scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARDA MA'NAVIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHDA PROFESSOR-O'QITUVCHILAR FAOLIYATINING O'ZIGA XOS YO'NALISHLARI

Atakulova Nargizaxon Alijonovna

Abstract

Ushbu maqolada ma’naviy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, vositalari, nazariy va metodologik asoslari o‘rganilgan. Shuningdek professor-o‘qituvchilar talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirish uchun mutafakkirlarning pedagogik ta’limotlaridan samarali foydalana olish imkoniyatlari haqida bayon etilgan

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 352 TALABALARDA MA’NAVIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS YO‘NALISHLARI Atakulova Nargizaxon Alijonovna Andijon davlat universiteti psixologiya va pedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.b.f.d(PhD) https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17564858 Annotatsiya. Ushbu maqolada ma’naviy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, vositalari, nazariy va metodologik asoslari o‘rganilgan. Shuningdek professor-o‘qituvchilar talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirish uchun mutafakkirlarning pedagogik ta’limotlaridan samarali foydalana olish imkoniyatlari haqida bayon etilgan Kalit so‘zlar: ma’naviy dunyoqarash, pozitiv dunyoqarash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy faollik, faol fuqarolik, madaniy-ma’rifiy. Аннотация. В статье рассматриваются педагогические условия, средства, теоретические и методологические основы формирования и развития духовного мировоззрения, а также возможности эффективного использования педагогами педагогических учений мыслителей для формирования духовного мировоззрения студентов. Ключевые слова: духовного мировоззрения, позитивное мировоззрение, духовнонравственное, общественная активность, гражданская активность, культурнопросветительская. Annotation. The article examines the pedagogical conditions, means, theoretical and methodological foundations of the formation and development of a spiritual worldview, as well as the possibilities of effective use by teachers of the pedagogical teachings of thinkers to form the spiritual worldview of students Key words: spiritual worldview, positive worldview, spiritual and moral, social activity, civic activity, cultural and educational. Talabalarning bilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ularda ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Mutafakkir ajdodlarimiz o‘z pedagogik ta’limotlarida ta’lim oluvchilarning bilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ularning dunyoqarashini rivojlantirishiga alohida e’tibor qaratganlar. Shu maqsadda shaxsning mantiqiy fikrlash faoliyatini rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvlar ko‘lami kengaytirilgan. O‘rta Osiyoda yashab faoliyat ko‘rsatgan allomalar madrasalarda tahsil olayotgan talabalarda ma’naviy bilimlarni o‘zlashtirishga rag‘bat uyg‘otish orqali ularning dunyoqarashini riojlantirishga harakat qilganlar. Ushbu merosdan foydalangan holda oliy ta’lim muassasalarda talabalarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish uchun yetarlicha nazariy asoslar va pedagogik shart-sharoitlar mavjud. Buning uchun oliy ta’lim mazmuniga mutafakkir ajdodlarimizning shaxs dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiladigan g‘oyalar va madaniy pedagogik modellarni singdirish zaruriyati vujudga kelmoqda. Oliy pedagogik ta’lim mazmunida mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pedagogik ta’limotlarni singdirish natijasida talabalarda INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 353 ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirshga xizmat qiladigan didaktik modullarni yaratish imokniyati vujudga keladi. Natijada talabalar pozitiv dunyoqarash va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida faoliyat ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ladilar. Pozitiv dunyoqarashga ega bo‘lgan talabalarning muhim shaxsiy sifatlaridan biri ijtimoiy faollikdir. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash o‘ziga xos pedagogik jarayonda amalga oshiriladi. Buning natijasida bo‘lajak mutaxassislarning pozitiv dunyoqarashlari kengayib bilimlarni o‘zlashtirishda faollik ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ladilar. Oliy pedagogik ta’lim jarayonini talabaning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish nuqtai nazardan yondashgan holda tashkil etishda didaktik vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda talabalar istiqboldagi ijtimoiy, kasbiy faoliyati uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar, ilmiy axborotlar, amaliy faoliyat tajribalari modul shaklida taqdim etiladi. Mazkur modullar tarkibida mutafakkir ajdodlarimizning pedagogik ta’limotlariga alohida o‘rin ajratish nazarda tutilishi kerak. Chunki mazkur ta’limotlar talabalarning kasbiy hamda ma’naviy sohalarini rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Ularning pozitiv dunyoqarashi mazkur ta’limotlar yordamida kasbiy e’tiqodga aylanadi. Ajdodlarimizning pedagogik ta’limotini taqdim etish natijasida talabalarning ma’naviy axloqiy sifatlari, kasbiy bilimlari, dunyoqarashi tizimli tarzda rivojlanadi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarga kasbiy bilimlar va ma’naviy sifatlarni hosil qiluvchi axborotlar tizimli tarzda turli o‘quv materiallari tarkibida taqdim etiladi. Natijada talabalarda bir qator sifatlar va dunyoqarashning asosini takshil etuvchi ko‘nikmalar hosil bo‘ladi. O‘quv materiallari va o‘quv modullari yordamida talabalar ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ta’limotlarni o‘zlashtirish va o‘z kasbiy faoliyatlari jarayonida qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladilar. Muayyan ta’limotlarni o‘z ichiga olgan bilimlar ta’lim jarayonida tabalarning ijtimoiy tajribasiga singdiriladi. Chunki talabalar bilimlarni hissiy idrok etish, ular yordamida nazariy fikrlash va mazkur bilimlarni amaliy faoliyatlarida qo‘llash orqali o‘z dunyoqarashlarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Insonning dunyoqarashi uning atrofmuhitga va odamlarga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Mazkur munosabatni esa kasbiy hamda ma’naviy-axloqiy yo‘nalishdagi bilimlar vujudga keltiradi. Talaba tomonidan egallangan ko‘nikmalar kasbiy-ijtimoiy xarakterga ega. Ajdodlarimiz shaxsning dunyoqarashini rivojlantirish uchun tajribalar o‘tkazishi, loyihalar ustida ishlashi, mustaqil bilim olishi, evrestik izlanishlarni amalga oshirishi, tadqiqotlar o‘tkazishi zarurligini o‘z pedagogik ta’limotlarida alohida ta’kidlab o‘tganlar va pedagogik faoliyatlari davomida shunga e’tibor qaratganlar. Shaxsning dunyoqarashini kengaytirish pedagogik jarayonning o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Talbalarda ko‘p asrlik pedagogik tajribalar yordamida pozitiv duyoqarashni shakllantirish orqali ularda kasbiy hamda ijtimoiy faollik, muammolarning yechimi ustida izlanish, mustaqil bilim olishga intilish, yaratuvchilik imkoniyati kengayadi. Talabalarda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan pedagogik yondashuvlar, ta’limotlar, qarashlarni izlash, to‘plash, tizimlashtirish va o‘quv modullari tarkibiga kiritish orqali pedagogik jarayon samaradorligini oshirish imkoniyati vujudga keladi. Maqolamizda talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz. Pedagogika sohasidagi tadqiqotlarda shaxsning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish masalasiga quyidagicha yondashilgan: - shaxsning pozitiv dunyoqarashi unda ijtimoiy faollikni vujudga keltiruvchi asosiy vosita sifatida talqin etiladi; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 354 - insonning shaxslararo munosabatga kirishishi, jamiyatdagi moddiy-ma’naviy boyliklarni ko‘paytirishga intilishi, o‘zining ijodkorligini namoyon etishi pozitiv dunyoqarashning asosiy belgisi sifatida ro‘yobga chiqadi. Pedagogik ensiklopediyasida shaxsning ijtimoiy faolligiga quyidagicha ta’rif berilgan bo‘lib: ijtimoiy faollik – ijtimoiy sub’ektlarning ijtimoiy siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, mehnat hamda madaniy-ma’rifiy faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo‘yilgan huquq va burchlarni to‘liq amalga oshirishga intilishi; sub’ektning jamiyat hayotidagi ongli holda mustaqil ishtirok etishi, ijtimoiy-ma’naviy sohada vujudga keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan harakati. Ijtimoiy faoliyat shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va xulq-atvorini ongli ravishda asosiy sharti hisoblanadi. [4;60]. Ijtimoiy faollik ta’lim oluvchilar egallaydigan bilimlarning ko‘lami va sifatiga ham bevosita bog‘liq. Ijtimoiy faollik shaxsning dunyoqarashi unga ta’sir ko‘rsatadigan omillar, shart-sharoitlar, qonun-qoidalar, hulq-atvor, ijtimoiy hamda o‘quv faoliyat motivlari, shaxsning qiziqishlari va madaniy yo‘nalishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Depozitiv dunyoqarash insonning ichki kechinmalarida o‘z ifodasini topib xatti-harakatlar mazmunini belgilaydi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida ajdodlarimiz ta’limotlari vositasida shakllantiriladigan dunyoqarash talabalarning bilish motivlarida o‘z ifodasini topadi. Talabalar ijobiy natijaga erishish uchun o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishga harakat qiladilar. Professoro‘qituvchilar talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirish uchun mutafakkirlarning pedagogik ta’limotlaridan samarali foydalana olish tajribasiga ega bo‘lishlari ijobiy natijaga erishishda alohida ahamiyat kasb etadi. Talabalarda ma’naviy dunyoqarashinin rivojlantirish maqsadida ularning mustaqil bilim olish motivlarini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega. Pozitiv dunyoqarashga ega bo‘lish natijasida talabalarda fikrlash faolligi vujudga keladi. Bu esa o‘z navbatida ularning mantiqiy va tanqidiy fikrlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida talabalarda kasbiy bilimlarni egallashga nisbatan motivatsiyani hosil qiladi. Bunda motivitsiyaning mohiyati talabalarda bilimlarni o‘zlashtirishda faollikni vujudga keltirishdan iborat. Talabalarda bilish faolligini shakllantirishda kutilgan samaradorlikka erishish uchun ularning hissiy bilish imkoniyatlarini kengaytirish talab qilinadi. Pozitiv dunyoqarashning kengayishi natjasida talabalarda hosil bo‘ladigan kreativlik, qiziquvchanlik, sinchkovlik, o‘quv materiallarni o‘zlashtirishdagi faollik, ularning kasbiy rivojlanish traektoriyasini aniq belgilab olishlariga ko‘maklashadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Atakulova N.A. Tools for enriching students‘ religious outlook// Science and innovation//International Scientific journal volume 2 issue 7 julu 2023. UIF-2022: 8.2 | issn: 2181-3337 2. Dilova N.G. Ajdodlarimizning ilmiy merosi – zamonaviy bilimlarni egallash asosi // Islom sivilizatsiyasida Buxoro ma‘naviy-ma‘rifiy merosining umumbashariy ahamiyati: Xalqaro anjuman materiallari. – Buxoro, 2020. – B. 153-156. 3. Islom. Ensiklopediya: A-H / Shayx Abdulaziz Mansur tahriri ostida – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. – B 135. 4. Pedagogika: ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. – 376 b. B-60 5. Falsafa: ensiklopedik lug‘at. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2010. – B. 100