UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARI O'QUVCHILARINING MA'NAVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MAKTAB DIREKTORLARINING TUTGAN O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ma’naviy tafakkurini rivojlantirishda maktab direktorlarining roli o‘rganilgan, shuningdek, maktab direktorlarining ma’naviy-tarbiya ishlarini samarali tashkil etishdagi vazifalari hamda ularning ta’lim muassasasidagi o‘quvchilarga ta’siri yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 348 UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINING MA’NAVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MAKTAB DIREKTORLARINING TUTGAN O‘RNI Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon qizi Nizomiy nomidagi O‘zMPU Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedra ish yurituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564840 Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ma’naviy tafakkurini rivojlantirishda maktab direktorlarining roli o‘rganilgan, shuningdek, maktab direktorlarining ma’naviy-tarbiya ishlarini samarali tashkil etishdagi vazifalari hamda ularning ta’lim muassasasidagi o‘quvchilarga ta’siri yoritilgan. Kalit so‘zlar: ma’naviy tafakkur, maktab direktori, umumiy o‘rta ta’lim, ma’naviyat, tarbiya, o‘quvchilar, ommaviy madaniyat, ma’naviy tarbiya Bugungi kunda yoshlarning ing ma'naviy tafakkurini rivojlantirish – nafaqat ularning shaxsiy taraqqiyoti, balki butun jamiyat barqarorligi va farovonligi uchun ham zarurdir. Ma'naviy jihatdan barkamol yoshlar – bu mustaqil fikrlay oladigan, mas’uliyatni his qiladigan, o‘z jamiyati va millatiga sodiq avloddir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻzining “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” kitobida yoshlarimiz maʼnaviy tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratib “Albatta biz mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasbhunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash boʻyicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib aytadigan boʻlsak bugungi kunda butun dunyoda aholining, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash borayotgani, diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar kuchayayotganini hisobga oladigan boʻlsak, farzandlarimiz tarbiyasi, maʼnaviymaʼrifiy sohadagi ishlarimizni bir zum ham susaytirmasdan, aksincha, ularni yangi bosqichga koʻtarishimiz lozim” deb taʼkidlagan. Maʼnaviy tarbiyaning mohiyati va amaliy ahamiyati, ayniqsa, jamiyat taraqqiyotining burilish davrlarida yaqqol koʻzga tashlanadi. Davlatning kuchi va qudratini maʼnaviy jihatdan barkamol boʻlgan kishilargina belgilaydi. Maʼnaviyatga eʼtibor bermagan mamlakatda katta iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy boʻhronlar sodir boʻladi. Jamiyat hayotidagi barcha boʻxtonlarning tomiri ham kishilarning maʼnaviy kamoloti darajasi va holatiga borib taqaladi. Xalqi maʼnaviy jihatdan qashshoq boʻlgan va u oqilona boshqarilmagan mamlakat, tabiiy boyliklari behisob boʻlsa ham, hech qachon buyuk davlat boʻla olmaydi. Bu fikrlar toʻgʻriligi insoniyat jamiyati taraqqiyotining har qadamida toʻla isbotlanadi. Shu bois, ma'naviy tafakkurni shakllantirish va uni muntazam rivojlantirish bugungi kun talabidir. Biroq, zamonaviy jamiyatda bu sohada bir qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ularni hal etish uchun yanada samarali choralar ko‘rish zarur. Ma’naviy tafakkur – bu insonning dunyoqarashi va axloqiy qadriyatlarini shakllantiruvchi muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, o‘rta ta’lim davrida yoshlarning ma’naviy rivojlanishi ularning butun hayoti uchun poydevor yaratadi. Shu nuqtai nazardan, maktab direktorlarining ma’naviy-tarbiya jarayonlarida tutgan o‘rni katta ahamiyatga ega. Ma’naviy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 349 tafakkur va uning shakllanishida ta’lim muassasasining boshqaruv tizimi, xususan, maktab direktorining yondashuvi va rahbarlik qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy tafakkur – insonning axloqiy qadriyatlar, milliy urf-odatlar va umumiy madaniyatni o‘zida aks ettiruvchi ongidir. Ma’naviy tafakkur rivojlanishi shaxsning ijtimoiy hayotga faol qo‘shilishida, axloqiy qarorlar qabul qilishida muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilarning ma’naviy rivojlanishi ta’lim jarayonida faqat bilim olish bilan cheklanmay, ularning milliy madaniyat, vatanparvarlik, insoniylik, halollik kabi axloqiy fazilatlarini shakllantirishni talab qiladi. Bu jarayonda maktabning o‘quv dasturlari, tarbiyaviy tadbirlar, o‘qituvchilarning ta’siri bilan birga, maktab rahbariyatining, xususan, direktorning yetakchilik roli muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy tafakkurni rivojlantirish uchun o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratilishi zarur: milliy va umumiy insoniy qadriyatlarni chuqur anglash, ijtimoiy mas’uliyatni his qilish, axloqiy tanlovlar qilishda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish. Shu maqsadda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy soatlar, madaniy-ma’naviy tadbirlar, loyihalar tashkil qilinadi. O‘quvchilar o‘zaro muloqot, jamoaviy ishlar orqali axloqiy qadriyatlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida ma’naviy-tarbiya faoliyati o‘quvchilarning shaxs sifatida yetilishida, ularning jamiyatdagi o‘rnini anglashida katta yordam beradi. Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning ma’naviy tafakkurini rivojlantirishda yangi pedagogik usullar, interaktiv darslar, multimedia resurslaridan foydalanish samarali bo‘lmoqda. Natijada, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ma’naviy tafakkuri mustahkamlanadi, ular yurtga sodiq, axloqiy barkamol, mas’uliyatli shaxslar bo‘lib shakllanadilar. B.X. Qodirovning fikricha, ma’naviy tarbiya milliy ma’naviyatni avaylash va yosh avlodda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ma’naviy tarbiya nafaqat milliy qadriyatlarni avaylash bilan cheklanmasdan, balki zamonaviy jamiyatda o‘quvchilarning global axloqiy me’yorlarga moslashishini ham ta’minlashi lozim. Shaxsiy mulohazamga ko‘ra, ma’naviy tarbiya jarayoni maktab muhitida puxta va tizimli olib borilmasa, yoshlar o‘zligini yo‘qotish, axloqiy inqirozga duch kelish xavfi ortadi. Shu bois maktab rahbarlari, ayniqsa maktab direktorlarining ushbu jarayonda faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Ular o‘z faoliyatlarida milliy qadriyatlarni saqlab qolish bilan birga, zamonaviy o‘quvchilarning axloqiy saviyasini ko‘tarish uchun innovatsion va interfaol pedagogik yondashuvlarni tatbiq etishlari lozim. Bundan tashqari, ma’naviy tarbiyaning samaradorligi nafaqat o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarida, balki ularning kundalik hayotdagi axloqiy harakatlarida, o‘zaro munosabatlarida ham namoyon bo‘lishi kerak. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim muassasasining ma’naviy-madaniy muhitini yaratishda direktorlarning yetakchilik roli ayniqsa katta. Ma’naviy tafakkur yoshlar orasida insonparvarlik, halollik, adolat, mehr-oqibat kabi oliy axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Ularni mustahkamlash uchun ta’lim muassasalarida ma'naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishlari faol rivojlantirilishi zarur. Shu bilan birga, ota-onalar va jamiyat ham yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Yoshlarning ma'naviy tafakkurini rivojlantirishda amaliy faoliyatlar, madaniy va ma’rifiy tadbirlar, ijtimoiy loyihalar katta ahamiyatga ega. Ular orqali yoshlar o‘z fikrlarini erkin ifoda eta oladi, axloqiy muammolarni tahlil qiladi va ma'naviy qadriyatlarni chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yoshlardagi ma’naviy tafakkur jamiyatning kelajagi, uning barqarorligi va taraqqiyoti uchun poydevor vazifasini bajaradi. Shu bois, ma'naviy tafakkur darajasini oshirish va uni
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 350 doimiy ravishda rivojlantirish maqsadida tizimli ishlar olib borilishi zarur. Yoshlarda ma'naviy tafakkur ijobiy va salbiy jihatlari mavjud bo ‘lib, ijobiy jihatlari quyidagilar: 1. Ma'naviy-ma’rifiy ishlarning kengayishi: Davlat miqyosida olib borilayotgan islohotlar, yoshlar siyosati, madaniy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning ma'naviy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Yoshlar o‘rtasida Vatanga sadoqat, halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlar keng targ‘ib qilinmoqda. 2. Axborotga erkin kirish imkoniyati: Bugungi yoshlar internet, kitoblar, onlayn platformalar orqali o‘z bilim doiralarini kengaytira oladi. Bu esa ularning fikrlash doirasini boyitib, ma'naviy qadriyatlar haqida chuqurroq o‘ylashlariga imkon yaratadi. 3. Faol fuqarolik pozitsiyasi: Yoshlarda ijtimoiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik holatlari ortib bormoqda. Ko‘plab yoshlar ko‘ngillilik harakatlarida, ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etmoqda, bu esa ularning ma'naviy tafakkurining oshib borayotganidan dalolat beradi. 4. Milliy qadriyatlarga hurmat: Yurtimizda milliy urf-odatlar, an’analar, diniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash kuchaygan. Yoshlar o‘zligiga, tarixiga, ota-bobolari merosiga qiziqmoqda va bu ularning ma'naviy o‘sishida ijobiy omil hisoblanadi. Salbiy tomonlari esa quyidagilar: 1. Internet va ommaviy madaniyatning salbiy ta’siri: Har doim ham internetdagi axborot foydali emas. G‘arbiy hayot tarzining yuzaki qabul qilinishi, ko‘ngilochar kontentning haddan tashqari ko‘pligi ayrim yoshlarda iste’molchilik kayfiyatini, ma'naviy bo‘shliqni kuchaytirishi mumkin. 2. Oilaviy tarbiyaning zaiflashuvi: Ba’zi oilalarda ma'naviy tarbiyaning ikkinchi o‘ringa tushib qolganini ko‘rish mumkin. Ota-onaning vaqt yetishmovchiligi yoki e’tiborsizligi natijasida farzandlar hayotga tayyor bo‘lmagan, ma'naviy jihatdan nochor bo‘lib ulg‘aymoqda. 3. Qadriyatlarga nisbatan loqaydlik: Ayrim yoshlar orasida milliy qadriyatlarga, madaniyatga, urf-odatlarga befarqlik, hatto masxara bilan qarash holatlari ham uchrab turibdi. Bu esa ma'naviy tafakkurning sustligidan dalolat beradi. 4. Yoshlar orasida axloqiy muammolar: So‘kinish, kattalarga hurmatsizlik, yolg‘on gapirish, o‘zini haddan tashqari erkin tutish kabi holatlar ayrim yoshlar orasida ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa oilaviy va ta’lim muassasalaridagi tarbiyaning yetarli emasligini ko‘rsatadi. Bugungi yoshlar — kuchli intellektual salohiyatga ega, yangilikka intiluvchi, o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgan avloddir. Ammo ularning ma'naviy tafakkuri to‘g‘ri shakllanishi uchun oilaning, maktabning, jamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari talab etiladi. Ijobiy jihatlarni qo‘llab-quvvatlash, salbiy tomonlarga qarshi esa tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Yoshlar orasida ma'naviy tafakkur bilan bog‘liq ba’zi salbiy holatlar – axloqiy qadriyatlarning sustlashuvi, hurmatsizlik, noto‘g‘ri axborot oqimi ta’siri kabi muammolar maktab ta’lim muassasalari oldida yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Maktab direktori bu borada muhim boshqaruv va tarbiyaviy rolga ega bo‘lib, yoshlarning ma'naviyaxloqiy rivojlanishini ta’minlashda yetakchi hisoblanadi. 1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish: Maktab direktori ta’lim jarayonida ma'naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishini belgilab, bu boradagi ishlarning samarali tashkil etilishini ta’minlashi zarur. U o‘qituvchilar bilan yaqindan ishlab, ma'naviy tarbiya dasturlarini amaliyotga joriy etishda yetakchi bo‘lishi lozim. 2. Pedagogik jamoani ma'naviy tarbiya masalalariga jalb etish:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 351 Direktor o‘qituvchilarni ma'naviy tafakkur masalalariga doimiy e’tibor qaratishga, yoshlarni ijtimoiy faollikka, milliy qadriyatlarga hurmatga o‘rgatishga yo‘naltirishi kerak. Shu bilan birga, u pedagoglarning kasbiy malakasini oshirishga ham e’tibor qaratadi. 3. Ijtimoiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish: Maktabda ma'naviy-axloqiy tarbiyaga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ko‘ngilli ishlarga jalb qilish kabi faoliyatlarni tashkil etish orqali yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishda direktorning roli katta. 4. Oilalar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish: Direktor ota-onalar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatib, ularni ma'naviy tarbiyaga jalb etishi lozim. Oilaviy tarbiyaning kuchayishi uchun maktab va oila o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash – ma'naviy kamchiliklarni bartaraf etishda muhim omildir. 5. Salbiy omillarga qarshi profilaktika ishlari: Direktor maktab muhitida zararli odatlar, salbiy xatti-harakatlarning oldini olish, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha profilaktik ishlarni tizimli ravishda olib borishi lozim. 6. Yoshlarning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish: Maktab rahbari yoshlarni ijtimoiy loyihalar, madaniy va jamoat ishlariga jalb qilib, ularning ma'naviy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar yaratishi kerak. Maktab direktorining yoshlardagi ma'naviy tafakkurning salbiy tomonlarini bartaraf etishdagi roli beqiyosdir. U nafaqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi, balki ma'naviy tarbiya yo‘nalishida rahbar sifatida faoliyat yuritishi shart. Shu orqali yoshlar o‘rtasida ijobiy axloqiy muhit yaratiladi va ularning ma'naviy barkamolligi ta’minlanadi. Maktab rahbari sifatida direktor ta’lim muassasasining barcha bo‘linmalari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlab, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli ravishda tashkil qiladi. U o‘qituvchilar va ota-onalar bilan yaqindan ishlash orqali o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga katta e’tibor qaratadi. Bu esa o‘quvchilarni ijtimoiy mas’uliyat, vatanparvarlik, halollik kabi axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashga yordam beradi. Maktab direktori o‘zining rahbarlik salohiyati va axloqiy pozitsiyasi bilan o‘quvchilar uchun namuna bo‘lib, ularning ma’naviy tafakkurini shakllantirishda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Masalan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, ijtimoiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish va doimiy monitoring orqali ta’lim sifatini oshirish uning vazifalaridan biridir. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muhitida direktor innovatsion usullarni qo‘llash, raqamli texnologiyalar yordamida ma’naviy tarbiya jarayonlarini boyitish imkoniyatlarini ham joriy etishi kerak. Bu yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularda mustaqil fikrlash va axloqiy tanlov qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Natijada, maktab direktori o‘quvchilarning ma’naviy tafakkurini rivojlantirishda boshqaruvchilikdan tashqari, ularning shaxs sifatida yetilishida ham faol ishtirokchi bo‘ladi. Uning bu boradagi sa’y-harakatlari ta’lim muassasasining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktab direktorining bunday faoliyati o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat, vatanparvarlik va halollik kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, maktab direktorining ma’naviy tafakkurini rivojlantirishdagi roli faqat nazariy rahbarlikda emas, balki kundalik ishlarida, xususan, maktab muhitida ijobiy namunalar yaratishda, o‘quvchilarning fikr va tuyg‘ulariga hurmat bilan yondashishda namoyon bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, maktab rahbarlari o‘z xodimlari bilan birgalikda doimiy ravishda ma’naviy va axloqiy o‘quv dasturlarini yangilab borishlari zarur. Shuningdek, zamonaviy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 352 texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar yordamida o‘quvchilarning ma’naviy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlar joriy etilishi mumkin. Bu borada direktorlarning tashabbuskorligi katta ahamiyatga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent : Oʻzbekiston, 2017. 2. Qurbonov Sh. Q. Maktab menejmenti: rahbarlik faoliyatining zamonaviy yondashuvlari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 3. Qodirov B. X. Ma’naviyat asoslari. – Toshkent : Akademnashr, 2010. 4. Hasanboyeva O. O‘quvchilarning ma’naviy tafakkurini shakllantirishda maktab jamoasining roli // Pedagogik ta’lim. – 2019. 5. Tursunov B. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi. – Samarqand: Zarafshon, 2021. 6. Www.ziyo.net 7. pedagog.uz