AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ZARURATI VA AHAMIYATI
Abstract
Kreativlik tushunchasi. Pedagoglarning kreativlik qobilyatini shakllantirish va uning ish faoliyatidagi o‘rni. Pedagogning kreativ sifatlari haqida gap boradi. Ta’lim jarayonida kreativ fikrlash, har xil g‘oyalar yaratish, munozaralar o‘tqizib dars samarasini oshirish uchun qilinadigan harakatlar to‘g‘ risida. Kreativ ta’limni rivojlantirish qo‘llaniladigan metodlar.
Full text
262 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ZARURATI VA AHAMIYATI Maxmudova Dilorom Maxamatjon qizi Yangi asr universiteti “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17565958 Annotatsiya. Kreativlik tushunchasi. Pedagoglarning kreativlik qobilyatini shakllantirish va uning ish faoliyatidagi o‘rni. Pedagogning kreativ sifatlari haqida gap boradi. Ta’lim jarayonida kreativ fikrlash, har xil g‘oyalar yaratish, munozaralar o‘tqizib dars samarasini oshirish uchun qilinadigan harakatlar to‘g‘ risida. Kreativ ta’limni rivojlantirish qo‘llaniladigan metodlar. Kalit so’zlar: Kreativlik, axborot texnologiyalari, pedagogik kreativlik, zamonaviy ta’lim, sun’iy intellekt, pedagogning kreativ potensiali, innovatsiya, ta’lim sifati. Аннотация. Понятие творчества. Формирование творчества педагогов и его роль в рабочем процессе. Это говорит о творческих качествах учителя. О творческом мышлении в учебном процессе, создании различных идей, действиях по повышению эффективности урока путем проведения дискуссий. Методы, используемые для развития творческого образования. Ключевые слова: Креативность, информационные технологии, педагогический креатив, современное образование, искусственный интеллект, творческий потенциал педагога, инновации, качество образования. Abstract. The concept of creativity. Formation teachers‘ creativity and its role in work process. This speaks to the creative qualities of the teacher. About creative thinking in the educational process, the creation of various ideas, actions to improve the effectiveness of the lesson through discussions. Methods used to develop creative education. Key words: Creativity, information technology, pedagogical creativity, modern education, artificial intelligence, creative potential of an educator, innovation, quality of education. Zamonaviy ta’lim berish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, interfaol usullardan o’quv jarayoni mobaynida keng qo’llanilmoqda. An’anaviy ta’limda o’qituvchi tomonidan berilgan tayyor bilimlar o’zlashtirilgan, hozirda esa zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar o’zlari ma’lumotlarni qidirib topishlari hamda uni mustaqil o’zlashtirib, olgan bilimlarini tahlil qilishadi. Rivojlangan mamlakatlardan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada kabilarda mustaqil ta’lim yo’lga qo’yilgan. Mustaqil ta’lim olish ko’nikmasini shakllantirish, o’qitish jarayonida zamonaviy bilimlar berish, bunda rivojlangan axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish lozim. Hozirgi kunda zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi ko’p qo’llanilmoqda. O’qitish jarayoniga ijodkorlik bilan yondashish, talabalarning kreativ fikrlashlariga zamin yaratish, ularni mustaqil fikrlashga undash, talabalar dars jarayonida birbirlari bilan fikr almashib o’z xulosalarini tortinmay bayon qilishlari muhimdir. Bo’lajak mutaxassislarni o’z tanlagan yo’nalishlarida faol rivojlanishlari, kasbiy kamol topishlarida kreativ pedagogika muhim ahamiyatga ega.
263 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bugungi kunda pedagoglar “Kreativ pedagog” deb tan olinishlari uchun kasbiy-ijodiy faoliyat ko’nikmalarini o’zlashtirishlari, mutaxassis sifatida o’z faoliyatlarini samarali tashkil etishlari, amaliy ko’nikmalarini integratsiyasiva va shu bilan birga ijodiy tafakkurlarini doimiy ravishda rivojlantirib borishlari hamda kreativ xarakterga ega bo’lishga astoydil intilmog’lari lozim bo’ladi. Shaxsning faolligi, kreativ sifatlari, shart-sharoitlar, hayotiy muhim kasbiy hodisalar ijodkor shaxsning shakllanishi uchun zarurdir. Pedagogning kreativ sifatlarga ega bo’lishi talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish uchun hozirgi kun talabi desak adashmagan bo’lamiz. Kreativlik – muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativ insonni oladigan bo„lsak, unda uning iqtidori rivojlangan bo’ladi. Amerikalik psixolog olim Torrensni aytishicha kreativlik yoki kreativ fikrlaydigan shaxs har xil dolzarb muammolarni ilmiy sohadagi qarashlarni ko’p gapiradigan shularni yechimini topishga intilishi yoki muammolarni muhokama qilishini ifodalaydi. Kreativ shaxs muammolarni oson hal qiladigan, yashash tarzini osonlashtiradigan, o’ziga bo’lgan ishonchi yuqori darajada bo’lgan odam tushuniladi. Kreativ fikrlaydigan shaxs o’zining muammolarini bemalol hal qila oladigan yetuk shaxs deb bilaman. Kreativ fikrlash har bir shaxsga kerak tushunchadir. 1 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi o‘zbekiston respublikasi prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-son farmonining 2-bandida, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo’limida quyidagilar bayon etiladi: -zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish; -ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish; -zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish; -ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-MINBAR” platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida “bulutli texnologiyalar”dan foydalanish; -masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kutubxona fondi, axborot bazalaridan foydalanishini yo‘lga qo‘yish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini kengaytirish; -ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish. 2 haqida vazifalar berilgan bo’lib, ushbu vazifalarni ijrosini ta’minlashda ta’lim sohasida olib borilgan bir qator izlanishlar orqali bilim va ko‘nikmalarning hosil qilinishi ehtimolini oshiradigan o‘qitish yoki o‘rganishning turli usullari tadqiq etildi. 1 KREATIV TA’LIM TEXNOLOGIYASI, Muxlisa Faxriddin qizi Isoqova. Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022 2 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston respublikasi prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-son farmoni
264 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kreativ fikrlash bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishga imkon beruvchi jamoaviy muhitda birgalikda ishlash orqali samarali rivojlantirilishi mumkin. Boshqacha aytganda, maktablar bilim va ko‘nikmalarni hosil qiluvchi tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatib, unda o‘quvchilar yangidan-yangi g‘oyalar bilan sug‘orilgan ijodiy va muntazam faoliyat turi bilan faol shug’ullanadi. Kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi. Albert Eynshteyn « Tasavvur bilimdan muhim » deganida aynan shu jihatini nazarda tutgan. Ko’pincha noodatiy fikrlar , yechimlar kutilmaganda inson hayoliga keladi. Buning uchun avvalo inson fikrlash jarayonidagi bir xillikka barham berishi lozim. Qachonki bilim hosil qilish jarayoni ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lgan maqsadli faoliyatga, ya’ni kundalik faoliyat turiga aylansa, o’quvchi yangidan-yangi fikr-mulohazalari va mazkur fikr-mulohazalarni doimiy rivojlantirib boradigan amaliy faoliyatlar bilan jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo’shadi. Xulosa qilib shu aytishimiz mumkinki, zamonaviy o'qitish usullari talabalarning o'zaro ta'siri va ularni o'quv jarayoniga jalb qilish, materialni passiv idrok etishga yo'naltirish uchun foydalidir usullardan biridir. O'rganishning chekka shakllarining afzalliklaridan samarali foydalanishga imkon beradigan zamonaviy o'quv infratuzilmasi, o'quv, texnologik, tashkiliy komponentlarni o'z ichiga oladi. har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi. Xorijiy til darslarida innovatsion texnologiyalar va usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy va kreativ fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi. Darslarning noan’anaviy usullarda, turli metodlarni qo’llagan holda tashkil qilinishi orqali zerikarli mashg’ulotlrning oldi olinadi. Bu esa yosh avlod o’rtasida xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishning, bilim olishga bo’lgan ishtiyoqning ortishiga, darslarning esa samarali tashkil etilishiga zamin yaratadi. Natijada o’quvchilaning darsga puxta tayyorgarlik ko’rib kelishiga, o’zlashtirish samaradorligining jadal o’sishiga erishiladi. Bugungi kunda o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, o'quvchilar ham shunday bo‘la oladi. O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Tolipov.U,Q, Sharipov SH.S “o’quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish pedagogik asoslar” “Fan” nashri 2012-yil 18,19-bet. 2. O’,J.Yo’ldoshev tаhriri ostidа. “Umumiy pedаgogikа”. –T.:«Fаn vа texnologiyа», 2017. 3. Nodira Egamberdiya “Ijtimoiy pedagogika” Toshkent 2019. 4. Kreativ ta’lim texnologiyasi, muxlisa faxriddin qizi isoqova. academic research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022 5. O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi o‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni. 6. Www.cyberleninka.ru