‘batlantirish va qiziqtirish orqali matn mazmunini shakllantirishga yordamlashadi, ammo sharoit matn mazmunini tushunish imkonini bermaydigan muayyan talablarni yuzaga keltirishi ham mumkin. O‘quvchi o‘zini o‘rab turgan dunyo va o‘zi haqida tasavvurga ega bo‘lishi uchun u turli matnlarni o‘qib o‘rganishi mumkin. Har bir turdagi matn o‘quvchiga matnni talqin qilishiga imkon beruvchi sodda shakllar va qoidalardan iboratdir. Har qanday berilgan matn turi ko‘plab shakllar va shakllar jamlanmasi (kombinatsiyasi)ga ega bo‘lishi mumkin. Ular orasida an’anaviy yozma shakllar, masalan, kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, internet va veb sahifalari orqali aloqa qilishning ko‘plab usullarini o‘z ichiga olgan raqamli shakllar mavjud bo‘lib, bunda matn ko‘pincha turli multimedia formatlari bilan birlashtirilgan. PIRLS qamrov doirasi ham maktabda ham maktabdan tashqarida o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunishlaridan ko‘zlangan ikki maqsadga e’tibor qaratadi. Ular badiiy tajriba orttirish va axborotni olish va undan foydalanishdan iborat. Bundan tashqari, PIRLS baholash tadqiqoti yuqorida aytib o‘tilgan ikki maqsad bilan uyg‘unlashgan to‘rtta tushunish jarayonini birlashtiradi. Bu to‘rt jarayonlar diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotni topish; to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish; kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash; g‘oyalar va ma’lumotni talqin qilish va uyg‘unlashtirishni o‘z ichiga oladi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, o‘qish savodxonligidan ko‘zlangan asosiy maqsad va tushunish jarayoni bir-birlaridan yoki o‘quvchilar yashab, o‘rganadigan vaziyatdan ayro holda mavjud bo‘lmaydi. 1-jadval: PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligidan ko‘zlangan maqsad va tushunish jarayoni
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 291 O‘qishdan ko‘zlangan maqsad Badiiy tajriba orttirish Axborotni olish va undan foydalanish Tushunish jarayoni Diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotni topish To‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish G‘oyalar va ma’lumotlarni talqin qilish va uyg‘unlashtirish Kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari e’tibor berishi lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tamiz. O‘qishdan ko‘zlangan maqsadni shakllantirish. PIRLS tadqiqotida o‘quvchining o‘qishdan ko‘zlagan maqsadi ikki yo‘nalishda baholanadi:Badiiy tajriba orttirish – ertak, hikoya, she’r kabi badiiy matnlarni o‘qish orqali o‘quvchilar estetik zavq olishi, obrazlarni his etishi va ma’naviy dunyosini boyitishi kerak. O‘qituvchi dars jarayonida badiiy matnlarni his etish, obrazlar tahlili, qahramonlarning xatti-harakatiga munosabat bildirishga yo‘naltirishi zarur. Axborotni olish va undan foydalanish – ilmiy-ommabop, ensiklopedik yoki informatsion matnlarni o‘qish orqali o‘quvchilar faktlarni o‘zlashtirishi, ulardan amaliy faoliyatida foydalanishni o‘rganishi kerak. O‘qituvchi bolalarga matndan muhim ma’lumotlarni ajratish, ularni kundalik hayot bilan bog‘lash imkoniyatini yaratishi lozim. Demak, bo‘lajak o‘qituvchilar darsda ham badiiy, ham axborotli matnlar bilan ishlashni uyg‘unlashtirishi zarur. Tushunish jarayoniga yo‘naltirish. PIRLS mezonlari bo‘yicha o‘quvchilarda o‘qish tushunish jarayonining to‘rt bosqichi rivojlantirilishi kerak. O‘qituvchi ushbu jarayonlarga alohida e’tibor qaratishi lozim:Diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotni topish: O‘quvchilar matndan aniq fakt yoki detalni topishni o‘rganadi. O‘qituvchi savollarni “Kim?”, “Qachon?”, “Qayerda?” kabi aniqlikka yo‘naltiruvchi shaklda berishi zarur. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish: O‘quvchilar matndan ko‘rinib turgan asosiy g‘oyani anglaydi. O‘qituvchi bolalarga matndan keyingi voqeani taxmin qilish, qisqa xulosa tuzish topshiriqlarini beradi. G‘oyalar va ma’lumotlarni talqin qilish va uyg‘unlashtirish: O‘quvchilar matndagi turli ma’lumotlarni solishtiradi, umumlashtiradi va yangi xulosa chiqaradi. O‘qituvchi bolalarni matn mazmunini shaxsiy tajriba bilan bog‘lash, muqobil fikr bildirishga rag‘batlantiradi. Kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash: O‘quvchilar matn sifatini, til uslubini, muallif g‘oyasini tanqidiy baholay oladi. O‘qituvchi bolalarni qahramonlarga baho berishga, matndagi til vositalarini ajratib ko‘rsatishga o‘rgatadi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholashda nafaqat matnni o‘qish tezligi yoki hajmini, balki matnni tushunish darajasini ham chuqur o‘rganadi. Bu jarayon ikki asosiy yo‘nalishga qaratilgan: 1. O‘qishdan ko‘zlangan maqsadlar – badiiy tajriba orttirish va axborotni olish; 2. Tushunish jarayonlari – diqqatni jamlash, xulosa chiqarish, g‘oyalarni talqin qilish hamda matn elementlarini baholash. Mazkur mezonlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik jihatdan juda muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Chunki o‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchini matndan faqat faktlarni yodlashga emas, balki uni tahlil qilish, talqin etish va tanqidiy baholashga yo‘naltirishi zarur. Quyidagi jadvalda PIRLS mezonlari asosida o‘qituvchining vazifalari, o‘quvchidan kutiladigan natijalar va qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metodlar yoritilgan. 2-jadval.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 292 PIRLS tadqiqoti mezonlari asosida o‘quvchilarni o‘qishga yo‘naltirish strategiyalari PIRLS mezonlari O‘qituvchining vazifalari O‘quvchidan kutiladigan natijalar Metod va texnologiyalar Badiiy tajriba orttirish O‘quvchilarda badiiy asarlardan zavq olish, obrazlarni tahlil qilish O‘quvchi matndan estetik zavq oladi, qahramonlarga baho beradi Ifodali o‘qish, rolli o‘yin, dramatizatsiya Axborotni olish va foydalanish Faktlarni ajratish, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalanishga o‘rgatish O‘quvchi matndan zarur ma’lumot topadi va uni amalda qo‘llaydi Klaster, jadval tuzish, izohli lug‘at Diqqatni jamlash va ma’lumotni topish Aniq faktlarga oid savollar berish O‘quvchi matndan “Kim? Qayerda? Qachon?” kabi savollarga javob topadi INSERT, savoljavob usuli To‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish Asosiy g‘oyani chiqarish va taxmin qilishga yo‘naltirish O‘quvchi matndan asosiy fikrni anglaydi va qisqa xulosa tuzadi Konseptual xarita, mantiqiy zanjir G‘oyalarni talqin qilish va uyg‘unlashtirish Matn mazmunini shaxsiy tajriba bilan bog‘lash O‘quvchi o‘qiganini hayotiy misollar bilan izohlaydi Munozara, guruhiy ish, “Venn diagrammasi” Kontent, til va matnni baholash Til vositalari va matn uslubini tahlil qilish O‘quvchi matn sifatini tanqidiy baholaydi, muallif g‘oyasini tushunadi Baholash jadvali, debat, esse yozish Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayoni faqat matnni o‘qitish bilan cheklanmaydi. Aksincha, bu jarayon bosqichma-bosqich metodik yondashuvni talab qiladi: avval o‘quvchi matndan aniq faktlarni topadi, keyin xulosa chiqaradi, so‘ngra o‘z tajribasi bilan bog‘lab talqin qiladi va yakunda matnga tanqidiy baho beradi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun eng muhim vazifa – dars jarayonida o‘quvchilarni ana shu to‘rt pog‘onali tushunish zanjiri bo‘ylab yetaklay olishdir. Shuningdek, badiiy va axborotli matnlarni uyg‘un qo‘llash, savollar tizimi orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish va tanqidiy tahlil ko‘nikmasini shakllantirish o‘qish savodxonligini rivojlantirishning eng samarali usullaridan biridir. Ma’lumki, o‘qish savodxonligi insonlarning o‘qishdan ko‘zlagan maqsadlari bilan bevosita bog‘liqdir. Masalaga yanada kengroq yondashadigan bo‘lsak, mazkur sabab yoki maqsadlarga zavqlanish uchun, shaxsiy qiziqish tufayli o‘rganish va jamiyatda ishtirok etish kabilar kiradi. Ko‘pgina yosh o‘quvchilar endigina o‘qishni boshlaganlarida asosan hikoyali matnlar (masalan, hikoyalar yoki suratli kitoblar) yoki o‘quvchilarga o‘zlarini o‘rab turgan dunyo haqida axborot beruvchi va savollariga javob beruvchi ma’lumotlarga boy matnlarni o‘qiydilar. Yosh o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirib, tadqiqotga ko‘ra mazkur savodxonlik o‘quvchilarning o‘rganishlari uchun o‘qishlari kerakligini talab qilgani tufayli kitob va boshqa bosma materiallardan ma’lumot olish uchun o‘qish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 293 Odatda o‘qishdan ko‘zlangan har qanday maqsad ma’lum turdagi matnlar bilan bog‘liqlikka ega. Masalan, badiiy tajriba orttirish uchun o‘qish odatda fantastik asarlarni mutolaa qilish bilan bog‘langan, vaholanki axborotni olish va undan foydalanish ma’lumotga boy maqolalar va ko‘rsatmaga oid matnlarni o‘qish bilan amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, o‘qishdan ko‘zlangan maqsadlar alohida matn turi bilan cheklanib qolmaydi. Masalan, tarjimai hollar odatda axborot beruvchi yoki badiiy turkumga mansub material hisoblanadi, ammo ular o‘qishdan ko‘zlangan har ikkala maqsad xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Matnlar odatda, ulardan anglashilgan mazmunni turli usulda shakllantirish yordamida, ularda aks etgan fikrmulohazalarni qay tartibda tashkillashtirilgani va taqdim etilganiga qarab farqlanadi. Matnlar tuzilishi va shakliga ko‘ra, yozma materiallari tartib bilan joylashtirilgan matnlardan to tasvirli va jadvalli ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan qisqa so‘zlar va iborali matnlargacha bo‘lib, ular birbiridan keskin farq qiladi. Ma’lum matn janriga xos bo‘lgan mazmun, tarkib va uslub o‘quvchiga matnni o‘qib tushunishiga yaqindan yordam beradi. Badiiy kitoblarni o‘qishda o‘quvchilar voqealar, voqea joylari, obrazlar, oqibatlar, personajlar, asar muhiti, hissiyotlar va g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan matnni o‘qiydi va matn tilidan huzurlanadi. Adabiyotni tushunish va uni qadrlash uchun, har bir o‘quvchi matnda (asarda) sodir bo‘ladigan voqealar, hissiyotlar, tildan foydalanish san’ati hamda badiiy shakl haqida bilimni o‘z hayolidan o‘tkazishi kerak. Adabiyot yosh o‘quvchilar uchun o‘zlari hali boshidan kechirmagan holatlar va hissiyotlarni kashf etish imkoniyatini beradi. Badiiy asarda tasvirlangan voqealar, harakatlar va hayoliy voqealar bo‘lsada, o‘quvchiga ular real hayotda sodir bo‘layotgandek tasavvur uyg‘otadi va o‘quvchiga ularni hayolan boshidan kechirish imkonini beradi. Matn (yoki badiiy asar) hikoya qilib beruvchi yoki uning asosiy qahramonini kelajakda nima qilmoqchi ekanini bildirib turishi mumkin. Murakkabroq matnlar esa undanda ko‘proq dunyoqarashni talab etishi yoki keskinliklarga ega bo‘lishi mumkin. Matnnning g‘oyasi va undagi ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki dialoglar va voqealar ko‘rinishida tasvirlanadi. Qisqa hikoyalar yoki asarlarda odatda voqealar xronologik tartibda bayon qilinadi yoki asar voqealariga qaytish yoki vaqtni avvalga qaytarish orqali bayon qilinadi. Axborot beruvchi matnlar qator vazifalardan kelib chiqib yoziladi va o‘qiladi. Binobarin, axborot beruvchi matnlarning asosiy vazifasi ma’lumot berishdan iborat bo‘lgani sababli, odatda yozuvchilar o‘zlari yortimoqchi bo‘lgan mavzuga turli maqsad bilan yondoshadi. Ko‘p axborot beruvchi matnlarda faktlar biror topshiriqni bajarish bosqichlari yoki biografik tafsilotlar kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon etiladi. Shunga qaramasdan, ayrim axborot beruvchi matnlar subyektiv xususiyatga ega. Masalan, mualliflar izohlovchi mulohazalar, undash xususiyatli insholar toki puxta o‘ylab chiqilgan mulohazalar orqali izohlar va faktlarni o‘quvchiga yetkazib berishi mumkin. O‘quvchi o‘z dunyoqarashini shakllantirish uchun mazkur matnlarga tanqidiy yondashishi kerak. O‘quvchi matnlarning maqsad va vazifalariga yaxshiroq tushunishi uchun undagi ma’lumotlar boshqacha tartibda, ya’ni uning mazmuni, tuzilishi va shakli o‘zgartirilgan holda taqdim etilishi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari turli mavzularni qamrab olgan axborot beruvchi matnlarni, jumladan, ilmiy, tarixiy, jo‘g‘rofiy yoki ijtimoiy matnlarni o‘qishlari mumkin. Bunday matnlar ham undagi o‘quvchiga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan mazmun-mohiyatni ochiq berilishi nuqtai-nazaridan farqlanishi mumkin. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishga tayyorlash jarayoni zamonaviy ta’lim siyosatida eng dolzarb masalalardan biridir. Xalqaro baholash dasturlarida (PIRLS, PISA, EGRA, TIMSS) ishtirok etish O‘zbekiston ta’lim tizimida mavjud kuchli va zaif tomonlarni aniqlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, milliy va tarixiy tajribalarni zamonaviy ta’lim modellariga uyg‘unlashtirish orqali o‘qish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 294 savodxonligini oshirish imkoniyatlari kengaymoqda. O‘qituvchi uchun eng asosiy vazifa – o‘quvchilarni o‘qish jarayonining to‘rt bosqichi (ma’lumotni topish, xulosa chiqarish, g‘oyalarni talqin qilish, matnni baholash) bo‘ylab yetaklab, ularda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va ijodkorlikni rivojlantirishdir. Bu esa nafaqat o‘quvchilarning savodxonlik darajasini oshiradi, balki ularning shaxs sifatida shakllanishiga ham xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon, PF–60. 28.01.2022. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror, PQ–4310. 29.04.2019. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Qaror, PQ–4884. 06.11.2020. 4. Anderson R. S. Millatni o‘quvchiga aylantirish. – Vashington: Milliy ta’lim instituti, 1985. 5. Snow K. E. Tushunish uchun o‘qish: Matnni anglashda tadqiqot va rivojlanish dasturi. – RAND korporatsiyasi, 2002. 6. OECD. PISA – Xalqaro talabalarni baholash dasturi natijalari – 2022. – Parij: OECD nashriyoti, 2023. 7. Mullis I. V. S., Martin M. O., Foy P., Drucker K. T. PIRLS 2021 – Xalqaro o‘qish natijalari. – Boston: TIMSS va PIRLS Xalqaro tadqiqot markazi, 2022. 8. Qayumova Sh. T. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar savodxonligini rivojlantirish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 9. Karimova S. E. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammolari. // Pedagogika jurnali. – Toshkent, 2020. 10. Raximova S. S. O‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent, 2022. 11. Bruner J. S. Actual Minds, Possible Worlds. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1986. 12. Vygotsky L. S. Thought and Language. – Cambridge, MA: MIT Press, 1987. 13. Cummins J. Language, Power and Pedagogy: Bilingual Children in the Crossfire. – Clevedon: Multilingual Matters, 2000. 14. UNESCO. Global Education Monitoring Report 2023: Literacy for All. – Paris: UNESCO Publishing, 2023. 15. Shodmonova D. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini takomillashtirish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 16. Nasriddinova Sh. O‘quvchilarda matn bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. 17. Mahkamova M. Y. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda o‘qish metodikasining o‘rni. – Farg‘ona: FDU nashriyoti, 2020. 18. International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA). PIRLS 2021 Assessment Framework. – Amsterdam: IEA, 2021.