scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON SUD TIZMIDA ELEKTRON HUJJATLAR AYLANISHI

Rahimova Shohzoda Shavkat qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat odil sudlov fakulteti 1-kurs B-potok 1-guruh talabasi

Abstract

Ushbu tadqiqot O’zbekiston Respublikasi sud tizmida elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy qilish jarayonining huquqiy, tashkiliy hamda axborot-texnologik asoslari chuqur tahlil qilingan. Maqolada sud faoliyatini raqamlashtirish siyosatining mazmun-mohiyati, sudlarda elektron ish yuritish jarayonining afzalliklar, shuningdek amaliyotda uchrayotgan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari keng yoritilgan. Asosiy e’tibor E-SUD axborot tizimining ishlash mexanizmi, elektron raqamli imzodan foydalanish tartibi va sud organlari o’rtasida hujjatlarning raqamli shaklda almashinuvi jarayonlariga qaratilgan. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida tizimli yondashuv, taqqoslama-huquqiy tahlil, emperik kuzatuv va statistik tahlil uslublari qo’llanilgan. Tadqiqot doirasida olimlarning fikrlari va tajribalari o’rganilgan. Natijalar, O’zbekiston sud tizimida elektron hujjatlar aylanishi usuli qo’llanilishi samaradorligini sezilarli darajada oshishini, xizmat sifatini yaxshilashini va xarajatlarni qisqartirilishini ko’rsatmoqda va elektron hujjatlar aylanishi tizimi sud jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, inson omilini kamaytirish va elektron hujjatlar aylanish tizimi O’zbekiston sud tizimining ishonchliligini, tezkorligini va adolatli sudlovni ta’minlash sezilarli darajada oshirib, mamlakatda ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlamoqda. E-SUD tizimi orqali ariza topshirish, sud qarorlarini onlayn kuzatish, elektron bildirishnomalarni olish imkoniyatlari sud tizimini zamonaviy boshqaruv darajasiga olib chiqmoqda. Maqolada xalqaro tajriba va amaliyotda olingan o’rganishlar, shuningdek, sud tizmida elektron hujjatlar aylanishida yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan. Kalit so’zlar: E-SUD tizimi, raqamli tronsformatsiya, elektron imzo, sud boshqaruvi, sud tizimi raqamlashtirilishi, ma’lumotlar xavfsizligi

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 5 O'ZBEKISTON SUD TIZMIDA ELEKTRON HUJJATLAR AYLANISHI. Rahimova Shohzoda Shavkat qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat odil sudlov fakulteti 1-kurs B-potok 1-guruh talabasi [email protected] Annotatsiya: Ushbu tadqiqot O’zbekiston Respublikasi sud tizmida elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy qilish jarayonining huquqiy, tashkiliy hamda axborot-texnologik asoslari chuqur tahlil qilingan. Maqolada sud faoliyatini raqamlashtirish siyosatining mazmun-mohiyati, sudlarda elektron ish yuritish jarayonining afzalliklar, shuningdek amaliyotda uchrayotgan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari keng yoritilgan. Asosiy e’tibor E-SUD axborot tizimining ishlash mexanizmi, elektron raqamli imzodan foydalanish tartibi va sud organlari o’rtasida hujjatlarning raqamli shaklda almashinuvi jarayonlariga qaratilgan. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida tizimli yondashuv, taqqoslamahuquqiy tahlil, emperik kuzatuv va statistik tahlil uslublari qo’llanilgan. Tadqiqot doirasida olimlarning fikrlari va tajribalari o’rganilgan. Natijalar, O’zbekiston sud tizimida elektron hujjatlar aylanishi usuli qo’llanilishi samaradorligini sezilarli darajada oshishini, xizmat sifatini yaxshilashini va xarajatlarni qisqartirilishini ko’rsatmoqda va elektron hujjatlar aylanishi tizimi sud jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, inson omilini kamaytirish va elektron hujjatlar aylanish tizimi O’zbekiston sud tizimining ishonchliligini, tezkorligini va adolatli sudlovni ta’minlash sezilarli darajada oshirib, mamlakatda ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlamoqda. E-SUD tizimi orqali ariza topshirish, sud qarorlarini onlayn kuzatish, elektron bildirishnomalarni olish imkoniyatlari sud tizimini zamonaviy boshqaruv darajasiga olib chiqmoqda. Maqolada xalqaro tajriba Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 6 va amaliyotda olingan o’rganishlar, shuningdek, sud tizmida elektron hujjatlar aylanishida yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan. Kalit so’zlar: E-SUD tizimi, raqamli tronsformatsiya, elektron imzo, sud boshqaruvi, sud tizimi raqamlashtirilishi, ma’lumotlar xavfsizligi. Kirish: Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi barcha sohalarga, shu jumladan sud tizmiga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda va o’zbekiston sud huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida adolatli sudlov tizmini shakillantirish, fuqarolarning sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud ishlarini yuritish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish masalalari davlat siyosatining ustuvor yonalishiga aylandi. Raqamli transformatsiya siyosati mamlakatimizda davlat boshqaruvining barcha bo’g’inlariga, xususan sud tizimiga ham chuqur kirib kelmoqda. Shu jarayonda elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish va takomillashtirish masalasi eng dolzarb yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu g’oyaning huquqiy asoslari bir qator narmativ-huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlangan. Ushbu maqolada sud tizmida elektron hujjatlar aylanishi uchun foydali jihatlar ko’rib chiqiladi va uning huquqiy xizmatlar ko’rsatish samaradorligini oshirishdagi ro’li tahlil qilinadi. Jumladan, 2015-yil 29apreldagi ”Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni elektron hujjatlarni yaratish, rasmiylashtirish, saqlash va ulardan foydalanishning huquqiy mexanizmlarini belgilab beradi. Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qo’llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan 1 Elektron hujjatlar aylanmasini samarali tashkil etish uchun, odatda maxsus dasturlar yoki platformalardan 1 O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlar to’plami, 2004-y., 20-son, 230-modda;Qonunchilik ma’lumotlar milliy bazasi, 21. 04.2021-y., 03/21/683/0375 Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 7 foydalaniladi. Bu platformalar talablar va jarayonlarga mos ravishda elektron imzo, tasdiqlash va yig'ish kabi funktsiyalarni bajaradi. Elektron hujjatlar aylanishi tizimi, bir tomondan, sud faoliyatining tezkorligini ta’minlasa ikkinchi tomondan, fuqarolar va tadbirkorlar subyektlariga sud jarayonlarida ishtirok etish uchun qulay muhit yaratmoqda. O’zbekiston Respublikasi sud tizimida elektron hujjatlar aylanishi E-SUD axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan ishlab chiqilgan va 2020-yildan boshlab barcha sudlarda bosqichmabosqich joriy etilgan. Bu tizim orqali sud hujjatlarining aylanishi to’liq elektron shaklga o’tmoqda, va bu esa qog’ozbozlikni kamaytirish, shaffoflikni oshirish va inson omilini qisqartirish imkonini beradi. Xalqaro tashkilotlar, xususan YHXT(OSCE)tomonidan ilgari surilgan tashabbuslari O’zbekiston sud tizimini raqamlashtirish jarayonida muhim ro’l o’ynamoqda. 2023-yilda o’tkazilgan “Digitalization of Criminal Justice” forumi doirasida O’zbekiston vakillari elektron hujjatlar aylanishi va masofaviy sud jarayonlari borasida xalqaro tajriba bilan tanishib chiqishdilar. 2 Shu o’rinda qo’shimcha qiladigan bo’lsak, O’zbekiston ham sud tizimida elektron hujjatlar aylanishi, raqamli sud platformalari va online ish yuritish tizimlarini joriy etish orqali sud-huquq tizimi moderizatsiya qilinib E-SUD axborot tizimining joriy etilishi sud jarayonlarini soddalashtirib, fuqarolarning sud adolati tizimiga kirish imkonini oshirmoqda. 3 Ayni paytda sud tizimida zamonaviy axborot kommunikatsiyalar infratuzulmasini yaratish, axborot resurslari va axborot tizimlarini ishlab chiqish, elektron hujjat aylanishi tizimni joriy etish hamda sud organlari veb – saytlar orqali fuqarolarga interfaol xizmatlarni ko’rsatish 2 OSCE Secretariat.Requesting Electrinic Evidence Across Borders,Toshkent,4 December 2024.Available at:https://www.osce.org/secretariat/583204 3 UNDP Uzbekistan. Reviev of the advanced international experience and practices in implementation of E-justice and proposals on further development of E-SUD information system in Uzbekistan.(2023)Available at: https://www.undp.org/uzbekistan/publications/review-advancedinternational-experience-and-practices-implementation-e-justice-and-proposals-further-developmente-sud. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 8 respublikamizda sud organlarida amalga oshirilayotgan innovatsiyalarning asosini tashkil etadi. Maqolaning muhimligi shundaki, u elektron hujjatlar aylanishi tizimining O’zbekiston sud tizimida tutgan o’rni, huquqiy asoslari va amaliy samaradorligini tahlil qiladi. Tadqiqot shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan ilgari surilgan ilg’or tajribalarni milliy tizim bilan qiyoslab elektron sud xizmatlarini yanada takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan takliflarni ilgari surishni maqsad qiladi. Usullar. Ushbu tadqiqot O’zbekiston sud tizimida elektron hujjatlar aylanishi tizimini o’rganishda tahliliy, qiyosiy-huquqiy, tizimli va emperik yondashuvlardan foydalanadi. Manbalar sifatida E-SUD tizimiga oid rasmiy malumotlar (sud.uz) qonun hujjatlari (lex.uz) xamda BMT taraqqiyot dasturi (UNDP) (OSCE)ning rasmiy hisobotlaridan foydalaniladi. Birinchidan, O’zbekiston Respublikasining “Axboratlashtrish to’g’risida”gi qonun, “Elektron hukmat to’g’risida”gi qonun, ”Sudlar to’g’risida”gi qonuni shuningdek, Oliy sud plenum qarorlari va Prezident farmonlari kabi me’yoriy hujjatlar asosida elektron sud tizimining huquqiy bazasi tahlil qilinadi. Ikkinchidan, xalqaro tajriba tahlil qilinib, BMT taraqqiyot dasturi, Yevropa Xavsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Jahon Bankining e-justice va e-government sohasidagi loyihalar asosida O’zbekiston amaliyoti bilan qiyosiy o’rganish amalga oshiriladi. Uchinchidan, ilmiy maqolalar, statistik ma’lumotlar va amaliy holatlar asosida analitik tahlil o’tkaziladi. Ayniqsa, Turdiyeva M.(2025) tomonidan ilgari surilgan “O’zbekiston sud tizmini moderizatsiya qilishda e-justice mexanizmining o’rni” haqidagi ilmi yondashuv asos qilib olindi, biroq tadqiqot mazmunan mustaqil tarzda kengaytirildi. 2023-yil 3sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Sud hokimyat organlari faoliyatini raqamlashtirish chora tadbirlari to’g’risida “gi qaror qabul qilindi. Qarorda sudda ishlarni ko’rib chiqish jarayonida vazirlik va idoralar bilan ma’lumot almashinuvi asosan qog’oz shaklida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. O’z o’zidan Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 9 bunday tartibning amalda bo’lishi ko’rilayotgan ish bo’yicha yakuniy qaror chiqarish uchun ko’proq muddat talab etib sudlar tomonidan nizoli vaziyatlarni tezroq hal etish hamda sud tomonidan ko’rib chiqilayotgan ishlar hajmining ko’payib ketishini oldini olishga to’sqinlik qilmoqda. Qarorga ko’ra, sudlar faoliyatida axborot almashinuviga alohida e’tibor berilayotganini ko’rishimiz mumkin. Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish maqsadida ushbu hujjat bilan sudlar faoliyatini raqamlashtirishning keyingi bosqichidagi vazifalar belgilandi. Qog’oz hujjatlardan foydalanishdan qochish ma’lumotlarning yoqolishi, shikastlanishi yoki o’g’irlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek mamlakatimizda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” prinsipiga asosan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”ni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturining 15maqsadida “Sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, byurokratik g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining odil sudlovga erishish darajasini tubdan oshirish” kabi muhim maqsadlar belgilandi. 4 2025 yil 21 avgust kuni Prezident tomonidan PF-140-sonli farmon qabul qilindi. Uning asosiy maqsadi – sudlarni raqamlashtirish orqali odil sudlov samaradorligini yanada oshirish va fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratishdir. Farmonning asosiy yo‘nalishlari; Raqamli sud” konsepsiyasi Farmonda “raqamli sud” g‘oyasi alohida o‘rin egallaydi. Bu konsepsiya asosida: sud ishlari va hujjat aylanmasi bosqichma-bosqich to‘liq elektron tizimga o‘tkaziladi; sud majlislari masofadan turib kuzatilishi mumkin bo‘ladi; fuqarolar va advokatlar sud hujjatlariga onlayn tarzda murojaat 4 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022 – 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида” 2022 йил 28 январдаги ПФ–60-сон Фармони // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2022 йил, 06/22/60/0082-сон.URL: https://lex.uz/uz/docs/5841063. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 10 qilishi uchun qulay platformalar yaratiladi. Natijada sud jarayonlarida shaffoflik kuchayadi va odamlar sudga borib vaqt yo‘qotmasdan elektron xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi 5 . Ko‘plab rivojlangan davlatlarda sud ishlarini yuritish to‘laligicha zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan hamda sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirilgan. Elektron hujjatlar aylanmasini samarali tashkil etish uchun, odatda maxsus dasturlar yoki platformalardan foydalaniladi. Bu platformalar talablar va jarayonlarga mos ravishda elektron imzo, tasdiqlash va yig'ish kabi funktsiyalarni bajaradi. Elektron Hujjatlar Aylanmasining Asosiy bosqichlari: Hujjatlarni Yaratish: Bugungi kunda ko’p dasturlar (masalan, Microsoft Word, Google Docs) yordamida elektron hujjatlarni osonyaratish mumkin. Bu dasturlar shrift, rang, grafik va boshqa formatlash imkoniyatlarini taklif etadi. Hujjatlarni Saqlash: Hujjatlarni bulutli xizmatlarda (masalan, Google Drive, Dropbox) yoki local serverlarda saqlash mumkin. Bu saqlash nuqtalari xavfsizlik va ma'lumotlarni zaxiralash uchun muhim. Hujjatlarni Tarqatish: Elektron pochta, fayl almashish platformalari yoki intranet orqali hujjatlarni tezda tarqatish mumkin. Mazkur jarayon an'anaviy qog'oz jo'natish usullaridan ancha samaralidir. Hujjatlarni Imzolash:- Elektron imzolar elektron hujjatlarni tasdiqlashva ishonchliligini ta'minlash uchun kerak. Bu jarayon muqobil qonuniy kuchga ega bo'lishi mumkin va ko'plab davlatlarda tan olingan. Ish Jarayonini Avtomatlashtirish-Elektron hujjatlar aylanmasi jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturlar va platformalar mavjud (masalan, CRM yoki ERP tizimlari). Bu jarayonlarni tezlashtiradi va inson xatolarini kamaytiradi. Hujjatlarni Analiz qilish: -Elektron hujjatlarni qayta ishlash va analiz qilish imkoniyati mavjud, bu ularni kuzatish, tahlil qilish va statistik ma’lumotlar olish jarayonini soddalashtiradi. Masalan, Germaniyada da’vo arizasini berishdan tortib, toki elektron sud ishini davlat arxiviga saqlash uchun topshirilishi elektron shaklda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har 5 Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 11 bir shaxsning o‘z elektron raqamli imzosi bo‘lib, ushbu imzo orqali har bir shaxsni identifikatsiya qilish imkoni mavjud. 6 “EMC Documentum” elektron hujjat aylanishi tizimi. Ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun ushbu platforma ITsanoatining jahon yetakchisi EMC tomonidan ishlab chiqilgan. Kuchli funksionallik va individual vositalarni moslashuvchan sozlash EMC Documentumni Rossiya bozorida mavjud bo’lgan eng yaxshi xorijiy EDMS ga aylantirdi. Uning afzalliklari shundaki dizayn hujjatlarni boshqarishda yuqori darajadagi qulaylik, kirish huquqini tasdiqlashni boshqarish, skanerlash va hujjatlarni aniqlash qurulmalarini qo’llab quvvatlash. Shuningdek, Sud hujjatlarining elektron xizmatini joriy etish muhim protsessual yangilik bo’lib, sudlar uchun ham, suddan foydalanuvchilar uchun ham qator imtiyozlar beradi, jumladan; An’anaviy xizmat ko’rsatish usullari (pochta yoki kurerlik xizmatlari) bilan bog’liq bo’lgan ishlov berish vaqtlari va harajatlari qisqartirishi mumkin bo’lgan hujjatlarni jismoniy yetkazib berish zaruratini bartaraf etish. An’anaviy usullardan ko’ra, elektron hujjatlarga tezroq xizmat ko’rsatishni taminlash va elektron hujjat aylanishi yanada samaraliroq bo’lish imkonini beradi. Natijalar. Zamonaviy texnologiyalar deyarli har bir sohada tez sur’atlar bilan o‘z o‘rnini topmoqda va huquq sohasi ham bunday o‘zgarishlardan chetda qolmaydi. Hattoki bugungi kunda ham sud va boshqa shu kabi organlar texnologik yangiliklarni o‘z huquqiy faoliyatlariga tatbiq etishga qiziqish bildirmoqdalar. Shuningdek, shu tizimni organlarda joriy qilinsa quyidagi afzalliklar kelib chiqadi; Elektron arxivda hujjatlarni markazlashtirilgan, tizimlashtirilgan holda saqlash, qog’oz schot facturalarni chop etish, pochta jonatish va saqlash xarajatlarini kamaytiradi, hujjatlarni imzolash tezligi, hujjatlarni tezkor qidirish, hujjatni shakillantirish va qayta ishlash protseduralariga yagona yondashuv. Va tizim korrupsiyaga qarshi kurashish, hujjatlarning saqlanishi va ularni qayta ishlashda aniqlikni oshirishga xizmat qilmoqda Shu bilan birga, ”E-hujjat” elektron hujjat aylanishi tizimi tashkil 6 Гражданский процессуальный кодекс Германии //http://www.gesetze-im-internet.de Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 12 etish, tashkilotda mavjud ish yuritish tizimini takomillashtirish va avtomatlashtirish, boshqaruvning yangi vositalar va usullaridan foydalangan holda qarorlar qabul qilish jarayonlarini axborot bilan ta’minlash, integratsiya va avtomatlashtirish uchun moljallangan, hujjatlarni hisobga.olishnining yagona tizimini yaratish, ularni tizimlashtirish va bajarilishini nazorat qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentabrdagi “Sud hokimiyati faoliyatini raqamlashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinib, sud-huquq tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Sud-huquq tizimi uzoq yo‘lni bosib o'tdi, yaqin vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasida odil sudlovni amalga oshirish uchun sudda jismoniy ishtirok etish zarur, deb hisoblangan bo'lsa, endilikda odil sudlovni kompyuterlar, internet va boshqalar yordamida amalga oshirish mumkin. Buning tasdigʻi esa 20172021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishidan boshlanadi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida elektron hujjatlar aylanishi tizimini shakillantirishda 2019yil 8apreldagi Vazirlar Mahkamasining 284-sonli “Normativ – huquqiy hujjalar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori muhim bosqich bo’ldi. Mazkur hujjat davlat organlarida hujjatlar aylanishini to’liq raqamlashtirish, hujjatlarni elektron imzo orqali tasdiqlash va ularni yagona elektron ma’lumotlar bazasida saqlash tizimini yaratish imkonini beradi. Ushbu islohot natijasida hujjatlarning saqlanish xavfsizligi , ularning aniqligi va shaffofligi oshdi, sud jarayonlarida ham elektron hujjat almashinuvini yo’lga qo’yish uchun normativ asos mustahkamlandi. Natijada, shu tizim joriy etilgandan song, davlat organlari ortasidagi hujjat almashinuvi tezlashdi, inson omilining ta’siri kamaydi hamda sudlar, prokurorlar va adliya tizimlari o’rtasida elektron ma’lumotlar almashish imkoniyatlari kengaydi. 7 Biroq, mavjud 7 Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг 201йил 8-апрелдаги 284-сон карори “Норматив-хукукий хужжатлар лойихаларини ишлаб чики шва келишишнинг ягона електрон Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 13 tizimda ayrim muammolar ham kuzatiladi. Jumladan, ba’zi hududlardagi sudlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq foydalana olmayapti, texnik infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagan. Bu esa elektron hujjatlar aylanishi tizimining samarali ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli, kadrlar malakasini oshirish, tizimlarni yagona platformaga integratsiya qilish, hamda raqamli xavfsizlikni kuchaytirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, Oliy sud huzuridagi “Sud.uz” portali orqali sud qarorlarining elektron bazasi shakllantirilib, ochiq ma’lumotlar tizimi sifatida jamoatchilikka taqdim etilmoqda. Bu esa 444-son qarorining maqsadlari ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash tamoyillarini hayotga tatbiq etayotganini ko‘rsatadi. Umuman olganda, mazkur normativ hujjatlar nafaqat qog‘ozdagi islohot sifatida, balki amaliyotda ham sud tizimining raqamlashtirilishiga, elektron hujjatlar aylanishining samarali mexanizmini yaratishga xizmat qilmoqda. 8 Jumladan, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun (2019-yil 9-dekabr), 9 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20iyundagi 394-son qarori (“Sudlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) 10 va 2020-yil 9iyundagi 377-son qarori asosida sudlarda elektron hujjatlar aylanishining huquqiy mexanizmlari yaratilgan. Sudlar amaliyotida “E-SUD”, “E-XATLOV” va “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali hujjatlarni elektron shaklda yuborish, saqlash va kuzatish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa jarayonlarning tezkorligi, shaffofligi va fuqarolarga qulaylik darajasini oshirdi. Biroq amaliy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, elektron hujjatlar aylanishi tizimi hali to‘liq integratsiyalashmagan: ayrim sudlar o‘rtasida axborot almashinuvi sust, elektron imzo tizimining yagona standarti mavjud emas, shuningdek, kadrlar raqamli savodxonligi hamon yetarli тизимини жорий етиш бойича ташкилий чора-тадбирлар тугрисида”//lex.uz ёки nrm.uz, 2019йил. 8 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy sayti. E-sud axborot tizimi to‘g‘risida ma’lumot. sud.u (https://sud.uz/) 9 Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun, 2019-yil 9-dekabr. 10 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 394-son qarori.