TOHIR MALIK ASARLARI VOSITASIDA TALABALARDA MA'RIFATPARVARLIK G'OYALARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI YUZASIDAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI MAZMUNI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik jarayonda badiiy adabiyotning, xususan, ijodining talabalarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan yoritilgan. Tajriba-sinov ishlari orqali talabalarning ma’naviy dunyoqarashi, vatanparvarlik ruhiyati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari rivojlanishiga e’tibor qaratiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 332 TOHIR MALIK ASARLARI VOSITASIDA TALABALARDA MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI YUZASIDAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI MAZMUNI Abdullayeva Ilmira Boltayevna Xiva shahar 20-son IDUM o‘qituvchisi Urganch davlat universiteti 2-bosqich mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564770 Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik jarayonda badiiy adabiyotning, xususan, ijodining talabalarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan yoritilgan. Tajriba-sinov ishlari orqali talabalarning ma’naviy dunyoqarashi, vatanparvarlik ruhiyati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari rivojlanishiga e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: Tohir Malik, taʼlim, tarbiya, maʼnaviyat, axloq, yosh avlod, pedagogik gʻoya, badiiy obraz, adabiyot, "Shaytanat", "Soʻnggi o‘q", "Tiriklik suvi",“Odamiylik mulki“. Аннотация. В статье рассматриваются роль и значение художественной литературы, в частности её творчества, в современном педагогическом процессе в формировании просветительских представлений учащихся с научно-педагогической точки зрения. Особое внимание уделяется развитию духовного мировоззрения, патриотизма и навыков самостоятельного мышления учащихся посредством экспериментальной деятельности. Ключевые слова:Тахир Малик, образование, воспитание, духовность, нравственность, молодое поколение, педагогическая идея, художественный образ, литература, «Шайтанат», «Царство человечности», «Последняя пуля», «Вода жизни»,«Достояние человечности». Abstract. This article examines the role and importance of fiction, particularly its creativity, in the modern pedagogical process in the formation of students' ideas of enlightenment from a scientific and pedagogical point of view. The focus is on the development of students' spiritual outlook, patriotic spirit, and independent thinking skills through experimental work. Keywords:Tohir Malik, education, upbringing, spirituality, morality, youth, pedagogical idea, artistic image, literature, “Shaytanat”, “The Last Bullet”, “ The Water of Life”, “The Wealth of Humanity”. Jamiyatimizda bugungi kunda ta’lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri — yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularning ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishdan iborat. Ma’rifatparvarlik g‘oyalari talabalarda ilmga, adolatga, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantiradi. Shu jihatdan o‘zbek adabiyotida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ifodalagan ko‘plab asarlar yozgan adiblar mavjud bo‘lib, ularning eng yorqin namoyandalaridan biri Tohir Malikdir.Uning asarlari nafaqat badiiy mahorati, balki insoniylik, vatanparvarlik va ma’naviyatni ulug‘lovchi g‘oyalari bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun pedagogik tajriba-sinov ishlari jarayonida bu asarlardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Tajriba-sinov ishlari maqsadi va vazifalari Tajriba-sinov ishlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 333 Talabalarda ma’rifatparvarlik g‘oyalariga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish; Badiiy asar orqali ma’naviy tarbiya samaradorligini oshirish; Mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; O‘quvchilarni milliy qadriyatlar, adolat, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash. Tajriba bosqichlari Tayyorlov bosqichi Tohir Malikning “Odamiylik mulki”, “Tiriklik suvi”, “Shaytanat” kabi asarlaridan ma’rifatparvarlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan parchalar tanlab olinadi. Talabalarning boshlang‘ich bilim va munosabat darajasi diagnostika qilinadi. Amaliy bosqich Tanlangan asarlar asosida interfaol dars mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Munozara, debat, ijodiy tahlil, dramatizatsiya va loyiha ishlari shaklida o‘quvchilarning ishtiroki faollashtiriladi. Har bir asarda ilgari surilgan ma’rifatparvarlik g‘oyalari (adolat, halollik, bilimga intilish, yurtga sadoqat) muhokama qilinadi. Nazorat bosqichi Talabalarning tajriba oldi va keyingi bilim darajasi qiyosiy tahlil qilinadi. Ularning dunyoqarashi, axloqiy fazilatlari va fikrlash madaniyatidagi ijobiy o‘zgarishlar aniqlanadi. Natijalar va tahlil Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra, Tohir Malik asarlaridan foydalanilgan guruh talabalari: Ma’rifatparvarlik tushunchalarini chuqurroq anglagani; Vatanparvarlik va adolat tuyg‘ulari kuchaygani; Badiiy matn orqali hayotiy saboqlar chiqara olish ko‘nikmasi shakllangani; Mustaqil fikrlash va nutq madaniyatida o‘sish kuzatilgani aniqlandi. Tajriba-sinov ishlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, asarlaridan maqsadli va tizimli foydalanish talabalarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Adibning asarlarida ilgari surilgan halollik, adolat, vatanparvarlik, bilimga intilish va insonparvarlik g‘oyalari yoshlar dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday yondashuv ta’lim jarayonini faollashtiradi, talabalarda mustaqil fikrlash, nutq madaniyati va tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Natijada ma’naviy yetuk, bilimli va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega yosh avlodni tarbiyalash imkoniyati kengayadi. Shu bois Tohir Malik asarlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish ma’naviy-ma’rifiy tarbiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’rifatparvarlik g‘oyasi va insoniy fazilatlarga oid badiiy misollar a) “Odamiylik mulki” kitobi milliy maʼnaviyat va milliy tarbiya masalalariga bagʻishlanib, millionlab kitobxonlarning qalbini zabt etdi, desak, aslo mubolagʻa emas. Shu qadar shuhrat qozondiki, kitobxonlar yaqin kishisiga sovgʻaga shu kitobni xarid qilishgan va qilishmoqda. Asar hammabop boʻlib, aksariyat yurtdoshlarimizning ish stollarida va kitob javonlaridan oʻrin oldi.Asarda jamiyatdagi jinoyat, adolatsizlik va zulmga qarshi kurash g‘oyalari yoritiladi. Tarbiyaviy mazmun: Talabalarga adolat, jasorat va halollikning qadrini tushuntiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 334 b) “Charxpalak” asari mashhur yozuvchi qalamiga mansub bo‘lib, unda jamiyat, inson hayoti va maʼnaviyat masalalari chuqur yoritilgan. Asarda insoniylik, halollik, vijdon, adolat, mehr-oqibat, hayotning sinovlari kabi maʼnaviy tushunchalar asosiy g‘oya sifatida ilgari suriladi.Asarda halollik va vatanparvarlik g‘oyasi markazda turadi. Qahramon oxirgi nafasigacha o‘z e’tiqodiga sodiq qoladi. Tarbiyaviy mazmun: Talabalar o‘z g‘oyasiga sodiq qolish, mardlik va mas’uliyatni his qilishni anglaydi. c) “Shaytanat” qissasidagi haqiqatparvar Jalilning adolat va haqiqat yoqlab qilgan harakatlari juda ta’sirli qilib tasvirlangan.Bu asarda hayotga mehr, poklik, sabr va ishonch g‘oyalari ifodalanadi. Qahramonlar hayotning asl qadrini anglashga intiladi. Tarbiyaviy mazmun: Talabalarda hayotga ijobiy qarash, ma’naviyat va ezgulik hissini kuchaytiradi. d) “Soʻnggi oʻq” asarida taqdir sinovlarini sabr,toqat bilan yengan insonlar taqdiri tasvirlanadi. Asar qahramoni Jahongir halol, mehnatkash, soddadil va xudojoʻy dehqon. U oʻz mehnati evaziga kun koʻradi, boshqa ishlarga aralashmaydi. Mustabid tuzum davrida u uch marotaba 1922, 1938 va 1947-yillarda nohaq qamaladi. Qalbi pok inson boʻlgan Jahongir bu sinovlarga ham sabr-toqat bilan bardosh beradi. Otasi Muhammadrizoning “Bir tovoq yovgʻon bilan odamning qorni toʻyadi. Xorijga borsang ham bir tovoqqa toʻyasan. Ikki tovoq yeyolmaysan, boʻkib oʻlasan”, degan soʻzlarini hamisha yodida saqlaydi. Vaholanki, iymoni sust, irodasi zaif odam faqat oʻzini oʻylaydi va nomaqbul ishlarni qiladi. Mana shu Jahongir obrazida keyingi asarlaridagi qahramonlarni taniymiz. Tarbiyaviy mazmun: Talabalarga insoniy qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini tushunishga yordam beradi. 2. Tajriba-sinov jarayonida qo‘llashga misollar Munozara darsi: Talabalarga “Adolat nima?” degan savol beriladi. Ular “Shaytanat”dagi qahramonlar misolida o‘z fikrlarini asoslaydilar. Rol o‘ynash (dramatizatsiya): “So‘nggi o‘q” asaridan parcha sahnalashtirilib, talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usi kuchaytiriladi. Insho yozish: “Tiriklik suvi” asaridan ilhomlanib “Hayotning asl qiymati nimada?” mavzusida talabalarning mustaqil fikrlashi rag‘batlantiriladi. Axloqiy xulosa chiqarish: “Odamiylik mulki” asosida halollik, mehr-oqibat va do‘stlik haqida umumiy xulosalar chiqariladi. 3. Natijani ko‘rsatishga misol Tajriba-sinov ishlari yakunida 80% talabalar ma’rifatparvarlik tushunchasini aniq va asosli ifodalay olgan.Talabalarning 70% jami bahs-munozaralarda faol ishtirok etgan. 65% talabalar hayotiy vaziyatlarda badiiy obrazlar orqali xulosa chiqarish ko‘nikmasini namoyon etgan. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mashhur yozuvchi Tohir Malik asarlari orqali talabalar adolat, halollik, vatanparvarlik, mehr-oqibat kabi qadriyatlarga tayanib, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini nafaqat tushunish, balki hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini egallaydilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Tohir Malik. Shaytanat. – Toshkent: Sharq, 2000. 2. Tohir Malik. So‘nggi o‘q. – Toshkent: Yozuvchi, 2004. 3. Tohir Malik. Charxpalak. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 335 4. Tohir Malik. Odamiylik mulki. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2010. 5. Hoshimova M. Saidova R. «Zamonaviy dars turlari» Toshkent. 2005 6. Sharopov Sh. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida tarbiyaviy g‘oyalar. – Toshkent: Fan, 2016. 7. Qodirov B. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012. 8. Egamberdiyeva M. Tarbiyaning nazariy asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015. 9. Qurbonov A. Adib va zamon. – Toshkent: Ma’naviyat, 2013. 10. To‘lqin Saydaliyev. Asarlarida odamiylik va ilmga muhabbatni tarannum etdi. – Toshkent: Xalq so‘zi, 2023.