AYRIM TOIFADAGI MAHKUMLARGA BERILADIGAN QO'SHIMCHA HUQUQLAR
Abstract
Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan ayrim toifadagi mahkumalar — xususan, homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan farzandi bor mahkumalarga beriladigan qo‘shimcha huquqlar va yengilliklar yoritilgan. Jinoyat-ijroiya kodeksining 130–133-moddalari asosida mazkur toifadagi shaxslarga jazoni ijro etish muassasasi hududidan tashqarida yashash, bolalarni koloniyaga qarashli bolalar uyiga joylashtirish, qo‘shimcha uchrashuvlar hamda moddiy-maishiy sharoitlar bo‘yicha yengilliklar berilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, bu huquqlar berilishining huquqiy asoslari, ularni qo‘llash tartibi, cheklovlari va davlatning onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan insonparvar siyosati tahlil qilingan.
Full text
246 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 AYRIM TOIFADAGI MAHKUMLARGA BERILADIGAN QO‘SHIMCHA HUQUQLAR Shuxrat Irnazarov Termiz Davlat universiteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17565474 Annotatsiya. Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan ayrim toifadagi mahkumalar — xususan, homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan farzandi bor mahkumalarga beriladigan qo‘shimcha huquqlar va yengilliklar yoritilgan. Jinoyat-ijroiya kodeksining 130–133-moddalari asosida mazkur toifadagi shaxslarga jazoni ijro etish muassasasi hududidan tashqarida yashash, bolalarni koloniyaga qarashli bolalar uyiga joylashtirish, qo‘shimcha uchrashuvlar hamda moddiy-maishiy sharoitlar bo‘yicha yengilliklar berilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, bu huquqlar berilishining huquqiy asoslari, ularni qo‘llash tartibi, cheklovlari va davlatning onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan insonparvar siyosati tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Ayrim toifadagi mahkumlar. Homilador ayollar. Uch yoshgacha bolasi bor mahkumalar. Jinoyat-ijroiya kodeksi. Qo‘shimcha huquqlar. Koloniya va bolalar uyi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish. ADDITIONAL RIGHTS GRANTED TO CERTAIN CATEGORIES OF CONVICTS. Abstract. This article discusses the additional rights and privileges granted to certain categories of convicts held in penal institutions, in particular, pregnant women and convicts with children under the age of three. Based on Articles 130–133 of the Criminal Code, it is indicated that persons of this category are granted relief in terms of living outside the territory of the penal institution, placing children in an orphanage affiliated with the colony, additional meetings, and material and living conditions. The legal basis for granting these rights, the procedure for their application, restrictions, and the state's humanitarian policy aimed at protecting motherhood and childhood are also analyzed. Keywords: Certain categories of convicts. Pregnant women. Convicts with children under the age of three. Criminal Code. Additional rights. Colony and orphanage. Protection of motherhood and childhood. ДОПОЛНИТЕЛЬНЫЕ ПРАВА, ПРЕДОСТАВЛЯЕМЫЕ ОТДЕЛЬНЫМ КАТЕГОРИЯМ ОСУЖДЕННЫХ. Аннотация. В статье рассматриваются дополнительные права и льготы, предоставляемые отдельным категориям осужденных, содержащимся в исправительных учреждениях, в частности, беременным женщинам и осужденным, имеющим детей в возрасте до трех лет. На основании статей 130–133 Уголовного кодекса Российской Федерации указывается, что лицам данной категории предоставляются послабления в проживании за пределами территории исправительного учреждения, помещении детей в детский дом при исправительной колонии, предоставлении дополнительных свиданий, а также в материально-бытовых условиях. Также анализируются правовые основы предоставления указанных прав, порядок их применения, ограничения, а также гуманитарная политика государства, направленная на защиту материнства и детства. Ключевые слова: Отдельные категории осужденных. Беременные женщины. Осужденные, имеющие детей в возрасте до трех лет. Уголовный кодекс Российской Федерации. Дополнительные права. Колония и детский дом. Защита материнства и детства.
247 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 130–133-moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi doirasidan tashqarida yashashi, bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi doirasidan muayyan muddatga chetga chiqishi kabi huquqlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy. Xo‘sh, ayrim toifadagi mahkumlar deganda kimlar tushuniladi? O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 130moddasi 1-qismiga muvofiq, ayrim toifadagi mahkumlar deganda homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar tushuniladi. Mahkuma homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga Jinoyat-ijroiya kodeksida mahkumlar uchun nazarda tutilgan huquqlardan tashqari: – jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashash; – bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish; –bolalarini joylashtirib kelish va ular bilan uchrashish uchun jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqish huquqiga ham ega. Mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida to‘rt marta, muddati besh sutkagacha bo‘lgan uzoq muddatli uchrashuv, manzil-koloniyada saqlanayotganlarga esa, ishdan bo‘sh vaqtda muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi. Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashishiga o‘zining Jinoyatijroiya kodeksining 131-moddasiga binoan ijobiy tavsifga ega mahkuma ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ishdan ozod etilgan vaqt mobaynida, shuningdek bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining prokuror tasdiqlagan qarori bilan jazoni ijro etish koloniyasi hududidan tashqarida yashashga ruxsat etilishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashashga ruxsat berilgan mahkuma ayollarga guvohnoma beriladi. Jazoni ijro etish muassasasi hududidan tashqarida yashaydigan mahkuma ayollar o‘zlari ro‘yxatda turgan turkumdan chiqarilmaydi. Ularning ish haqi hisob-kitob qilinib, shaxsiy hisobvaraqlaridagi pullari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlari o‘zlariga beriladi. Jazoni ijro etish muassasasi hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasining to‘rtinchi qismi “b”, “v” va “g” bandlarida ko‘rsatilgan quyidagi mahkumlarga nisbatan berilmaydi, ya’ni: – o‘ta xavfli retsidivistga; – uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga; – javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va uskunalarni kontrabanda qilish uchun hukm qilingan shaxslarga (JK 73-
248 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 moddasi 4-qismi “a” bandida umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslar nazarda tutilgan, ushbu jazolar esa jinoyat sodir etgan ayollarga nisbatan qo‘llanilmaydi). Jazoni ijro etish koloniyasi hududi doirasidan tashqarida yashaydigan mahkumlar: – xona tipidagi turar joylarda joylashadilar va jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining nazorati ostida bo‘ladilar; – ertalab o‘rindan turishdan kechki yotishgacha bo‘lgan vaqt mobaynida belgilangan yo‘nalishlar doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar; – fuqarolar kiyadigan kiyimda yurishlari, yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin; – cheklanmagan miqdorda banderol, posilka va yo‘qlovlar olish hamda jo‘natish, ishdan bo‘sh vaqtda qisqa muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. Jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: – jazoni o‘tash tartibi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda; – homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ishdan ozod qilish davri tugaganda; – bola uch yoshga to‘lganda. Mahkuma ayolning jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining prokuror tomonidan tasdiqlanadigan qarori bilan bekor qilinadi. Mahkuma homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarning jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashash huquqini berish amaliyotda deyarli qo‘llanilmayotganligini amaliyotchi xodimlar va nazariyotchi mutaxassislar tomonidan yetarli darajada o‘rganilishini taqozo etadi. Jinoyat-ijroiya kodeksining 132-moddasiga muvofiq mahkuma ayollarni saqlashga mo‘ljallangan koloniyalar qoshida bolalar uyi tashkil etiladi va unda bolalar normal yashashi hamda kamol topishi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi. Mahkuma ayollar uch yoshga to‘lmagan bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan bo‘sh vaqtida ular bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda bo‘lishga haqli. Bolalar uyidagi bola uch yoshga to‘lganidan keyin onasining roziligi bilan uning qarindoshlariga yoki homiylik va vasiylik organining qaroriga binoan, boshqa shaxslarga berilishi yoxud tegishli bolalar muassasalariga yuborilishi mumkin. Agar mahkumaning jazoni o‘tash muddati tugashiga ko‘pi bilan bir yil qolgan va u onalik burchlarini lozim darajada bajarib kelgan bo‘lsa, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati bolaning bolalar uyida bo‘lish vaqtini uzaytirishi mumkin. Jinoyat-ijroiya kodeksining 133-moddasida mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga qisqa muddatli chiqishi nazarda tutilgan, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalari bor mahkuma ayollarga bolalarini qarindoshlarinikiga, vasiylarinikiga yoki bolalar muassasalariga joylashtirib kelish uchun borish-kelish vaqtni (to‘rt sutkagacha) hisobga olmagan holda o‘n besh sutkagacha muddatga chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkinligi belgilangan.
249 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bundan tashqari, voyaga yetmagan nogironligi bo‘lgan bolalari bor ayollarga bir yilda bir marta ular bilan uchrashish uchun yo‘lga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda yetti sutkagacha bo‘lgan muddatga chetga chiqishga ruxsat etiladi. Jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashayotgan mahkuma ayollar hamda ularning uch yoshga to‘lmagan bolalarining moddiymaishiy ta’minoti. Jazoni ijro etish muassasasi hududidan tashqarida yashayotgan mahkuma ayollar hamda ularning uch yoshga to‘lmagan bolalari, jazoni ijro etish muassasalarining bolalar uylaridagi homilador ayollar, emizikli onalar uchun belgilangan normalarda oziq-ovqat, kiyim va poyabzal bilan ta’minlanadi. Manzil-koloniyasida uch yoshgacha bolasi bor mahkuma ayollarning zarur pul mablag‘lari bo‘lmasa, ular manzil-koloniya ma’muriyatiga bolasi uchun jazoni ijro etish muassasasining bolalar uyida saqlanayotgan bolalar uchun mo‘ljallangan oziqovqat, kiyim va poyabzal berishni so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan so‘ng, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati jazoni ijro etish muassasasi hududidan tashqarida yashayotgan mahkuma ayollarni jazoni ijro etish muassasasi korxonasiga yoki boshqa korxonalarga ishga joylashtiradi. Bunda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati mahkuma ayollarning bolasini maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob; 2. Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari; 3. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari; 4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori; 5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori; 6. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori; 7. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat xavfsizligini ta'minlash 8. departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi 42-sonli buyrug'i; O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i.