scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Qizil yassi temiratki: endokrin kasalliklar bilan bog'liqligi, klinik kechishi

Usmonov Baxtiyor Arobiddin O'g'li , G'ulomqodirov Shoxinur Dadaxon oʻgʻli

Full text

INDONESIAN JOURNAL OF MODERN KNOWLEDGE AND REVIEW ISSN-L8776-0932 E-ISSN 8776-0932 IF(Impact Factor)12.57 Issue:12 Volume:12 November-2025 http://bibjournals.is-great.net/ 1 Qizil yassi temiratki: endokrin kasalliklar bilan bog‘liqligi, klinik kechishi Usmonov Baxtiyor Arobiddin O’g’li Terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri G’ulomqodirov Shoxinur Dadaxon oʻgʻli Stomatologiya fakulteti V bosqich talabasi Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon, Oʻzbekiston Annotatsiya: Ushbu maqolada surunkali teri va shilliq qavat kasalligi bo‘lib, epiteliyda (teri va og‘iz shilliq qavatida) qattiqlashgan, keratinlashgan tugunlar (papulalar) paydo bo‘lishi bilan kechadigan qizil yassi temiratki (Lichen planus ruber)haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Lichen planus , HLA-A3, N-atsetiltransferaza, Giperkertotik shakli, Nikotinamid, poligonal. Qizil yassi temiratki (Lichen planus ruber) – bu kasallik surunkali teri va shilliq qavat kasalligi bo‘lib, epiteliyda (teri va og‘iz shilliq qavatida) qattiqlashgan, keratinlashgan tugunlar (papulalar) paydo bo‘lishi bilan kechadi. Kasallikni 1860 yilda E. Hebra birinchi marta tavsiflagan. 1869 yilda W. Wilson uni “Lichen planus” deb atagan va og‘iz shilliq qavatidagi ko‘rinishlarini ta’riflagan. Rus olimlari V. Bekhterev, A. Polotebnov, A. Pospelov bu kasallikni 1880-yillarda o‘rganganlar. Ko‘pincha o‘rta yoshdagi ayollarda uchraydi, bolalarda kam kuzatiladi. Etiologiyasi:Kasallik kelib chiqishi haqida bir nechta nazariyalar mavjud: nevrogen, toksik-allergik va virusli nazariyalar. Muhim omillardan biri — og‘iz shilliq qavatining travmatizatsiyasidir. Bunga tishlarning o‘tkir qirralari, osilib turgan plomba, yomon moslangan olinadigan yoki plastinkali protezlar, shuningdek, turli metallardan tayyorlangan protezlar sabab bo‘lishi mumkin. Kasallik ko‘p omilli (polietiologik) bo‘lib, quyidagi sabablar bilan bog‘liq: 1. Irsiy nazariya: Ba’zi oilalarda bir necha kishi bir vaqtning o‘zida kasallanadi (taxminan 70 holat qayd etilgan). 60% bemorlarda HLA-A3 antigeni aniqlanadi. 2. Infeksion nazariya: Ayrim olimlar mikroorganizmlarning ishtirokini taxmin qilgan, biroq bu masala bahsli. Kasallik infektsiyadan keyin, hasharot chaqqan joyda yoki bir oilaning bir necha a’zolarida paydo bo‘lishi mumkin. INDONESIAN JOURNAL OF MODERN KNOWLEDGE AND REVIEW ISSN-L8776-0932 E-ISSN 8776-0932 IF(Impact Factor)12.57 Issue:12 Volume:12 November-2025 http://bibjournals.is-great.net/ 2 3. Dori vositalari, fizik va kimyoviy omillar: Dori ta’sirida kelib chiqadigan holatlar (masalan, mishyak, oltin, simob, antibiotiklar, vitaminlar qabul qilinganda) uchraydi. 65% bemorda N-atsetiltransferaza fermenti faolligi past bo‘ladi. Og‘izdagi metall plomba yoki turli metall protezlar ham kasallikni qo‘zg‘atishi mumkin. 4. Neyrogen (asabiy) nazariya: Stress, hissiy zo‘riqish, uyqusizlik, nevrologik kasalliklar, vegetativ disfunktsiyalar kasallikni boshlashi yoki kuchaytirishi mumkin. 5. Endokrin va modda almashinuvi buzilishi: Ko‘pincha qandli diabet bilan bog‘liq. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza fermenti yetishmovchiligi, ATP kamayishi aniqlanadi. Boshqa endokrin buzilishlar: gormonal nomutanosiblik, buyrak usti bezi disfunktsiyasi. 6. Immun mexanizmlar: Kasallikda autoimmun reaktsiyalar asosiy rol o‘ynaydi. T-limfotsitlar epiteliy bazal qavatiga hujum qilib, kераtinositlarni shikastlaydi. Shu jarayonda interleykin-1 ajralib chiqib, yallig‘lanish o‘chog‘ini davom ettiradi. Qizil yassi temiratki quyidagi klinik shakllarda namoyon bo‘ladi: tipik, giperkertotik, ekssudativ-giperemik, eroziya-yarali, bullyoz va atipik shakllar. Klinik belgilar: Teri va og‘iz shilliq qavatida poligonal shaklli, keratinlashgan, oq yoki kulrang papulalar hosil bo‘ladi. Ular tarmoqli yoki to‘r (setka) shaklida joylashadi. Og‘izda ko‘proq yonoqning orqa qismi, til, tishlar orasi, qizilo‘ngach va lab chetlarida uchraydi.Ba’zan og‘izda achishish, og‘riq, qurish hissi kuzatiladi. Tipik shakli: Bemorlar odatda shikoyat bildirmaydilar. Ba’zan achchiq ovqatlar, ziravorlar ta’sirida qichishish yoki achishish hissi kuzatiladi. Ob’yektiv ko’rganda: o‘zgarmagan shilliq qavat fonida kulrang-oq rangli poligonal tugunchalar (papulalar) paydo bo‘ladi. Ular bir-biri bilan qo‘shilib, tasma yoki paporotnik bargi shaklidagi naqsh hosil qiladi. Papulalar odatda yonoq shilliq qavati, tilning orqa yuzasi, tishlar tutashgan chiziq, ba’zan qattiq va yumshoq tanglayda joylashadi. Giperkertotik shakli: 63%. Oqish papulalar, to‘r yoki bargsimon shaklda. Og‘riqsiz, ba’zan og‘izda quruqlik hissi.Ba’zan shilliq qavatda oq tasma yoki dog‘lar tarzida kosmetik nuqson kuzatiladi. Bemorlar og‘izda quruqlik va qo‘pol tuzilma sezadilar, ayrim hollarda achishish bo‘lishi mumkin. Ob’yektiv ko’rganda: tipik toshmalar fonida aniq chegaralangan, birlashgan giperkeratoz o‘choqlari kuzatiladi. INDONESIAN JOURNAL OF MODERN KNOWLEDGE AND REVIEW ISSN-L8776-0932 E-ISSN 8776-0932 IF(Impact Factor)12.57 Issue:12 Volume:12 November-2025 http://bibjournals.is-great.net/ 3 Ekssudativ-giperemik shakli: 14%.Papulalar orasida qizil, achishuvchi eroziya paydo bo‘ladi. Odatda yonoq va til sohasida. Issiq yoki achchiq ovqat bilan og‘riq kuchayadi. Bemorlar ko‘pincha noaniq shikoyatlar bildiradilar, ammo ba’zida issiq, achchiq yoki qo‘pol ovqat iste’mol qilganda og‘riq va achishish hissi kuzatiladi. Ob’yektiv ko’rganda: tipik papulalar giperemiyalangan va shishgan shilliq qavat fonida joylashadi. Ko‘p hollarda toshmalar quloqoldi so‘lak bezlari chiqaruv kanallari atrofida, tilda yoki lablarda aniqlanadi. Ba’zida metall protezlar yoki akrilatlarga kontakt reaksiyasi kuzatiladi. Eroziya-yarali shakli: 4–5%. Yirik, notekis, og‘riqli yaralar paydo bo‘ladi. Uzoq bitmaydigan yara holatlarida rakka o‘tish xavfi bor. Bemorlar har qanday ovqatni iste’mol qilishda og‘riq va achishishdan shikoyat qiladilar. Ob’yektiv: yonoq, til, retromolyar sohada eroziyalar, kamdan-kam hollarda yaralar aniqlanadi. Ular giperemiyalangan va shishgan asosda joylashgan bo‘lib, poligonal shaklda, fibrinoz qoplama bilan qoplangan. Qoplama ostida granulyatsiya to‘qimalari mavjud. Travma ta’sirida qon ketishi mumkin. Bullyoz (pufakli) shakli: Pemfigoid (pufakli) forma — 8%. Og‘iz shilliq qavatida yoki terida pufakchalar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha ayollarda, asab yoki gormonal kasalliklar fonida. Juda kam uchraydi. Bemorlar odatda issiq va achchiq ovqat qabulida og‘riqdan shikoyat qiladilar. Tipik tugunchalar bilan bir qatorda pufakchalar (bullalar) hosil bo‘ladi, ularning o‘lchami ignaning boshi kattaligidan loviyagacha bo‘lishi mumkin. Pufakchalar bir necha soat yoki kun davomida saqlanadi. Odatda tilning orqa va yon yuzasi, yumshoq tanglay, tanglay kamarlari, ba’zan milk shilliq qavatida joylashadi. Pufaklar yorilgandan so‘ng hosil bo‘lgan eroziyalar poligonal shaklda, fibrinoz qoplama bilan qoplangan bo‘ladi va tez epitelizatsiyalanadi — bu belgi uni eroziya-yarali shakldan farqlaydi. Atipik shakli: 9%. Juda qattiq, keratinlashgan o‘sma shaklidagi o‘choqlar. Uzoq davom etgan mexanik ta’sir natijasida paydo bo‘ladi. Asosiy shikoyatlar — achishish va og‘riq issiq yoki achchiq ovqat iste’molida. Lokalizatsiyasi: odatda yuqori lab va milk shilliq qavatida. Labning markaziy qismida ikki simmetrik, yengil shishgan, giperemiyalangan o‘choqlar aniqlanadi, ularning yuzasida biroz loyqalashgan oqish tusli epiteliy kuzatiladi. Ko‘pincha o‘choqlarda so‘lak bezlari og‘izlari kengaygan bo‘ladi (ikkilamchi glandulyar xeylit). Yuqori markaziy tishlar atrofidagi milk so‘rg‘ichlari giperplastik, shishgan bo‘ladi, ularning yuzasida oqish to‘r shaklidagi chiziqlar ko‘rinadi. Diagnostika - Tashxis anamnez, klinik belgilar va gistologik tekshiruv asosida qo‘yiladi. INDONESIAN JOURNAL OF MODERN KNOWLEDGE AND REVIEW ISSN-L8776-0932 E-ISSN 8776-0932 IF(Impact Factor)12.57 Issue:12 Volume:12 November-2025 http://bibjournals.is-great.net/ 4 Differensial diagnostika: Tipik shakl: yassi leykoplakiya, ikkilamchi qaytalanuvchi sifilis. Giperkertotik shakl: verrukoz yoki blyashkali leykoplakiya, soxta membranoz kandidomikoz. Ekssudativ-giperemik shakl: surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitning boshlang‘ich belgisi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema. Eroziya-yarali shakl: aftoz stomatit, sust kechuvchi yara-nekrotik stomatit, eroziyalangan leykoplakiya, dekubit va trofik yaralar, pufakcha kasalliklari. Bullyoz shakl: oddiy pufakcha, og‘iz shilliq qavati bilan cheklangan yaxshi sifatli neakantolitik pufakcha, ekssudativ eritema, o‘tkir gerpetik stomatit, toksik-allergik yara-pufak shakllar. Atipik shakl: oddiy pufakcha, surunkali lokal parodontit, atrofik kandidomikoz. Davolash - Davolash usuli kasallik shakli, og‘irligi, davomiyligi va avvalgi terapiya samaradorligiga bog‘liq. Kuchayish davrida bemorlarga jismoniy va ruhiy tinchlik, og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish tavsiya etiladi. Ovqatlanishda sho‘r, dudlangan, qovurilgan taomlar cheklanadi. Og‘iz shilliq qavati zararlangan bemorlarda achchiq va qo‘pol ovqatlar chiqarib tashlanadi. Umumiy davolash - Tipik shakl: tinchlantiruvchi vositalar, multivitaminlar, immunokorrektorlar (Likopid, Imudon). Ekssudativ-giperemik shakl: vitaminlar (Milgamma, Nikotinamid, Askorutin), antihistaminlar (Suprastin, Diazolin, Fenkarol), immunokorrektorlar (Likopid, Imudon). Eroziya-yarali va bullyoz shakllar: tinchlantiruvchi, vitaminli, antihistamin va immunokorrektiv terapiya (Likopid, Polioksidoniy, Imudon). Mikroflora buzilishi aniqlansa — antimikotik, antibiotik yoki boshqa mos preparatlar bilan korreksiya qilinadi. Og‘ir va davoga chidamsiz holatlarda — sistemali glyukokortikosteroidlar qo‘llaniladi. Mahalliy davolash - Tipik shakl: keratoplastik vositalar (vitamin A, E moy eritmalari, itshumurt moyi va boshqalar) bilan applikatsiyalar. INDONESIAN JOURNAL OF MODERN KNOWLEDGE AND REVIEW ISSN-L8776-0932 E-ISSN 8776-0932 IF(Impact Factor)12.57 Issue:12 Volume:12 November-2025 http://bibjournals.is-great.net/ 5 Ekssudativ-giperemik shakl: og‘riq bo‘lsa — 1–2% lidokain eritmasi, Holisal gel, antiseptiklar, “Tantum Verde” kabi yallig‘lanishga qarshi vositalar. Eroziya-yarali shakl: lidokainli vannalar yoki applikatsiyalar, antiseptiklar, zarur hollarda proteolitik fermentlar, keyinchalik kortikosteroidli malhamlar (0,5% prednizolon, 1% gidrokortizon) va keratoplastik vositalar bilan epitelizatsiyani tezlashtirish. Tibbiy tavsiyalar - Agar og‘iz shilliq qavatidagi o‘zgarishlar retikulyar toshmalar bilan cheklangan va sub’yektiv shikoyatlar bo‘lmasa, maxsus davolash talab etilmaydi. Boshqa hollarda esa terapiya majburiydir. Birinchi tanlov vositalari — mahalliy glyukokortikosteroidlar (betametazon, klobetazol va boshqalar). Agar ular samara bermasa, tashqi retinoidlar (izotretinoin geli) qo‘llaniladi. Qo‘shimcha ravishda og‘riq qoldiruvchi va yara bitiruvchi vositalar: aloedan tayyorlangan liniment, lidokain + romashka ekstrakti, holin salitsilat + setalkoniy xloridli stomatologik gel tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytganda qizil yassi temiratki kelib chiqishi polietiologik bo’lgan, jiddiy davo choralarini talab qiladigan, surunkali kechib, qayta o’tkirlashish xavfi bo’lgan va davolanmasa xavfli asoratlarga olib keladigan kasallik. Uni o’z vaqtida aniqlash esa vrach stomatologning burchidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Основные заболевания слизистой оболочки рта: атлас / С.И.Бородовицина [и др.]; 2. Н.ф.данилевский, В.К.Леонтьев, А.Ф.Несин, Ж.И.Рахний Заболевания Слизистой оболочки Полости рта 3. Terapevtik stomatologiya (M.Ziyayeva, R.Bahodirova) 4. STOMATOLOGIYA-J.A. Rizaev 2018 yil 5. KOMILOV-Terapevtik Stomatologiya