scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NOFILOLOGIK YO'NALISHDAGI TALABALARGA CHET TILINI O'RGATISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

Achilova Risolat A'zamovna, Anvarova Umidabegim Ja'farovna

Abstract

Ushbu maqolada nofilologik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun chet tilini o‘rgatishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari tahlil qilingan. Kommunikativ yondashuv, vazifa asosida o‘qitish (task-based learning), teskari sinf (flipped classroom), AKT vositalari va gamifikatsiya metodlarining afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, samaradorlikka ta’sir etuvchi omillar va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 295 NOFILOLOGIK YO‘NALISHDAGI TALABALARGA CHET TILINI O‘RGATISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI Achilova Risolat A’zamovna1, Anvarova Umidabegim Ja’farovna2 1Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti, f.f.f.d.; 2Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17564631 Annotatsiya. Ushbu maqolada nofilologik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun chet tilini o‘rgatishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari tahlil qilingan. Kommunikativ yondashuv, vazifa asosida o‘qitish (task-based learning), teskari sinf (flipped classroom), AKT vositalari va gamifikatsiya metodlarining afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, samaradorlikka ta’sir etuvchi omillar va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: nofilologik yo‘nalish, chet tili, pedagogik texnologiya, kommunikativ yondashuv, AKT, gamifikatsiya. Аннотация. В статье рассматриваются современные педагогические технологии обучения иностранному языку студентов нефилологических направлений. Анализируются преимущества коммуникативного подхода, обучения на основе заданий, перевёрнутого класса, использования ИКТ и геймификации. Представлены факторы, влияющие на эффективность, и рекомендации по их применению в практике. Ключевые слова: нефилологическое направление, иностранный язык, педагогическая технология, коммуникативный подход, ИКТ, геймификация. Abstract. This article examines modern pedagogical technologies for teaching a foreign language to students in non-philological fields. It highlights the advantages of the communicative approach, task-based learning, flipped classroom, ICT integration, and gamification. The study also identifies factors affecting effectiveness and provides recommendations for practical implementation. Keywords: non-philological field, foreign language, pedagogical technology, communicative approach, ICT, gamification. Globalizatsiya jarayoni ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘rgatishga bo‘lgan talabni sezilarli darajada oshirdi. Xususan, nofilologik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun chet tilini egallash nafaqat kommunikativ ehtiyojni qondiradi, balki kasbiy faoliyat samaradorligini ham oshiradi. Biroq bu yo‘nalishlarda talabalar ko‘pincha til o‘rganishga yetarlicha vaqt ajratmaydi, shuning uchun o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida qisqa muddatda samarali natijaga erishish yo‘llarini izlashmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – bu o‘qitish jarayonini oldindan loyihalash, tizimli tashkil etish va natijalarni kafolatlashga qaratilgan metod va vositalar majmuasidir. Ular o‘quvchi yoki talabaning shaxsiy imkoniyatlarini, ehtiyojlarini va o‘quv motivatsiyasini hisobga olgan holda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda chet tillarni o‘qitishda interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), masofaviy ta’lim, modul asosida o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish) kabi texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Pedagogik texnologiyalarning bir qator asosiy afzalliklari mavjud. Zamonaviy INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 296 pedagogik texnologiyalar orqali o‘qitish ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirish imkonini beradi, o‘qitishni individuallashtirish va differensiallashtirish asosida olib boradi, o‘zlashtirishni tezlashtiradi va o‘quvchilarda mustahkam til ko‘nikmalarini shakllantiradi, talabalar faoliyatini monitoring qilish va baholash tizimini takomillashtiradi. Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tizimlashtirish, kafolatlangan natijaga erishish va o‘quvchi yoki talabaning shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Ularning mazmuni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, individual va differensial o‘qitish, o‘quvchini faol subyekt sifatida shakllantirish tamoyillariga tayanadi. Bunday yondashuv nofilologik yo‘nalish talabalari uchun chet tili o‘rganishda motivatsiyani oshirish va o‘zlashtirishni tezlashtirish imkonini beradi. Nofilologik yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalar uchun chet tilini o‘rganish ko‘pincha asosiy mutaxassislik fanlaridan so‘nggi o‘rinda turadi. Shuning uchun o‘qituvchi qisqa vaqt ichida talabaga zarur bo‘lgan til kompetensiyasini shakllantirishga harakat qiladi. Bu jarayonda cheklangan soatlar sharoitida eng muhim mavzular va til ko‘nikmalariga e’tibor qaratiladi; kasbiy yo‘naltirilganlik – til o‘qitish jarayoni talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati bilan bog‘lanadi; motivatsiyani oshirish zarurati – talabalar chet tilini o‘z mutaxassisligi doirasida foydali ekanligini his qilgandagina samarali natija kuzatiladi. Qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar: 1. Kommunikativ yondashuv – til o‘rgatishda asosiy maqsad muloqot qila olish qobiliyatini rivojlantirishdir. Talabalar real hayotiy vaziyatlarda tilni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 2. Task-based learning (vazifa asosida o‘qitish) – o‘qitish jarayoni amaliy vazifalarni bajarish orqali olib boriladi, bunda vazifalar talabaning kasbiy sohasiga mos bo‘ladi. 3. Flipped classroom (teskari sinf) – nazariy bilimlar mustaqil ravishda onlayn yoki videodarslar orqali o‘zlashtiriladi, dars jarayonida esa ko‘proq amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilinadi. Bu modelda nazariy bilimlar uyda (video, maqola, leksiya) o‘zlashtiriladi, dars davomida esa amaliy mashg‘ulotlar, tilni real vaziyatlarda qo‘llash, savol-javob va muhokama bo‘lib o‘tadi. Bu metod vaqtni tejaydi va talabalarni faol ishtirok etishga undaydi. 4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – onlayn platformalar (Moodle, Google Classroom, Quizlet), mobil ilovalar, interaktiv doskalar orqali ta’lim samaradorligi oshiriladi. 5. Gamifikatsiya – o‘yin elementlarini o‘qitish jarayoniga kiritish orqali talabalar rag‘bati kuchaytiriladi, raqobat va qiziqish ortadi. Bu jarayonda samaradorlikka ta’sir etuvchi bir qancha omillar mavjud. O‘qituvchining zamonaviy metod va texnologiyalarni puxta bilishi, talabalarning ehtiyojlarini aniqlash va individual yondashuvni ta’minlash, o‘quv materiallarini kasbiy yo‘naltirilgan holda tanlash, ta’lim jarayonini muntazam monitoring qilish va natijalarni tahlil qilish shular jumlasidandir. Nofilologik yo‘nalishda chet tilini o‘qitishda o‘quv materiallari talabalar mutaxassisligiga bevosita bog‘langan bo‘lishi, interaktiv mashg‘ulotlar va muammoli vaziyatlar asosida darslar tashkil etilishi, talabalar uchun individual ta’lim yo‘nalishlari ishlab chiqilishi, an’anaviy darslar AKT va masofaviy o‘qitish bilan integratsiya qilinishi, baholash jarayonida testlar, elektron portfoliolar va loyiha ishlari birgalikda qo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. Nofilologik yo‘nalishda chet tilini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Bunday yondashuv talabalarni nafaqat lingvistik, balki kasbiy kommunikativ kompetensiyaga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. O‘qituvchi metodlarni talabalar ehtiyojiga mos tanlashi va o‘quv jarayonini interaktiv hamda amaliy yo‘nalishga ega qilishi zarur. O‘qituvchi darsda har bir guruh INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 297 va talabaga individual yondashuvni yo‘lga qo‘yish, o‘quv materiallarini kasbiy sohalar bilan bog‘lash, darslarda AKT va interaktiv metodlardan kompleks foydalanish, talabalar ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olib, o‘quv rejalarini moslashtirish kabi tavsiyalarni amalda tatbiq etsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Brown, H. D. “Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy”. Pearson Education, 2015. 2. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. “Approaches and Methods in Language Teaching”. Cambridge University Press, 2014. 3. Гальскова, Н. Д., Гез, Н. И. “Теория обучения иностранным языкам: Лингводидактика и методика”. Москва: Академия, 2017. 4. Қодирова, Ш. “Chet tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”. Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 5. Harmer, J. “The Practice of English Language Teaching”. Pearson Longman, 2015.