BO'LAJAK OFITSERLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA HARBIY INTIZOMNING O'RNI
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak ofitserlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida harbiy intizomning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Harbiy intizomning mazmun-mohiyati, uning shaxsiy va kasbiy shakllanishdagi o‘rni, vatanparvarlik g‘oyalari bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, samarali tarbiyaviy strategiyalar va metodlar asosida bo‘lajak ofitserlarda yuqori darajadagi intizom va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish yo‘llari ilmiy asosda yoritiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 315 BO‘LAJAK OFITSERLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA HARBIY INTIZOMNING O‘RNI Yarmatov Akbar Normurotovich O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti podpolkovnik https://doi.org/10.5281/zenodo.17564702 Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak ofitserlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida harbiy intizomning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Harbiy intizomning mazmun-mohiyati, uning shaxsiy va kasbiy shakllanishdagi o‘rni, vatanparvarlik g‘oyalari bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, samarali tarbiyaviy strategiyalar va metodlar asosida bo‘lajak ofitserlarda yuqori darajadagi intizom va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish yo‘llari ilmiy asosda yoritiladi. Аннотация. В данной статье всесторонне анализируется роль и значение военной дисциплины в процессе патриотического воспитания будущих офицеров. Раскрываются сущность и содержание военной дисциплины, её значение в формировании личностных и профессиональных качеств офицера, а также её тесная взаимосвязь с идеями патриотизма. Кроме того, на научной основе рассматриваются эффективные воспитательные стратегии и методики, направленные на формирование у будущих офицеров высокого уровня дисциплины и патриотических качеств. Abstract. This article provides an in-depth analysis of the role and significance of military discipline in the process of fostering patriotic values among future officers. It explores the essence and nature of military discipline, its importance in shaping both personal and professional qualities, and its close interrelation with patriotic ideals. Furthermore, the article outlines scientifically grounded strategies and methods for effectively cultivating high levels of discipline and patriotism in future military officers. Kalit soʻzlar: harbiy intizom, vatanparvarlik, ofitser, harbiy tarbiya, harbiy pedagogika, yurt himoyasi. Ключевые слова: военная дисциплина, патриотизм, офицер, военное воспитание, военная педагогика, защита Родины. Keywords: military discipline, patriotism, officer, military training (or military education), military pedagogy, homeland defense (or national defense). Kirish. Yurt mudofaasi har bir fuqaroning sharafli burchi hisoblanadi. Ayniqsa, Vatan xavfsizligini ta'minlaydigan harbiy xizmatchilar, xususan, bo‘lajak ofitserlar uchun bu burch yuksak mas'uliyat va fidoyilikni talab qiladi. Ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – zamonaviy armiya uchun asosiy strategik vazifalardan biridir. Bu borada harbiy intizom alohida o‘rin tutadi. Intizom – bu harbiy xizmatning negizi, harbiy tuzilmalarning uyg‘un va samarali faoliyatini ta'minlovchi muhim omildir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Tarixdan ma’lumki harbiy xizmatchilarni tarbiyalash tushunchalari degan tushuncha bo‘lgan emas, shuning uchun eng avvalo, xalq og‘zaki ijodi orqali, xalq ertaklari orqali, she’rlar va baxshilarning aytishlari orqali vatanparvarlik tushunchalari xalq ongiga yetkazilib, undan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 316 tashqari Alisher Navoiy asarlarida vatanparvarlik, vatanni sevish asosiy mavzulardir. Amir Temur tuzuklarini o‘qish, Kaykovusning “Qobusnomasi”, Temur Malikning qahramonligi, “Alpomish” dostoni, Jaloliddin Manguberdi, Shiroq, Tomarislarning vatanparvarligi, zamonaviy vatanparvar qahramonlar general Sobir Rahimov, general Mullajon Uzoqov, gvardiya polkovnigi Xoshim Xodjaevlarning qahramonliklari va hokazolar. Ushbu qahramonlarimizning vatanparvarligi xalqni, yurtni, zaminni sevishga o‘rgatdi. Harbiyvatanparvarlikning zamirida harbiy intizom asosiy rol o‘ynagan va hozir ham xuddi shunday [1]. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, buyuk sarkardalarning barchasi qo‘shinlar orasida tartib – intizomni mustahkamlashga butun borligini bag‘ishlagan. Barcha sarkardalar tartibintizomni yo‘lga qo‘yish uchun o‘z e’tiborini quyidagilarga qaratgan: a) keksa donishmandlar bilan suhbat; b) Amir Temurning “Temur tuzuklari” [2] ni o‘qish; v) hayotiy tajriba; g) chidam va sabot bilan intilish. Davrning o‘zi buyuk insonlarni yuzaga keltiradi, tarbiyalaydi, shakllantiradi. Ana shunday buyuk sarkardalardan biri Amir Temur (1336-1405) bobomizdir. Amir Temurning qo‘shinlarida tartib-intizom masalalari “Temur tuzuklari” [3]da batafsil yoritilgan. Harbiy xizmatchilar uchun Temur tuzuklari bebaho qo‘llanma hisoblanadi. U o‘z hayot faoliyati davomida doimo o‘zining “Kuch adolatda” degan shioriga amal qilgan holda ish yuritgan. Amir Temur farzandlari, nabiralari, qo‘shinlaridagi tartib-intizomga ham katta e’tibor qaratgan. Hech bir vaqt qo‘shindagi tartib-intizomga ikkinchi darajali ish deb qaramagan. Amir Temur qonun ustuvorligiga katta e’tibor qaratgan va qonun ustuvorligiga jamiyat tarozisi sifatida yondoshilgan. Sohibqiron davrida qonunlar barcha uchun barobar ekanligi, hatto uning ba’zi bir o‘g‘illari va nabiralari qonundan tashqari noloyiq ish qilganlarida ularni qattiq jazolaganlar. Amir Temur qattiqqo‘l va shu bilan birga adolatparvar davlat arbobi bo‘lgan. Shu sababli Amir Temur tuzuklari biz uchun bebaho ma’naviy meros hisoblanadi. “Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun ma’rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqniki emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki bo‘lib, bu bebaho boylik yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, eng muhimi, yangi kashfiyotlar uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir” [4]. Jaloliddin Manguberdi o‘z davrining buyuk sarkardalaridan bo‘lgan. U mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi olib borgan jangi tarix zarvarag‘lariga yozilgan. Buyuk sarkarda sifatida Jaloliddin Manguberdi nafaqat mo‘g‘ullarga o‘zining jasorati bilan, balki qo‘shinda tartib – intizom, vatanparvarlikka o‘rnak bo‘lishi bilan hozirgi kungacha dunyoni lol qoldirmoqda. Tarixchi olim Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy shunday deb yozadi: “Jaloliddinning daryo bo‘yiga boradigan yo‘lini to‘sishga urindilar. Bu uni ayovsiz jang qilishga majbur qildi. Chingizxon Jaloliddinni tiriklay tutishni buyurdi. Totarlar uni atrofiga o‘rab ola boshladilar. Biroq sulton bu xalqani yorib chiqdi va oti bilan o‘zini daryoga tashladi. Chingizxon Jaloliddinning bu mardligidan hayratga tushdi va o‘g‘illariga bunday dedi: “Haqiqiy ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi kerak! U shunday qirg‘inbarot jang maydonidan va daryo girdobidan qutulib himoya qirg‘og‘iga chiqa oldimi, demak, undan yana ham ko‘p qahramonliklar va son-sanoqsiz tashvishlar kutish mumkin”” [5]. Jaloliddin qo‘shinlari orasida tartib-intizomga rioya qilish eng asosiy vazifalardan biri hisoblangan. Tartib-intizom bor joyda mustahkamlik va g‘alabaga bo‘lgan ishonch bo‘ladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 317 Bo‘lguvchi ofitserlarni harbiy-vatanparvarlik, vatanga sadoqatli bo‘lishga tarbiyalashda Umumharbiy nizomlar (ustav)ning o‘rni beqiyos. Umumharbiy nizomlar (ustav) birinchi bo‘lib 1716 yilda, dengiz flotiniki esa 1720 yilda Rossiyada qabul qilingan. Ushbu nizomning mohiyati armiyada tartib-intizom o‘rnatish, o‘qitish va tarbiyada birlikni yuzaga keltirishdan iborat edi. Barcha o‘qitish va tarbiyaning asosiy maqsadi g‘alabaga qaratilgan edi. Nizom asosida askarlarni o‘q otish va tez harakat qilishga qaratilganligidir. Ayniqsa uchi o‘tkir (shtik) bilan jang qilishga, qo‘l janggi, himoya qilish usuli, uslubi va hujum qila olish metodikasiga qaratilgan bo‘lgan. Ayniqsa yoshi katta, tajribali askarlarga alohida jang san’atini o‘rgatishgan. Bayroqqa sodiq bo‘lish, bayroqni aziz bilish, bayroqqa askarlarni sadoqat bilan xizmat qilish ruhida tarbiyalashgan. Ushbu tamoyil o‘zimizda ya’ni Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Spitamen, Temur Malik kabi qo‘mondonlarimiz tomonidan ham qo‘llanilgan, askarlarni bayroqqa sodiq qolish ruhida tarbiyalashgan. Bayroqqa sodiqlik tarixiy romanlarda, tarixiy vatanparvarlik ruhidagi filmlarda, hikoyalarda, hujjatli filmlarda ham yoritilgan. Ayniqsa Xitoy Samuraylarining har birida bayroq bo‘lganligi, ushbu bayroqqa hurmat bir umr ularning ongiga singib qoldirilgan [6]. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlari” [7]da ham “Qoidalarga ongli ravishda rioya etish va ichki xizmatning zarur saviyada tashkil etilishi harbiy xizmatchilarda mas’uliyat, erkinlik, tartiblilik va halollik xislatlarini rivojlantiradi. Hamjihatlik, xayrixohlik va o‘zaro yordam berish xislatlari harbiy o‘rtokchilikni mustahkamlaydi, harbiy jamoani jipslashtiradi, yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish va jangovar vaziyatda og‘ir sinovlarni yengib o‘tishga imkon beradi”. Qolaversa, “Harbiy intizom – bu barcha harbiy xizmatchilarning qonunchilik hujjatlari, harbiy nizomlar va komandirlarning (boshliqlarning) buyruqlari bilan belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy hamda aniq rioya etilishidir. Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishga shaxsan javobgarligini, o‘z xalqiga nisbatan cheksiz sadoqatini, harbiy va fuqarolik burchini his qilishiga asoslanadi” deyilgan. MUHOKAMA VA NATIJALAR Harbiy xizmatchilarni tarbiyalash o‘ziga xos og‘ir, mas’uliyatli jarayon hisoblanib kelingan. Ofitserlarning faoliyati serqirra. Ushbu serqirralikda asosiy e’tibor shaxsiy tarkibni o‘qitishga va tarbiyalashga yo‘naltirilganligidir. Ofitserlar har doim harbiy xizmatchilarni o‘qitishda, tarbiyalashda asosiy bosh subyekt hisoblanib kelingan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Har bir harbiy xizmatchi ofitser darajasiga yetibdimi, ofitser bo‘lib shakllangan, demak albatta ularda pedagogik-psixologik mahorat shakllanadi. Bo‘lguvchi ofitserlar ya’ni kursantlarni, umuman olganda, harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda bosh subyekt sifatida doimo o‘zlari ham tarbiyalanib, shakllanib borishadi. Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi. Shu sababli kursantlarni o‘qitish va tarbiyalash ofitserlar kasbiy faoliyatining asosini tashkil etadi. Yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlari”da keltirilgan harbiy intizom so‘ziga qo‘yidagicha umumiy ta’rifni bersak maqsadga muofiq ya’ni “Harbiy intizom – bu harbiy xizmatchilarning belgilangan nizomlarga, buyruqlarga, xizmat majburiyatlariga ongli
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 318 ravishda, ichki ehtiyoj asosida rioya etishidir”. U harbiy pedagogika va psixologiya fanlarida ijtimoiy-huquqiy, axloqiy va tashkiliy me’yorlar tizimi sifatida qaraladi. Adabiyotlarni tahlil qilish natijasida harbiy – intizom - pedagogik nuqtai nazardan, quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi deb hisoblaymiz: Tarbiyaviy – shaxsda mas'uliyat, irodaviy sifatlar, nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi; Tashkiliy – harbiy jamoaning yagona tizimda ishlashini ta'minlashi; Axloqiy – harbiy kasbga sadoqat, Vatanga muhabbat, xizmatga halollik kabi qadriyatlarni mustahkamlashi; Regulyativ – muayyan intizomiy me’yorlar asosida harbiy xatti-harakatlarni boshqarishi. Shuningdek, bizning fikrimizcha, harbiy intizom ofitserlar uchun shunchaki buyruqqa bo‘ysunish emas, balki o‘z ixtiyori bilan tartibga rioya qilish, mas’uliyatni his qilish va har qanday holatda qat’iy pozitsiyani saqlab qolish layoqatidir. Vatanparvarlik tarbiyasi ofitser shaxsini shakllantirishdagi o‘rni quyidagilar: vatanparvarlik – bu shunchaki yurtga muhabbat emas, balki yurt manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘ya olishdir. Ofitser kasbining o‘zi mazmunan vatanparvarlikni talab qiladi. Zero, harbiy xizmat – bu davlat suverenitetini, hududiy yaxlitligini, tinchligini ta’minlashga xizmat qiladi. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi maqsadga muvofiq: tarixiy xotira va milliy g‘ururni shakllantirish: bo‘lajak ofitserlar o‘z xalqining harbiy tarixini, buyuk sarkardalar faoliyatini chuqur o‘rganish orqali o‘z shaxsini milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtiradi. Ijtimoiy faollik va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish: harbiy xizmatchilar jamiyatdagi eng faol va namunali qatlam sifatida shakllanishi kerak. Ma’naviy-axloqiy immunitetni mustahkamlash: Har qanday tashqi mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashishda ma’naviy tayanch va irodaviy barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, vatanparvarlik va harbiy intizom bir-birini to‘ldiruvchi, shaxsiy va kasbiy rivojlanishni ta’minlovchi asosiy omillardandir. Harbiy intizom orqali vatanparvarlik ruhini shakllantirish mexanizmlari quyidagilar: bo‘lajak ofitserlarda harbiy intizom orqali vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: a) nazariy tayyorgarlik bosqichi - harbiy qonunchilik, nizomlar, buyruq va farmonlarning mazmunini o‘rganish orqali huquqiy ongi shakllantiriladi, harbiy etikaga oid bilimlar beriladi. b) Amaliy tayyorgarlik bosqichijismoniy va taktik tayyorgarlik orqali jamoaviylik, mas’uliyat va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllanadi, real harbiy sharoitlarda intizomiy me’yorlarga rioya qilish o‘rgatiladi. c) Axloqiy-ruhiy tarbiya bosqichi - motivatsion suhbatlar, psixologik treninglar, vatanparvarlik darslari orqali ichki e’tiqod mustahkamlanadi, vatanga qasamyod, tantanali tadbirlar orqali shaxsda vatanparvarlik g‘ururi kuchaytiriladi. Harbiy ta’lim muassasalarida intizom va vatanparvarlikni uyg‘un holda shakllantirish strategiyasi quyidagilar:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 319 bo‘lajak ofitserlarni yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashda harbiy ta’lim muassasalari quyidagi strategik yondashuvlarga amal qilishi lozim: tizimli monitoring: harbiy intizomning buzilishi holatlarini ilmiy asosda tahlil qilish va sabablarini aniqlab, oldini olish; integratsiyalashgan o‘quv dasturlar: harbiy fanlar bilan birgalikda vatanparvarlik va tarbiyaviy modullarni birlashtirish; shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv: har bir kursantning psixologik holati, motivatsiyasi va individual imkoniyatlarini hisobga olish; harbiy-pedagogik tajriba almashinuvi: milliy armiyamizning ilg‘or tajribalarini xorijiy harbiy ta’lim tizimlari bilan taqqoslash va rivojlantirish. XULOSA Zamonaviy harbiy ta’limda bo‘lajak ofitserlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida harbiy intizom hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U nafaqat tashqi muvozanat va buyruqqa itoatni, balki ichki mas’uliyat, kasbga sadoqat va Vatanga sadoqatni mustahkamlaydi. Harbiy intizom va vatanparvarlik o‘zaro uyg‘unlikda bo‘lishi ofitser shaxsining harbiy yetukligini, boshqaruv salohiyatini va ma’naviy poydevorini belgilaydi. Shu bois harbiy ta’lim jarayonida intizomiy-tarbiyaviy ishlar faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmasdan, kompleks yondashuv asosida, amaliy, ma’naviy, psixologik va pedagogik usullar bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 1. Mahmudov R.M., Ikmatullaev G.Z. “Harbiy pedagogika” – O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti”, 2018. – B.18bet. 2. “Temur tuzuklari”. – “O‘zbekiston”, 2012. 3. “Temur tuzuklari”. – “O‘zbekiston”, 2012, 84-bet. 4. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risidagi qarori //Xalq so‘zi, 2017 yil 24-iyun. 5. Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti. – T.: “O‘zbekiston”, 1999, 155-bet. 6. Mahmudov R.M., Ikmatullaev G.Z. “Harbiy pedagogika” – O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti”, 2018. – B.2627-betlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-23-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlari” – 343-bet – Toshkent – 2025 yil.