scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA PRAGNOZLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK USULLARI

Bekmuratov Arzishbay Kojamuratovich

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishnind dolzabrligi, ahamiyati, muhim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pragnozlash kompentensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, imkoniyatlari, usullari, yondashuvlar va ularni qo‘llash imkoniyatlari ochib berilgan. Prognozlash kompetensiyasi shaxsning intuitsiyasi, tahliliy fikrlash layoqati, kreativligi va refleksiv ko‘nikmalari bilan bog‘liq holda rivojlantirilishi lozimligi ilmiy asoslangan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 358 BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA PRAGNOZLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK USULLARI Bekmuratov Arzishbay Kojamuratovich Nukus davlat pedagogika instituti, Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564890 Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishnind dolzabrligi, ahamiyati, muhim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pragnozlash kompentensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, imkoniyatlari, usullari, yondashuvlar va ularni qo‘llash imkoniyatlari ochib berilgan. Prognozlash kompetensiyasi shaxsning intuitsiyasi, tahliliy fikrlash layoqati, kreativligi va refleksiv ko‘nikmalari bilan bog‘liq holda rivojlantirilishi lozimligi ilmiy asoslangan. Kalit so’zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy kompetensiya, pragnozlash, pedagogik usullar, prognozlash komponentlari. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish murakkab pedagogik hodisa hisoblanadi. Pedagogika, psixologiya hamda metodika sohasidagi tadqiqotlar o‘quv jarayonining mazmuni va shakllarini takomillashtirishga, ta’lim usullari hamda vositalarining faollashtiruvchi ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirilganligi bilan alohida pedagogik ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqotlarning asosiy maqadi bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan prognozlash kompetensiyasini shakllantirishdan iborat. Prognozlash kompetensiyasi bo‘lajak o‘qituvchining ta’lim jarayonida vujudga kelishi kutiladigan pedagogik vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi, ularni tahlil qilishi, natijalarni bashorat qilishi va ular asosida samarali qarorlar qabul qilish qobiliyatiga egaligini anglatadi. U ta’lim jarayonida vujudga keldigan tendensiyalar va o‘zgarishlarni oldindan his qiladi, o‘quvchilarning rivojlanish traektoriyalarini oldindan aniqlaydi va baholaydi, pedagogik ta’sir choralari va uning natijalarini bashorat qiladi, o‘z faoliyatini istiqboldagi kasbiy maqsadlarga yo‘naltiradi hamda rejalashtiradi. Prognozlash kompetensiyasi shaxsning dialektik tafakkurga tayanadi. Prognozlash kompetensiyasiga ega bo‘ilsh uchun pedagogik voqelikning rivojlanish qonuniyatlari, ular orasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini anglashi zarur hisoblandi. Bu tizimlilik, inqiroz va taraqqiyot, ehtimollik va ehtiyoj kabi falsafiy tushunchalar bilan aloqadorlikda talqin etiladi. Pedagogik jihatdan o‘qituvchining prognozlash komptensiyasi ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu jarayonda o‘qituvchi dars maqsadlarini istiqboldagi natijalarga hisobgaolgan holda belgilaydi, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga oladi, ta’lim jarayonini innovatsion texnlogiyalarning talablariga moslashtiradi. Psixologik nuqtai nazadan yondashgana esa prognozlar shaxsning intuitsiyasi, tahliliy fikrlash layoqati, kreativligi va refleksiv ko‘nikmalari bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarining ehtiyojlari, intilishlari, maqsadlari va rivojlanish darajasini anglab, ularning istiqboldagi taraqqiyotini tasavvur qila olishi lozim. Pedagogik prognozlash kompetensiyasi bir qator yondashuvlarga tayangan holda shakllantiriladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 359 1. Tizimli yondashuv. Ushbu yondashuv doirasija ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida talqn etiladi, prognozlash esa tizimning istiqboldagi taraqqiyotini qamrab oladi. 2. Faoliyatli yondashuv. Mazkur yondashuvda o‘qituvchining prognozlash faoliyati uning pedagogik amaliyotida o‘z ifodasini topadi. Mazkur yondashuv diorasida kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar pedagogik amaliyotda sinovdan o‘tkaziladi. 3. Shaxsiy-tashkiliy yondashuv. Bo‘lajak o‘qituvchilada prognozlash kompetensiyasini shakllantirish uchun mazkur yondashuv muhim ahamiyatga ega. Ushbu yonashuv doirasida prognozlash jarayoni talabalarning shaxsiy sifatlari, ya’ni mas’uliyatlik, tahlil qila olish ko‘nikmalari, intizomlilik, mustaqil fikrlash faoliyati bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy rivojlanishi unda shakllantiriladigan prognozlash qobiliyatining asosini tashkil etadi. 4. Innovatsion yondashuv. Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili asosida pedagogik jarayonni oldindan bashorat qilish imkoniyatlari kengaymoqda. Prognozlash kompetensiyasi o‘zining aniq tarkibiy tuzilishiga ega. Ular motivatsion, bilimga asoslangan, amaliy, refleksiv komponetelardan iborat. Prognozlash kompetensiyasining motivatsion komponenti bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatni samarali rejalashtirishga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojini ifodalaydi. Bilimga asoslangan komponenti esa bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik prognozlash nazariyasi, usullari va tendensiyalari haqidagi bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Amaliy komponenti bo‘lajak o‘qituvchining real ta’lim jarayonida prognozlash usullarini qo‘llash ko‘nikmasida namoyon bo‘ladi. Prognozla kompetensiyasining refleksiv komponenti bo‘lajak o‘qituvchining o‘z bashoratlari va qarorlarini muntazam tahlil qilish ko‘nikmasiga egaligini anglatadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda prognozlash kompetensiyasini shakllantirish oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘z yechimini kutayotga muammolardan biri hisoblanadi. Bu masala bir qator mutaxassilar tomonidan kasbiy kompetentlikni rivojlantirish doirasida tadqiq qilingan. Jumladan A.S. Batыshev, V.V. Davыdov, Yu.V. Vasilev, L.S. Vыgotskiy, I.A. Zimnyaya, A.T. Ivaniskiy, A.N. Leontev, R.S. Nemov, V.A. Yakunin va boshqalarning tadqiqotlarida prognozlash kompetesiyasi kasbiy kompetenlikning muhim tarkibiy qismi sifatida talqin etilgan. FODALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Mitina L. M., Mitin G. V., Vostokova J. I. Psychological analysis of promising research on the resource-prognostic determination of personal and professional development of a teacher //Perspektivы nauki i obrazovaniya. – 2024. – №. 4 (70). – S. 533-543. 2. Сафарова Р.Г. Mеханизмы формирования системы высшего педагогического образования на основе культурологического подхода. Xalqaro, milliy va hududiy o‘lchamlarda zamonaviy pedagogik ta’lim» Ifte-2025: Uzbekistan. Pedagogik ta’lim bo‘yicha xalqaro konfrensiyasi maqolalar to‘plami 206-211-b. 3. Stankin M.I. Protsess usvoeniya znaniy. // Otkrыtaya shkola. – 2001. – №6. – S. 24-27. 4. Chernyaeva A. V., Shagina Y. V. Value orientations nominating the future teacher as an object of prognostic description //Evidence-based education studies. – 2024. – №. 1. – S. 4553.