XITOY VA O'ZBEKISTON O'RTASIDAGI IQTISODIY HAMKORLIK: ICHKI TADBIRKORLIK MUHITIDA RAQOBAT TAHLILI
Abstract
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, bu jarayon mahalliy tadbirkorlik muhitida yangi raqobat sharoitlarini yuzaga keltirmoqda. Maqolada Xitoyning O‘zbekistonga sarmoya kiritishi va mahalliy bozorga kirib kelishi ichki tadbirkorlik muhitida yangi raqobat sharoitlarini yuzaga keltirayotgani hamda Xitoy investitsiyalarining mahalliy bozorga ta’siri, ichki tadbirkorlar uchun yuzaga kelayotgan tahdidlar va imkoniyatlar tahlil qilinadi.
Full text
302 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 XITOY VA O‘ZBEKISTON O‘RTASIDAGI IQTISODIY HAMKORLIK: ICHKI TADBIRKORLIK MUHITIDA RAQOBAT TAHLILI Asadbek Ahmadjonov Axtamjon o’g’li Toshkent Amaliy Fanlar universiteti 4-kurs talabasi. Tel: +99890-892-22-23, pochta: ahm[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17566382 Annotatsiya. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, bu jarayon mahalliy tadbirkorlik muhitida yangi raqobat sharoitlarini yuzaga keltirmoqda. Maqolada Xitoyning O‘zbekistonga sarmoya kiritishi va mahalliy bozorga kirib kelishi ichki tadbirkorlik muhitida yangi raqobat sharoitlarini yuzaga keltirayotgani hamda Xitoy investitsiyalarining mahalliy bozorga ta’siri, ichki tadbirkorlar uchun yuzaga kelayotgan tahdidlar va imkoniyatlar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: iqtisodiy hamkorlik, tadbirkorlik, investitsiya, investitsion muhit, mahalliy bozor, raqobat, raqobatbardoshlik. ECONOMIC COOPERATION BETWEEN CHINA AND UZBEKISTAN: AN ANALYSIS OF COMPETITION IN THE DOMESTIC BUSINESS ENVIRONMENT Annotation. Economic cooperation between Uzbekistan and China has been developing rapidly in recent years, and this process is creating new competitive conditions in the local business environment. The article analyzes the fact that China's investment in Uzbekistan and entry into the local market are creating new competitive conditions in the domestic business environment, as well as the impact of Chinese investments on the local market, emerging threats and opportunities for domestic entrepreneurs. Keywords: economic cooperation, entrepreneurship, investment, investment environment, local market, competition, competitiveness. ЭКОНОМИЧЕСКОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО МЕЖДУ КИТАЕМ И УЗБЕКИСТАНОМ: АНАЛИЗ КОНКУРЕНЦИИ ВО ВНУТРЕННЕЙ ДЕЛОВОЙ СРЕДЕ Аннотация. Экономическое сотрудничество между Узбекистаном и Китаем в последние годы стремительно развивается, что создает новые конкурентные условия в местной деловой среде. В статье анализируется тот факт, что инвестиции Китая в Узбекистан и выход на местный рынок создают новые конкурентные условия в отечественной деловой среде, а также влияние китайских инвестиций на местный рынок, возникающие угрозы и возможности для отечественных предпринимателей. Ключевые слова: экономическое сотрудничество, предпринимательство, инвестиции, инвестиционная среда, местный рынок, конкуренция, конкурентоспособность. Bugungi kunda Xitoy O‘zbekiston tashqi savdosida muhim o‘rin tutib, u mamlakatimizning strategik sheriklaridan biri va eng asosiy savdo-iqtisodiy hamkori sifatida tan olinmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda savdo-iqtisodiy sohada dinamik o‘sish barcha jabhalarda namoyon bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchi xorijiy sarmoyachi davlat sifatida ajralib turibdi. Xatto, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 2023 yilda salkam 14 mlrd. dollarga yetib rekord natijani qayd etdi 1 . 1
303 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Albatta, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning izchil rivojlanishida Xitoydan kiritilayotgan investitsiyalar hajmi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2023-yilda Xitoy Oʻzbekistonga yo’naltirgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalari hajmi bo’yicha yetakchilikka erishib, jami 2.1 mlrd. AQSh dollari, umumiy investitsiyalar miqdorining 28%ini tashkil etdi. Tarmoq tarkibini foizlarda tahlil qiladigan bo’lsak, toʻqimachilik, elektronika, maishiy texnika kabi sanoat sohalarida umumiy ulushi 45% ni tashkil etgan 2 . Xususan, infratuzilmani takomillashtirish: transport ("Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston" temir yoʻli), energetika (quyosh va gidroelektrostansiyalar)da Xitoydan investitsiyalar 30% miqdorida qayd etilgan. Eng faol investitsiyalar ulushi O’zbekistonning Toshkent viloyati, Samarqand viloyati va Qoraqalpogʻiston hududlari (erkin savdo zonalari)ga to’g’ri keldi 3 . Yana shuni ta`kidlash joizki, O’zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlariga bo’lgan katta e`tibor, Xitoy xususiy kompaniyalarining bu bozorda Industry 4.0 (sunʼiy intellekt, Internet of Things) texnologiyalaridan keng foydalanishiga yo’l ochib bermoqda. Bunga Xitoyning "Texhong Textile" kompaniyasi bilan 2023-yildan amalda bo’lgan Fargʻona viloyatidagi toʻqimachilik fabrikalarini raqamlashtirish bo’yicha qoʻshma loyihasini misol qilsak bo’ladi. Quyidagi jadvalda Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan bir qator yirik texnologik loyihalari keltirilgan 4 : Loyihalar Ishlab chiqarish turi Soni Qiymati TCL Televizor 1 mln dona 11 mln dollar KingClean Electiric Co Changyutgich 450 ming dona 4 mln dollar Midea Muzlatgich 720 ming dona 25,7 mln dollar Whirlpool China Kir yuvish mashinasi 1,1 mln dona 28 mln dollar Bu loyihalar uchun jami 68,7 million dollar investitsiya kiritilgan bo’lib, ularning ishlab chiqarish quvvati yiliga 3,27 million dona maishiy texnika mahsulotlariga to’g’ri kelmoqda. Jumladan, TCL korxonasi Xitoning yetakchi elektronika ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, mahalliy iste’molchilarga zamonaviy smart-TV va boshqa texnologik modellarni taklif qiladi. Bu loyiha yiliga 1 million dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, O‘zbekiston bozorida yuqori sifatli va arzon narxdagi televizorlarni taqdim etmoqda. KingClean kompaniyasi esa, O‘zbekistonda yiliga 450 ming dona changyutgich ishlab chiqarib, uy-ro‘zg‘or texnikasi bozorida mahsulotlar xilma-xilligini oshirib, aholiga arzon narxlarda sifatli changyutgichlarni taqdim etmoqda. Bu loyihalar O‘zbekistonda ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va importni qisqartirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik O‘zbekiston texnologik jihatdan rivojlangan mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Tashqi savdo sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2023-yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 51,5 foizga oshib, 13,7 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport 2,5 milliard dollarga, import esa 11,3 milliard dollarga yetdi 5 . Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarning asosiy qismini mashina va uskunalar, sanoat tovarlari va kimyo 2 3 4 5
304 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 mahsulotlari tashkil etdi. Ikki davlat rahbarlari yaqin besh yil ichida tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish niyatida ekanliklarini bildirdilar 6 . O‘zbekiston yillar davomida nisbatan yopiq iqtisodiy modelni qo‘llab kelgan, bu esa ichki ishlab chiqaruvchilarni raqobatdan qo‘rqitgan. Bunga sabab qilib bir nechta omillar, xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida importga yuqori tariflar va boshqa cheklovlar, asosiy tashqi savdo hamkorlari MDH mamlakatlari tor doirasini tashkil etganligi, global raqobatga tayyor bo‘lmagan korxonalar mavjudligi, yillar davomida ba`zi bir sohalarda monopolistik bozor shakllanganligi sababli, yangi raqobatchilar (ayniqsa xorijiy kompaniyalar) kirib kelganda mahalliy tadbirkorlar ularga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishini ko’rsatishimiz mumkin. O‘zbekiston bozori hali ham nisbatan kichik hisoblanib, bunga asosiy sabablar qilib, ilgarigi davrlarda davlat yoki nodavlat tashkilotlar tomonidan bozorga kirish, lisenziyalar, byurokratik to‘siqlar va korrupsiya kichik biznesning rivojlanishiga nisbatan ba`zi to‘siqlarning mavjud ekanligi, cheklangan raqobat tufayli mahalliy korxonalar innovatsiyalar va sifatni oshirishga unchalik intilmagan va kam raqobat – past samaradorlik prinsipini yuzaga keltirilganligini ta`kidlab o’tish joiz. 2024 –yil 23 –yanvar Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan davlat rahbari prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev infratuzilmani modernizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasini, qishloq xo‘jaligida texnologiyalar transferini kengaytirish va “yashil” energetikani rivojlantirish bo‘yicha alohida hamkorlik dasturlarini tayyorlash kabi iqtisodiyotni rivojlantirishga oid muhim masalalarini muhokama qildi. Ushbu tashrif doirasida "Xitoy modeli" asosida smart-shaharlar qurish (masalan, Toshkent va regional markazlarda), Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda qurilish loyihalariga jalb etilishi (CRCC, China Road and Bridge Corporation kabi kompaniyalar), sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yengil sanoat (to‘qimachilik, poyabzal) va farmatsevtika sohasida qo‘shma korxonalar tashkil etish, Xitoyning yuqori unumdor urug‘liklari, sug‘orish texnologiyalari kabi qishloq xo’jaligida texnologiyalar transferini yo’lga qo’yish, bir so’z bilan aytganda, Xitoy bilan O‘zbekiston “qishloq xo‘jaligida to‘liq zanjir” hamkorligini - yetishtirishdan eksportgacha ko’rinishiga yetkazish kabi masalalar ko’rilgan. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, mamlakatimizda chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarayotganini yuqoridagi o’rinlarda ko’rib chiqdik. O’zbekiston ichki bozori mustaqillik yillaridan buyon yopiq iqtisodiyot an’analari, byurokratik to‘siqlar va mahalliy korxonalarning innovatsiyalarga nisbatan past ehtiyoji raqobat qobiliyatini tushirib qo’yganligi, bu to’siqlarga qarshi so’nggi yillarda chuqur islohotlar o’tkazilayotganligini ta`kidlab o’tish kerak. Xulosa o’rnida shuni ta`kidlash joizki, O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivoji va Xitoy hamkorligidan samarali foydalanish uchun Xitoy kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar (joint ventures) tashkil etish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarga texnologiya va boshqaruv usullarini o‘tkazish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni Xitoy bozoriga kirishda davlat tomonidan logistik va marketing yordami ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek, Xitoy hamkorligi O‘zbekiston uchun nafaqat raqobat tashvishi, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ochuvchi faktor hisoblanadi. Muhimi, bu imkoniyatlardan foydalanish uchun mahalliy biznes va davlat siyosati izchil modernizatsiya qilinishi zarur. Shu orqali, Xitoyning 1978-yildagi "ochiq eshik" siyosati kabi O‘zbekiston ham tizimli islohotlar orqali uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishi mumkin. 6
305 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Rahmonberdieva K. S. (2023). O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar. 2. Tan J., Doniyorova Z. (2025). O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari: Barqaror va inklyuziv strategik hamkorlik sari. IMRAS Journal. 3. Chen, Y., & Li, X. (2021). China–Central Asia Economic Cooperation: A Case Study of Uzbekistan. Journal of International Trade, 12(3), 45–59. 4. Asian Development Bank. (2023). Uzbekistan: Economic Outlook and China’s Trade Impact. Manila: ADB 5. Sardorbek Abdullayevich Usmanov. UZBEK‑CHINESE RELATIONS ON THE WAY OF IMPLEMENTING A CONSISTENT, PEACE‑LOVING CONSTITUTIONAL POLICY OF THE COUNTRY. Educational Research in Universal Sciences, 2025 6. Aziz Mullаev. COMPREHENSION OF CHINA’S BELT AND ROAD INITIATIVE AND ITS EFFECT ON UZBEKISTAN. Central Asia and the Caucasus, 2024. 7. HISTORICAL TRAJECTORIES AND CONTEMPORARY DYNAMICS OF CULTURAL DIALOGUE AND DIPLOMATIC RELATIONS BETWEEN UZBEKISTAN AND CHINA. Philosophy and Life International Journal, 2025