JAZONI IJRO ETUVCHI MUASSASALARIDA REJIMNING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada jazoni ijro etuvchi muassasalarda rejimning mazmuni, huquqiy asoslari va uning mahkumlarni axloqan tuzatishdagi o‘rni yoritilgan. Rejim — jinoyat-ijroiya qonunchiligi bilan belgilangan jazoni ijro etish va o‘tash tartibi bo‘lib, u mahkumlarning xulq-atvori, huquq va majburiyatlarini boshqaradi hamda muassasada ichki tartib-intizomni ta’minlaydi. Maqolada rejimning yuridik va pedagogik mazmuni, rejimning jazolash, tarbiyalash va ta’minlovchi funksiyalari tahlil qilinadi.
Full text
242 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 JAZONI IJRO ETUVCHI MUASSASALARIDA REJIMNING O‘RNI Shuxrat Irnazarov Termiz Davlat universiteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17565423 Annotatsiya. Ushbu maqolada jazoni ijro etuvchi muassasalarda rejimning mazmuni, huquqiy asoslari va uning mahkumlarni axloqan tuzatishdagi o‘rni yoritilgan. Rejim — jinoyatijroiya qonunchiligi bilan belgilangan jazoni ijro etish va o‘tash tartibi bo‘lib, u mahkumlarning xulq-atvori, huquq va majburiyatlarini boshqaradi hamda muassasada ichki tartib-intizomni ta’minlaydi. Maqolada rejimning yuridik va pedagogik mazmuni, rejimning jazolash, tarbiyalash va ta’minlovchi funksiyalari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Rejim. Jazoni ijro etish muassasalari. Jinoyat-ijroiya kodeksi. Ichki tartib qoidalari. Axloqan tuzatish. Jazo tartibi. Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari. Tezkorqidiruv faoliyati. THE ROLE OF THE REGIME IN PENAL INSTITUTIONS Annotation. This article discusses the content, legal foundations of the regime in penal institutions and its role in the moral correction of convicts. The regime is a procedure for the execution and serving of a sentence established by criminal-executive legislation, which regulates the behavior, rights and obligations of convicts and ensures internal discipline in the institution. The article analyzes the legal and pedagogical content of the regime, the punitive, educational and supporting functions of the regime. Keywords: Regime. Penal institutions. Criminal-executive code. Rules of internal procedure. Moral correction. Punishment procedure. Rights and obligations of convicts. Search and rescue activities. РОЛЬ РЕЖИМА В ИСПРАВИТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ Аннотация. В статье рассматриваются содержание, правовые основы режима в исправительных учреждениях и его роль в моральном исправлении осужденных. Режим – это установленный уголовно-исполнительным законодательством порядок исполнения и отбывания наказания, регулирующий поведение, права и обязанности осужденных и обеспечивающий внутреннюю дисциплину в учреждении. В статье анализируются правовое и педагогическое содержание режима, его карательная, воспитательная и вспомогательная функции. Ключевые слова: Режим. Уголовно-исполнительные учреждения. Уголовноисполнительный кодекс. Правила внутреннего распорядка. Моральное исправление. Порядок исполнения наказания. Права и обязанности осужденных. Поисковоспасательная деятельность. Jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi) mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 7moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Rejim (fransuz tilida resime, lotinchada esa resimen) boshqaruv degan ma’noni anglatadi. Rejim so‘zi bir necha lug‘aviy ma’nolarga ega bo‘lib, davlat boshqaruvi, boshqaruv usuli, ishda, ovqatlanishda, dam olishda, uyquda, davolanishda o‘rnatilgan hayot tartibi bo‘lib, muayyan maqsadlarga erishish uchun qo‘yiladigan qoidalar, tadbirlar, normalar yig‘indisidir.
243 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish joylarida rejimning qanday bo‘lishi va uning asosiy talablarini belgilashda: birinchidan, jazoning muayyan turi (ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shu jumladan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish) bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, jazoni ijro etish koloniyalarining tartib turiga ham bog‘liqdir (masalan, manzil-koloniyasi yoki umumiy, qattiq yoxud maxsus tartibli koloniyalar). Jazoni ijro etish muassasalarida rejim deganda, jazoni ijro etish jarayonida jinoyat-ijroiya qonunchiligi va boshqa qonunosti huquqiy normalari tomonidan belgilab qo‘yilgan jazoni ijro etish va o‘tash tartibi tushuniladi. Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2012-yil 29dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 174-sonli buyrug‘i bilan yanada aniqlashtirilgan. Jazoni ijro etish va o‘tash tartibi (rejimi) maxsus adabiyotlarda yuridik va pedagogik nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Yuridik nuqtai nazardan olib qaralganda rejim – jazoni ijro etish va o‘tashning jinoyatijroiya huquqi normalari tomonidan belgilangan tartibi va bu normalarga rioya etish yoki rioya etmaslik natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatdir. Pedagogik nuqtai nazardan rejim tarbiya vositasi bo‘lib, u mahkumning ongiga shunday ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liqki, unga ko‘ra mahkum jamiyat uchun zararli bo‘lgan qarashlari va odatlarini tashlashi lozim. Shuning uchun ham rejimni huquqiy tartibga solish ma’lum ma’noda pedagogik vazifalarga ham bo‘ysundirilgan. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim mahkumlarga nisbatan jazolash, tarbiyalash, ta’minlovchi va boshqa shu kabi bir qancha funksiyalarni bajaradi. Jumladan, rejimni amalga oshirish jarayonida mahkumga nisbatan ba’zi bir huquqiy cheklashlar vujudga keladi va bu jazolashda namoyon bo‘ladi. Rejim qoidalari jazoni amalga oshirar ekan, mahkumni qonun talablariga rioya qilishga, intizomni buzmaslikka, ma’muriyatning qonuniy talablariga so‘zsiz itoat etishga, o‘zining salbiy xulq-atvorini o‘zgartirishga, mehnatga, o‘qishga vijdonan munosabatda bo‘lishga majbur qiladi va bu orqali tarbiyalash funksiyasini bajaradi. Rejimning ahamiyati yana shundan iboratki, u mahkumlarga axloqan ta’sir ko‘rsatishning boshqa vositalari (tarbiyaviy ish, ijtimoiy foydali mehnat, umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi, jamoatchilik ta’siri)ni qo‘llash uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratadi va albatta, jazoni ijro etish muassasalarida yetarlicha tartib bo‘lmasa, bu choralardan birortasi ham samara bermaydi. Bunda rejimning ta’minlovchi funksiyasi namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati faqat mahkumlardan emas, balki muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, ishchi va xizmatchilardan ham jinoyatijroiya qonunchiligiga va ichki tartib qoidalariga rioya qilishini talab etadi va bu bilan nafaqat mahkumlar tomonidan balki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar tomonidan ham turli ko‘rinishdagi tartibbuzarliklar, huquqbuzarliklarni oldini olish funksiyasini bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 7-moddasining 3-qismiga binoan axloqan tuzatish vositasi hisoblangan jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi) jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda qo‘llaniladi. Shunday qilib, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni ijro etish va o‘tash rejimi uning huquqiy prinsiplariga muvofiq tarzda tashkil qilinadi.
244 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Ma’lumki, bu prinsiplar quyidagilardan, ya’ni: qonuniylik, adolat, insonparvarlik, jazoni ijro etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qo‘llashdan iborat. Rejimning asosiy talablari. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibi, ya’ni rejimning ahamiyati amaliyotda juda kattadir. Aynan mahkumlar axloqini tuzatishning asosiy vositalaridan biri hisoblangan rejim orqali jazoni o‘tash joylarida mahkumlar va muassasa xodimlarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash, mahkumlarni turli toifalarga ajratgan holda saqlash (JIK 58-m.), ularni o‘rnatilgan tartibdagi namunaviy kiyim-boshda yurishi, soqchilar tomonidan qo‘riqlanishi, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni yashash, majburiy mehnatga jalb etish, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar, o‘qotar qurollarni qo‘llash, tinchlantirish ko‘ylagini kiydirish, jazoni ijro etish muassasalarida qaysi holatlarda alohida holatni joriy etish, mahkumlarning uchrashuvlari, telefon orqali so‘zlashuvlari va boshqa shu kabi choratadbirlarni o‘tkazish tartibi belgilab berilgan. Jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi) – mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 7moddasining 2-qismida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, Jinoyat-ijroiya kodeksining 62-moddasiga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi va quyidagilarni ta’minlaydi: –mahkumlarni batamom ajratib qo‘yish, ularni qo‘riqlash va nazorat qilib turishni; –mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek ularning o‘z majburiyatlarini ado etishini; – muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; – muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni; – mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini. Rejimning talablari jazoni o‘tash joylaridagi barcha mahkumlar toifasi uchun bir xil bo‘lsa-da, biroq qonunchilikda ba’zi holatlarda shaxsning sog‘lig‘i, yoshi, jinsi yoki jazoning qonunda belgilangan ma’lum bir muddatini o‘tagan yoki o‘tamaganligini hamda ijobiy xulqatvorini e’tiborga olgan holda mahkumlarga yengilliklar berilishi mumkin. Masalan, mahkumni jazoning ma’lum bir muddatini o‘tagandan keyin uni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilishi yoki ayrim toifadagi mahkumlar (mahkuma homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar) uchun qo‘shimcha huquqlar (JIK 130–133-m.) berilishi shular jumlasidandir. Jazoni ijro etish muassasalarida rejimni ta’minlashda tezkor-qidiruv faoliyati ham amalga oshiriladi, ya’ni: – mahkumlar, jazoni ijro etish muassasasi xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini ta’minlash; – mahkumlar jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgunga qadar sodir etgan, lekin javobgarlikka tortilmay qolgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish; – jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish; – jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish; – ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish; – boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida.
245 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi (JIK 68-m.). Jazoni ijro etish muassasalarida saqlash rejimi talablari quyidagicha ta’minlanadi: – jazoni ijro etish muassasasi hududiga kirish va undan chiqish; – tintuv qilish va ko‘zdan kechirish; – mahkumlarning xulq-atvori ustidan nazorat; – jazoni ijro etish muassasasiga tegishli ish qurollari, asbob-uskunalar va inventarlardan foydalanish. Jazoni ijro etish muassasasi hududiga kirish va undan chiqish shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari, qorovul qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari hamda jazoni ijro etish muassasasida mehnat shartnomasi asosida ishlovchi ishchi va xizmatchilar jazoni ijro etish muassasasi hududiga doimiy ruxsatnoma asosida kirib chiqadi. Jazoni ijro etish muassasasi hududiga kirish va undan chiqish uchun ruxsatnoma berish ma’muriyat tomonidan, shuningdek jazoni ijro etish muassasasi hududiga kirish va undan chiqish tartibini ta’minlash qorovul qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etish muassasalariga kirish huquqiga ega. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob; 2. Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari; 3. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari; 4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori; 5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori; 6. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori; 7. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat xavfsizligini ta'minlash 8. departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi 42-sonli buyrug'i; 9. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i.