OLIY TA'LIM TIZIMIDA MAXSUS PEDAGOGIKA FANLARINI O'QITISHDA INTEGRATIVE YONDASHUVNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integrativ yondashuvning ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Integrativ yondashuv pedagogik jarayonda fanlararo bog‘liqlikni kuchaytirish, talabalar bilimini tizimli shakllantirish va nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, maqolada maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integratsiyaning afzalliklari, metodologik asoslari hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Natijada, oliy ta’limda integrativ yondashuv orqali talabalarni kasbiy jihatdan tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar keltiriladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 319 OLIY TA’LIM TIZIMIDA MAXSUS PEDAGOGIKA FANLARINI O‘QITISHDA INTEGRATIVE YONDASHUVNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI Maqsudova Nodira Alijonovna Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.17564717 Annotatsiya. Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integrativ yondashuvning ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Integrativ yondashuv pedagogik jarayonda fanlararo bog‘liqlikni kuchaytirish, talabalar bilimini tizimli shakllantirish va nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, maqolada maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integratsiyaning afzalliklari, metodologik asoslari hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Natijada, oliy ta’limda integrativ yondashuv orqali talabalarni kasbiy jihatdan tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar keltiriladi. Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, maxsus pedagogika, integrativ yondashuv, ilmiy-nazariy asoslar, fanlararo bog‘liqlik, ta’lim samaradorligi, kasbiy tayyorgarlik. Oliy ta’lim tizimida ta’lim mazmunini modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda talabalarni kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash masalasi dolzarb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda innovatsion va integrativ yondashuvlardan foydalanish zarurati ortib bormoqda. Maxsus pedagogika insonning rivojlanishida uchraydigan turli xil nuqsonlar, ehtiyojlar va imkoniyatlarni o‘rganish, shuningdek, ularga mos ta’lim-tarbiyaviy hamda korreksion jarayonlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadigan soha hisoblanadi. Ushbu fanlarni samarali o‘qitish nafaqat nazariy bilimlarni berishni, balki talabalarda amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishni ham taqozo etadi. Integrativ yondashuv bugungi kunda ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishning muhim pedagogik vositalaridan biri bo‘lib, u turli fanlararo aloqadorlikni kuchaytiradi, o‘quvchilar va talabalar bilimini yaxlit tizim sifatida shakllantirishga yordam beradi. Ayniqsa, maxsus pedagogika sohasida integratsiya jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu yondashuv talabalarga turli fanlar – psixologiya, defektologiya, logopediya, nevrologiya, ijtimoiy pedagogika va boshqa fanlardan olingan bilimlarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integrativ yondashuvdan foydalanish talabalarda kompleks fikrlash, muammolarni turli yo‘nalishlar nuqtai nazaridan ko‘ra olish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Natijada, ular kelgusida o‘z kasbiy faoliyatlarida bolalar va o‘quvchilar bilan samarali ishlash, individual yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bois mazkur maqolada integrativ yondashuvning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish, uning maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishdagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qilish asosiy vazifa qilib belgilangan. Oliy ta’lim tizimida maxsus pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonida integrativ yondashuvni qo‘llash nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur yondashuvning ilmiy-nazariy asoslari pedagogika, psixologiya, sotsiologiya,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 320 defektologiya hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga tayanadi. Integrativ ta’limning mohiyati – turli fanlardan olingan bilimlarni yagona tizimga keltirish, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligini ochib berish va talabalarni kompleks bilim hamda ko‘nikmalar bilan ta’minlashdan iboratdir. Integrativ yondashuvning mazmun-mohiyati haqida so‘z yurutadigan bo‘lsak, integratsiya jarayoni maxsus pedagogika fanlarini boshqa ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar bilan uyg‘un holda o‘rganishni nazarda tutadi. Masalan, logopediya fanini o‘qitishda tilshunoslik, psixologiya va nevrologiya fanlaridan foydalaniladi. Shu orqali talabalar nutq nuqsonlarini faqat nazariy emas, balki psixologik va fiziologik nuqtai nazardan ham tushunib olishadi. Shuningdek, oligofrenopedagogika fanida tibbiyot va psixologiya fanlari bilan bog‘liq bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali talabalarning nuqsonli rivojlanish xususiyatlarini chuqurroq anglash imkoniyati yaratiladi. Shu o‘rinda integrativ yondashuvning ilmiy-nazariy asoslar haqida fikir yurutishham maqsadga muofiq sanaladi. Integrativ yondashuvning ilmiy asoslari quyidagi omillarga tayanadi. Pedagogik asoslar – shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, faoliyat nazariyasi. Psixologik asoslar – kognitiv rivojlanish nazariyalari, shaxs rivojlanishining bosqichlari, emotsional-intellektual rivojlanish jarayonlari. Metodologik asoslar – tizimlilik, uzviylik, faoliyat va shaxsiy yondashuv, fanlararo aloqadorlik. Amaliy asoslar – maxsus ta’limda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, multimedia vositalari, innovatsion metodlar. Maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integratsiyaning afzalliklariga ham alohida diqqat qaratib o‘tish shart. Bu jarayon talabalarda kompleks va tizimli bilimlarni shakllantiradi, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi, fanlararo bog‘liqlik orqali muammolarni turli nuqtai nazardan hal qilish qobiliyatini oshiradi, talabalarda kasbiy refleksiya va ijodiy yondashuvni rivojlantiradi, nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarga qo‘llash imkonini beradi. Yana asosiy masalalardan biri shuki integrativ yondashuvni amaliyotda qo‘llash shakllari to‘g‘risida yetarli bilim va amalda qollash jihatlarini yaxshi bilish hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integrativ yondashuvni quyidagi shakllarda qo‘llash mumkin. Integratsiyalashgan ma’ruzalar – bir nechta fan vakillari ishtirokida olib boriladigan mashg‘ulotlar. Amaliy seminarlar – fanlararo muammolarni hal etishga qaratilgan guruh ishlari. Loyihaviy ta’lim – talabalar tomonidan turli fanlardan olingan bilimlar asosida loyiha ishlab chiqish. Keys-stadi usuli – hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish orqali fanlararo bilimlarni uyg‘unlashtirish. Axborot texnologiyalaridan foydalanish – multimedia, elektron resurslar, virtual laboratoriyalar yordamida fanlararo bog‘liqlikni kuchaytirish. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim jarayonini yangilash va zamonaviy talablarga moslashtirish zarurati kuchaymoqda. Shu bois integrativ yondashuv nafaqat maxsus pedagogika, balki ta’limning barcha yo‘nalishlari uchun muhim strategik yo‘nalish hisoblanadi. Maxsus pedagogika fanlarida esa bu yondashuv alohida ahamiyatga ega, chunki nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash murakkab, ko‘p qirrali va fanlararo bilimlarni talab etadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 321 Oliy ta’lim tizimida maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integrativ yondashuvdan foydalanish zamonaviy ta’lim jarayonining eng muhim talablaridan biridir. Integratsiya orqali fanlararo bog‘liqlik ta’minlanadi, talabalarda bilimlarni tizimli o‘zlashtirish, nazariy tushunchalarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, integrativ yondashuv talabalarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv, muammoli vaziyatlarni turli nuqtai nazardan tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Maqolada ta’kidlanganidek, maxsus pedagogika fanlari – logopediya, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va boshqalar – o‘z mohiyatiga ko‘ra fanlararo yondashuvni talab qiladi. Shu sababli ularni boshqa fanlar bilan uyg‘un holda o‘qitish ta’lim samaradorligini oshiradi hamda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlaydi. Bu jarayonda psixologiya, tibbiyot, sotsiologiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan integratsiya alohida ahamiyat kasb etadi. Integrativ yondashuvning ilmiy-nazariy asoslari tizimlilik, faoliyatga yo‘naltirilganlik, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va fanlararo bog‘liqlikka tayanadi. Bu esa ta’lim jarayonida nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg‘unlashuviga xizmat qiladi. Natijada, kelgusida talabalarning maxsus pedagog sifatida faoliyat olib borish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda samaradorlik sezilarli darajada oshadi. Xulosa qilib aytganda, maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integrativ yondashuv: Talabalarda keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi, ularni kasbiy faoliyatga puxta tayyorlaydi, ta’limning zamonaviy talablariga javob beradi, pedagogik jarayonni yanada samarali va natijador qiladi. Demak, oliy ta’lim tizimida maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integrativ yondashuvni keng joriy etish kelajakda malakali, innovatsion fikrlaydigan va kasbiy jihatdan yetuk mutaxassislarni tayyorlashning muhim garovi hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Abdurahmonova, Q. (2020). Maxsus pedagogika: nazariya va amaliyot. Toshkent: Fan va texnologiya. 2. Xolmatova, M., & Yo‘ldosheva, G. (2021). Defektologiya asoslari. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 3. Vygotskiy, L. S. (1991). Pedagogicheskaya psixologiya. Moskva: Pedagogika. 4. Lerner, I. Ya. (1981). Didakticheskie osnovy metodov obucheniya. Moskva: Pedagogika. 5. Ziyamuxamedova, N. (2019). Ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Innovatsiya. 6. Davydov, V. V. (1996). Problemy razvivayushchego obucheniya. Moskva: Intor. 7. Yuldasheva, N. (2022). Maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda integrativ yondashuv. Toshkent: Oliy ta’lim nashriyoti. 8. Shirinov, A. (2020). Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: Ilm Ziyo. 9. UNESCO (2017). Inclusive education: Guidelines for policymakers. Paris: UNESCO Publishing. 10. Florian, L., & Black-Hawkins, K. (2011). Exploring inclusive pedagogy. British Educational Research Journal, 37(5), 813–828.